18.01.2019 yildagi 45-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son hamda “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qarorlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va sohaning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 3-ilovaga muvofiq Institutning bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan bino va inshootlari bozor narxida belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qo‘yilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlarining natijadordigini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va tijoratlashtirishni faollashtirish

1.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga joriy etilishini tizimli tashkil etish.

Idoralararo tasdiqlangan ilmiy tadqiqotlarni bajarish konsepsiyasi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalari, qishloq xo‘jalik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari

2.

Yaratilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarining tajriba va maket nusxalarini tayyorlash uchun zamonaviy konstruktorlik bo‘limiga ega bo‘lgan tajriba sexini tashkil etish.

Kelishilgan taklif

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

3.

Ishlab chiqarishga tayyor ilmiy ishlanmalar ro‘yxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan ro‘yxat

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

4.

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish choralarini ko‘rish.

Har bir ishlanma bo‘yicha kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

5.

Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mashina va mexanizmlari namunalarini adaptatsion sinovlaridan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar

2020-yil

yanvar

Fanlar akademiyasi,
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

II. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, butlovchi qismlar va sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, axborot-kommunikatsiya �exnologiyalarini izchil joriy etish

6.

Ma’muriy bino va laboratoriya korpuslarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

Loyiha taklifi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

7.

Zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, asbob-uskunalar bilan jihozlash va butlovchi qism hamda sarflash materiallari bilan ta’minlash.

Loyiha taklifi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

8.

Mavjud axborot-kommunikatsiya vositalari tizimini yangilash.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar grafigi

2019-yil avgust

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

9.

Bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ayrim toifadagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil sentyabr

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

10.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar jadvali

tasdiqlangan jadval bo‘yicha

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

III. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiya�ash sohasidagi tashkilot, korxona, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish va hamkorlikning samaradorligini oshirish

11.

Institut doktoranturasida turdosh ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash.

Tashkilot kengashining qarori

2019-yil
may

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Bajarilayotgan ilmiy muammoli mavzular bo‘yicha tuzilgan ilmiy-ijodiy guruh tarkibida doktorantlar ulushi 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash.

Tashkilotning buyrug‘i

har yili yanvar oyida

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

13.

Ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy ishlanmalar amaliyotga joriy etilishini ta’minlovchi hamkorlikni mustahkamlash.

Iste’molchilarga taqdim etiladigan loyihalar taklifi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalari

IV. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardosh qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarilishini faollashtirish

14.

Xorijiy stajirovkalarni tashkil etish uchun yosh olimlar va ilmiy xodimlar hamda yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan jadval

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

15.

Yosh olimlar va ilmiy xodimlar xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tishini ta’minlash.

Xorijiy muassasalar bilan tuziladigan shartnomalar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Ilmiy xodimlar uchun seminar va treninglar o‘tkazish uchun xorijiy mutaxassis va olimlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

17.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini keng jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

18.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va doktorantlarga maslahatchilik qilish uchun PhD ilmiy darajasiga ega xorijiy olimlarni jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

avgust

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi