Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib o‘tishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yig‘imlar, poshlinalar va boshqa to‘lovlar to‘lanishini, yo‘l, maishiy va servis xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harakat qilish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llari ro‘yxati, harakatning vaqtinchalik yo‘nalish varaqasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda xorijiy avtotransport vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan parametrlari hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari ro‘yxati (1—4-ilovalar) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yo‘lovchilar sifatidagi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, bo‘lishlari va yuk olib o‘tishlari Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415-31-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining vaqtinchalik qoidalariga, shuningdek, MDH qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib o‘tish) ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari to‘g‘risida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va bo‘lishlari xorijiy davlat transport vositasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘rilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab bo‘ladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali o‘tuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda chiqib ketishlarini ta’minlagan holda, ularning yuk olib o‘tishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va kirganligi uchun to‘lov, viza va boj yig‘imlaridan tashqari, 250 AQSh dollari miqdorida belgilansin
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qarori tahririda)
Yig‘imlarni undirish bevosita bojxona postlarida bank bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi va olingan mablag‘lar AQSh dollarida Respublika yo‘l fondining valyuta schyotiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirish, hududga kirganlik uchun yig‘imlarning to‘langanligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, tushgan valyuta mablag‘lari “O‘zavtoyul” davlat konserni tomonidan tranzit magistral yo‘llarni tuzatish va saqlash uchun chet ellarda ishlab chiqarilgan yo‘l texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallarni sotib olish, shuningdek, chet ellarda yoki xorijiy firmalar mutaxassislarini respublikaga taklif etgan holda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida foydalaniladi
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agar ikki tomonlama bitimlarda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlar(dan)ga tashilishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. MXX chegara qo‘shinlari Bosh boshqarmasi va Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasiga avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning nazorat-o‘tkazish punktlariga kirishlari va chiqishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazoratiga hamda kirish-chiqish va fuqarolik Boshqarmasiga esa — xorijiy avtotransportning respublika hududi bo‘yicha — harakatini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilishiga doir masalalarni o‘rganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qo‘shilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika bo‘yicha oqimini o‘rganish asosida chegaradagi nazorat o‘tkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi bo‘yicha, ular joylashadigan aniq joylarni, bo‘lajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari bo‘yicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda nazorat-o‘tkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha o‘z mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar bo‘yicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan avtomobil trassalari bo‘ylab bojxona majmuilarining qurilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjamg‘armabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari nazorat-o‘tkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda to‘lovlar va yig‘imlarni qabul qilish punktlarining o‘z filiallarini tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-sonli qaroriga o‘z kuchini yo‘qotgan)
13. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilg‘i quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilg‘i bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va chiqishlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi to‘g‘risida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga ma’lum qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, chet davlatlar og‘ir yuk ko‘taruvchi va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishidan tushgan mablag‘lar Respublika yo‘l fondiga o‘tkaziladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 16-band deb hisoblangan)
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — G‘isht ko‘prik (Toshkent viloyati) — Qozog‘iston chegarasi.
M-37 avtomobil yo‘li bo‘yicha: Turkmaniston chegarasi — Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra M-39 Jizzax — Chinoz — Toshkent avtomobil yo‘liga o‘tish, undan Toshkent shahrini aylanib o‘tib 4R1 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 yo‘li bo‘yicha G‘isht ko‘prikkacha va Qozog‘iston chegarasiga chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Bekobod tumani (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
M-37 avtomobil yo‘li bo‘yicha: Turkmaniston chegarasi — Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 Jizzax avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-376 — Xovos — Bekobod tumani avtomobil yo‘li bo‘ylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
(ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-sonli qarori tahririda)
Afg‘oniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Olot (Buxoro viloyati) — Turkmaniston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — G‘uzor avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-380 Qarshi — Buxoro avtomobil yo‘lidan M-37 avtomobil yo‘li bo‘ylab Olotgacha, undan Turkmaniston chegarasiga chiqish.
