26.02.2019 yildagi 170-son
Hujjat 26.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda tashkilotlarda sog‘liqni saqlash organi, davlat kadastr xizmati, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va murojaat qilgan fuqaroning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakillaridan iborat tarkibda turar joy masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi mahalliy davlat hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu Nizomning 12-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi bo‘yicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda bo‘lgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qo‘yish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Davlat uy-joy fondidagi xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq o‘z mehnat majburiyatlarining turiga ko‘ra ish joyida yoki xizmat binosida yashash zarur bo‘lgan fuqarolarga ijara haqini to‘lash majburiyati yuklatilmagan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar joy beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Toifalarning nomlanishi

1.

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari (nogironlar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar)ning bug‘ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va to‘g‘onlarga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektr texniklar

3.

Kommunal xizmat ko‘rsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz xo‘jaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari, chilangarlari

4.

Yo‘l oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari

5.

Gazdan ta’minoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xo‘jaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidroo‘lchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi elektr mexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari;

Nogironlar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogiron bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi hamshiralari

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

O‘rmon, qo‘riqxona, zakaznik (daxlsiz o‘rmon qo‘riqxonasi), ovchilik xo‘jaliklarining direktorlari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, o‘rmon kesuvchilari, yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari

14.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishchi va xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlarining xodimlari

16.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlarning sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan mas’ul xodimlari

19.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning o‘rinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning o‘rinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga olishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI

______________-son

“_____” _____________ 20 ___ y.

