18.03.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-4
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qarori, 18.03.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-4
Кучга кириш санаси
18.03.2019
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 25-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “lizing shartnomasi” degan so‘zlar “moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.