O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini yanada yaxshilash va samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini sog‘lom va jismonan baquvvat harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni (keyingi o‘rinlarda — tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) salomatligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Mudofaa vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — PXDX), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — DXX), O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi “(keyingi o‘rinlarda — ETRM), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — IIV), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV), xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtirilgan (keyingi o‘rinlarda — tenglashtirilgan xizmat) boshqa vazirlik va idoralar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar)da harbiy xizmatga yaroqliligini;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
fuqarolar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi o‘rinlarda — Qurolli Kuchlar) turlari, qo‘shin shakllariga va harbiy mutaxassislikka to‘g‘ri taqsimlash uchun ko‘rsatmalarni;
harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar), tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida fuqarolar tomonidan orttirilgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini (keyingi o‘rinlarda — kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligi);
harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularning sog‘lig‘ini tiklash turlari, hajmi va muddatini.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, ETRM, IIV, FVV, harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — MIBB) huzurida hududiy tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy tibbiy komissiyalar);
MIBB huzurida hamda tenglashtirilgan xizmat o‘tash ko‘zda tutilgan vazirliklar va idoralarda — tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — tibbiy komissiyalar);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida (keyingi o‘rinlarda — yig‘ish punkti) harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — yig‘ish punktlaridagi HTK);
Mudofaa vazirligi, DXX, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — HTK) tashkil etiladi;
HTK va tibbiy komissiyalarni tuzish tartibi, huquq va majburiyatlari, ularning xulosalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Yig‘ish punktlaridagi HTKlar va hududiy tibbiy komissiyalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori, mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy-tibbiy ekspertizaga uslubiy rahbarlik qilish, davolash-profilaktika muassasalaridagi davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini, Qurolli Kuchlarning harbiy-tibbiy muassasalari, harbiy qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlaridagi davolash-diagnostika ishlarini, davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, ETRM, IIV, FVV harbiy xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar) tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi va davolanishini, shuningdek, mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning tekshiruvdan o‘tkazilishi (kuzatuvda bo‘lishi) va davolanishini tashkil etish, o‘tkazish va natijalari ustidan nazorat qilish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
harbiy xizmatchilar, tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy xizmatni yoki tenglashtirilgan xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tagan fuqarolarning kasallanishi, shikastlanishi, yaradorligi, jarohatlanishini, shuningdek, ularning o‘limiga olib kelgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini aniqlash;
fuqarolarni harbiy xizmatdan (tenglashtirilgan xizmatdan) bo‘shatish vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatni o‘tashga) yaroqliligini aniqlash;
harbiy tibbiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha mutaxassis-shifokorlar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlash.
6. HTK va tibbiy komissiyalarning faoliyatini nazorat qilish, ularga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish vazirlik va idoralarning markaziy harbiy tibbiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — MHTK) zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
k) mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — MIB) huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar;
(7-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
l) oliy ta’lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalariga (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan) fuqarolar;
(7-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)
p) Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasidagi fuqarolar (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatga majburlar);
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “r” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
s) harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
t) O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan (kirayotgan) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, HTM kursantlari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari.
(7-bandning “t” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
8. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Sog‘liqni saqlash vazirligi) bilan hamkorlikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Milliy gvardiya va FVVga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, Milliy gvardiya va FVVning harbiy xizmatchilarini hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
PXDXga va ETRMga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, PXDX va ETRM harbiy xizmatchilarini va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolari DXX tasarrufidagi HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibi va Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasida turgan uchuvchilar tarkibi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM kursantlari, ushbu yo‘nalish bo‘yicha HTMga o‘qishga kirayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiy-uchuvchilik komissiyalari tomonidan Mudofaa vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
10. Qutqaruvchilar va qutqaruv xizmatining boshqa mutaxassislarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tarkibiga qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalari kiradigan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Tibbiy tekshiruvda mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan maqsadlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oldidan fuqaroning shikoyatlari, anamnezi va tibbiy tekshiruv ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, laboratoriya, tibbiy uskunalar yordamida, morfologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kompleks diagnostika chora-tadbirlari o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolarning har bir toifasi uchun o‘tkaziladigan majburiy diagnostik tekshiruvlar ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
12. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning aniqlanishi oqibatida, ayrim hollarda esa tibbiy-ekspertizada jarayonida aniqlanganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ekspertizaning yakuniy aniqlangan holati deganda fuqaro sog‘lig‘ining shunday holati tushuniladiki, bunda tibbiy tekshiruv va davolash natijalari hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK yoki HTKga fuqaroning harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasi bo‘yicha xulosa chiqarishga asos beradi hamda keyingi davolanishlar harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasini o‘zgarishiga olib kelmaydi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
13. Sirtdan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlar tomonidan fuqaroning harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga), harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha xizmat qilishga (o‘qishga) yaroqliligini aniqlash maqsadida fuqarolarning sog‘lig‘i hamda jismonan rivojlanish holati o‘rganiladi va tahlil qilinadi hamda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa masalalar hal qilinib, yozma xulosa chiqariladi.
hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlar o‘z xulosalarini maslahatlashgan holda, kengashda qatnashayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi.
hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlarning xulosalari mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKning fuqaroga nisbatdan chiqargan xulosasi bo‘yicha fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili yuqori turuvchi tibbiy komissiyaga, HTK yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Alohida hollarda yuqori turuvchi tibbiy komissiya, HTK yoki sud qarori asosida fuqaro nazorat tekshiruvi va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun MHTK yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “g”, “j” — “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan chiqarilgan xulosa, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan qabul qilingan takroriy yoki navbatdagi xulosalar avvalgi xulosani bekor qiladi (vaqtincha harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqsizlik va kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanish sababiy bog‘liqlik to‘g‘risidagi xulosalar bundan mustasno). Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKning xulosalari belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning murojaatida yoki davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari yoxud harbiy-tibbiy muassasalar shifokorlarining xulosasida ko‘rsatilgan muddatdan qat’i nazar, ushbu shaxsning sog‘lig‘i holatida yaqqol o‘zgarishlar qayd etilganda qayta tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan HTK tomonidan chiqarilgan xulosa kadrlar bo‘linmalari tomonidan tatbiq qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan boshlab olti oy mobaynida haqiqiydir.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi tibbiy komissiyalar tarkibi (jarroh, terapevt (katta shifokor vazifasi jarroh yoki terapevt zimmasiga yuklanadi), dermatovenerolog, stomatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, psixiatr va nevropatolog) tumanlar (shaharlar) hokimlarining Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalari (organlari) rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilgan qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi hududiy tibbiy komissiyalar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi munozarali masalalar tarkibiga oliy malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzuridagi respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — RMTK), mahalliy hududlarda esa tarkibiga oliy va birinchi malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlarining O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e”, “s”, “t” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi munozarali masalalar MHTK tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi;
Hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalarning asoslanganligini nazorat qiluvchi va mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi yig‘ish punktlaridagi HTK tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hududiy tibbiy komissiyalar, MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yig‘ish punktlaridagi HTKlar ishini tashkil qilish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalaridan shifokor-mutaxassislar bilan birga o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari ham jalb qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
18. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarining shifokor-mutaxassislari, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining ish o‘rni, lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Agar shifokor-mutaxassislar, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi ishtiroki doimiy yashash joylaridan boshqa hududlarga borish bilan bog‘liq bo‘lsa, ularning safar xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bo‘yicha qoplanadi.
19. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tarkibiga MIBB vakillari va shifokor-mutaxassislar kiritilgan tegishli komissiyalar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. MIBB hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaning (qayd etish komissiyasi) katta shifokorlari bilan birgalikda mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tayyorlashda ularning sog‘lig‘i hamda jismoniy rivojlanishi holatini aniqlash uchun har tomonlama o‘rganishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan — hisobda turuvchi shaxslar ro‘yxatlarini;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
b) davolash-profilaktika muassasalaridan — ambulatoriya sharoitida davolanuvchi bemorlarning tibbiy kartalar va ularga ilova qilib tikilgan varaqlarni, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, dispanser va shifokor kuzatuvi haqidagi ma’lumotlar, shifokorlarning xulosalari hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini tavsiflovchi boshqa tibbiy hujjatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bo‘limlaridan — nogiron deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni;
(21-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
g) aqli zaif va tarbiyasi og‘ir bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan maxsus yordamchi maktablardan — tibbiy-pedagogik tavsifnomalarni;
d) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan — jinoiy javobgarlikka tortilgan, tergovda bo‘lgan, sudlangan, qonunbuzarlik holatlarini sodir etganligi sababli ro‘yxatda turgan, shu jumladan, tibbiy ko‘rsatmalarga bog‘liq bo‘lmagan holda giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.
22. Davolash-profilaktika muassasalari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 10 kunlik muddat ichida MIBBning so‘rovnomasiga asosan tibbiy hujjatlar (statsionar sharoitda davolanadigan bemorlarning tibbiy kartalari va ularga tirkalgan varaqalar, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, tibbiy tekshiruvlar va shifokor kuzatuvi natijalari, rentgenogrammalar, maxsus uslubdagi tekshiruvlar bayonnomalari (ta’rifi) va h.k.) hamda fuqarolar sog‘lig‘ini tavsiflovchi boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlangach MIBB 10 kunlik muddat ichida tibbiy hujjatlarni tegishli davolash-profilaktika muassasalariga qaytaradi.
23. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin ular uchun har yili tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), shuningdek, davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari va profilaktik emlashlar amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda profilaktik emlashlarni tashkil etish va o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari va davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari zimmasiga yuklanadi.
Tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda profilaktik emlashlarni o‘tkazish va tashkillashtirish tartibi, ularning hisobini yuritish va ular bo‘yicha hisobot berish ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ularda og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi hamda majburiy diagnostik tekshiruvlar, shuningdek, zarur hollarda tibbiy ko‘rsatmalarga asosan boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) aniqlangan bo‘lishi kerak.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oxirgi profilaktik emlashlar haqidagi ma’lumotlar (profilaktik emlashlar rejasiga asosan) fuqaroning harbiy guvohnomasiga, qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) haqidagi ma’lumotlar esa uning pasporti hamda harbiy guvohnomasiga qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ushbu amaliyot uchun maxsus jihozlangan MIBB chaqiruv punkti va MIB yig‘ish punktida amalga oshiriladi.
Shifokor-mutaxassislar xonalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar soni hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida bir ish kuni mobaynida 50 nafardan oshmasligi lozim.
MIB yig‘ish punktida chaqiruv guruhlari tuzilishi vaqtida bir ish kuni mobaynida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar soni 100 nafardan oshmasligi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizomning 7-bandi “b”, “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
28. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari ekspert hujjatlarga (kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumotnomalar, tibbiy ko‘rikdan o‘tish varaqasi va tibbiyotga oid boshqa hujjatlar) kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Chaqiriluvchining sog‘lig‘i holatini aniqlashda shifokor-mutaxassislar bir to‘xtamga kela olmagan hollarda, hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiya uni ambulator yoki statsionar ravishda tibbiy tekshirish uni davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasasiga yuboradi. Yo‘llanmada dastlabki tashxis va tibbiy tekshiruvda aynan nimaga aniqlik kiritilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning ambulator (statsionar) tekshiruvi bepul o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv natijalari ko‘rib chiqish uchun hududiy tibbiy komissiya yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaga taqdim qilinadi, ular chaqiriluvchining sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi holati va boshqa barcha ma’lumotlarni inobatga olgan holda uning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kunida shifokor-mutaxassislar xulosalariga ko‘ra hududiy tibbiy komissiyalar yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yig‘ish punktlaridagi HTKlar quyidagi toifa va cheklanish darajasi (sog‘liq va jismoniy rivojlanish holatining ko‘rsatkichi) bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qiladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Bu toifaga Qurolli Kuchlar, qo‘shinlarning barcha turlarida hamda barcha harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy xizmat o‘tash (tahsil olish) uchun sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishida cheklanishlar mavjud bo‘lmagan fuqarolar kiradi.
