O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetini tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya qo‘mitasining roziligiga ko‘ra tugatilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining binolari va inshootlari mol-mulki, kutubxonasi va arxivi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tomonidan Universitet uchun sotib olinadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet mustaqil yuridik shaxs hamda O‘zbekistonning tashqi aloqalari bilan bog‘liq ixtisoslar bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha bosh tashkilot hisoblanadi, respublika va xorijiy bank muassasalarida o‘z hisoblariga, shu jumladan, valyuta hisoblariga, muhr va tamg‘alarga ega bo‘ladi.
a) o‘quv-metodik qo‘llanmalar va asarlarni chiqarish, MDH mamlakatlarining davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish, sputnik aloqasi tizimlari vositalarini sotib olish, xalqaro axborot shoxobchalariga qo‘shilish, Universitet xodimlarini ta’minlash va uning professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun, tashkiliy davrda, 1994-1995 o‘quv yili boshlangunga qadar, zarur mablag‘lar;
b) binolarni jihozlash va asosli tuzatish uchun, shuningdek, o‘quv va ilmiy asbob-anjomlarni sotib olish uchun 1992-yil va keyingi yillarda zarur mablag‘lar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 1993-yildan boshlab har yili vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga ko‘ra Universitet huzuridagi Boshqaruv instituti bazasida mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida o‘qiganlik uchun talabalarning haq to‘lash shartlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq haq to‘lashdan ozod qilinadigan talabalarni o‘qitishga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1992-yilda xorijiy tillardagi o‘quv adabiyotlarini sotib olish va chet mamlakatlarning davriy matbuotiga obunani rasmiylashtirish uchun 150 ming AKSh dollari miqdorida so‘m bilan qoplanadigan valyuta;
1993-yilda zamonaviy kommunikatsiya va o‘qitish vositalarini sotib olish va chet ellik olimlar va mutaxassislarning o‘qituvchilik va konsultativ faoliyatiga haq to‘lash uchun 300 ming AQSh dollari.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Universitetda o‘qish ham shartnoma asosida, ham respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Universitet respublika va mahalliy valyuta jamg‘armalariga majburiy valyuta ajratmalari to‘lashdan 1996-yilgacha ozod qilinsin.
7. Universitet rahbariyatiga mavjud mablag‘lar doirasida quyidagilarni mustaqil amalga oshirish huquqi berilsin:
jahon tajribasini hisobga olgan holda Universitetda ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan chet el mutaxassislarini jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish;
ularning mehnatiga haq to‘lash, shu jumladan, cheklanmagan miqdorlarda erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lash, yuqori malakasi, xorijiy tillarni bilganligi, kompyuter texnikasida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lganligi uchun maxsus ustamalar shartlarini belgilash;
tuzilmani, o‘quv, ilmiy-metodik rejalar va dasturlarni, shuningdek, Universitetning shtat jadvalini tasdiqlash;
Universitetga talabalar, tinglovchilarni qabul qilish, bir o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar va tinglovchilar nisbatini belgilash;
o‘qituvchilik va tadqiqotchilik ishi uchun taklif qilingan chet ellik olimlar va mutaxassislarning yashash va transport xarajatlarini so‘mlarda to‘lash;
rahbar xodimlarni, boshqaruv bo‘g‘inlarining xodimlarini o‘rindoshlik, shuningdek, shartnoma asosida hamkorlik qilishga jalb etish.
8. Universitetga o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishini ta’minlash hamda xo‘jalik va tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quv maqsadlarida innovatsiya-investitsiya kompaniyasi va tijorat banki ochishga ruxsat berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar Boshqarmasi o‘qituvchilik va tadqiqotchilik ishiga taklif qilingan chet ellik mutaxassislar uchun Universitet talabnomalariga ko‘ra o‘zining mehmonxona fondidan joy ajratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Universitetga qabul qilingan talabalarga o‘qish haqini to‘lash uchun belgilangan tartibda 10 yil mobaynida to‘lash sharti bilan foizsiz maqsadli kreditlar bersin. Belgilab qo‘yilsinki, kreditni to‘lash Universitetni tugatgandan keyin bir yil o‘tgach boshlanadi.
Universitetda o‘qiganlik uchun haq to‘lash shartlari to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin,
Keyingi tahrirga qarang.
11. Universitetga o‘quv jarayonini va ishlab chiqarish-texnika ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda yuk tashiydigan va yengil avtotransport ajratilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi alohida mavzu bo‘yicha leksiyalar tayyorlashda va o‘qishda Universitetga tegishli ravishda yordam bersinlar, talabalar va tinglovchilarni harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlash bo‘yicha maxsus dastur tayyorlashni va amalga oshirishni ta’minlasinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Universitet taqdimnomasiga muvofiq tashqi aloqalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida jamlab, ixtisoslar va oliy o‘quv yurtlarini ixtisoslashtirish ro‘yxatiga ilmiy xodimlar mutaxassisligi nomenklaturasiga o‘zgartirishlar kiritsinlar.
