Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 3-ro‘yxat quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 6-ro‘yxat quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarorining 5-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda) “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5. Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarorining 4-bandidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qaroriga 4-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 44-modda) “N.X. Pardayev — O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “F.X. Otaxonov — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xo‘jalik hisobidagi axborot-maslahat markazlari orqali” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga 3-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda) “Sobirov M.A. — O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” so‘zlari “Shayxov A.E. — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi axborot-maslahat markazlari” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Tadbirkorlik subyektlarini (yuridik shaxs tashkil etgan holda) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish sxemasidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” hamda “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining” so‘zlari tegishli ravishda “Savdo-sanoat palatasi” hamda “Savdo-sanoat palatasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 11-fevraldagi 65-son qaroriga 2-ilovaning 5.1-kichik bandida “Mas’ullar” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti” hamda “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” so‘zlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” hamda “Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 15-modda) “M.A. Sobirov — O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” so‘zlari “A.E. Shayxov — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 1-ilovada “M.A. Sobirov — O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” so‘zlari “ A.E. Shayxov — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”