LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “ O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni jadallashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. To‘lov muddati kechiktirilgan qarz majburiyati va O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitob vositasi sifatida veksel xo‘jalik oborotiga joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Veksellarni chiqarish huquqi tijorat banklariga faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, istisno hollarda 6 oygacha muddatga beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan tijorat banklari ular uchun belgilangan muddatlarda Markaziy bankka tegishli hisobot topshirsinlar.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bank veksellari chiqarish huquqini berish tartibiga rioya etilishi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band to‘rtinchi xatboshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori bilan chiqarilgan)
korxonalar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli tijorat banklari veksellarini belgilangan tartibda shartnomalar asosida sotib olishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori bilan chiqarilgan)
veksel pulini to‘lash (veksel majburiyati bo‘yicha to‘lov), qoidaga ko‘ra, emitent tomonidan veksel egasining arizasiga binoan (vekselni ko‘rsatgan holda) amalga oshiriladi. Alohida hollarda, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, to‘lov buning uchun emitentdan vakolat olgan bank tomonidan emitentning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin;
vakolatli tijorat banklariga korxonalarning veksellar emissiyasi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatiladigan emitent-korxonalarning to‘lov qobiliyatini aniqlash va tasdiqlash, veksellarning likvidlik darajasini baholash hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yuklatiladi.
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, istisno hollarda esa 6 oygacha bo‘lgan muddatga veksellar chiqarish huquqiga ega bo‘ladilar;
korxonalar va tashkilotlar tomonidan veksellar chiqarilishiga ularga yetkazib beriladigan aniq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda pul mablag‘lari vaqtincha yetishmasligini qoplash uchungina xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan veksel topshirig‘i (aval) majburiy tartibda rasmiylashtirilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
(2-band yettinchi va sakkizinchi xatboshilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘tkazma va oddiy veksel to‘g‘risidagi Nizom hamda korxona va tashkilotlar veksellarini chiqarish va muomalada bo‘lishining vaqtinchalik tartibi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi mazkur hujjatlarni tasdiqlasinlar hamda bir hafta muddatda ularni vazirliklarga, idoralarga, korporatsiyalarga, uyushmalarga, tijorat banklariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsinlar.
banklarning veksellarini chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va ularning pulini qaytarish shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
veksellar to‘lash bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar ko‘rsatilgan holda veksellar emissiyasi hajmi yuzasidan banklar va emitent-korxonalarning har oylik hisobot berishini belgilash;
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
emitentlarning buyurtmanomalari bo‘yicha bir hafta muddatda veksel blanklarining markazlashtirilgan tartibda tayyorlanishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
veksel to‘lovlari tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni tashkil qilsin, birinchi bosqichda veksellar chiqarishga ruxsatnomani banklarga, shuningdek veksellarning yuqori darajada likvidligini ta’minlashga qodir bo‘lgan korxonalarga bersin;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
o‘n kun muddatda markaziy apparatlarda va joylarda veksellar bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha tegishli bo‘linmalar tashkil etsin;
veksellarni o‘zaro hisobga olish va ularning pulini qaytarish to‘g‘risida banklar o‘rtasida shartnomalar tuzish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
vekselning muomalada bo‘lishini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin, veksel bozorining va veksellar emitentlarining ahvoli to‘g‘risidagi sharhlarni, prognozlarni e’lon qilib borsin, veksellar bo‘yicha muvaffaqiyatli ish olib borayotgan korxonalar tajribasini o‘tkazishga ko‘maklashsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda veksellar ishlatilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralar tarmog‘ini ancha kengaytirsin, garovni rasmiylashtirishda, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq garovni rasmiylashtirishning qisqa muddatlarini belgilab xizmatlar hajmini kengaytirish yuzasidan shart-sharoitlar yaratsin;
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
notarial idoralarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy boshqarmalariga veksellar masalasida bildirilgan e’tirozlar to‘g‘risida axborot taqdim etishni yuklasin.
veksellar, shu jumladan, muddati o‘tib ketgan veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibini belgilasin;
Adliya vazirligi bilan birgalikda notarial idoralarning qo‘shimcha qarorini tashkil etishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va davlat notariuslarining soni to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 382-modda)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.