Bu toifaga havo-desant qo‘shinlarida (keyingi o‘rinlarda — HDQ) va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda harbiy xizmat o‘tashiga, alohida harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat qilishga (tahsil olishga) monelik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi. HDQga tenglashtirilgan harbiy qismlarga xizmat o‘tash sharoitlari HDQdagi sharoitlarga tenglashtirilgan harbiy qism va bo‘linmalar kiradi.
Bu toifaga Qurolli Kuchlar, qo‘shinlarning ayrim bir turida hamda muayyan harbiy mutaxassislik bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashiga (tahsil olishga) monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi.
Bu toifaga salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirishga va davolash-sog‘lomlashtirish choralarini o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar kiradi. Ushbu xulosada fuqaroni harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb hisoblash davrining muddati belgilanadi.
E — tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 6).
Bu toifaga tinchlik davrida Qurolli Kuchlar qo‘shinlarning barcha turlarida harbiy xizmat o‘tashga monelik qiluvchi kasallik yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan, ammo Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerv hisobida turgan fuqarolar kiradi.
Bu toifaga haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga va Qurolli Kuchlar rezervi hisobida turishga monelik qiluvchi kasallik yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi.
31. A, V va S yaroqlilik toifalari tayinlangan fuqarolarga nisbatan Qurolli Kuchlarning aynan qaysi turida xizmatni o‘tash bo‘yicha yaroqlilik toifasi ham belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda nogironlik mavjud bo‘lganda yoki muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlari topilib, tibbiy-ekspert tomonidan qayd etilganda, ular davolanishga muhtoj sifatida MIBB hisobiga qo‘yilmaydi. Mazkur fuqarolar, shuningdek, bolalikdan nogironligi bo‘lgan va birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi haqida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
33. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan, komissiyaning xulosasi bilan qo‘shimcha ravishda mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarda tahsil olishga yaroqliligi aniqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “k” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarida transport vositalari haydovchilari sifatida tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolar Sog‘liqni saqlash vazirligi va IIV tomonidan tasdiqlanadigan haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar uzoq muddatli (bir oydan ortiq) tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtoj bo‘lsa, o‘n ikki oygacha muddatga davolanishga (tibbiy kuzatuvga) muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Salomatligiga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish bir yil mobaynida taqdim etilishi mumkin, shundan so‘ng sog‘liq holatidan kelib chiqqan holda yaroqlilik toifasi to‘g‘risida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan, davolanishga va tibbiy nazoratga muhtoj fuqarolar tuman (shahar) MIBB tomonidan hisobga olinadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitta ro‘yxat bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi, ro‘yxatda davolanishga muhtoj bo‘lgan va chaqiruv vaqtiga qadar cheklangan yoki undan yuqori yaroqlilik toifasigacha davolasa bo‘ladigan shaxslar qayd etiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
36. Tibbiy tekshiruv (davolanish) yakunlangach, fuqaro qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
MIBB huzuridagi qayd etish komissiyasi yoki MIBB huzuridagi hududiy komissiya yoxud MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi ishi tugaguniga qadar fuqaroni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni (davolashni) yakunlashning imkoni bo‘lsa, unga nisbatan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi haqidagi xulosa qabul qilinmaydi. Bunday holatda shifokor-mutaxassis fuqaroning tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtojligi haqida hamda takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelish muddatini ko‘rsatgan holda xulosa beradi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Fuqaroning harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik muddati tugaganidan so‘ng uning harbiy xizmatga yaroqliligi haqida yakuniy xulosa chiqariladi.
37. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan (davolanishdan) bosh tortgan yoki qochgan hollarda olti oydan so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida fuqarolar sog‘lig‘ining salbiy tomonga o‘zgarishi yoki muddatli harbiy, muqobil yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o‘tashga monelik qiladigan kasallik va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlanmasa, sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yilgan talablar bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli deb topiladi.
38. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari va davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, shuningdek, MIBB boshliqlari fuqarolarni tibbiy tekshirish (davolash) ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish uchun tegishli choralar ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar bevosita harbiy xizmat o‘tash joyiga jo‘natilishidan avval, salomatligiga ko‘ra chaqiruvga loyiq bo‘lmaganligi sababli muddatli harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilish holatlarining oldini olish maqsadida, MIB yig‘ish punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yig‘ish punktlaridagi HTKlar tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmat joylariga jo‘natishdan oldin o‘tkaziladigan nazorat tibbiy ko‘rigi vaqtida fuqarolarning sog‘lig‘i holatida harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini o‘zgartirib yuboradigan salbiy o‘zgarishlar yoki og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi o‘tkazilmaganligi aniqlansa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (keyingi o‘rinlarda — Rahbariyat kengashi) MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasining xulosalarini bekor qilib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Qo‘shinlarni muddatli harbiy xizmatchilar bilan butlash naryadi bajarilganidan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy ko‘ptarmoqli tibbiyot markazlarining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘linmalari mutaxassislari keyingi chaqiruv tadbirlari boshlanguniga qadar hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar shifokorlariga metodik, amaliy yordam ko‘rsatadi, joylarda o‘tkazilayotgan davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini nazorat qiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda (qo‘shinlarga jo‘natish vaqtida) belgilangan hujjatlarning barchasi mavjudligi uchun MIB boshliqlari, tibbiy hujjatlarning to‘liq va sifatli rasmiylashtirilganligi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalarining (organlarining) rahbarlari hamda yig‘ish punktlaridagi HTKlar raislari mas’uldirlar.