Afg‘oniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — G‘isht ko‘prik (Toshkent viloyati) — Qozog‘iston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — G‘uzor avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-380 Qarshi avtomobil yo‘lidan A-378 avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra M-39 Jizzax — Chinoz — Toshkent avtomobil yo‘liga o‘tish, Toshkentni aylanib o‘tib 4R1 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yicha G‘isht ko‘prikkacha va Qozog‘iston chegarasiga chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Afg‘oniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Bekobod tumani (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — G‘uzor avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-380 Qarshi avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-378 Samarqand yo‘liga o‘tish, so‘ngra Samarqand shahrini aylanib, 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 Jizzax avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-376 Xovos — Bekobod tumani avtomobil yo‘li bo‘yicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
(ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qozog‘iston chegarasi — G‘isht ko‘prik (Toshkent viloyati) — Bekobod tumani (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Qozog‘iston chegarasidan M-39 G‘isht ko‘prik — Toshkent avtomobil yo‘li bo‘ylab Toshkent shahrini aylanib 4R1 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan A-373 Qorasuv avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra 4R20 Bo‘ka—Bekobod tumani yo‘li bo‘yicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
(ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-sonli qarori tahririda)
Afg‘oniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 avtomobil yo‘lidan M-41 Jarqo‘rg‘on — Qumqo‘rg‘on — Sho‘rchi — Denov —Uzun yo‘li bo‘yicha Tojikiston chegarasiga chiqish.
Qozog‘iston chegarasi — G‘isht ko‘prik (Toshkent viloyati) — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
M-39 G‘isht ko‘prik — Toshkent yo‘li bo‘ylab Toshkent shahrini aylanib o‘tib 4R1 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 Chinoz — Jizzax — Samarqand avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan A-378 Qarshi avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-380 G‘uzor avtomobil yo‘lidan M-39 Sherobod yo‘liga, undan 4R103 yo‘lidan Surxongacha, undan M-41 Qumqo‘rg‘on — Sho‘rchi — Denov — Uzun yo‘li bo‘ylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tojikiston chegarasi — Bekobod tumani (Toshkent viloyati) — Uzun (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasidan A-376 Bekobod tumani— Xovos — Jizzax — Samarqand avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan A-378 Qarshi avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-380 G‘uzor avtomobil yo‘lidan M-39 Sherobod avtomobil yo‘liga, undan 4R103 yo‘lidan Surxongacha, undan M-41 Qumqo‘rg‘on — Sho‘rchi — Denov — Uzun yo‘li bo‘ylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
(ikkinchi va uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-sonli qarori tahririda)
Tojikiston chegarasi — Andarxon shaharchasi (Farg‘ona viloyati) — Andijon (Andijon viloyati — Qirg‘iziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi A-376 yo‘lidan Andarxon shaharchasi — Qo‘qon avtomobil yo‘li bo‘ylab Qo‘qon shahri ichidan A-373 Andijon avtomobil yo‘liga o‘tish, undan Qirg‘iziston chegarasiga chiqish.
Afg‘oniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Samarqand (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Xayratondan M-39 Sherobod — G‘uzor avtomobil yo‘li bo‘ylab A-380 Qarshi avtomobil yo‘liga o‘tish, undan A-378 Samarqand avtomobil yo‘liga o‘tish, Samarqandni aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘lidan M-39 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan A-337 avtomobil yo‘li bo‘ylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Samarqand (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasidan M-37 Olot — Buxoro — Navoiy — Samarqand avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahrini aylanib o‘tib 4R45 avtomobil yo‘liga o‘tish, undan M-39 avtomobil yo‘liga o‘tish, so‘ngra A-377 avtomobil yo‘li bo‘ylab Tojikiston chegarasiga chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Turkmaniston chegarasi — Nukus shahri — Buxoro shahri — Olot (Buxoro viloyati) — Turkmaniston chegarasi.
Turkmaniston chegarasidan ko‘hna Urganch — Xo‘jayli shahri — Nukus shahri A-381 avtoyo‘li bo‘ylab — Gazli — Buxoro A-381 avtoyo‘li bo‘ylab Buxoro — Olot — Turkmaniston chegarasi M-37 avtoyo‘liga o‘tish”.
(1-ilova 13-bo‘lim bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 457-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan )
Keyingi tahrirga qarang.
