LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-sonli “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholining, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning sug‘urta xizmatlariga ehtiyojlarini yanada to‘la qondirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining va Xalq bankining ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatidagi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muassislar tomonidan boshlang‘ich ustav fondi 500 mln so‘m miqdorida e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, shu jumladan:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
2. Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi sug‘urtaning majburiy davlat turlarini o‘tkazishga vakil qilinsin.
Sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
4. Belgilansinki, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining ijro etuvchi organi Bosh direktor boshchilik qiladigan Direksiya hisoblanadi, Bosh direktor O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi va kompaniya xodimlari soni kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazsin va o‘z faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining shahar bo‘linmalari egallab turgan xizmat binolari uning ustav fondiga ulushi sifatida “Kafolat” sug‘urta kompaniyasiga beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bir oy muddatda “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Direksiyasini aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)