O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kanselyariyasi arxivining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, unda saqlanayotgan arxiv hujjatlarini saqlash, jamlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlari belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan binosini (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) tegishli hududi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi asosida berish;
2019-yilda obyektni rekonstruksiya qilish hamda uni arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish talablariga javob beradigan zamonaviy moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan zarur jihozlar, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlash ishlarini olib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda obyektning tegishli hududi bilan birgalikda topshirilishini, Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi esa ularning qabul qilib olinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida ushbu boshqarmaning 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
3. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga favqulodda vaziyatlarning oldini olishda va oqibatlarini bartaraf etishda tezkor harakatlanishni inobatga olgan holda operativ boshqaruv huquqi asosida bino va inshootlar ajratilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kanselyariyasi arxivi toifalangan obyektligini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, obyektni rekonstruksiya qilishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasi — buyurtmachi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi “Qurilish birlashmasi” DUK — bosh pudratchi tashkilot;
“Vinlad” MChJ — videokuzatuv va qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlari bo‘yicha loyihalash va pudratchi tashkilot etib belgilansin.
Istisno tariqasida, rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish ishlari bilan bir vaqtda 2020-yilning 1-yanvarigacha olib borishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi obyektni rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan mablag‘ ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasiga, istisno tariqasida, obyekt bo‘yicha taqdim etilgan ehtiyojlarga muvofiq qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar va uskunalar xarid qilish maqsadida tuzilgan shartnomalar qiymatining 100 foizi miqdorida, shuningdek, subpudrat tashkilotlari tomonidan ishlarni bajarish maqsadida tuzilgan shartnomalar miqdorining 30 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “Qurilish birlashmasi” DUKga va “Vinlad” MChJga qo‘shimcha ravishda avans ajratishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obyekt bo‘yicha taqdim etilgan ehtiyojlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasiga qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar va uskunalar xarid qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “Qurilish birlashmasi” DUKga va “Vinlad” MChJga qo‘shimcha ravishda avans berish uchun mablag‘ ajratsin.
obyekt bo‘yicha buyurtmachilar, loyihalash, subloyihalash, pudratchi va subpudratchi tashkilotlari, obyektni rekonstruksiya qilish doirasida amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar, tovarlar) hajmi bo‘yicha barcha turdagi soliqlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari);
2022-yil 1-yanvarga qadar obyektni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan, laboratoriya uskunalari, mobil stellajlar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari hamda qurilish materiallari, inventarlar, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kanselyariyasi arxivini rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun uskunalar, kompyuter texnikasi, hujjatlarni saqlash, ta’mirlash va raqamlashtirish uchun texnik vositalari (shu jumladan, laboratoriya uskunalari, mobil stellajlar), multimedia mahsulotlari hamda qurilish materiallari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va inventarlarni xarid qilish istisno tariqasida O‘zbekiston Respublikasi “Tovar xom-ashyo birjasi” AJning maxsus elektron savdolarisiz, tender va tanlovlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kanselyariyasi arxivini rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan xarid qilinadigan tovarlarni olib kelish, saqlash, yuklash-tushirish, tayyorlash ishlarining to‘lov undirmasdan, tegishli norma va talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasi obyektni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarini bajarishda sifat talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kanselyariyasi arxivida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan zararlangan yoki matni o‘chayotgan hujjatlarni tiklash (ta’mirlash), hujjatlar va mikrofilmlarga ilmiy-texnik ishlov berish va hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish ishlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ish yuritish va arxiv ishiga mas’ul bo‘lgan xodimlarining arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish sohasidagi malakasini oshirish uchun seminar-treninglar o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.