17.06.2019 yildagi PQ-4358-son
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, uning o‘rinbosarlari — K.A. Sharipov, U.Sh. Begimqulov, S.M. Buzrukxonov, vazirlik hay’ati va markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlarni, ustuvor vazifalarni amalga oshirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda mamlakatda oliy ta’limning matematika, tabiiy-ilmiy va gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash bo‘yicha bazaviy universitet sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirish bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan ular tomonidan nazorat, ta’sirchan muvofiqlashtirish mavjud emasligiga hamda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi pastligiga qaratilsin.
7. Universitet, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli normativ hujjatlar va amaliy chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tayyorlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish ishlari muvofiqlashtirilishini ta’minlash, shuningdek, belgilangan muddatlarda maqsadli dasturlarni shakllantirish uchun 10-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi guruh tashkil etilsin. Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov bir hafta muddatda ushbu qarorga 1 — 9-ilovalar bo‘yicha ishchi guruhlar tarkiblarini va maqsadli dasturlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqich jadvalini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Universitet rektori A.R. Marahimov 10 kun muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 11-ilovadan kelib chiqib universitet rektorati, dekanatlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov ushbu qarorning 13-14-bandlarida qayd etilgan manbalarni va xalqaro grantlarni hisobga olgan holda ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar va chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan, keyinchalik asoslangan takliflar kiritish uchun ularning moliyaviy jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlasin.

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan

— vazirlik va

idoralardan

1.

Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish. Buning uchun: mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari (shu jumladan, MDU, SPbDU) tajribasini o‘rganish asosida kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini;



Talab etilmaydi



2020-yil

1-fevral

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov),

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari (E. Muxitdinov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmanov)

tarmoqlarni modernizatsiyalash va har bir mintaqani kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bog‘liq holda mamlakat iqtisodiyotining jo�iy va istiqboldagi ehtiyojini o‘rganish mexanizmini;

Talab etilmaydi

2020-yil

1-fevral

2019 — 2021-yillarda ta’lim yo‘nalishlari ulushini: tabiiy fanlar sohasida — 44 foizgacha, matematika ta’limi sohasida — 6 foizgacha, kompyuter texnologiyalari va informatika sohasida — 8 foizgacha, istiqbolda 2023-yilgacha, mos ravishda — 52, 8, 10 foizgacha oshirilishini nazarda tutuvchi parametrlarini;

Universitet mablag‘lari,

Davlat budjeti

2019 — 2023-yillar

bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari va lavozimlar, shuningdek, mehnat bozori istiqboldagi ehtiyojlarining ochiq axborot bazasini;

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari

2019-yil

1-dekabr

bitiruvchilarni ishga joylashtirish natijalarini hisobga olgan holda ish beruvchi korxonalar, tarmoqlar ITIlari, O‘zR FA institutlari tomonidan qabul kvotalariga buyurtma berish tartibini;

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari

2019-yil

1-dekabr

5 yil davomida “Zoologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga maqsadli qabul kvotalarini oshirish, 2019-yildan boshlab “Gidrologiya” sohasi mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabulni tashkil etish choralarini;

Universitet mablag‘lari,

Davlat budjeti

2019 — 2023-yillar

tabiiy, matematika va �shlab chiqarish — texnika magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalarini oshirish choralarini ishlab chiqish.

Davlat budjeti

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

2.

Mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlar, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining, shuningdek, fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirishning strategik vazifalarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov),

O‘zR FA Prezidenti

(B. Yuldashev)

OO‘MTV O‘zR FA va Universitet bilan birgalikda:

oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirishlar kiritish;

Talab etilmaydi

2019-yil

1-dekabr

ixtisoslashuvlar tarkibini kengaytirishni hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish;

respublika mintaqalari va O‘zR FA tizimi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni keng qo‘llash;

Jizzax shahrida Universitet filialini tashkil etish, shu jumladan Qozon Federal universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi asoslangan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Davlat budjeti

2019-yil

1-dekabr

3.

Ish beruvchilarning asoslangan ehtiyojlariga muvofiq aniq malaka bergan holda bakalavriat negizida diplomli mutaxassislar tayyorlash tizimini joriy etish (o‘qish muddati 1 yil (4+1)). Buning uchun:

2020/2021 o‘quv yilidanjoriy etiladigan:

4 yillik bakalavriat negizida diplomli mutaxassis tayyorlash;

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchinormativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.




Talab etilmaydi




2020-yil

1-sentabr

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmanov)

4

Ish beruvchilarning tayyorlanayotgan kadrlar malakasiga bo‘lgan talablarini oliy ta’lim muassasasida mutaxassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqligini ta’minlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov),

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari (E. Muxitdinov)

ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ishtiroki va mas’uliyatini ta’minlash bo‘yicha choralarni;

Talab etilmaydi

2020-yil

mart

Universitet marketing xizmatining mehnat bozorini o‘rganish, tahlil qilish va vaziyatni baholash bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini;

2020-yil

mart

bitiruvchining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish beruvchilar zamonaviy talablariga javob beradigan, mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lgan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarini aks ettiruvchi malaka talablarini (kompetensiyalarini) ishlab chiqish.

2020-yil

mart

5

Korxona va tashkilotlar bazasida talabalar amaliyotini tashkil etish. Buning uchun:

OO‘MTV O‘zR FA va Universitet bilan birgalikda:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

O‘zR FA Prezidenti

(B. Yuldashev),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Toshkent viloyati hokimi,

Qashqadaryo viloyati hokimi (Z. Ro‘ziyev)

normativ-huquqiy hujjatlarga magistratura talabalari amaliyotini tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etish va o‘tkazishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirishlar ishlab chiqsin va kiritsin;

Talab etilmaydi

2019-yil

avgust

viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda talabalarning arxeologik amaliyotini o‘tkazish obyektlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin;

Talab etilmaydi

2019-yil

iyul

talabalar amaliyotini korxona, tashkilotlar bazasida o‘tkazish, amaliyotni zarur jihoz va texnikalar, transport vositalari, talabalarni yashash sharoitlari bilan ta’minlash sarf-xarajatlarini Universitetning yillik smetasiga kiritsin.

Davlat budjeti,

universitet mablag‘lari

2020-yil

yanvar

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

O‘quv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

kafedra, fakultet va oliy ta’lim muassasasi kesimida o‘quv-uslubiy jarayon samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladigan ko‘rsatkich va indikatorlar ro‘yxatini;

Talab qilinmaydi

2019-yil

avgust

tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablariga muvofiq o‘quv yuklamalari va fan bloklari hajmini optimallashtirish, kompetentlik yondashuvi va amaliy-yo‘naltirilganlik ta’minlanganini nazarda tutuvchi, shuningdek, kamida 5 yillik davrga joriy etiladigan, xorijiy universitetlar (jumladan, MDU, SPbDU, NDU) tajribalarini o‘rganish asosida yaratiladigan yangi o‘quv reja va dasturlarini;

Universitet

mablag‘lari



Hisob-kitoblar

asosida

Jadval

bo‘yicha

o‘quv jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish bo‘yicha dunyoda tan olingan va ilg‘or kredit-modul tizimlarini batafsil o‘rganishni;

Hisob-kitoblar

asosida

2020-yil

mart

ta’lim mazmunini shakllantirishning mahalliy va xorijiy tajribasini, yagona ta’lim maydoniga integratsiyalash, kredit-modul tizimiga o‘tgan universitetlar faoliyatidagi ustuvor omillarni har tomonlama o‘rganishni nazarda tutadigan o‘quv jarayonini tashkil qilishning kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha tartib va nizomni ishlab chiqish;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ikkita fakultetda, 2021/2022 o‘quv yilidan esa butun universitet bo‘yicha kredit-modul tizimini joriy etish.

