O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichiga 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 15 ta o‘rin, shundan 3 ta o‘rin davlat granti va 12 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.