O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda diplomatik vakolatxonalar deb ataladi) respublikamizda bo‘lish va faoliyat yuritish sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning xodimlari hayoti va faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati negizida diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Ko‘chmas mulk bilan ishlash direksiyasi” va “Ambassador” davlat unitar korxonalari Byuroga qo‘shish yo‘li bilan qayta tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatik servis xizmati”, “Ko‘chmas mulk bilan ishlash direksiyasi” va “Ambassador” davlat unitar korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
diplomatik vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatish, diplomatik vakolatxonalarning tegishli ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga doir masalalarni hal etish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarda nazarda tutilgan diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish va ularni joylashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida diplomatik vakolatxonalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun mo‘ljallangan obyektlar va uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlarini joylashtirish uchun ajratilgan bino hamda xonalarni ijaraga berish, ko‘chmas mulkning ijara va oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish (vositachilik qilish), shuningdek, ushbu bino va xonalardan foydalanishni ta’minlash;
Byuro vazifalariga taalluqli masalalarda O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida diplomatik vakolatxonalarning manfaatlarini ifoda etish, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarda ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan vazifalarni bajarishda, shu jumladan mamlakatga turistlar oqimini ko‘paytirish, protokol tadbirlarni o‘tkazish, xorijiy delegatsiyalarni kutib olish-kuzatish, xorijiy davlatlarga xizmat safariga boradigan xodimlarga aviachiptalar xarid qilish, avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘maklashish;
diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmatlar ko‘rsatish.
diplomatik vakolatxonalar, xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar, xorijiy davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, ularning vakolatxona va filiallari, muxbirlari, muxbirlik punktlari (byuro, ofislari), savdo vakolatxonalari, xorijiy banklar va boshqa tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek, doimiy muassasalarning avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish), ro‘yxatdan chiqarish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilik guvohnomalarining ekvivalentlarini berish (almashtirish) va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish;
bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, diplomatik vakolatxonalar nomiga keladigan yuklarni deklaratsiyalash, bojxonada ishlov berish;
diplomatik vakolatxonalarning radioelektron aloqa vositalari va radiouzatuvchi qurilmalarni sotib olish, o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
diplomatik vakolatxonalar mehmonlarini ro‘yxatga olish, ularning kirish vizalarini rasmiylashtirish va ularga viza berilishida ko‘maklashish, diplomatik vakolatxonalarda ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish;
diplomatik vakolatxonalarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirishni rasmiylashtirishda, ularning mehnat staji hisobini yuritishda, ishga qabul qilish yoki bo‘shatish to‘g‘risida tegishli buyruqlarni chiqarishda ko‘maklashish.
5. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Byuroning operativ boshqaruvida bo‘lgan bo‘sh binolar (binolar qismlari) va xonalarni xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalariga, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslarga ijaraga berish, shuningdek, ularni ijaraga berishdan tushadigan ijara to‘lovlarini mustaqil tasarruf etish;
xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxona va filiallariga, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslarga o‘z xizmatlarini (ishlarini) ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro faoliyatidan olingan daromadlardan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan so‘ng o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
7. Byuro diplomatik vakolatxonalarni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq paritet (bepul) asosda joylashtirish uchun taqdim etilgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha yangi ochiladigan diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun qo‘shimcha zarur binolar va xizmat xonalari ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Byuroning buyurtmanomalari bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar xodimlarining farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga rasmiylashtirishda zarur yordam ko‘rsatsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan sobiq “Kosmos” bolalar oromgohini Toshkent viloyati hokimligiga beg‘araz asosda berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” MChJga diplomatik vakolatxonalar nomiga keliadigan diplomatik pochtani (yukni) olish/jo‘natish vazifasi yuklansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Byuroning Ustavi va tashkiliy tuzilmasini o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
13. Byuro Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 1a-uy manzilida operativ boshqaruv huquqi bilan joylashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 25-maydagi 247-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 25-maydagi 247-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1994-yil 7-fevraldagi 56-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda diplomatik vakolatxonalar deb ataladi) binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibini belgilaydi.
2. Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi” (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) davlat unitar korxonasi tomonidan hisobga olinadi.
Diplomatik vakolatxonalar va ularning chet ellik xodimlarini joylashtirish uchun ajratilgan binolar (binolar qismi) va xonalarni ijaraga berish huquqi Byuroga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri hududidan ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Binolar, xonalar va yer uchastkalarini ijaraga va o‘zgaga berish bo‘yicha bitimlarni rasmiylashtirish, shuningdek, ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Diplomatik vakolatxonalar diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va xodimlari yashashi uchun binolar (binolar qismi) va xonalarni mustaqil ravishda tanlash yoki zarur binolarni tanlashda ko‘maklashish uchun Byuroga ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, xonalari soni, joylashgan joyi va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda murojaat qilish huquqiga ega.
5. Diplomatik vakolatxonadan binolar (binolar qismi) va xonalarni ijaraga berish to‘g‘risida murojaat kelib tushganda, Byuro o‘z operativ boshqaruvida bo‘lgan bo‘sh binolar (binolar qismi) va xonalarni ko‘rib chiqishni taklif etadi.
6. Kelishuvga erishilgan taqdirda, Byuro diplomatik vakolatxona bilan binolar (binolar qismi) va xonalar ijarasi bo‘yicha ikki tomonlama shartnomani rasmiylashtiradi.
7. Ijara shartnomasi Byuro bilan diplomatik vakolatxona o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi va unda jumladan, quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
bino (binoning qismi) va xonani ta’mirlash va joriy saqlash bo‘yicha tomonlar majburiyatlarining taqsimlanishi;
diplomatik vakolatxona tomonidan kommunal xizmatlar va bino (binoning qismi), xonalar va tutash hududlarni joriy saqlash bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash shartlari;
ijaraga olingan bino (binoning qismi) va xonalarga yetkazilgan zarar uchun ijarachining javobgarligi;
8. Byuro ijara to‘lovi stavkalari miqdorini mustaqil ravishda, biroq davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda belgilaydi.
9. Xalqaro shartnomalarga asosan ijara to‘lovi bo‘yicha xarajatlar quyidagi shartlar bo‘yicha qoplanadi:
10. Bino (binoning qismi) va xonalar tuzilgan ijara shartnomasi bo‘yicha tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida ikki tomonlama dalolatnomani tuzish orqali topshiriladi va qabul qilinadi hamda unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishtirokchilarga tomonlar manfaatlarini ifoda etish huquqini beruvchi hujjatlarning nomi va rekvizitlari;
bino (binoning qismi) va xonalarni topshirish-qabul qilishda asos bo‘ladigan ijara shartnomasining raqami va imzolangan sanasi;
11. Diplomatik vakolatxonalar binolar (binolar qismi) va xonalarni mustaqil tanlashda uni ijaraga olishi to‘g‘risida Byuroni oldindan xabardor qiladi va ushbu bino haqidagi batafsil axborotni (foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi, mulkdor to‘g‘risida ma’lumotlar, tuziladigan bitim shartlari va boshqalar haqida) taqdim etadi.
Qo‘shimcha bino (binoning qismi) va xonalarni ijaraga olish zarurati yuzaga kelganda, diplomatik vakolatxona buning uchun tegishli asos taqdim etadi.
12. Byuro diplomatik vakolatxona tomonidan bino (binoning qismi) va xonalar to‘g‘risida taqdim etilgan axborotni xavfsizlik (shu jumladan yong‘in xavfsizligi) talablariga javob berishi, texnik va sanitariya shartlariga muvofiqligi, diplomatik vakolatxona vazifalarining tegishli ravishda bajarilishini ta’minlash uchun obyektning holati va yaroqliligini baholash bo‘yicha o‘rganadi. Byuro o‘rganish yakunlari bo‘yicha diplomatik vakolatxonaga tegishli tavsiyalarini yuboradi.