Yig‘ish punktlaridagi HTKlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi va MHTKga taqdim qiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. MIB yig‘ish punktidan qaytarilgan har bir fuqaro bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun yig‘ish punktlaridagi HTKlar raislari tomonidan MIBB nomiga rasmiy xizmat xati jo‘natilib, unda fuqaroning qaytarilishi sabablari ko‘rsatiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Yig‘ish punktlaridagi HTKlarning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi bo‘yicha xulosalaridan norozi bo‘lib murojaat qilgan fuqarolar Rahbariyat kengashlari qarori asosida Mudofaa vazirligi HTKga yoki MHTKga nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun yuboriladi. Harbiy-tibbiy muassasalarda nazorat tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat Mudofaa vazirligi MHTK raisining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda fuqarolar bevosita MHTKga yuborilishlari mumkin. Zarurat tug‘ilganda, tibbiy tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli vazirlik va idoralarning bosh tibbiy mutaxassislari jalb etiladi.
Tibbiy tekshiruvdan so‘ng tekshiruv natijalari qayd etilgan ekspert hujjat (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi, ma’lumotnoma, kasallik to‘g‘risida guvohnoma va h.k.) taqdim etiladi va uning asosida yig‘ish punktlaridagi HTK tomonidan fuqaroning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
43. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari hamda Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy qismlar, muassasalar, HTMlar, korxona va tashkilotlarning tibbiyot xizmati o‘rtasida chaqiriluvchilarning sog‘ligini o‘rganish, ularga nisbatan profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida MIBB muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning boshqa hujjatlari bilan bir qatorda, ambulator sharoitda davolanuvchi bemorning tibbiy varaqasi bilan birga harbiy qismga (muassasaga) chaqiruv uchastkasida qayd etish vaqtida va muddatli harbiy xizmatga chaqirish vaqtida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ma’lumotlari kiritilgan ilova varag‘ini ham yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish hududiy tibbiy komissiya zimmasiga yuklanadi.
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy diagnostik tekshiruvlar davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng hududiy tibbiy komissiyalar ularga nisbatan mazkur Nizomning 30-bandida keltirilganidek harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosalarni qabul qiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
46. Davolashga va tibbiy kuzatuvga muhtoj fuqarolar tuman (shahar) MIBB tomonidan hisobga olinadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar davolash-sog‘lomlashtirish choralarini o‘tkazish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi.
Tibbiy tekshiruv (davolanish) yakuniga yetgach, mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinishlari mumkin (chaqiruv davrida).
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
49. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari bilan harbiy qism tibbiyot xizmati o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida MIBB tomonidan harbiy yig‘inga yuborilayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarning ambulator bemor tibbiy varaqalari bilan birgalikda ilova qilib tikiladigan varaqalar ham yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy yig‘in joylariga yetib kelgach, birinchi sutka davomida harbiy qism tibbiy xizmati tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli gospitallar (poliklinikalar) shifikor-mutaxassislari bilan hamkorlikda ularning laborator-instrumental tekshiruv xulosalari o‘rganib chiqiladi va tana ko‘rigi o‘tkaziladi.
Laborator-instrumental tekshiruvlar xulosalarini o‘rganish va tana ko‘rigi vaqtida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda statsionar sharoitda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tashga monelik qiladigan o‘tkir kasalliklar, jarohatlar aniqlansa, ular sog‘lomlashtirish uchun chaqiruv joyidagi MIBga qaytariladi hamda harbiy yig‘inlarga keyingi oylarda yuborilishi lozim. Ushbu fuqarolarda E va F yaroqlilik toifalari bo‘yicha xulosa berishni nazarda tutuvchi kasalliklar yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlansa, ular yig‘inga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi.
(49-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqaroda statsionar ravishda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tash uchun monelik qiladigan kasallik, jarohat aniqlangan hollarda, u tibbiy tekshiruv (davolash) uchun harbiy-tibbiy muassasaga yuboriladi. Statsionar davolanish muddati 10 sutkadan oshib ketsa yoki harbiy yig‘inni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar aniqlangan hollarda, fuqaro sog‘lomlashtirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yig‘inga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga yuboriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Zarurat tug‘ilganda, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tayotgan fuqaro safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni komandirining qaroriga asosan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki harbiy-tibbiy muassasa boshliqlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun HTKga yuboriladi.
51. Bir oylik harbiy yig‘inga chaqirilgan va harbiy yig‘inni o‘tash davrida shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tash davrida kasallanganlar esa kasallik ularni harbiy xizmatga yaroqsizlikka olib keladigan holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
52. Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, HTK tomonidan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha salomatligiga ko‘ra E va F yaroqlilik toifalari tayinlangan fuqarolarga ekspert hujjatlari rasmiylashtiriladi hamda boshqa tibbiy hujjatlar bilan bir qatorda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun MHTKga yuboriladi.
53. Harbiy xizmatni o‘tamagan va HTMga o‘qishga kirayotgan nomzodlarni (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish:
Oldingi tahrirga qarang.
MIBBning (DXX hududiy boshqarmalari HTKning) yo‘llanmasiga ko‘ra nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida (DXX harbiy-tibbiy muassasalarida) majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tadilar.
Tashxisga aniqlik kiritish maqsadida nomzod MIBB huzuridagi tibbiy komissiyasi (DXX hududiy boshqarmalari HTK) tomonidan ambulator (statsionar) ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi mumkin.