Bundan so‘ng matnda “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi nomidan (balansda saqlovchi nomi) harakat qiluvchi bir tarafdan, (lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) va “______”_____yilda berilgan ___- sonli turar joy orderi asosida harakat qiluvchi va bundan so‘ng matnda “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi fuqaro ikkinchi tarafdan, birgalikda esa tomonlar (lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) o‘rtasida ushbu shartnoma quyidagilar haqida tuzildi:
1. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi va uning oila a’zolariga umumiy maydoni ___ kv.m, shu jumladan yashash maydoni kv. m., xonalar soni, manzilida joylashgan alohida turar joyni taqdim etadi.
Taqdim etilayotgan turar joyning xususiyatlari va texnik ko‘rsatkichlari, uning sanitar-texnik va boshqa jihozlari topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan.
2. Ijara haqi bir oy uchun ________so‘mni tashkil qiladi.
Mazkur shartnoma “____”______20 __ y. dan “____”______ 20 __ y.gacha bo‘lgan muddat uchun tuzilgan.
3. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
a) turar joydan foydalanish, turar joy va unga tutash hududni saqlash Qoidalariga rioya qilish;
b) turar joyni uning maqsadi bo‘yicha foydalanish;
v) turar joy va undagi sanitar-texnik va boshqa jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. Kvartirada nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish va agar zarur bo‘lsa, bu haqida ijaraga beruvchi yoki tegishli avariya xizmatiga xabar qilish;
g) uy-joy, obodonlashtirish obyektlari va yashil ko‘chatlarni asrab-avaylash;
d) turar joy va qo‘shimcha xonalar, balkon va lodjiyalarni ozodalikda saqlash, yo‘laklar, lift kabinalari, zinalar va umumiy foydalanishdagi boshqa joylarni tozalik va tartibda saqlash, maishiy chiqindilarni turar joydan foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan maxsus joyga olib chiqish va tashlash.
Sanitariya maqsaddagi tarmoqqa (kanalizatsiya) uning tiqilishiga olib keluvchi turli chiqindilar, suyuq oziq-ovqat chiqindilarini tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi;
e) elektr, gaz va boshqa asboblardan foydalanish davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, qo‘lda yasalgan elektr moslamalarning o‘rnatilishi, yo‘laklar, zinalar, koridorlar, yong‘in xavfsizligi uchun qo‘shimcha chiqish eshiklarini turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi va yong‘in xavfsizligining boshqa talablariga rioya etilishi lozim;
j) suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejamli ishlatish;
z) o‘z vaqtida va har besh yilda bir martadan kam bo‘lmagan marta yashayotgan kvartiradagi yashash va umumiy foydalanishdagi xonalarning joriy ta’mirlash.
Ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan joriy ta’mirga quyidagilar kiradi: devor va shiftlarni ohaklash, bo‘yash yoki gul qog‘oz yopishtirish, pol, eshik, deraza va uning tokchasini ichki tomondan, ularning moslamalarini bo‘yash, isitish radiatorlarini bo‘yash, kvartira ichidagi elektr o‘tkazish tizimini ta’mirlash;
i) o‘z hisobidan turar joydagi nosozliklarni bartaraf qilish, shuningdek, agar yetkazilgan shikastlar ijaraga oluvchi yoki u bilan birga yashayotgan boshqa shaxslarning aybi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa, buzilgan sanitar-texnik yoki boshqa qurilmalarni almashtirish;
k) turar joy xonalaridan foydalanish, uy-joy va uy oldi hududlarini saqlash Qoidalarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasiz yashash va boshqa yordamchi xonalar, shuningdek balkon va lodjiyalarni buzib qayta qurish va rejasiga o‘zgartirish kiritmaslik;
l) har oyda, keyingi oyning birinchi sanasidan kech bo‘lmagan muddatda ijara haqi, shuningdek belgilangan muddatda va tartibda tasdiqlangan tariflar bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr, issiqlik ta’minoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish) uchun majburiy to‘lovlarni amalga oshirish;
m) televizor, radiopriyomnik, musiqa markazlari va boshqa ovozi baland qurilmalardan foydalanish uyda yashovchi boshqa odamlar tinchi buzilmagan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Soat 23-00 dan 06-00 gacha to‘liq tinchlikka rioya qilish;
n) o‘zi yashayotgan xonadonga undagi sanitar — texnik va boshqa uskunalar, turar joyning texnik va sanitariya holatiga baho berish va tekshirish uchun balansda saqlovchi, uy-joy ekspluatatsiyasi tashkiloti va uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillariga kirish uchun ruxsat berish;
o) ijaraga oluvchi va uning oila a’zolari kvartirada vaqtincha bo‘lmagan hollarda, ijaraga oluvchi uy-joyning saqlanishini ta’minlash maqsadida turar joyda zarur haroratni ta’minlash uchun uni isitish;
p) zina maydonchalari va yo‘laklarni har kuni tozalab turish;
r) jami oila a’zolari bilan turar joydan boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, uni va uning yashash, yordamchi xonalari, sanitar-texnik va boshqa uskunalarini dalolatnoma bo‘yicha ijaraga beruvchiga tegishli holatda topshirish.
Ijaraga oluvchi tomonidan turar joyni topshirish dalolatnomasi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan tuziladi va imzolanadi.
4. Ijaraga oluvchining huquqlari:
a) yashaydigan turar joyga turmush o‘rtog‘i, farzandlari, ota-onasi, boshqa qarindoshlari, mehnatga layoqatsiz va boshqa shaxslarni oila a’zolarining barcha voyaga yetgan a’zolaridan yozma ruxsat olgan holda kiritish. Ota-onasining yashash joyiga voyaga yetmagan farzandlarni kiritish uchun oila a’zolarining ruxsati talab qilinmaydi;
b) oilasining voyaga yetgan a’zolarining o‘zaro roziligi bilan o‘zlarining foydalanishida bo‘lgan turar joyda boshqa fuqarolarning (vaqtinchalik yashovchilar) �aqtinchalik yashashi uchun ruxsat berish;
v) qonunda belgilangan hollarda, oila a’zolarining roziligi bilan yashayotgan turar joyni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirishni talab qilish;
g) oila a’zolarining roziligi bilan istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilish;
d) O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joydan foydalanish bo‘yicha boshqa huquqlarni amalga oshirish.
5. Ijaraga oluvchi bilan birga yashayotgan oila a’zolari ijaraga oluvchi bilan teng holda barcha huquqlardan foydalanadi va mazkur turar joyni ijaraga olish shartnomasidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni zimmalariga oladi. Oilaning voyaga yetgan a’zolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar bo‘yicha ijaraga oluvchi bilan solidar mulkiy javobgarlikka ega bo‘ladi.
6. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
a) ijaraga oluvchiga turar joyni tegishli holda topshirish;
b) uy-joy fondining ekspluatatsiya, ta’mirlash me’yor, qoidalariga muvofiqligi;
v) turar joy uylari va yashash xonalarini tizimli ravishda tekshirib borish va ulardagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarga profilaktik xizmat ko‘rsatish;
g) uy-joyni o‘z vaqtida ta’mirlab turish, undagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalarning nuqsonsiz va me’yorda ishlashini ta’minlash;
d) sanitar-texnik va boshqa uskunalarni ta’mirlash;
e) ijaraga oluvchining kvartirasidagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalardagi nuqson va nosozliklarni ijaraga oluvchidan kelib tushgan buyurtma olingan sanadan boshlab uch kun muddatda, avariya yuz bergan taqdirda esa — darhol tuzatib berish;
j) turar-joy uylari, undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarni qish mavsumiga o‘z vaqtida tayyorlash.
7. Ijaraga beruvchi Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan huquqlarga ega bo‘lib, qonunda belgilangan hollarni inobatga olgan holda ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining roziligisiz ijara shartnomasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emas.
Agar dastlabki ijaraga oluvchining o‘rniga avval tuzilgan ijara shartnomasi bo‘yicha uning voyaga yetgan oila a’zosi ijaraga oluvchi deb tan o�ingan bo‘lsa, ijaraga beruvchi u bilan turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzadi.
8. Ijaraga oluvchi va uning oila a’zolari boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, ijara shartnomasi ular chiqib ketgan kundan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
9. Mazkur shartnoma buzilish xavfi bo‘lgan uylardan ko‘chirish holatlaridan tashqari, ijaraga beruvchining talabi bilan faqat qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va faqat sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
10. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlar o‘rtasida vujudga keladigan kelishmovchiliklar sud yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ularning vakolat doirasida hal etiladi.
11. Mazkur shartnoma uch nusxada tuzilgan bo‘lib, bittadan nusxa ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchiga beriladi, uchinchi nusxasi hisobga oluvchi organda qoladi.
12. Mazkur shartnomada belgilangan talablarni taraflar bajarmagan taqdirda, qonun h?jjatlariga muvofiq javobgarlik belgilanadi.
13. Agarda yengib bo‘lmas kuch bilan bog‘liq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yong‘in, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.
Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Agar fors-major holati ijara shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan ko‘p muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
14. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari.

