O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 2-moddasi 2-bandining birinchi qismi “ishlovchilar soniga qarab kichik” degan so‘zlardan keyin “yoki o‘rta” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda):
1) beshinchi moddasi 1-bandining birinchi qismidan “va jamoa xo‘jaligida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida va o‘z ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda; 1993-yil, № 6, 266-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) 2-moddasi 1-bandi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “harbiy o‘quv yurtlarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 24-moddasi 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “harbiy o‘quv yurtlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “Harbiy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “Harbiy o‘quv yurtidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sarlavhasi “Milliy xavfsizlik xizmati raisining” degan so‘zlardan keyin “Davlat bojxona qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi”;
uchinchi qismi “Milliy xavfsizlik xizmati raisining” degan so‘zlardan keyin “Davlat bojxona qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda):
“Davlatning mol-mulki asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyati, shirkati tegishli orderni vakolatli organdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olgan daqiqadan e’tiboran mulkdor huquqiga ega bo‘ladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 4-moddasining 3-bandi quyidagi mazmundagi “r” va “s” kichik bandlari bilan to‘ldirilsin:
“r) fermer xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga fermer xo‘jaligi mol-mulkiga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun;
s) dehqon xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga dehqon xo‘jaligi mol-mulkiga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun”.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda):
2) 9-moddasining birinchi qismi “tashkilotlar” degan so‘zdan keyin “fermer va” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“korxona, muassasa, tashkilot, fermer xo‘jaligi tugatilganda, dehqon xo‘jaligi tugatilganda yoki uning faoliyati to‘xtatilganda”;
ikkinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 39-moddasidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 47-moddasining birinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalari hamda dehqon xo‘jaliklarining” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkatlarining), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 48-moddasining uchinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 54-moddasidagi “jamoa xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 88-moddasidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, tumanga bo‘ysunadigan boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, tashkilotlar, muassasalar” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer, dehqon xo‘jaliklari, tumanga bo‘ysunadigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 102-moddasining birinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 117-moddasidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 14-moddasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 51-moddasining birinchi qismidan “jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi)”, “urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda)”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi)”, “kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 119-modda to‘rtinchi qismining, 152-moddaning, 158-modda birinchi qismining, 160-modda birinchi qismining hamda 246-modda ikkinchi qismining sanksiya qismlaridan “yoki o‘lim jazosi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi “metall tangalar” degan so‘zlardan so‘ng “aksiz markalar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 285-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
6) Sakkizinchi bo‘limidagi “ancha miqdor”, “ancha miqdordagi zarar”, “juda ko‘p zarar”, “juda ko‘p miqdor”. “ko‘p bo‘lmagan zarar”, “ko‘p miqdor”, “ko‘p miqdordagi zarar” degan atamalarning huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ancha miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”;
“Juda ko‘p zarar — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar;
“Ko‘p bo‘lmagan zarar — eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan zarar;
Ko‘p miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ishlarni garnizonlar harbiy sudlaridan talab qilib olish huquqiga, shuningdek Qurolli Kuchlar Harbiy sudi raisining o‘rinbosarlari, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining o‘rinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ham egadirlar”.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda):
1) 50-moddasining sarlavhasi va dispozitsiyasidagi “davlat ish bilan ta’minlash xizmati” degan so‘zlar “mahalliy mehnat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish”;
3) 100-moddasining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish,—
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 153-moddasining dispozitsiyasidagi “radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Aloqa yo‘llari va inshootlarini, shuningdek aloqa yo‘li va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Bo‘sh ish joylari (bo‘sh lavozimlar)ni yashirish, shuningdek har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida bermaslik. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash”;
9) 245-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining uchinchi qismi” degan so‘zlar “151-moddasining ikkinchi qismi, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari hamda kasaba uyushmalarining mehnat bo‘yicha texnik inspektorlari”;
12) 263-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar “151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “151-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan (radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 14-moddasining oltinchi qismidagi “Yer to‘g‘risidagi Qonunga” degan so‘zlar “yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda) 7-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 252-modda) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
mulk shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni o‘n kishigacha, savdo, xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — besh kishigacha bo‘lgan mikrofirmalar;
mulk shaklidan qat’i nazar, sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni qirq kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — yigirma kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — o‘n kishigacha bo‘lgan kichik korxonalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6. 102-modda):