(53-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yosh fuqarolar orasidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) ikki bosqichda: birlamchi — MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar, yakuniy — HTKlar tomonidan barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda;
harbiy xizmatchilar tarkibidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan;
(54-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
DXX HTM kirayotgan nomzodlar ikki bosqichda: birlamchi — DXX hududiy boshqarmalarning HTK, yakuniy — HTM huzuridagi HTK tomonidan;
Nomzodlarning tibbiy tekshiruv natijalari ekspert hujjatlariga, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlarning tibbiy tekshiruv natijalari esa, shu jumladan, ularning tibbiy kitobchalariga ham qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga tanlab olinayotgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligiga tegishli harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Nomzodni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida, zarurat tug‘ilganda, majburiy diagnostik tekshiruvlardan tashqari HTK raisining yo‘llanmasiga binoan nomzod laborator, rentgenologik va boshqa qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar, hatto, harbiy-tibbiy muassasada statsionar ravishda tekshiruvdan o‘tkazilishi ham mumkin.
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Nomzodni o‘qishga kirishga yaroqsizligi to‘g‘risidagi XTK xulosasi haqqoniy va qat’iy asoslangan bo‘lishi kerak. Salomatligiga ko‘ra tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
57. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra nomzodlarga nisbatan tibbiy komissiya va HTK tomonidan quyidagi xulosalar qabul qilinadi:
keyingi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan statsionar (ambulator) ravishda tekshiruvdan o‘tishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
58. Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘qishga kirayotgan ofitserlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘qishga kirayotgan, shuningdek, xorijiy davlatlarning harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan nomzodlarning tibbiyot kitobchalarida so‘nggi uch yil davomida dispanserizatsiya natijalari haqidagi ma’lumot bo‘lmasa, ular statsionar ravishda tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ofitserlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni malaka oshirish fakultetlariga o‘qishga kirish vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar HTKda amalga oshiriladi.
(58-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Oddiy askar va serjantlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni HTM, ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursiga o‘qishga yoki chet davlatlar HTMga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborish vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar HTKda amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
60. Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida salomatligiga ko‘ra HTMga o‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlarning ekspert va hisobot hujjatlari HTK ishi yakunlanganidan so‘ng uch kunlik muddatda MHTKga yuboriladi.
HTMdan kelib tushgan ekspert hujjatlari (kasallik to‘g‘risida guvohnoma, ma’lumotnomalar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va boshqa tibbiy hujjatlar) MHTKda hisobga olish va tahlil qilish yakunlariga qarab, yilning 1-sentabriga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun nomzodlarni dastlabki saralashdan o‘tkazgan MIB, HTKga yuboriladi.
MIB (MIBB) boshliqlari va HTK raislari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi materiallari yilning 1-noyabriga qadar MHTKga taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tanlab olinayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
62. Harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma harbiy qism komandirlari (muassasa boshliqlari), harbiy prokuratura organlari yoki sud tomonidan beriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma tegishli komandir (boshliq)ning qaroriga asoslangan holda shtab boshlig‘i (lavozimi unga tenglashtirilgan) va undan yuqori lavozimda turgan boshliq hamda kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan imzolanishi mumkin.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘llanayotgan harbiy xizmatchilarning quyidagi hujjatlari HTKga taqdim etiladi:
yo‘llanayotgan shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi, qachon, qaysi MIBB tomonidan harbiy xizmatga chaqirilganligi, tibbiy ko‘rik o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va dastlabki tashxis ko‘rsatilgan yo‘llanma;
Shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olganligi sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilayotgan harbiy xizmatchilarga shikast (yaradorlik, jarohat) olish holati to‘g‘risidagi ma’lumot berilgan hujjat ham taqdim etiladi.
Tibbiy tekshiruv yoki davolash jarayonida harbiy xizmatchida F yaroqlilik toifasi tayinlashni ko‘zda tutadigan kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlangan holatlarda harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan (o‘qiyotgan) harbiy qism komandiriga (muassasa boshlig‘i) xabar berilgan holda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy-tibbiy muassasa boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi va bu haqidagi ma’lumot kasallik tarixida qayd etiladi.
63. Harbiy-tibbiy muassasalarda davolanayotgan fuqarolarda (shu jumladan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan va Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchilarda) statsionar davolanishdan so‘ng, alohida holatlarda — kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari bo‘yicha aniqlangan tibbiy-ekspert oqibati qayd etilganda HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
64. Alohida holatlarda HTK xulosasiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar tashxisga aniqlik kiritish yoki maxsus davolanish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika yoki ilmiy-tadqiqot muassasalariga yuborilishi mumkin. Tibbiy tekshiruvlar (davolanish) yakunlangach, harbiy xizmatchilar HTK tomonidan qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv (davolanish)ga sarf qilingan to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Muddatli harbiy xizmatchilar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish vaqtida birlashmalar komissiyalari tomonidan harbiy-kasbiy saralashdan o‘tkazilgach, HTK tomonidan mazkur Nizomning 104-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshida qayd etilgan tibbiy hujjatlarni taqdim etmagan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Harbiy xizmat o‘tash muddatini uzaytirish to‘g‘risida yangi kontrakt tuzish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qism komandirining (muassasa boshlig‘i) qaroriga binoan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasidan o‘tganlar esa yangi kontrakt tuzish holatlarida majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
66. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish natijalari asosida HTK harbiy xizmatchilarga nisbatan quyidagi xulosalarni chiqaradi:
E — tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli;
Cheklanish bilan yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda, HTK o‘z xulosasida qaysi turdagi xizmat va ishlarga qarshi ko‘rsatmalar mavjudligini yakka tartibda ko‘rsatishi mumkin.
67. Harbiy xizmatchini kasalligi tufayli ta’tilga chiqarish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga (keyingi o‘rinlarda — ozod qilish) muhtojligi to‘g‘risidagi xulosa harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik ko‘zda tutilgan holatlarda beriladi.