14. 1992-yil 30-dekabrgacha Universitet o‘quv guruhlarini Oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalari orasidan ixtiyoriy asosda test tanlovi yo‘li bilan to‘ldirish tugallansin.
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddat ichida respublikaning xorijiy muassasalarida ishlash uchun kadrlar tarkibi rezervini shakllantirish to‘g‘risida Nizom ishlab chiqsinlar, bunda mehnat munosabatlarini o‘rnatishning kontrakt shaklini nazarda tutsinlar;
1993-yil yanvardan boshlab Universitetning diplomatiya kurslarida respublikaning chet ellardagi muassasalarida ishlash uchun kadrlar rezervi birinchi guruhini tayyorlashni ta’minlasinlar;
Universitetni bitiruvchilarni har yili o‘z tuzilma bo‘linmalariga, shu jumladan, kontrakt asosida taqsimlashni, ularni o‘qitish xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobiga qoplashni imkoniyati bilan amalga oshirsinlar.
16. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 1993-yil yanvardan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Boshqaruv institutida ushbu tashkilotlarning tashqi munosabatlar mutaxassisliklari bo‘yicha xodimlarini shartnoma asosida o‘qitish haqidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
Universitetni maxfiy bo‘lmagan matbaa asarlarining va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (2 nusxa) kutubxonani to‘ldirish uchun bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin;
18. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan Universitet rahbariyatiga va doimiy ishlovchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diplomatiya martabalari va unvonlari berish tartibi to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek, tegishli chet el pasportlarini berish tartibi tatbiq qilinsin.
19. Universitet rektoriga Vazirlar Mahkamasining bo‘lim mudiriga, rektor o‘rinbosarlariga va tuzilma asosiy bo‘linmalarining rahbarlariga — bo‘lim mudiri o‘rinbosari uchun belgilangan maishiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari joriy qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar Boshqarmasining Tibbiyot-sanitariya birlashmasi Universitetning o‘quv bo‘linmalari rahbarlarini, professor-o‘qituvchilar tarkibini, xodimlarini va ularning oila a’zolarini shartnoma asosida tibbiy xizmat ko‘rsatishga qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Universitetga talabalarning o‘z tuzilma bo‘linmalarida, shu jumladan, chet elda tajriba orttirishlariga moliyaviy va tashkiliy texnikaviy yordam bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzuridagi Boshqaruv institutida 1993-1994-yillarda qayta tayyorlanadigan mansabdor shaxslarning ilova qilinayotgan ro‘yxati tasdiqlansin.
Universitet rahbariyati 1992-yil 30-dekabrga qadar turli bo‘g‘inlardagi kadrlarni maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qitish va qayta tayyorlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va konsernlar bilan shartnomalar tuzsin.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzurida Boshqaruv instituti tashkil etilishi munosabati bilan o‘rtoq M.Q. Qoraboyevga 15 kun muddat ichida kadrlar malakasini oshirish idoraviy institutlarining amaldagi tizimini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritish yuklatilsin.
22. Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi Universitetga ikkita yengil avtomobil saqlash uchun zarur limitlar ajratsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Universitetni zarur zamonaviy aloqa turlari va vositalari bilan, shu jumladan, sputnik va hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
24. Toshkent viloyati hokimi Universitetning doimiy ishlovchi ilmiy-o‘quv markazi va sport-sog‘lomlashtirish zonasini qurish uchun yer uchastkasi ajratish masalasini hal qilsin.
25. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining materiallari bir nusxada albatta yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim bo‘limiga yuklatilsin.
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida o‘qish Universitet, talaba va uning ota-onalari (homiylari), shuningdek, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, respublika va xorijiy mamlakatlarning xususiy shaxslari o‘rtasida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
O‘qish qiymati har yili yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin belgilanadi va to‘lanadigan stipendiyani hisobga olgan holda joriy xarajatlarga qarab hisoblab chiqariladi.
2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida o‘qishni xohlovchilar belgilangan tartibda hujjatlar va test usulida kirish imtihonlari topshiradilar.
3. Universitetga tanlov yo‘li bilan qabul qilingandan keyin va so‘ngra har yili o‘qish tugagunga qadar o‘qish haqini to‘lashga o‘z mablag‘i bo‘lmagan talabalar o‘qishga qabul qilinganligi haqida tegishli hujjat bilan maqsadli foizsiz kreditni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qiladilar.
O‘qish haqi o‘quv yili boshlangunga qadar talabaning kredit hisobidan universitet hisobiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
O‘qish haqini to‘lash uchun olingan kredit Universitetni bitirgandan so‘ng bir yildan keyin 10 yil davomida, dastlabki uch yilda ish haqidan har yili kredit summasining 5 foizini, keyingi 4 yilda — 10 foizini, so‘nggi uch yilda — 15 foizini ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.