O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash Tartibini hamda ishdan bo‘shagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qo‘shiladigan har oylik ustamalar to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda o‘quv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarga ustamalar O‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda ko‘rsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
uni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa san’at asarlarini yaratganlik uchun to‘lanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta ko‘rib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini o‘z daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
9. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmalari. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Madaniyat ishlari vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (so‘m)da haq olishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar bo‘yicha gonorar to‘lashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom, sahnalashtiruvchi dirijyor, dirijyor, baletmeyster, rassom, xormeyster
5. Vokal konsertmeysteri, balet konsertmeysteri, akkompaniator, akkompaniator-konsertmeyster, adabiy qism, musiqiy qism, badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa mudirlari, badiiy rahbar yordamchisi, bosh rejissor yordamchisi
8. Bezakchi rassom, rassom, dekorator-butafor, pardozchi, kostyumchi, rekvizitor, tikuvchi, bichuvchi, rejissor yordamchisi, assistent, suflor, poyabzalchi, elektr yorituvchi, ovoz yozish operatori, montajchi va sahna mashinisti
9. Katta iqtisodchi, iqtisodchi, bosh buxgalter, buxgalter, kassir, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha katta texniklar, ovoz yozish operatori, katta inspektor, inspektor
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi M. Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari konsertmeysterlari; Toshkent xoreografiya bilim yurti rahbarlari, o‘qituvchilari, konsertmeysterlari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.