Harbiy xizmatchining o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga kirisha olishi mumkin bo‘lgan muddat bir oydan kam bo‘lmagan holatlarda HTK kasallik tufayli ta’tilga muhtojlik to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Sudlangan yoki intizomiy harbiy qismda jazoni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK tomonidan ularning kasallik tufayli ta’tilga muhtojligi to‘g‘risidagi xulosa qabul qilinmaydi. Ularning davolanishi harbiy gospital yoki intizomiy harbiy qism tibbiyot punktida yakunlanishi lozim.
Muddatli harbiy xizmatchilar kasallik ta’tili tugaganidan so‘ng majburiy tarzda harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, bunda ekspert hujjati va chiqish epikrizida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan manzil (HTK yoki harbiy-tibbiy muassasa) ko‘rsatilishi zarur.
68. Kasallik ta’tilining davomiyligini kasallik yoki shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) xususiyati, og‘irlik darajasi va asoratlariga qarab HTK belgilaydi. Harbiy xizmatchiga kasallik ta’tili 30 sutkadan 60 sutkagacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Muddatli harbiy xizmatchilarga kasallik ta’tili alohida holatlarda 60 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga kasallik tufayli beriladigan ta’til har safar 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining uzluksiz davolanish vaqti, kasallik tufayli beriladigan ta’til muddatini qo‘shib hisoblaganda, to‘rt oydan oshmasligi lozim (sil kasalligiga chalinganlar uchun — o‘n ikki oy). Zarurat tug‘ilganda, davolanish muddati qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin. Davolanish va kasallik ta’tilining belgilangan eng ko‘p muddatlari o‘tganidan so‘ng kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(68-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Harbiy xizmatchi-ayollarga HTK xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha ta’tillar beriladi.
Kasallik tufayli ta’tilga muhtoj bo‘lgan HTM kursantlarini (tinglovchilarini) o‘quv jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida HTK ta’til o‘rniga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish sharti bilan ta’tilning ko‘zda tutilgan muddatida xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish vaqtida kasalligi tufayli xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish yoki ta’tilga muhtojlik to‘g‘risidagi xulosalar chiqarilmaydi (mazkur Nizomning 72-bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish imkoniyati tiklanmasligi yuzasidan shubhaga o‘rin qoldirmaydigan asoslar mavjud bo‘lgan holatlarda, HTKning harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risidagi xulosasi chiqarilmaydi, aksincha xizmatchining harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
69. Mazkur Nizomning 67-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan holatlarda, HTK harbiy xizmatchining 7 sutkadan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
HTK harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida takroriy xulosa chiqarilishi mumkin, lekin ozod qilishning umumiy muddati 30 sutkadan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Sog‘lig‘ining holati bo‘yicha harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni (kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlarining sababi Qurolli Kuchlardagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmaganda) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish statsionar tekshiruvdan so‘ng HTKlar tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati yoki uning hududiy boshqarmalari (organlari) shifokor-mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Hamkorlikda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik ma’lumotlari kasallik tarixiga, harbiy xizmatchining tibbiy kitobchasiga qayd etiladi, mutaxassis-shifokorlarning shaxsiy imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, ekspert hujjatlarida (kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumotnoma, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va boshqa tibbiyotga oid hujjatlarda) ko‘rsatib o‘tiladi.
(70-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
HTKning harbiy xizmatga yaroqsizlik to‘g‘risidagi xulosasi MHTK tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng ular qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatiladilar.
71. Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan va Qurolli Kuchlar safidan qaytarilgan muddatli harbiy xizmatchilar qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchini Qurolli Kuchlardan bo‘shatishning har bir holati bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari tomonidan MIB bilan hamkorlikda batafsil xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis-shifokorlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Xizmat tekshiruvi hujjatlarining nusxalari joriy yilning 1-iyuniga qadar MHTK va Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markaziga taqdim etiladi.
Muddatli harbiy xizmatchini salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlardan bo‘shatishning har bir holati to‘g‘risida (sababiy bog‘liqligidan qat’i nazar) MIB boshliqlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlari yozma ravishda xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga F yaroqlilik toifasi tayinlangan bo‘lsa hamda u harbiy xizmatdan bo‘shash to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish davrida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmat majburiyatlarini bajara olmasa, HTK harbiy xizmatga yaroqsizlik haqidagi xulosa bilan birgalikda harbiy xizmatdan bo‘shatish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan, biroq 30 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida qo‘shimcha xulosa chiqaradi.
(72-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda alohida olganda yuzaga chiqish darajasi bo‘yicha fuqarolar sog‘lig‘i holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarda ko‘zda tutilgan cheklanish darajasiga yetmagan, ammo birgalikda D, E yoki F toifalar bo‘yicha yaroqsizlikni keltirib chiqaradigan bir nechta kasallik aniqlangan bo‘lsa, komissiya yuqorida ko‘rsatilgan xulosalardan birini chiqaradi. Bunda yakka holda baholash paytida kasalliklarning o‘zaro aloqadorligi va ularning xizmat majburiyatlarini bajarishga ta’siri, kasallikni oldindan taxmin qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning yoshi, umumiy xizmat muddati va boshqa mezonlarni hisobga olish zarur.
Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda fuqaro sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarda nazarda tutilmagan kasallik aniqlangan bo‘lsa, HTK fuqaro sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan mavjud talablar, patologik jarayonga, organizmning zararlangan a’zosi yoki tizimiga eng o‘xshash holatlar asosida xulosa chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini yakka tartibda baholash usuli har bir holatda qo‘llanilishi lozim. HTK ularning harbiy mutaxassisligi, tayyorgarligi, ish tajribasi, ma’lumoti, yoshi, amalda mehnatga layoqatliligi, harbiy qism qo‘mondonligi va shifokorining fikrlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning yo‘naltirilishi va uning sog‘lig‘i holatiga eng ko‘p muvofiq keladigan ishda foydalanishni inobatga oladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. HTK tomonidan S yaroqlilik toifasi tayinlangan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ining holati, tayyorgarligi va xizmat tajribasini inobatga olgan holda ular bajara oladigan boshqa lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin.
