O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda, 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 8-moddasi uchinchi bandining oltinchi xatboshisi “imtiyozlar berish” degan so‘zlardan oldin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda):
“Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash, ishsiz shaxslarning bunday ishlarda ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“Ishsizlik nafaqasi ushbu Qonunning 3-moddasiga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi”;
“qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda”;
to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
“ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda; 1994-yil, № 4, 109-modda, № 5, 143-modda, № 8-9, 244-modda, № 10, 258-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda) o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda) 4-moddasi 4-bandining:
“b) jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, farzandlikka olish, otalikni belgilash, jinsning o‘zgartirilishi hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, tuzatilgan va to‘ldirilgan taqdirda ularga guvohnomalar berganlik uchun”;
“v” kichik bandidagi “ruhiy kasalligi yo aqli zaifligi” degan so‘zlar “ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“d) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 31-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari hisoblanadi”.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda) 21-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
saylov tayinlangan kunga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari bundan mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
Bojxona nazoratini chetlab yoki Bojxona nazoratidan yashirib yoxud Bojxona hujjatlari va vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish:
b) chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan;
mol-mulk musodara qilinib sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
2) 405-moddasi matnidagi “yetti sutkada” degan so‘zlar “o‘n besh sutkada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibda ko‘rib, kassatsiya ajrimini, agar keyin sud ajrimlari qarorlari chiqarilgan bo‘lsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishga o‘tkazadi”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
“sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima sabab bo‘ladi”;
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish,—
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddasining birinchi qismi “175-moddasining beshinchi qismi” degan so‘zlardan keyin “1751-moddasida” degan so‘zlar bilan, “186” raqamidan keyin “1861” degan, “241” raqamidan keyin esa “2411” degan raqamlar bilan to‘ldirilsin;
6) 261-moddasining birinchi qismidagi “65-moddasining birinchi qismida (qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzib ko‘rsatish, yerdan foydalanganlik to‘g‘risida axborot taqdim etishdan bosh tortish yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno)” degan so‘zlar “65-moddasining ikkinchi qismida (qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Yer resurslari davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasida (erlarni ishlab chiqarish va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlari, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari bundan mustasno), 69-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Yer resurslari davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlari yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqning ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda; 1996-yil, № 9, 141-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli hokimiyat vakillik organi qarori bilan muddatidan ilgari to‘xtatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Deputat uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organ (partiya) oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu organning (partiyaning) taklifi ham deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
“Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi”;
“qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda”;
to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, — bunday ishlarda ishtirok etgan davrida”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 38-moddasi:
“Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsning o‘zgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan ifodalanadi”;
uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan sud qarori asosida” degan so‘zlar “fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo‘lsa — sud qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda) 46-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Konsul tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 133-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 22-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat sinovlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilangan uslub va muddatlarda ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinov stansiyalarida, davlat nav sinov uchastkalarida, boshqa xo‘jaliklar va tashkilotlarda o‘tkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 106-modda) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan to‘ldirilsin:
tabiiy monopoliyalar — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga qo‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitini yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas;
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan mashg‘ul xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs)”
Keyingi tahrirga qarang.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda);
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar (mol-mulk solig‘i bundan mustasno) o‘rniga budjetga yalpi daromad solig‘i to‘laydilar. Yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi va stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“Xar yili Davlat budjeti tasdiqlanayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan ko‘paytirmay belgilagan holda uni qayta ko‘rib chiqishi mumkin”;
5) 63-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinganda soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda budjetga o‘tkaziladi;
to‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga o‘tkaziladi.
ish haqini to‘lash chog‘ida jismoniy shaxsning talabiga ko‘ra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ma’lumotnomani berishi;
asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risida jismoniy shaxsning ro‘yxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi shart”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliqning qat’iy summasini belgilagan holda soliq solishning alohida tartibini tayinlashi mumkin”;
“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilardir”;
ikkinchi qismi “ana shu tovarlar” degan so‘zlardan keyin “(ishlar, xizmatlar)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan va o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno”;
“agar hukumatlararo tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga”;
“chet el tarafi tomonidan o‘zaro do‘stlik prinsipi qo‘llangan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birgalikda yashayotgan oila a’zolarining, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar hamda respublikada doimiy yashayotgan bo‘lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga)”;
“Ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i kamaytirilgan stavkalarda to‘lanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq hisobga o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi”;
“Hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobot davrida amalda kelib tushgan, shuningdek import qilingan, soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasidir. Olingan, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliq summasi hisobga o‘tkazilmasligi kerak”;
14) 76-moddasining uchinchi qismidagi “solig‘i bo‘yicha hisobga turmagan” degan so‘zlar “solig‘ini to‘lovchi bo‘lmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 90-moddasining birinchi qismi “qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan erning qiymati bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi normativ muddatda o‘rnatilmagan yoki foydalanilmayotgan uskunalar uchun soliqning oshirilgan stavkalarini belgilashga haqli”;
“soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning”;
“Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘laydilar”;
9-bandi “neft va gaz quvurlari” degan so‘zlardan keyin “issiqlik trassalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“11) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar egallagan yerlar”;
“19) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan yerlar”;
20) 102-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “(budjetdan moliyaviy ta’minlanadigan boshqaruv organlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bundan mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Yuridik shaxslar balansida bo‘lgan va ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarga yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solinmaydi”;
“9) tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinayotganda hisobvaraq-fakturalarni belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchidan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining o‘n foizi miqdorida jarima undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda) 3-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis tomonidan kamida o‘n besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadilar.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiya Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “El-yurt hurmati” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordeni tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yonbag‘ridan nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Yulduzning burchaklari orasida zangori rangdagi shaffof emal qoplangan taram bo‘lib taralayotgan nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 57 millimetr. Nurlar jo bo‘lgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Ordenning markazida Registon maydoni tasvirlangan. Uning ortida rangli emal yuritilgan vodiylar va tog‘lar, ular uzra esa zangori osmon fonida chiqayotgan quyosh aks ettirilgan.
Maydon tasvirining atrofi qizil rangdagi emal to‘ldirilgan botiq aylana bilan o‘ralgan. Yuqorida, oq fonda “EL-YURT HURMATI” so‘zlari, aylananing pastki qismida — yashil shaffof emal qoplangan dafna shoxlari joylashgan. Tasvir va yozuvning atrofi qizil rangdagi emal to‘ldirilgan botiq aylana bilan o‘ralgan.
Ordenning orqa tomonida, pastki qismida uning tartib raqami 2 millimetr kattalikdagi shrift bilan yozilgan.
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi muhayyar lenta sirilgan qadag‘ichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi”.