Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

yagona elektron axborot markazi agroonline.uz dasturi (agroonline.uz dasturi) — Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-avgustdagi 645-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yagona elektron axborot markazining agroonline.uz dasturi;
er kadastriga doir axborotdan ushbu Nizomga ilovada keltirib o‘tilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan foydalanish;
a) ushbu Nizomga ilovada keltirib o‘tilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Yer kadastriga oid axborotni agroonline.uz dasturi orqali shakllantirish va yangilab borish

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tuman (shahar) yer resurslari va davla� kadastri bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari

yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari bo‘yicha nomi, xo‘jalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari va turlari;

tuproqning unumdorligi (ball boniteti), sifat xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari bo‘yicha suv bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari;

sug‘orish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sug‘orishning joriy qilinganligi;

tuproqlarning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sho‘rlanganlik darajasini pasaytirish bo‘yicha joriy yil va kelajakka mo‘ljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

sug‘or�sh tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy ta’mirlash dasturlari.

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari bo‘yicha, shu jumladan, urug‘lik ekinlari turlari;

mavjud bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar);

mavjud chorva mollari va parrandalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (turi, bosh soni, yo‘nalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar (qaysi yo‘nalishdagi qishloq xo‘jaligi korxonalari, tashkilotlar va muassasalar tashkil etish taklifi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

fermer xo‘jaliklari yo‘nalishi (ixtisosligi), shu jumladan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari;

faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda o‘z faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Doimiy har chorakda birinchi oyning 5 sanasiga yangilab boriladi

2-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yagona elektron axborot markazi

Yer kadastriga doir axborotni umumlashtiradi va vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga elektron shaklda taqdim etib boradi.

Har chorakda birinchi oyning 5-kunigacha yangilab boriladi

3-bosqich

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy veb-saytlari

Yer kadastriga doir axborot tushganidan so‘ng o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi, bunda: foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot, ochiq yer kadastriga doir axborotdan vazirlikla�, idoralar va tashkilotlarning, shuningdek, ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi imkoniyatini yaratadi.

3 ish kuni mobaynida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”