[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.
Iqtisodiyot / Energetika]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KIChIK GIDROENERGETIKANI RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 743-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qarori)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika daryolari, suv oqimlari va barpo etilgan gidrotexnika inshootlarining gidroenergetika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qishloq joylarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[
OKOZ:
1.
02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. O‘zbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish dasturi 1-ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli
qaroriga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 1996 — 2000-yillarga kapital qurilish prognozini tuzishda Dasturni amalga oshirish uchun, korxonalar va tashkilotlar, xususiy sarmoya mablag‘lari, qayta investitsiya qilingan mablag‘lar, shuningdek xorijiy investorlarning mablag‘lari jalb etilishini hisobga olgan holda, zarur mablag‘lar ustuvor tartibda ajratilishini nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan birgalikda ikki oy mobaynida respublika korxonalarida gidro kuch uskunalari ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va zarurat bo‘lganda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi gidroenergetika stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan olinadigan mablag‘ qayta investitsiyalash tartibida kichik gidroenergetikani rivojlantirishga yo‘naltirilsin.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli
qaroriga
muvofiq chiqarilgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi kam o‘rganilgan tabiiy suv oqimlarining gidroenergetika imkoniyatlaridan foydalanish sxemasini ishlab chiqsinlar va 1996-yil dekabr oyida uni amalga oshirishga oid takliflarni kiritsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Piskom daryosida gidrouzelning texnik-iqtisodiy asoslanishi 1997-yil 1-iyulgacha puxta ishlab chiqilishini ta’minlasin va uni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-dekabr,
476-son