2020-yil

I yarmi

2021-yil

I yarmi

2.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy kengash haqidagi nizomni;

Talab qilinmaydi

2019-yil

dekabr

yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari (kamida uchta) tajribalarini o‘rganish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish borasidagi takliflarni inobatga olgan holda o‘qituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar muhokamasi va muntazam taqdimotlarini olib borish monitoringi tartibini;

Talab qilinmaydi

maqbul indikator asosida muvaffaqiyatli ta’lim innovatsiyalarini rag‘batlantirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llamaydigan o‘qituvchilarga tanqidiy baho berib, ularni kelgusida professor-o‘qituvchilar tarkibida olib qolish xulosalarini joriy etadigan mexanizmni ishlab chiqish;

Hisob-kitoblar asosida

pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy kengashda ishlab chiqilgan rag‘batlantirish va tanqidiy baholash mexanizmini joriy etish.

Hisob-kitoblar asosida

2019-yil

dekabr

3.

Magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy shakllarini sifatli yangilash va joriy etish.
Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga yo‘naltiradigan kasbiy tayyorlash maqsadida uzoq muddatga mo‘ljallangan xorijiy universitetlar tajribalarini o‘rganish asosida yaratilgan magistraturaning o‘quv reja
va dasturlarini
;

Universitet mablag‘lari

2019-yil

1-avgust

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ta’limning har bir yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaning yangi o‘quv reja
va dasturlarini;

Talab qilinmaydi

2019-yil

20-avgust

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bir yillik (ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan) va ikki yillik (ilm-fanga yo‘naltirilgan) magistrlik dasturlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

Talab qilinmaydi

2020-yil

1-iyun

Magistraturaning o‘quv jarayoniga ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarini joriy etish.

Talab qilinmaydi

2019-yil

2-sentabr

Universitetda bir yillik (ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan) va ikki yillik (ilm-fanga yo‘naltirilgan) magistratura dasturlarini joriy qilish.

Talab qilinmaydi

2021-yil

2-sentabr

4.

O‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini optimizatsiyalash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari (B. Usmanov)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv (auditoriya), uslubiy (o‘quv adabiyotl�rni tayyorlash), ilmiy va murabbiylik (tadqiqot, doktorantlarga rahbarlik, universitetga maktab va litsey o‘quvchilaridan yosh qobiliyat egalarini jalb qilish) yuklamasini o‘qituvchilar yuklamasida teng nisbatda o‘z ichiga oladigan va uni majmuaviy shakllantirish tamoyilini joriy etish hamda o‘qituvchilar va talabalar soni nisbatini belgilash yuzasidan aniq, asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Universitet mablag‘lari


Davlat budjeti

2019-yil

noyabr

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilarning pedagogik, ilmiy, o‘quv-uslubiy va murabbiylik faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beruvchi taklif qilingan mexanizmlarni amaliyotga joriy etish.

2020-yil

2-sentabr

5.

Ta’lim jarayoni uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish bo‘yicha tartibni ishlab chiqish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Talab qilinmaydi

2019-yil

1-noyabr

o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy rag‘batlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

Universitet mablag‘lari

darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun universitet xarajatlari smetasiga muntazam mablag‘ ajratish.

Davlat budjeti

O‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish prognozini inobatga olgan holda, shu jumladan, Universitet bosh (tayanch) muassasa hisoblanuvchi oliy ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarda ishlab chiqilgan tartibni amaliyotga joriy etish.

Davlat budjeti

2021-yildan boshlab doimiy

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddatlari*

Mas’ullar:

universitetdan;

OO‘MTVdan

vazirlik va idoralardan

1.

Kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey direktorlarini tanlash va tayinlash tizimini takomillashtirish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov), adliya vaziri o‘rinbosari (E. Kanyazov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori (X. Azizov)

xorijiy universitetlar (shu jumladan, MDU, SPbDU, Vestminster universiteti) tajribasini o‘rganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar kadrlar, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey direktorlarini tanlash, tayyorlash va tayinlash tartibini ishlab chiqish:

Talab etilmaydi

2019-yil

sentyabr

rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlash va tayinlash samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish va universitet boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish uchun ko‘rsatkichlar va ind�katorlar tizimini shakllantirish;

Davlat budjeti

prorektorlarni rektorning tavsiyasiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tayinlash;

Talab etilmaydi

universitet tuzilmasiga kiruvchi fakultet dekanlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar direktorlarini bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tayinlash;

Talab etilmaydi

xorijiy tajribani hisobga olgan holda universitet professor-o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini joriy etish.

Talab etilmaydi

Ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganish va natijasi asosida oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini aniq taqsimlagan holda oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tayyorlash va tayinlashning yangi tizimini yaratish bo‘yicha aniq takliflar kiritish.

Talab etilmaydi

2019-yil

sentyabr

2.

Pedagog kadrlar sifat tarkibini quyidagilar asosida ta’minlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov),

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari (Sh. Rajabboyev),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov)

ilmiy salohiyatni yilma-yil oshirish, shu jumladan, 2019-yilda 60%gacha, 2020-yilda 62%gacha, 2021-yilda 64%gacha, 2022-yilda 67%gacha, 2023-yilda 70%gacha yetkazish maqsadida universitet doktoranturasiga har yilgi qabul kvotasini ko‘paytirish (10 nafargacha) va xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish (5 nafargacha);

Davlat budjeti,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

2019 — 2023-yillar

har yili magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish, 40-50 nafar yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish orqali 2023-yilda professor-o‘qituvchilar tarkibi o‘rtacha yoshini 44 yoshgacha tushirishni nazarda tutish.

Talab etilmaydi

2019 — 2023-yillar

3.

Pedagogik faoliyatning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan normativ-metodik bazani yaratish. Buning uchun:

2020/2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayoniga tatbiq etishni hisobga olgan holda bakalavriat o‘quv rejalariniishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

optimallashtirish orqali o‘quv fanlari miqdorini 30 tagacha kamaytirish;

har bir o‘qituvchining o‘quv yuklamasini tabaqalashtirgan holda rejalashtirish, shu jumladan uch oygacha bo‘lgan ijodiy ta’til berishda kafedraning mustaqilligini normativ hujjatlarda belgilash;

talabalar bilimini baholashda pedagogning akademik mustaqilligini ta’minlash uchun yetarli sharoitlar yaratish.



Talab etilmaydi



2020-yil
avgust

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov), moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov), iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmonov)

4.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov), iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmonov)

yetakchi korxonalar va ilmiy-tadqiqot institutlari bazasida kafedralarning 29 ta filiallarini tashkil etish va har yili 35 foizgacha pedagoglarning stajirovkasini amalga oshirish;

Talab etilmaydi

2020-2021-yillar

2020/2021 o‘quv yilidan soatbay ish haqi fondini
10 foizgacha, 2022/2023 o‘quv yilidan 14 foizgacha oshirish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

2020-yil
yanvar

5.

Pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va darajasini oshirish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, stajirovkadan o‘tishi. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov),

Moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov), Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmonov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi

direktori (A. Bekmuradov)

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tgan pedagog kadrlar faoliyati natijadorligining monitoringini ta’minlaydigan axborot bazani ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2020-yil
avgust

2020-yildan boshlab rahbar va professor-o‘qituvchilar tarkibi ilmiy faoliyatining, o‘tgan xorijiy stajirovkalarining, malakasini oshirish kurslarining, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni kasbiy ehtiyojlar asosida tashkil etishning natijalarini inobatga oladigan malaka oshirishning bilvosita muqobil mexanizmlarini tatbiq etish;

Talab etilmaydi

2020-yil
yanvar

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim jarayoni amaliyotiga quyidagilarni ishlab chiqish va tatbiq etish: videoma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlarini, masofaviy ta’lim elementlarini tayyorlash; vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish;

Talab etilmaydi

2021-yil
avgust

professor-o‘qituvchilarning stajirovkadan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2021-yil
sentyabr

har yili yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-texnologik markazlarida 20 nafargacha, respublika korxonalarida 25 nafargacha ilmiy va pedagog xodimlarning 6 oygacha bo‘lgan muddatli stajirovkasini tashkil etish;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

Har yili

universitet rahbarlari va kafedra mudirlarining yo‘nalishlar kesimida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida doimiy ravishda malakasini oshirish.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

2019-yil sentyabr

jadvalga muvofiq

6.

