Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plab olib ketish, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindilarni ko‘mib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni bulg‘atishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish;
chiqindilarni saqlash — ko‘mib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida chiqindilar olib ketilguncha ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari atmosfera havosiga va suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash va oqizish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi qaysi xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyum yoki mahsulotlardan, shuningdek tovarlardan (mahsulotlardan) foydalanish natijasida hosil bo‘lsa, chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqi shularning egasiga tegishli bo‘ladi.
Chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxs oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomasi yoki chiqindilarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi qonun bilan taqiqlab qo‘yilmagan o‘zga bitimlar asosida olishi mumkin.
Chiqindilarning mulkdorlari qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida chiqindilarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar hamda ularni tasarruf etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindilar joylashgan yer uchastkasining mulkdori o‘zgargan taqdirda chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi hamda zararli oqibatlar uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
chiqindilar ko‘mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan chiqindilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardir:
Keyingi tahrirga qarang.
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi (bundan buyon matnda “Sanoatkontexnazorat” agentligi deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar hamda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
chiqindilar hosil bo‘lishining belgilanayotgan normativlariga hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlariga rozilik beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari xususida davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasi xulosasini beradi;
chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiyena sertifikati beradi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi uchun xavflilik darajasini belgilashda uslubiy ta’minotni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish holati monitoringini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019-yil 7-noyabrdagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari (ro‘yxat raqami 3195, 2019-yil 8-noyabr).
konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarish chiqindilarini hisobga olish, saqlash va utilizatsiya qilish ustidan davlat nazorati va tekshiruvini;
radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash paytida radiatsiyaviy xavfsizlik ustidan davlat nazoratini;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududda joylashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etadilar;
aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari to‘plab olib ketilganligi uchun to‘lovlar vaqtida to‘lanishiga ko‘maklashadilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganda hayotlari va sog‘liqlari uchun xavfsiz sharoitlar bilan ta’minlanish;
o‘zlari yashayotgan joylarda xavfli chiqindilar bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, shuningdek ishlab turgan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining xavfsizligi haqida belgilangan tartibda to‘liq va aniq axborot olish;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari qurilishiga doir qarorlarning loyihalari muhokamasida ishtirok etish;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararni to‘latish;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish huquqlariga egadirlar.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari;
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.
Fuqarolar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari hamda zimmalarida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlaridan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalari, ekologik normativlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olishga;
chiqindilarni hududni toza-orasta tutishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq ravishda chiqindilarni joylashtirish obyektlarida saqlashga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq takliflarni kiritishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida boshqa shaxslar tomonidan o‘zlariga yetkazilgan zararni to‘latishga haqlidirlar.
Yuridik shaxslar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishga;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilar hisobini yuritishga, ular to‘g‘risida hisobot taqdim etishga;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashga;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishga;
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning to‘planishini, lozim darajada saqlanishini ta’minlashga hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
o‘zlarining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishi bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishga;
chiqindilar aralashib ketishiga (ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) yo‘l qo‘ymaslikka;
chiqindilarning ruxsat etilmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat olib borishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish paytida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishga;
chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindi to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishga, shuningdek utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko‘mib tashlanishini ta’minlashga;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga atrof-muhitga ruxsat olinmagan tarzda chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar zimmasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Qonunda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyati fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ining hamda atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlamog‘i kerak.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi natijasida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof- muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlashning texnikaviy yoki boshqa imkoniyati bo‘lmay turib xavfli chiqindilar hosil bo‘lgan hollarda yuridik shaxslarning faoliyati belgilangan tartibda cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlash, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari ishlab chiqiladi.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Chiqindilarni joylashtirish limitlari yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlarini hamda chiqindilarni joylashtirish limitlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik bo‘yicha ekologik sertifikatlashdan o‘tkazilishi kerak, uning natijalariga ko‘ra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xavfli chiqindilarni tashish chiqindilarning ekologik sertifikati hamda ularni tashish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chet elga mansub radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida olib kirish taqiqlanadi.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitning xavfsizligi ta’min etilishi sharti bilan chiqindilar faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib kirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni saqlash sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanilishini yoki ularning boshqa shaxslarga berilishini ta’minlovchi usullarda amalga oshiriladi.
Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joy (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, suvni muhofaza qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari atrofida, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda obyektlarga tahdid kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
To‘lov miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish hamda ularni utilizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqayotgan va joriy etayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan korxonalar va sexlar yaratayotgan, uskunalar ishlab chiqarayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishda ulushbay asosida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir faoliyatni rag‘batlantirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘shimcha choralar belgilashlari mumkin.
Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish chiqindilarning mulkdorlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday tadbirlarni moliyalashtirishga tabiatni muhofaza qilish fondlarining, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Olib kiriladigan, olib chiqiladigan, amalda mavjud bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida hosil bo‘ladigan, shuningdek tranzit tarzida olib o‘tiladigan chiqindilarning davlat hisobi yuritilishi kerak.
Chiqindilar to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotining shakli, uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tarzda chiqindining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgargan hollarda chiqindi pasportiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlar to‘planishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va tahlil qilinishini ta’minlash maqsadida chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri yuritiladi, kadastrda chiqindilarning miqdor va sifat tavsiflari, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi axborot o‘z ifodasini topadi.
Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.