Ijaraga beruvchi _____________________________________
(nomi va yuridik manzili) _____________________________________
(bank hisob raqami, bank nomi) _____________________________________ _____________________________________
(F.I.O. imzo)

M.O‘.

Ijaraga oluvchi
_____________________________________
(F.I.O. va manzili)
_____________________________________
_____________________________________
_____________________________________
(imzo)

M.O‘.

Hisobga olindi
(Vakolatli organ)
______________
____________________

M.O‘.______________ (imzo)

Keyingi tahrirga qarang.

Turar joyni ijaraga oluvchiga topshirish
DALOLATNOMASI

20___ y. “____” _________________

___________________________________
(aholi joyining nomi)

Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirig‘iga ko‘ra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi o‘rtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi.
Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. bo‘lgan __________ ta yashash xonasidan iborat.
Turar joyning tarkibi:

Oshxona
vanna xonasi
hojatxona
dahliz (xoll)
omborxona
balkon
lodjiya
yashash xonasi
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;

Turar joy suv ta’minoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmog‘i (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan ta’minlangan (yo‘q bo‘lgani o‘chirib tashlansin).
Turar joyning qo‘shimcha xonalarida uskunalar o‘rnatilgan.
________________________________________________________________________________________________
Xonalarning texnik holati
________________________________________________________________________________________________

(xonalarning texnik holati ko‘rsatiladi)

Ijaraga beruvchi vakili
_______________________________________
(F.I.Sh. imzo, muhr)

Ijaraga oluvchi
_______________________________________
(F.I.Sh. imzo)