Yuqori malakali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxanov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (Y. Usmanov)

jalb etiladigan xorijiy olim, pedagog va mutaxassislar uchun ijtimoiy-maishiy, ishlab chiqarish va moliyaviy shart-sharoitlar yaratishni inobatga olgan holda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

2019-yil sentyabr

2019-2020-yillar

2019-yilda — 25 nafar, 2020-yilda — 50 nafar, 2021-yilda — 75 nafar, 2022-yilda — 100 nafar, 2023-yilda — 125 nafar yuqori malakali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish.

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

2019 — 2023-yillarda jadval asosida

7.

Har o‘quv yili natijalari bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilarining reytingini baholash:

Buning uchun 2018/2019 o‘quv yili yakuni bo‘yicha kafedralar o‘qituvchilari reytingini baholash va keyinchalik ularning sifat tarkibini yaxshilashni nazarda tutuvchi pedagogik va boshqaruv kadrlar sifat tarkibini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish.

Talab etilmaydi

2019-yil sentyabr

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddatlari*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan;

— vazirlik va idoralardan

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning ilmiy va texnikaviy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarini bajarish. Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov)

kafedra, fakultet va universitet kesimida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladigan ko‘rsatkich va indikatorlar tizimi;

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni maqsadli o‘rganish va tahlil qilish dasturi;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

universitetning ilmiy salohiyati iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning ilmiy va texnologik muammolarini hal etishga yo‘naltirilganligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
oktyabr

2020-yildan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishdan moliyaviy tushumlar ko‘rsatkichi bir o‘qituvchiga 2,0 mln. so‘mdan to‘g‘ri kelishi darajasidan har yili 20 foizga oshib borishi bo‘yicha dastur;

Universitet mablag‘lari

2019-yil

dekabr

ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlarining har yili malakasini oshirish dasturi;

Universitet mablag‘lari

2019-yil

oktyabr

2019-2020 o‘quv yillaridan boshlab talabalar va yosh olimlar uchun startap-loyihalar tanlovlarini o‘tkazish reja-grafigi.

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

2.

Innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqotlar zamonaviy eksperimental infratuzilmasini, oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-tadqiqotlar tizimi va sharoitlarini shakllantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmanov),

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari (Sh. Rajabbayev)

geoaxborot tizimlari, sanoat mikrobiologiyasi, biotibbiyot fizikasi, geodeziya va erni tadqiqot qilish, fizik-kimyoviy tadqiqot usullari, kiberxavfsizlik tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini jihozlash va asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash reja-grafigi;

Davlat budjeti, homiylar mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

iqtisodiyot tarmoqlari va ilm-fanning rivojlanishini tahliliy prognozlash uchun universitetning “forsayt markazini” yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat.

Davlat budjeti, universitet mablag‘lari

2019-yil

iyul

3.

Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov),

oliy attestatsiya komissiyasi raisi (A. Yusupov)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Universitet bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

2023-yilda ilmiy darajali o‘qituvchilarning sonini 70 foizga yetkazish;

2020-yilda o‘z vaqtida himoya qiluvchi ilmiy darajaga da’vogarlar miqdorini 90 foizgacha yetkazish;

Universitet huzuridagi akademik litseyga iqtidorli yoshlarni tanlash va maqsadli tayyorlashning manzilli-hududiy tizimini joriy etish;

talabalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiradigan o‘qitish usullari va mazmunini ta’minlash, bilimlar va texnologiyalar transferi bo‘yicha kompetensiyalarni shakllantirish tizimini joriy etish;

talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli rag‘batlantirish;

dissertatsiya ishlari himoyasini o‘z vaqtida himoya qilish uchun sharoit yaratish;

ayol-o‘qituvchilar va ayol-tadqiqotchilar sonini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar.

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

4.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot ta’minoti tizimini joriy etish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning nashriy faolligini oshirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov)

Universitetning 3 nomdagi ilmiy jurnallarini Digital Commons dasturiy platformasidagi xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasida indeksatsiya qilish uchun bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, universitet mablag‘lari

2019-yil

avgust

professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalarning xalqaro ilmiy-texnik axborotlar ma’lumotlar bazasiga kirishini bosqichma-bosqich ta’minlash dasturi;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

Universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlar uchun xalqaro tan olingan nashrlarda chop etish uchun ilmiy maqola yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish reja-grafigi va o‘quv dasturi;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan mualliflarni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
sentyabr

2023-yilgacha Universitet tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar (reytinglardagi o‘rni, ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar, kafedralar, ITI, texnoparklar soni, bilim berish sifati, professor-o‘qituvchilar salohiyati, Xirsh indeksiga ega professor-o‘qituvchilar soni, Scopusdagi ilmiy nashrlar soni va boshqalar).

Universitet mablag‘lari

2019-yil

sentyabr

5.

Universitetning jahon ilmiy-ta’lim makonida nufuzi, tanilishi va raqobatbardoshligini oshirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)

Universitetni xalqaro reytinglarga kiritishga maqsadli tayyorlash uchun Times Nigher Education va QS xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik bitimi;

OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitet mablag‘lari

2019-yil
oktyabr

Times Nigher Education va QS reyting agentliklari mezonlari bo‘yicha Universitet faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida Nizom;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktyabr

Universitetni dunyoning 1000 ta eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;

OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitet mablag‘lari

2019-yil

noyabr

Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun SciVal xalqaro tahliliy tizimi ma’lumotlari asosida Universitetning yutuqlarini monitoring qilish tartibi (o‘z sohasidagi muayyan tadqiqotchilar yoki tashkilotlarning ilmiy ishlari natijalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish);

Universitet mablag‘lari

2019-yil

avgust

Universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro nufuzli konferensiyalarda ishtirokini ko‘paytirish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda nashrlar tayyorlash bo‘yicha dastur;

Universitet mablag‘lari

2019-yil
noyabr

Universitetni “Universitet 3.0” shakliga o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Universitet mablag‘lari

2019-yil
noyabr

6.

Universitetni oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish va kelgusida rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimkulov),

moliya vaziri o‘rinbosari (B.Ashrafxanov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari (B. Usmanov),
innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari (Sh. Rajabbayev)

Quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish:

noyob ilmiy-texnik uskunalardan jamoaviy foydalanadigan ilmiy-o‘quv markazini tashkil etish;

akselerator va texnologiyalar transferi milliy ofisini tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish mahalliy sanoatini rivojlantirish;

ilg‘or va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarn� keng joriy etish uchun amaldagi ta’lim, fan va tadbirkorlik integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish.

Davlat budjeti,

universitet mablag‘lari

2023-yil
noyabr

7.

Zamonaviy menejmentning mexanizmlarini joriy etgan holda universitetning boshqaruv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (A. Turayev)

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha bo‘linmalar tarkibidagi xodimlarning faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi;

Innovatsion faoliyat menejmentining zamonaviy standartlarini hisobga olgan holda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarmalari bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risida Nizom;

faoliyat natijasiga qarab ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarmalari bo‘linmalari xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi;

ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarish bo‘linmalari xodimlarini yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim markazlarida malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
dekabr

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab

chiqish muddati*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan;

— vazirlik va idoralardan

Maqsadli dasturlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari (4.1-Komponent)
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi

1.

Nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslik sohasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori

(K. Muqimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov), innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb mavzular bazasini yaratish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritishga takliflarni;

Davlat budjeti

2019-yil
oktyabr

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholashning reyting tizimini joriy qilish uchun ko‘rsatkichlar va indikatorlar tizimini;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

yetakchi chet el ilmiy markazlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil qilish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini izchil o‘rganish va tahlil qilish maqsadida xodimlarining stajirovkasi, malaka oshirishini tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil
yanvar

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab talabalar va yosh olimlarning startap-loyihalari tanlovini o‘tkazishning reja-grafigini.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
oktyabr

2.

Markazning zamonaviy infratuzilmasini va innovatsiya loyihalarini bajarish uchun sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

moliya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor (V. Ibodullayev),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

Universitetning tegishli binosini Markaz balansiga o‘tkazib berish va uni kapital ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

Davlat budjeti

2019-yil
oktyabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savd� vazirligi Markaz buyurtmalari bo‘yicha o‘ziga xos ilmiy asbob-uskunalar olish uchun har yili investitsiya dasturi doirasida mablag‘lar ajratilishini rejalashtirish;

Davlat budjeti

2020 — 2023-yillar

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslik ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini jihozlar va asboblar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash reja-grafigini ishlab chiqish lozim.

Davlat budjeti

2020 — 2023-yillar

3.

Nanotexnologiyalar sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori (K. Muqimov)

Innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

2020-yildan boshlab nanotexnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga har yillik kvotalar ajratish rejasini;

Davlat budjeti

2019-yil
oktyabr

dissertatsiya ishlarini tayyorlash va himoya qilish uchun sharoit yaratish choralari rejasini;

Talab etilmaydi

2020-yil
yanvar

nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan ishlarning mualliflarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizomni.

Markazning o‘z mablag‘lari

2020-yil

mart

4.

Iqtidorli yoshlarni nanotexnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarga jalb etish, unikal (noyob) ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish maydonchasini tashkil qilish, ta’lim jarayoniga nanotexnologiyalar sohasida ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori (K. Muqimov)

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish Markazi tarkibida nanotexnologiyalar va materialshunoslik sohasida noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish bo‘limini tashkil qilish;

Davlat budjeti

2019-yil
oktyabr

iqtidorli talabalar uchun olimpiadalar, doimiy faoliyat yurituvchi seminarlar, yozgi maktablar, nanotexnologiyalar sohasidagi yetakchi olimlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

Talab etilmaydi

2021 — 2023-yillar

ilmiy xodimlar, doktorantlar va talabalarga xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasidan foydalanishi imkoniyatlarini yaratish;

Markazning o‘z mablag‘lari

2021-yil

sentyabr

nanotexnologiyalar sohasida ta’lim jarayoniga ilmiy-uslubiy yordamni tashkil qilish zarur.

Talab etilmaydi

2021 — 2023-yillar

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari (4.2-Komponent)
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronik ilmiy tadqiqot instituti

1.

Iqtisodiyot sohalarining zarur ilmiy — texnologik vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish. Ilmiy texnologiyalarni yaratish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. O‘tamuradova),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov),

innovatsion rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari v.b. (Sh. Rajabbayev), “O‘zeltexsanoat” assotsiatsiyasi raisi

(A. Abdullayev)

quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini:

institut laboratoriyalari ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligini baholash reyting tizimini joriy etuvchi ko‘rsatkichlar va indikatorlari tizimi;

ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktyabr

2022-yilda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘lar ko‘rsatkichini bir nafar ilmiy xodimga 2 mln. so‘m miqdorigacha yetkazish.

Ilmiy ishlar natijalarini tijoratlashtirishdan olingan mablag‘lar

2022-yil
dekabr

2020 — 2023-yillar mobaynida yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarida Institut xodimlari va doktorantlarini stajirovka o‘tashi hamda malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘i

2020-yil
aprel

Respublika iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari ro‘yxatini;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktyabr

yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika, materialshunoslik va muqobil energiya manbalari sohasida dolzarb ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun mavzuli grantlar ajratish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini iqtisodiyot sohalariga hamda elektrotexnika sanoatiga tatbiq etish maqsadida tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini.

Davlat budjeti

2019-yil
dekabr

2.

Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun ilmiy-tadqiqotlarning zamonaviy eksperimental infratuzilmasi, tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot tizimlari va sharoitlarini shakllantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. O‘tamuradova),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining o‘rinbosari (B. Ashrafxanov),

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari (R. Gulyamov),

investitsiya va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialsh�noslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha Institutni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, reaktivlar hamda butlovchi qismlar bilan jihozlash, shuningdek, institutda tajriba-sanoat ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ixtisoslashgan konstruktorlik byurosini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

Maxsus jamg‘arma mablag‘lari

2019-yil
oktyabr

zamonaviy ilmiy jihozlarni sotib olish hamda 8 ta laboratoriya va Institutning 1 ta noyob obyektini jihozlash uchun 5 mln. AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

XMI

mablag‘lari

2020-yil

mart

Institut obyektlarini O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Davlat budjeti

2019-yil

iyul

Institut bino va inshootlarini rekonstruksiyasi hamda uni jihozlash;

Institut hududida doktorantlar va izlanuvchilar yashashi uchun tegishli infrastrukturaga ega yosh olimlar uyini qurish;

Institut tuzilmasiga Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan marketing xizmatini kiritish.

Universitet va Institut

mablag‘lari

2019-yil

avgust

3.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. O‘tamuradova),

respublika iqtisodiyot real sektorlarining korxonalari

iqtisodiyot tarmoqlarining yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika, materialshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan talablarini o‘rganish;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

o‘rganishlar natijasida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi yarimo‘tkazgich materiallarini yaratish bo‘yicha Kompleks maqsadli ilmiy-texnik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Talab etilmaydi

2020-yil

yanvar

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

Universitet va Institut

mablag‘lari

2020-yil

iyul

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiyani o‘qitish metodikasi”, “Biotibbiyot fizikasi” yo‘nalishlari talabalari uchun uchun Institut laboratoriyalari negizida ixtisoslik fanlari bo‘yicha differensiatsiyalashgan tartibdagi o‘quv jarayonini tashkil etish hamda malakavi� ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashini ta’minlash;

Institutning ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb qilish uchun iqtidorli bakalavr va magistrlarni tanlash.

4.

Ilmiy xodim va talaba yoshlarni nashr etish faolligini oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. O‘tamuradova)

Universitet Institut bilan hamkorlikda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2021-yilda“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” jurnalini xalqaro ilmiy texnik axborot bazasida indeksatsiyalash uchun Digital Commons platformasi asosida tayyorlash;

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2020-yil
aprel

ilmiy xodim, doktorant va magistrlarni nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etish uchun tayyorlanayotgan ilmiy maqolalarni yozish va taqdim etishga o‘qitish;

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil

noyabr

olimlarning nashr etish faolligini oshirish uchun moddiy rag‘batlantirish orqali motivatsion choralarni amalga oshirish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘i

Doimiy

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari (4.3-Komponent)

Biofizika va biokimyo instituti

1.

Biofizika va biokimyo sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

(U. Begimkulov),

innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

2020 va undan keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 558-sonli qarorida belgilangan tadqiqot yo‘nalishlarini davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni tanlov mavzulari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini;

Talab etilmaydi

2020-yil
oktyabr

ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni maqsadli o‘rganish va tahlil qilish dasturini.

Talab etilmaydi

2023-yil
oktyabr

2.

Samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zamonaviy infratuzilma va shart-sharoitlar yaratish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektor

(V. Ibodullayev), Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

(S. Buzrukxonov),

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

moliya vazirining o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Institut binolarini ta’mirlash, qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini;

Davlat budjeti

2019-yil
oktyabr

2020 va undan keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga binolarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya xarajatlarini kiritish bo‘yicha takliflarni;

Davlat budjeti

2019-yil
noyabr

sotib olinadigan asbob-uskunalar ro‘yxatini;

Davlat budjeti

2019-yil
noyabr

Institutni 2020-2021-yillarda yetkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish orqali zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan bosqichma-bosqich jihozlash dasturini.

Davlat budjeti

2020-yil
fevral

3.

Halqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

biofizika va biokimyo sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni tashkil qilish bo‘yicha harakatlar rejasini;

Institutning o‘z mablag‘lari

2019-yil

avgust

Institut ilmiy tadqiqotchilarini xalqaro loyihalar (grantlar), simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

Institutning o‘z mablag‘lari

2019-yil

sentyabr

chet el olimlari bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

Institutning o‘z mablag‘lari

2020-yil

yanvar

PhD yoki DSc darajasiga ega bo‘lgan olimlarni xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish uchun yuborish va ularning safar xarajatlarini qoplash tartibini;

Davlat budjeti

2021-yil

mart

har yili chet el olimlarini taklif etish va ularning mehnatiga haq to‘lash (ikki shtat birligigacha) tartib�ni;

Davlat budjeti

2021-yil

mart

SCOPUS/Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop ettirgan olimlarni moddiy rag‘batlantirish tartibini.

Institutning o‘z mablag‘lari

2020-yil

yanvar

4.

Ilmiy ishlarga yoshlarni jalb etish, biofizika va biokimyo sohasida ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori (R. Sabirov)

biofizika va biokimyo sohasidagi yetakchi olimlar bilan iqtidorli talabalar uchun uchrashuvlar, olimpiadalar, doimiy seminarlar, yozgi maktablarni tashkil etish tartibi va chora-tadbirlar rejasini;

dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoyaga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish choralari dasturini.

Talab etilmaydi

2019-yil sentyabr

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari (4.4-Komponent)
S.X. Sirojiddinov nomli akademik litsey

1.

O‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

o‘rnatilgan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

akademik litseyda o‘quv jarayoni samaradorligini baholash reyting tizimini joriy etishga asos bo‘luvchi ko‘rsatkichlar tizimini;

maqsadli o‘quv dasturlariga tayangan holda va o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini optimallashtirish maqsadida xorijiy o‘quv muassasalarining tajribasini inobatga olib, mustaqil ravishda Universitet bilan hamkorlikda o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

akademik litsey o‘quvchilarini manzilli tanlab olish tizimini joriy qilish hamda ularni Universitet kafedralarida ilmiy faoliyatga tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Davlat budjeti, Universitet mablag‘lari

2019-yil

avgust

2.

Akademik litseyga iqtidorli yoshlarni aniq yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli tanlashni tashkil qilish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

maqsadli tanlovning tizimli va samarali mexanizmi ishlab chiqish;

Davlat budjeti, Universitet mablag‘lari

2019/2020 o‘quv yilidan akademik litseyda o‘qish uchun umumta’lim maktablaridan o‘quvchilarni tanlab olish tartibini tasdiqlash, bunda ikki bosqichli tanlov tashkil qilish:

birinchi bosqich — Universitet hamda akademik litsey professor-o‘qituvchilari hamkorlikda Respublika hududlariga chiqqan holda maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazish;

2019-yil

iyul

ikkinchi bosqich — akademik litseyga kirish imtihonlarini o‘tkazish.

2019-yil

avgust

3.

Ta’lim infratuzilmasini modernizatsiyalash va moddiy-texnik ta’minotini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri�ing o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining

birinchi o‘rinbosari

(T. Ishmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xodjayev)

quyidagilarni inobatga olgan holda binolarning holatini yaxshilash hamda zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish:

mebellarni to‘la yangilagan holda yotoqxonani kapital ta’mirlash;

Davlat budjeti

(investitsiyaviy dastur)

2020-yil

qishki basseynni o‘z ichiga olgan, zamonaviy norma va talablarga javob beruvchi yangi sport majmuasini qurish;

2020-yil

oshxona binosini barcha sanitar norma va qoidalarga javob beradigan tarzda rekonstruksiya qilish hamda o‘rindiqlar sonini 300 taga yetkazish;

2021-yil

faollar zalini kapital ta’mirlash va yangi o‘rindiqlarni o‘rnatish;

2023-yil

o‘quv binosini kapital ta’mirlash va jihozlash (2 tadan fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari, 4 ta kompyuter sinfi);

2020-yil

transport vositasini ajratish (1 dona yengil avtomashina, 1 dona mikroavtobus).

2020-yil

4.

O‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish hamda o‘quv jarayoniga tatbiq qilish. Buning uchun:

quyidagilarni inobatga olib o‘quv adabiyotlarini tahrir hamda chop etishga tayyorlashning tizimli va samarali mexanizmini ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (T. Ishmetov),

xalq ta’limi vaziri (Sh.Shermatov)

akademik litsey yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining mualliflarini moddiy rag‘batlantirish va zaruriy sharoitlar yaratib berish choralarni ko‘rish;

2019/2020 o‘quv yilidan tajriba sifatida o‘quv jarayoniga muqobil o‘quv adabiyotlarni joriy etish;

xarajatlar smetasida ko‘rsatgan holda darslik va o‘quv qo‘llanmalarni chop etish uchun doimiy moliyaviy mablag‘ ajratish.

Davlat budjeti, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Kitob fondi, Universitet mablag‘lari

2020-yil
fevral

5.

Akademik litseyni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish. Buning uchun:

quyidagi yangi lavozimlar kiritgan holda akademik litseyning namunaviy shtatlar jadvalini qayta ko‘rib chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (I.Madjidov),

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (T. Ishmetov)

tarbiyachi (har 25 nafar o‘quvchiga 1 shtat birligi);

yordamchi tarbiyachi (har 50 nafar o‘quvchiga 1 shtat birligi).

Davlat budjeti

2019-yil

avgust

O‘qituvchilarni oylik maoshini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Davlat budjeti

2019-yil

avgust

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari (4.5-Komponent)

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (hududiy) markazi

1.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (hududiy) markazining o‘quv rejalari va dasturlarini tuzilishi va mazmunini ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (U. Begimkulov)

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni har tomonlama o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

Davlat budjeti

2019-yil
avgust

Ilm-fan va iqtisodiyot sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari v� ehtiyojlariga muvofiq kurslarning amaliy yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda, kompetentli yondashuv va xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida o‘quv reja va dasturlarni doimiy yangilab borish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini.

Universitet mablag‘lari

2019-yil
avgust

2.

Markaz amaliyotiga differensiatsiyalashgan va muqobil malaka oshirish shakllarini, shu jumladan masofaviy o‘qitish shakllarini joriy etish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (U. Begimkulov)

pedagog kadrlarning mustaqil ishlari va o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish natijalarini hisobga olgan holda malaka oshirishini tashkil etish va motivatsiyalashning amaliy mexanizmlarini;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga masofaviy ta’lim texnologiyalarini, shuningdek xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi onlayn ma’ruzalar, vebinarlarni keng joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

Hisob-kitoblar asosida

2020-yil
yanvar

pedagoglar faoliyatini tanqidiy baholashning korrekt indikatorlari asosida samarali ta’lim innovatsiyalarini qo‘llashning rag‘batlantirish mexanizmlarini;

Davlat budjeti

2020-yil
yanvar

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab differensiatsiyalashgan

malaka oshirish dasturlarini amaliyotga joriy etish tartibini.

Talab etilmaydi

2019-yil sentyabr

3.