Byuro diplomatik vakolatxona ko‘rsatilgan bino (binoning qismi) va xonalarda joylashishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy yoki yuridik shaxslarining mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari diplomatik vakolatxonani joylashtirish, ularning rahbarlari va xodimlari yashashi uchun Byuro orqali uch tomonlama ijara shartnomalarini rasmiylashtirish yo‘li bilan mulkdor tomonidan taqdim etiladi.
14. Diplomatik vakolatxonalar, ularning rahbarlari va xodimlari taqdim etilgan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalaridan tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, faqat mo‘ljallangan maqsad bo‘yicha foydalanadi va ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi.
15. Diplomatik vakolatxonalar va binolar (binolar qismi) va xonalarning mulkdorlari ijara shartnomasi shartlarining har qanday o‘zgartirilishi, muddati uzaytirilishi yoki amal qilishining bekor qilinishi to‘g‘risida Byuroni oldindan xabardor qilishlari shart.
16. Byuro o‘z operativ boshqaruvida bo‘lgan bo‘sh binolar (binolar qismi) va xonalarni xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga, yuridik va jismoniy, jumladan, xorijiy shaxslarga ikki tomonlama shartnoma tuzish yo‘li bilan ijaraga berish, shuningdek, ularni ijaraga berishdan tushadigan ijara to‘lovlarini Byuroga yuklangan vazifalarga muvofiq mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Diplomatik vakolatxonalar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatxonalar binosi, shu jumladan vakolatxona rahbarining qarorgohi sifatida foydalaniladigan binolar yoki ularning qismini vakolatxonalar joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar binolarini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga ega.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Diplomatik vakolatxonalar davlat mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish uchun Byuroga ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi va boshqa shartlarini ko‘rsatgan holda murojaat qiladi.
Diplomatik vakolatxonalar qo‘shimcha va (yoki) mavjudlarining o‘rniga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish to‘g‘risida murojaat qilsa, Byuroga ushbu binolar va yer uchastkalarining batafsil tavsifini (foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi) taqdim etadi.
19. Byuro davlat mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish to‘g‘risidagi masalani mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirlik hamda idoralari bilan birgalikda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqadi:
O‘zbekiston tomonining binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini sotib olish ehtiyojlari hisobga olingan holda, ularni mulk qilib sotish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi va murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv prinsiplariga rioya etish;
murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlatida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar darajasi.
20. Diplomatik vakolatxonalar taqdim etishni so‘ragan davlat mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarining mulk qilib sotilishiga to‘sqinlik qiluvchi asoslar mavjud bo‘lganda, Byuro O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda boshqa muqobil binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini tavsiya qilishi mumkin.
21. Diplomatik vakolatxonalarga davlat mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish maqsadga muvofiq deb topilganda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Byuroning xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga diplomatik vakolatxonaga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk qilib sotish to‘g‘risida taklif kiritadi.
22. Agar diplomatik vakolatxonaning taklifi ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmasa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati bilan ikki tomonlama munosabatlarning erishilgan darajasini hisobga olib, diplomatik vakolatxona tomonidan egallab turgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini bo‘shatish sharti bilan, davlat mulki bo‘lgan binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini mulk sifatida taqdim etish to‘g‘risida diplomatik vakolatxonaning murojaatini qanoatlantirish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish huquqiga ega.
23. Mahalliy davlat hokimiyati organlari binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini diplomatik vakolatxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mulk sifatida sotadi.
24. Diplomatik vakolatxonalarga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalari murojaat qilgan diplomatik vakolatxona davlati bilan xalqaro shartnoma tuzish orqali o‘zaro kelishuv (paritet) asosida mulk sifatida taqdim etiladi.
25. Diplomatik vakolatxonalar binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalarini O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslaridan sotib olgan taqdirda, mazkur binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarining mulkdori to‘g‘risida ulardan foydalanish maqsadi, maydoni, joylashgan joyi va boshqa shartlar ko‘rsatilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani Byuroga o‘z vaqtida yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini diplomatik vakolatxonalarga mulk sifatida sotish to‘g‘risidagi bitimlar notariuslar tomonidan Byuro bilan kelishilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)