(74-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Harbiy xizmatchiga HTK tomonidan E yoki F yaroqlilik toifalari tayinlanib, tegishli MHTKda tasdiqlangan ekspert hujjatlari kelib tushgandan so‘ng harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda uni Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
75. Bo‘yi 190 sm va undan baland bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar, HTM kursantlariga nisbatan tegishli alomatlarga qarab HTK tomonidan uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilangan oziq-ovqat me’yorining teng yarmi miqdoridagi qo‘shimcha ovqat bilan ta’minlash to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Qo‘shimcha ovqat bilan ta’minlash muddatini uzaytirish zaruriyati tug‘ilganda takroriy xulosa chiqariladi.
Ushbu xulosaning chiqarilishiga sabab bo‘luvchi holatlar: kayfiyatni yomonlashishiga oid shikoyatlar, ochlik hissi, ovqatlanishdan so‘ng to‘yish hissining yo‘qligi, shuningdek, harbiy xizmatchi vaznining salbiy tomonga o‘zgarishi.
76. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish, favqulodda vaziyatlar sharoitida vazifalarni bajarish, qo‘shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlar (operatsiyalar) yoki boshqa jangovar harakatlarni o‘tkazish vaqtida kasallik orttirgan yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan harbiy xizmatchilarni, shuningdek, jangovar harakatlar olib borilgan xorijiy davlatlarda harbiy xizmatni o‘tash davrida, chet elda razvedka va kontrrazvedka ishlarini olib borgan davrida kasallangan harbiy xizmatchilar, muddatidan qat’i nazar, statsionar ravishda davolangandan so‘ng ba’zi hollarda kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asorati bo‘yicha tibbiy-ekspert oqibati qayd etilganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
77. Harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida shikastlanish (yaradorlik va jarohat) olgan fuqarolar, harbiy xizmatga yaroqlilik toifasining o‘zgarish yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida kasallik orttirgan fuqarolar esa kasallik ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi o‘zgarishiga sabab bo‘lganda yoki uni harbiy xizmatga yaroqsizlikka (shu jumladan vaqtinchalik) olib kelganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolari davolanishni davom ettirish uchun bir davolash-profilaktika (harbiy-tibbiy) muassasasidan boshqasiga o‘tkazilishga muhtoj bo‘lsa, shuningdek, harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga (bir yilda bir marta) muhtoj bo‘lib, ularning davolanish manziliga borish va qaytishda temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan foydalanish zarurati tug‘ilsa, HTK ularni ko‘chirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Ko‘rsatib o‘tilgan ofitserlar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan taqdirda, HTK ularning oila a’zolariga ham ko‘chirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar, shuningdek, harbiy xizmatda bo‘lishning umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan ofitserlarning oila a’zolari davolanish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga (shu jumladan, idoraviy, harbiy-tibbiy yoki sanatoriy-kurort muassasalariga) borayotganda, bundan tashqari, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng tanlangan yashash joyiga borayotganda harbiy xizmatchilar kuzatib boruvchiga muhtoj bo‘lsa, HTK kuzatib boruvchilarga muhtojlik to‘g‘risida, ularning sonini ko‘rsatgan holda, xulosa chiqaradi.
(79-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchining salomatligi, uning tibbiy yordam va o‘zgalar ko‘magiga muhtojlik holatiga qarab, HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi va uni kuzatib boruvchi shaxslarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan harbiy tashuvchi hujjatlar taqdim etilgan holda havo yoki temir yo‘l transportida yurishga muhtojligi haqida xulosa chiqarishi mumkin.
Izolatsiyaga muhtoj bemorga nisbatan HTK u va bemorni kuzatib boruvchi shaxslarning belgilangan manzilgacha temir yo‘l transportining alohida kupesida ketishlari lozimligi haqida xulosa chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Sog‘lig‘i tufayli mamlakatning alohida hududlarida harbiy xizmatni o‘tashga (yashashga) yaroqliligini aniqlash uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy xizmatchilarning og‘ir iqlim sharoitlarida harbiy xizmatni o‘tashi va uning oila a’zolari yashashiga qarshi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tibbiy ko‘rsatmalar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
81. Harbiy xizmatchilar idoraviy tibbiy ta’minot xizmati tomonidan dispanserizatsiya qilinadi. Dispanserizatsiyani tashkillashtirish va o‘tkazish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Dispanserizatsiya davrida harbiy xizmatchilarda harbiy xizmatni o‘tashga monelik qiladigan shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari yoki kasalliklar aniqlansa, ular statsionar tekshiruvdan o‘tish va davolanish uchun harbiy-tibbiy muassasalarga yuboriladi va keyin harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash uchun HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
82. Mazkur Nizomning 7-bandi “t” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida ularda kasallik, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjud bo‘lganida tibbiy komissiya yoki HTK mamlakatning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yuborilayotgan geografik iqlim sharoitlarida patologik jarayonning rivojlanishini oldindan inobatga olgan holda xulosa chiqaradi.
Mazkur shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, tibbiy komissiyalar va HTK xulosalarining bayon etilishi, shuningdek, ekspert hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
83. Fuqarolarni HDQ va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlardagi xizmatga yaroqliligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxslar majburiy diagnostik tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda organizmning og‘ir jismoniy zo‘riqishlar va past atmosfera bosimidagi faoliyatga moslashuvini aniqlash tekshiruvlaridan o‘tadi.