Markazdagi ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Markaz pedagoglarini xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xam�djonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov)

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha maqsadli dasturni;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, universitet mablag‘lari

2019-yil

oktyabr

Markaz pedagog kadrlarini xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

2019-yil
dekabr

4.

Markazning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va infratuzilmasini modernizatsiyalash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Markazni joylashtirish uchun mo‘ljallangan binoni kapital ta’mirlash masalalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
yanvar

Axborot-resurs markazi fondini tashkil etish va doimiy yangilab borish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
yanvar

Markazning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini.

Universitet mablag‘lari

2020-yil
yanvar

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari
(E.Muxitdinov),

axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari (O. Umarov)

ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini to‘liq yangilash, jumladan optik tolali tarmoqlar, kommutatorlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlari;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-dekabr

2020-yil davomida Internet tezligini 600 Mb/sek. gacha oshirish;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-dekabr

universitet va uning atrofidagi hududlarda hamda Talabalar shaharchasida Wi-Fi zonalarini tashkil etish;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-dekabr

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislarini jalb qilish uchun qulay sharoit va raqobat muhitini yaratish maqsadida mutaxassislarning oylik ish haqini o‘rtacha bozor ko‘rsatkichlari darajasida oshirish hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa bozor mexanizmlarini qo‘llash.

Davlat budjeti

2020-yil
1-dekabr

2.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
(K. Sharipov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari (O. Umarov)

o‘quv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi AKT jihozlarini (1490 ta kompyuter, 100 ta proyektor va 100 smart televizor) xarid qilish, shuningdek 15 ta “Smart o‘quv xona”larni tashkil etish.

Davlat budjeti

2019 — 2021 yillar

3.

O‘quv jarayonini boshqarish axborot tizimlarini joriy etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

ta’lim jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-mart

Ichki imkoniyatlardan foydalangan holda veb va bulutli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish;

Universitet mablag‘lari

2020 — 2021
yillar

universitetning fakultet va kafedralari hamda professor-o‘qituvchilarning ichki reytingini aniqlovchi elektron tizimini yaratish;

Universitet mablag‘lari

2020-yil
1-sentabr

ta’lim jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

OO‘MTVning OTMlarini rivojlantirish jamg‘armasi

2021 — 2023 yillar

4.

Masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagogik kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari (O. Umarov)

Universitet Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari bilan birgalikda xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy o‘qitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Kompleks tarkibi quyidagilardan iborat:

masofaviy ta’lim xizmatlari portali (veb ilova);

Universitet mablag‘lari

2020 — 2022-yillar

onlayn o‘quv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni masofaviy o‘tkazish uchun virtual kabinet, jumladan respublika oliy ta’lim muassasalari uchun;

Davlat budjeti

universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz;

OO‘MTV ning OTMlarini rivojlantirish jamg‘armasi

vebinarlar tashkil qilish va o‘tkazish;

Universitet mablag‘lari

2020-yildan boshlab universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma ishlab chiqish.

OO‘MTV ning

OTMlarini rivojlantirish jamg‘armasi

2020-yil

5.

Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, t�labalar uchun ilg‘or badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari (O. Umarov)

xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Fransiya va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilg‘or tajribalarni
o‘rganish asosida universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

Universitet mablag‘lari

2020-yildan boshlab

veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy ta’lim muassasalari uchun;

Davlat budjeti

2019-yil dekabr

elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashriyotlarga obuna bo‘lishni tashkil qilish.

OO‘MTV ning

OTMlarini rivojlantirish jamg‘armasi

2020-yildan boshlab

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

universitetdan;

OO‘MTVdan;

vazirlik va idoralardan

1.

Sohaga oid yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimqulov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (I. Ne’matov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov)

OO‘MTV Universitet bilan hamkorlikda donor tashkilotlar, homiylar va o‘zaro manfaatli loyihalarni izlab topish hamda yangi hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish maqsadida, universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro ta’lim, ilmiy va amaliy ko‘rgazmalarda (NAFSA (AQSh), QS Connect (Buyuk Britaniya), The Learning & Teaching Expo(Gong Kong), Gess Mexico (Meksika), Connect (Kanada), Edcrunch (Rossiya), konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019-yil

oktyabr

�orijiy o‘qituvchi va mutaxassislarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019-yil
oktyabr

o‘quv va ilmiy jarayonga xorijiy professor
va o‘qituvchilarni
, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish bo‘yicha AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Yaponiya, XXR, Koreya Respublikasining oliy ta’lim muassasalarining (MDU, Qozon Federal universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Vaterlo — Kanada universiteti va boshqalar) tajribasini o‘rganish;

Universitet mablag‘lari

2019-2020-yillar

2019 — 2023-yillar mobaynida universitetga yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili eng kamida 70 nafar yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni ma’ruzalar o‘qish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019 — 2023-yillar

2.

Professor-o‘qituvchilarni xorijda stajirovka o‘tash va malaka oshirish, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)da o‘qish uchun yuborilishini tashkil etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimqulov),

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (I. Ne’matov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori (A. Bekmuradov)

OO‘MTV Universitet bilan hamkorlikda xorijning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka o‘tashi bo‘yicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

pedagogik va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka o‘tash bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari (MDU, Qozon Federal universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Vaterlo — Kanada universiteti va boshqalar)ning tajribasini o‘rganish;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019-yil

oktyabr

yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy hamkor tashkilotlar bilan keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashish bo‘yicha shartnomalar imzolash;

Talab etilmaydi

2019-yil

1-dekabrga qadar

2020–2023-yillar mobaynida 250 nafar pedagogik va ilmiy kadrlarni stajirovka o‘tash va malak� oshirishini tashkil etish hamda 100 nafar o‘qituvchi va yosh olimlarni doktorantura (PhD)da va 150 nafar bitiruvchilarni magistraturada o‘qish uchun dunyoning yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalariga yuborish.

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2020 — 2023-yillar

3.

Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash, hamkorlikda loyihalarda ishtirok etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimqulov),

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (I. Ne’matov)

sohaga oid yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

o‘quv dasturlarni innovatsion usullarda takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha TOP-1000 oliy o‘quv yurtlarining tajribasini o‘rganish;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019-yil
oktyabr

dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari (Moskva davlat universiteti, Qozon Federal universiteti, Arizona universiteti (AQSh), Zalsburg universiteti (Avstriya), Belorus davlat universiteti) bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarni takomillashtirish, innovatsion ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘y�cha “qo‘shma diplom”, akademik mobillik hamda yozgi maktablar bo‘yicha integrallashgan innovatsion ta’lim dasturlarini tashkil etish.

Xalqaro grantlar, universitet mablag‘lari

2019 — 2023-yillar

4.

Universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyatini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (U. Begimqulov),

moliya vaziri o‘rinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Universitet OO‘MTV va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda quyidagilar bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:

2019-yil

1-sentabrga qadar

bo‘lim boshlig‘i maoshini fakultet dekani ish haqiga, bo‘lim xodimlarining ish haqlarini dekan muovini maoshiga tenglashtirish;

Davlat budjeti

yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari (MDU, Qozon Federal universiteti, Belorus davlat universiteti va boshqalar) tajribasidan kelib chiqqan holda xalqaro hamkorlik bo‘limining shtat birliklari sonini ko‘paytirish;

Davlat budjeti

xorijiy fuqarolarni universitetga jalb qilish bo‘yicha mustaqil agentlarni va xorijiy hamkorlarni yollash bo‘yicha ishni yo‘lga qo‘yish.

Universitet mablag‘lari

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan
ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

universitetdan;

OO‘MTVdan;

vazirlik va idoralardan

1.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida me’yoriy-uslubiy hujjatlar bazasini mustahkamlash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi mas’ullarning faoliyati natijadorligini aniqlashning zamonaviy mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi, o‘tkazilayotgan tadbirlarni baholashning aniq mezonlari;

Talab etilmaydi

2019-yil
noyabr

talabalar bilan tarbiyaviy ishlarning zamonaviy usullarini belgilovchi turkum uslubiy qo‘llanmalar;

Universitet mablag‘lari

2020-yil

mart

yoshlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarning xizmat mas’uliyatini belgilovchi me’yoriy-uslubiy hujjatlar;

Talab etilmaydi

2019-yil

noyabr

Nizomlar: “Universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori faoliyati to‘g‘risida”, “Universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini baholash mezonlari”, “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi to‘g‘risida”, “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekanlar o‘rinbosarlari faoliyati to‘g‘risida”, “Talabalar turar joyi to‘g‘risida”, “Universitet psixologi faoliyati to‘g‘risida”;

Talab etilmaydi

2019-yil
noyabr

“Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturi.

Talab etilmaydi

2019-yil
sentyabr

2.

Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlashni hisobga olgan holda tarbiyaviy ishlar tizimni takomillashtirish. Buning uchun universitet talaba yoshlari bilan ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi konseptual dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda samarali mexanizm va yangi pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish;

talabalar bilan tarbiyaviy ishda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini amalda ta’minlash;

tegishli fanlarda tarbiyaviy vazifalarni joriy etish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish;

talabalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni yot g‘oyalarga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish;

tarbiyaviy ishlarda Universitetning ota-onalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorligini kuchaytirish;

talabalarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish.

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

3.

Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Buning uchun quyidagilarni tashkil etish:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (K. Sharipov)

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

(O. Umarov),

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

(A. Qodirov)

“Kitobsevarlar oyligi”, “Madaniyat va san’at oyligi” davriy tematik tadbirlari, “Yosh targ‘ibotchilar, “Bloggerlar”, “PR Markaz” klublari, “Tafakkur sinovlari”, “Ezgulik ilmdan boshlanadi” tanlovlari, aholining zaif qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan talabalarga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijtimoiy aksiyalar;

Universitet mablag‘lari

Har yili

2019 — 2023-yillar

Universitet talabalarining doimiy harakatdagi volontyorlar klubini tashkil etish.

Universitetda quyidagilarni ishlab chiqish va joriy etish:

2019-yil

oktyabr

badiiy adabiyotlarni yuklab olish uchun dasturiy loyihalar, mobil ilovalar va elektron kutubxonalar dasturlari;

Universitet mablag‘lari

2021-yil
mart

talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va qo‘llanmalar.

Hisob-kitoblar

asosida

2021-yil
mart

4.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy etish. Shu maqsadda har bir tashabbus bo‘yicha alohida yo‘nalishlarni qamrab oluvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash:

1-tashabbus — talaba-yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar va biyennalelar, davriy tematik tadbirlar tashkil etish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish;

2-tashabbus — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba-qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport to‘garaklari ochish, sportning har xil turlari bo‘yicha “Universiada” sport musobaqalari va universitet ichki chempionatlarini tashkil etish;

3-tashabbus — talaba-yoshlarda internetdagi axborotni tahlil qilish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, robototexnika, kompyuter texnologiyalari, internet va messenjerlar savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT olimpiadalar tashkil etish, ta’lim faoliyati bilan bog‘liq elektron dasturlar, mobil ilovalar, elektron kutubxonalar joriy etish;

4-tashabbus — talaba-yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hisini tarbiyalash maqsadida “Notiqlik san’ati”, “Reading club”, “Munozara-debat”, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni, talabalarning she’rlari, ilmiy maqolalari va she’riy to‘plamlarini chop etishni tashkil qilish;

5-tashabbus — talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Universitet hududida tikish-bichish, kashtachilik, milliy hunarmandchilik bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, “Qizlar davrasi”, “Oilaviy turmushga tayyorlash” mavzularida psixolog bilan suhbatlar, anonim sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish.



Davlat budjeti
va universitet mablag‘lari



O‘quv yilining boshiga

2019 — 2023-yillar

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov)

5.

Ijaraga olingan xonadonlarda va talabalar turar joylarida yashash va turmush sharoitlarini yaxshilash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov)

ijtimoiy ahvolni, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini muntazam o‘rganib borish, ijara olingan xonadonlarda yashovchi talabalarning manzilli ro‘yxatlarini har yili yangilab borish, aniqlangan muammolarni hal etish;

Talab etilmaydi

Har yili sentyabrda

talabalar turar joylarida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

Doimiy

rektorning professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish.

Chorakda bir marta

6.

Qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish. Buning uchun quyidagilarni tashkil etish:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan i�lash bo‘yicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirining o‘rinbosari (S. Buzrukxonov)

Talabalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi;

Davlat budjeti

2021-yil
yanvar

“Kasb sirlari” mavzusida psixologik rag‘batlantirish treninglari, davra suhbatlari, shuningdek, anonim sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish.

Talab etilmaydi

2020-yil
mart

Biznes-ledi”, “Talaba-tadbirkor”, “Tadbirkorlik faoliyati maktabi” klublari.

Universitet mablag‘lari

2021-yil
may

Maqsadli dasturlarni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-dekabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

— universitetdan;

— OO‘MTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

Universitet o‘qituvchilari, talabalari va xodimlarining yashash hamda dam olishlari uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (T. Ishmetov), qurilish vaziri o‘rinbosari (B. Zokirov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari (S. Bekenov)Toshkent shahar hokimi (J. Ortiqxo‘jayev)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga № 2, 3, 4, 5, 9, 12, 14, 18-sonli talabalar turar joylarini kapital ta’mirlash (rekonstruksiya) va jihozlash bo‘yicha taklif kiritsin.

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligiga:

Universitet hududidagi “Yoshlar bog‘i”, badiiy havaskorlar maydonchalari, Book-kafe qurilishini yakunlash hamda bog‘ hududini simsiz internet tarmog‘i bilan qamrab olinishini ta’minlasin;

Mahalliy budjet va homiylar mablag‘lar

2019-yil

sentyabr

Vazirlar Mahkamasiga 6 (olti) ta ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilish rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish. Bunda quyidagilarni ko‘zda tutish:

Imorat quruvchiningmablag‘lari, banklar kreditlari, mahalliy budjet

2019-yil

sentyabr

turar-joy binolarining qurilishi boshlanishi muddatlari, xonadonlar soni, uy-joy fondini malakali hamda talab yuqori bo‘lgan xodimlar uchun xizmat ko‘rsatish uyi sifatida foydalanilishi, shu jumladan, turar-joy fondining bir qismini universitetning malakali va ehtiyoji yuqori bo‘lgan xodimlariga imtiyozli shartlar asosida berish.

Universitetning ko‘p kvartirali uylarini qurish uchun ATB “O‘zsanoatqurilishbank” (3 ta turar-joy binosi) va ATB “Ipoteka bank” (3 ta turar-joy bino)larini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

Talabalar shaharchasi hududida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan universal sport majmuasini qurish choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari

2019-yil

sentyabr

2.