Haydovchi Voditel____________ Driver | Haydovchilik guvohnomasi Vodit. udostovereniye_______________________ Driver's licence | |
Davlatning nomi Strana_________________________________________________________ Country | ||
Avtotrasport vositasining Davlat raqami Avtotrasportnoye sredstvo Gos. nomer_________ Motor transport | Markasi Marka_______________ Type | |
Yuk: Gruz: Lading: | Nomi Naimenovaniye________ Name | Vazni Obyem (ves)__________ Volume weight |
Tegishli hujjatlar Soprovoditelnie dokumenti_____________________________________ Covering documents | ||
Qatnov yo‘nalishi________________________________________________ Marshrut sledovaniya_____________________________________________ Movement route___________________________________________________ _______________________________________________________________ | ||
To‘xtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________ _______________________________________________________________ Mo‘ljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________ Plece date and time of exit___________________________________________ | ||
Kirib kelganligi to‘g‘risida belgi. Otmetka o vyezde______ Register on entry | Chiqib ketganligi to‘g‘risida belgi Otmetka o viezde___________________________ Register on exit | |
Haydovchining imzosi | Haydovchining imzosi |
1. | Gabaritlar: eni balandligi |
|
2. | avtomobilning va avtopoyezdlarning uzunligi: o‘qlarining soni turlicha bo‘lgan avtomobillarning uzunligi yarim pritsepli yoki bir pritsepli avtopoyezdlarning uzunligi |
|
3. | Avtomobilllar yoki avtopoyezdlarning o‘qiga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘irlik | — 8 tonnadan oshmasligi kerak |
4. | Avtotransport vositasining og‘irligi ko‘pi bilan | — 40 tonnadan oshmasligi kerak |
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli ko‘p tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy ko‘rsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chog‘ida quyidagi hujjatlar bo‘lishi zarur:
a) hududlari bo‘yicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib o‘tish vizalarining haqiqiy muddatlari ko‘rsatilgan chet el pasporti;
b) Yo‘l harakati to‘g‘risida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
a) Yo‘l harakati to‘g‘risida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali o‘tishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa) ruxsatnoma;
v) 1975-yilga Xalqaro yo‘l qoidalari to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari bo‘lgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma;
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim bo‘lgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma.
a) Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashishga oid shartnoma to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi bo‘yicha yuklab jo‘natish tafsiloti bo‘lgan ro‘yxati;
v) 1975-yilga Xalqaro yo‘l qoidalari daftarchasi qo‘llangan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq XYQ daftarchasi (TIR karneti);
g) bitta tovar-transport nakladnoyi bo‘yicha yuklab jo‘natiladigan tovarning har bitta partiyasiga beriladigan tovarning sifat sertifikati;
Keyingi tahrirga qarang.
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.
1. Yo‘llar va sun’iy inshootlarning tezda eskirishiga sabab bo‘luvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun to‘lovlar ularni saqlash, ta’mirlash, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yo‘llar bo‘ylab yurishi uchun to‘lovga quyidagilar kiradi:
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun to‘lov;
g‘ildirak o‘qi haqiqiy nagruzkalarining yo‘l qo‘yiladigan yo‘l konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun to‘lov;
Yig‘imlardan katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarining yurib o‘tishi tufayli vujudga kelgan yo‘llar va inshootlarni ta’mirlash, saqlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini bajarishda, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi.
2. Ruxsatnomasiz yurib o‘tganlik uchun transport vositasi egasidan yurib o‘tish uchun to‘lovning o‘n baravari miqdorida qoplov puli undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yo‘l harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yo‘llarga va yo‘l inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
4. Agar yo‘llarga va inshootlarga yetkazilgan zarar katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti bo‘yicha, Yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib o‘tganda ro‘y bersa, u holda javobgarlik va zararni to‘lash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi.
5. Katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun to‘lov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu to‘lov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
6. Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan vazndan ko‘pligi uchun to‘lov miqdori 1-jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
Og‘ir yukli transport vositalari avtomobil yo‘llari bo‘ylab yurib o‘tganda g‘ildirak o‘qi haqiqiy nagruzkasining yo‘l qo‘yiladigan miqdordan ortiqchaligi uchun to‘lov nagruzkasi ortiqcha bo‘lgan har bir o‘q uchun 2-jadvaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun to‘lov yurib o‘tilgan 1 km yo‘l uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi.
8. Og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalari tashuvlari uchun arizalarni ko‘rib chiqish, marshrutni kelishib olish va ruxsatnomalar berish uchun to‘lovlar miqdori yo‘l organlari tomonidan ikkita tarif bir martalik va marshrutning 100 kilometri bo‘yicha belgilanadi. Bir martalik tarifi AQSh dollarini tashkil qiladi. Marshrutning 100 kilometri uchun tarif 11 AQSh dollariga teng.
(mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 6-ilova bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.