“O‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi”;
2) 63-moddasi “bog‘liq bo‘lsa” degan so‘zlardan keyin “taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo‘lmasa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo‘lsa”;
birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “olishga urinsa” degan so‘zlar “olayotgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“ishsiz shaxs kasbga o‘rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan bo‘lsa, — stipendiya olib kasb o‘rganish, qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malaka oshirish davrida”;
4) 67-moddasining to‘rtinchi qismidagi “ular ishsiz maqomiga ega bo‘ladilar” degan so‘zlar “ular ishsiz deb e’tirof etiladilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat: ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga; ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilganlarga; nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan majburiy davolanishga yuborilgan shaxslarga qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish minimal ish joylarini belgilab qo‘yish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi”;
ikkinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar safidan, IIV qo‘shinlaridan va Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlaridan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 78-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan nogironlar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni” degan so‘zlar “belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 84-moddasining uchinchi qismidagi “kvota hisobidan” degan so‘zlar “minimal ish joylari hisobidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 220-moddasining birinchi qismidagi “belgilangan kvota hisobidan” degan so‘zlar “belgilangan minimal ish joylari hisobidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Belgilangan kvota” degan so‘zlar “Belgilangan minimal ish joylari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Kvota” degan so‘z “Belgilangan minimal ish joylari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 4-moddasining birinchi qismidagi “investorlarning” degan so‘z “aksiyadorlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim”;
“Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan erdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
birinchi qismi “ustav” degan so‘zdan keyin “yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoxud faqat ta’sis shartnomasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “ustav va emissiya ma’lumotnomasini” degan so‘zlar “ustavini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organi to‘g‘risidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to‘g‘risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart”;
“Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi”;
“Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqining besh yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi esa, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Eng kam oylik ish haqining summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgargan taqdirda, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir yil ichida belgilangan miqdorga muvofiq holga keltirilishi kerak”;
Aksiyalar xillari va turlari (toifalari) bo‘yicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga”, “aksiyalarini ro‘yxatga olish daftariga” degan so‘zlar “aksiyadorlarining reyestriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 31-moddasining birinchi qismidagi “o‘z xodimlari orasida tarqatish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va to‘lovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi”;
“Aksiyaning haqi to‘liq to‘langunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingunga qadar aksiya ovoz huquqini bermaydi, reyestrida ro‘yxatga olish, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar sotib olgan aksiyalar bundan mustasno”;
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to‘lab ustav fondidagi tegishli ulushdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi”;
12) 56-moddasining ikkinchi qismidagi “yillik dividendlar to‘lash to‘g‘risida” degan so‘zlar chiqarib tashlanib, “belgilab qo‘yiladi” degan so‘zlardan keyin jumla “va shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang‘ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to‘lanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi”;
14) 69-moddasining birinchi qismidagi “(bu xabarnoma olinganligini tasdiqlash sharti bilan)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda ularning umumiy yig‘ilish va kuzatuv Kengashi oldidagi hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim”;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv Kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo‘lsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir”.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 112-modda) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi, investitsiya loyihalarining, shu jumladan chet el kredit liniyalari orqali jalb etiladigan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi samaradorligi monitoringini investitsiya siklining barcha bosqichlarida o‘tkazadi;
korxonalarning kattaligi, mulk shakli va qaysi tarmoqqa mansubligidan qat’i nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan boshlang‘ich hisobga olish va hisobotning yuritilishi, moliyaviy resurslardan samarali foydalanilishi, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari, mahsulotning eksport qilinishi, kadrlarning kasbiy o‘quvi masalalarida ko‘maklashadi;
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish ishlarini tashkil etadi;
Biznes-fond, “Madad” sug‘urta agentligi, “O‘ztadbirkorbank” kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazadigan tadbirlarni muvofiqlashtiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 31-moddasi birinchi qismining 18-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu imtiyoz posyolkalar, qishloqlar va ovullar hududida yangi tashkil etilayotgan, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zosi bo‘lgan hamda ishlab chiqarish-texnikaviy ahamiyatga molik mahsulot, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, shuningdek qurilish faoliyatini, ta’mirlash, ta’mirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi kichik va o‘rta biznes xususiy korxonalariga nisbatan ham tatbiq etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kichik va o‘rta biznes korxonalari o‘zlari tashkil etayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnologiya uskunalarini import qilganda”.
Keyingi tahrirga qarang.