Universitetning o‘quv va ilmiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish. Shu maqsadda:

Rektor (A. Marahimov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

(T. Ishmetov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari (S. Bekenov), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi (N. Bakirov),

Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi (B. Islomov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga universitetningquyidagi obyektlarini kapital ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlash bo‘yicha takliflar kiritsin:

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

Xorijiy filologiya fakulteti binosi;

Universitetning sport inshootlari, jumladan, stadioni tribunasa va tribuna osti xonalari hamda 2 ta sport zali; —

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini joylashtirish uchun Fizika fakultetining noyob (Betatron SB-50) obyekti binosi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillar uchun Investitsiya dasturiga quyidagi obyektlarni qurish va jihozlash bo‘yicha taklif kiritsin:

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2022-yil

aprel

“Botanika” o‘quv-ilmiy amaliy bazasi hududida3 (uch) ta fakultet (Biofizika va muhandislik tadqiqotlari, Fundamental tibbiyot va biokimyo, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetlari shakllantirilishi bilan) o‘quv-laboratoriya binolari.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

“Chorvoq” amaliyot o‘tash bazasining binolarini kapital ta’mirlashni amalga oshirsin hamda gidrometeorologik va kuzatish asboblari bilan jihozlanishini ta’minlasin;

O‘rmon

xo‘jaligi davlat qo‘mitasining

o‘z mablag‘lari

2019-yil

dekabr

“Orol va yoshlar” o‘quv-amaliyot bazasini qurish va jihozlanishini amalga oshirsin.

Davlat geologiya qo‘mitasining

o‘z mablag‘lari

2019-2020-yillar

Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyatidagi “Oqsoq-ota” amaliyot o‘tash bazasini ta’mirlash va jihozlashni hamda unga boruvchi yo‘llarni ta’mirlashni amalga oshirsin.

Universitet Burchmulladagi radiofizika o‘quv poligonini ta’mirlash va jihozlash hamda uning qoshida yosh fiziklar yozgi maktabini tashkil etish uchun Burchmulla o‘quv poligoni hududidagi obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlashni amalga oshirsin.

Yangi tashkil etilayotgan maxsus fond mablag‘lari

2019-2020-yillar

3.

S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (T. Ishmetov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari (S. Bekenov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning o‘quv, yotoqxona, oshxona binosi hamda sport zalini kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha takliflar kiritsin.

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

4.

O‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vaziri o‘rinbosari

(B. Ashrafxonov)

Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan universitet fakultetlarining o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasini aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash.

Universitetga ajratilgan mablag‘lar

2019-2020-yillar

5.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bazalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov), innovatsiyalarni rivojlantirish vaziri (I.Abduraxmonov),

moliya vaziri o‘rinbosari

(O.Isakov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari (S. Bekenov), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi (N. Bakirov),

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi (A. Abdullayev)

Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va jihozlash, shuningdek, “Tuproqshunoslik” laboratoriyasini qo‘shimcha butlash orqali jihozlashga moliyaviy mablag‘lar jalb etish bo‘yicha chora ko‘rsin.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

vivariyni qurish va jihozlash;

oranjereyani qurish va jihozlash.

XMI

mablag‘lari

2020 — 2023-yillar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi innovatsion ko‘chma tuproq tahlil laboratoriyasini universitet ixtiyoriga o‘tkazish.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘z mablag‘lari

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining o‘z mablag‘lari

2019-yil

dekabr

2019-2020-yillar

6.

Bino va inshootlardan barqaror va xavfsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida universitetning xo‘jalik moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Shu maqsadda:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (T. Ishmetov), Toshkent shahar hokimi (J. Ortiqxo‘jayev)

Universitet hududidagi yo‘llarni ta’mirlash va tiklash;

Universitet hududidagi muhandislik kommunikatsiyalari, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, irrigatsiya va sug‘orish tizimlarini ta’mirlash.

Davlat budjeti

(investitsiya dasturi)

2020 — 2022-yillar

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning muddati — 2019-yil 1-dekabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Mas’ullar:

universitetdan;

OO‘MTVdan;

vazirlik va idoralardan.

1.

Tajriba tariqasida jon boshiga normativ moliyalashtirish tizimini joriy etish (talaba uchun mablag‘). Buning uchun:

iqtisodiy asoslantirilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim sohalari va yo‘nalishlari kesimida davlat granti asosida o‘qitish miqdorini belgilash (aniqlash) to‘g‘risidagi hujjat loyihasini;

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri o‘rinbosari (B. Ashrafxanov)

O‘zbekiston Milliy universiteti va Davlat buyurtmachisi o‘rtasida davlat buyurtmasini moliyaviy ta’minlashni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvni tuzishni nazarda tutadigan, davlat buyurtmasi doirasida mablag‘larni yetkazish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Talab etilmaydi

2019-yil

avgust

2.

Universitetga avtonomlik berish orqali xarajatlarni optimallashtirish va �esurslardan (mablag‘lardan) foydalanish samaradorligini oshirish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri o‘rinbosari (B. Ashrafxanov)

— Universitetga Universitet Kengashining qaroriga asosan o‘zining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash va shtat birliklarini mustaqil belgilash vakolatini berish;

2019-yil

avgust

— universitetga xarajatlar yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqini berish. Universitet Kengashining qaroriga asosan moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish bo‘yicha rektorning vakolatlarini belgilash;

2019-yil

avgust

— har bir xodimning universitet rivojiga qo‘shgan hissasiga qarab mehnatga haq to‘lash darajasini mustaqil belgilashni nazarda tutuvchi, Universitetda mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2019-yil

sentyabr

— oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilashni nazarda tutuvchi, universitetda pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

2019-yil

Iyul

3.

Universitetning barqaror rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev), moliya vaziri o‘rinbosari (B. Ashrafxanov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari (S. Bekenov)

beshta yo‘nalish bo‘yicha universitet faoliyatini rivojlantirishni nazarda tutuvchi, Universitetni moliyaviy rivojlantirishning 5 yillik (2019 — 2023-yillar) dasturi bo‘yicha takliflarni:

— ta’lim infratuzilmasi va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

— ilmiy infratuzilmani va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

—  xo‘jalik infratuzilmasini va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash;

— kadrlar salohiyatini oshirish;

— axborotlashtirishni rivojlantirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Rivojlantirish dasturida barcha 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniq maqsad, sifat va miqdorning o‘sish indikatorlarini, davlat budjeti va universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish hajmiga aniqlik kiritiladi (birgalikda moliyalashtirish).

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

4.

Davlat buyurtmasi asosida davlat grantiga qabul kvotalarini tanlov asosida taqsimlashni bosqichma-bosqich joriy etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xo‘jayev)

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga O‘zbekiston Milliy universiteti va respublikadagi boshqa qator oliy ta’lim muassasalarini, shuningdek, xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish asosida qabul kvotalarini tanlov asosida taqsimlash mezonlarini belgilash hamda qabul kvotalarini taqsimlashning raqobatbardoshlik usullariga o‘tishning tartibi va muddatini belgilash bo‘yicha quyidagi takliflarni kiritish:

— davlat grantlari asosida qabul kvotalarini belgilash tartib-taomillarining shaffofligi;

— ta’lim sifatini ta’minlash uchun universitetlarning manfaatlari va aniq imkoniyatlarini hisobga olish.

Talab etilmaydi

2020-yil

mart

1.

A.A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari

2.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

I.U. Madjidov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o‘rinbosari

4.

A.R. Marahimov

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, muvofiqlashtiruvchi

5.

K.I. Allamjanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

6.

B.Sh. Usmanov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari

7.

E.M. Muxiddinov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

Sh.R. Rajabbayev

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari v.b.

9.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

S.M. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

B.B. Ashrafxanov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

12.

U.A. Qo‘qonboyev

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari

13.

A.A. Sa’dullayev

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari

14.

lavozim bo‘yicha

Qoraqalp�g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy soha va turizmni rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari

15.

lavozim bo‘yicha

xo‘jalik subyektlari rahbarlari — hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va aniq ilmiy tadqiqot mavzulariga bo‘lgan ehtiyojga mos ravishda kadrlar buyurtmachilari

16.

Sh.B. O‘tamuradova

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti direktori

17.

K.M. Muqimov

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Nanote�nologiyalarni rivojlantirish markazi direktori

18.

R.Z. Sobirov

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va bioximiya instituti direktori

19.

M.M. Islomova

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining S.X.Sirojiddinov nomli akademik litsey direktori

Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)