84. HTK HDQ va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarga xizmatga tanlanayotgan fuqarolar va ularda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga nisbatan quyidagi mazmundagi xulosalar chiqariladi:
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli;
HDQ va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlardagi xizmatga yaroqli. 6 — 12 oydan (muddat ko‘rsatilsin) so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan parashyut bilan sakrashga vaqtincha yaroqsiz.
Maxsus bo‘linmalarda (harbiy qismlar) xizmat qilish uchun saralab olinayotgan fuqarolarni, bunday bo‘linmalarda (harbiy qismlar) xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK o‘z xulosasida tekshiriluvchi qaysi bo‘linmada xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatishga haqli.
85. HDQ va unga tenglashtirilgan qismlarda harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ularda parashyut bilan sakrashga monelik qiladigan kasalliklar yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlanganda HTK keyinchalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan mazkur harbiy xizmatchilarning parashyut bilan sakrashga vaqtincha yaroqsizligi (muddati ko‘rsatilgan holda) to‘g‘risida xulosa chiqaradi. HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning parashyut bilan sakrashga yaroqlilik toifasi to‘g‘risidagi xulosa chiqarishda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga tayanadi.
Takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida HTK parashyut bilan sakrashga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosa chiqarishda HDK va unga tenglashtirilgan harbiy qismlardagi xizmatga yaroqlilik masalasini ham ko‘rib chiqadi.
86. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘i hamda qo‘mondonlik vakili ishtirok etishi sharti bilan tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
87. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq lavozimlar va harbiy hisob mutaxassisliklari ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
88. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan ishga tayinlash taqiqlanadi.
89. Harbiy qism qo‘mondonligi mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish lozim bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadi, ish stajining davomiyligi, dozimetrik nazoratning shaxsiy vositalaridan olingan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda HTKga avvaldan taqdim etadi. Tibbiy ko‘rikdan oldin qo‘mondonlik vakili HTK a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarning ish sharoitlari bilan tanishtiradi, harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘i esa HTK a’zolariga ularning komissiyalararo davrdagi salomatligiga oid tibbiy kuzatuv natijalari haqida axborot beradi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiy ko‘rsatmalarga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘riklar oralig‘ida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tibbiy ko‘rikka chaqiriladi.
90. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida yuborilishiga harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) va tibbiyot xizmati boshlig‘i javobgardir.
91. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar turli sabablarga ko‘ra (ta’til, xizmat safari, kasallik va boshqa sabablar) o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan taqdirda, harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoitlari bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga qo‘yilmaydi.
92. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy komissiyalar va HTK quyidagi xulosalarni chiqaradi:
(tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsga qaysi turdagi ishlar ruxsat berilganligi ko‘rsatiladi) ishga yaroqli;
keyinchalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan statsionar (ambulator) ravishda tekshiruvdan o‘tishi lozim;
olti — o‘n ikki oydan keyin (muddati ko‘rsatiladi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs qaysi turdagi ishlarga ruxsat berilmaganligini ko‘rsatiladi) ishga vaqtincha yaroqsiz;
(tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsga qaysi turdagi ishlar ruxsat berilmaganligi ko‘rsatiladi) ishga yaroqsiz. Harbiy xizmatga yaroqli (yaroqsiz) (harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi ko‘rsatiladi).
93. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar sog‘ligidan shikoyat qilgan, sog‘lig‘i holati sababli ishdan vaqtincha chetlatilgan va kasallik tufayli ta’tildan qaytib kelgan, boshdan kechirgan kasallik yoki olgan shikastlanishlariga (yaradorlik, jarohatlariga) ko‘ra harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yaroqsiz deb topilishi mumkin bo‘lganligida, ushbu shaxslar navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
94. Olti — o‘n ikki oydan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga avval vaqtincha yaroqsiz deb topilgan shaxslar statsionar ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuboriladi (homiladorlik tufayli ta’til berilgan ayollar bundan mustasno).
95. Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy mehnatning zararli va salbiy omillari bilan zararlanganligi gumon qilinib, statsionar tibbiy tekshiruvdan va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun harbiy-tibbiy muassasalarga yo‘llanayotganda mehnat sharoiti va mutaxassis ish joyining sanitar-gigiyenik tavsifnomasi to‘g‘risidagi ma’lumot aks etgan hujjat taqdim etiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar statsionar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng kasbiy kasalligi tufayli harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yaroqsiz deb topilishi (vaqtincha yoki doimiy) taxmin qilingan holatlarda, MHTK raisining ko‘rsatmasiga binoan HTK ishida qatnashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiy mutaxassislari jalb etiladi.
96. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga tayinlanayotgan va ishlayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ularning o‘z shikoyatlari va bu shikoyatlarning tavsifi, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalarining buzilish holatlari, boshidan o‘tkazgan zaharlanish holatlari yoki yuqumli kasalliklar, dozimetriya nazoratining shaxsiy vositalaridan olingan ma’lumotlari, kasbiy anamnez ma’lumotlari, tibbiy tekshirish va davolash natijalari, harbiy mehnatning zararli hamda salbiy omillari bilan o‘tkir va surunkali shikastlanish holatlarida esa komissiyalararo davrda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar salomatligining tibbiy kuzatuvi natijalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning harbiy mutaxassislik bo‘yicha xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida harbiy qism tibbiyot xizmati boshlig‘ining fikri inobatga olinadi.
97. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yaroqlilikni yakka tartibda baholash vaqtida HTKning ishga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosasi patologik jarayonning kompensatsiya darajasi, harbiy mutaxassislik, umumiy va kasbiy mehnat staji, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning amaliy mehnat qobiliyati va yo‘nalishi, qo‘mondonlik va harbiy qism tibbiy xizmati boshlig‘ining fikri hisobga olingan holda chiqariladi.
98. Alohida olganda harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga monelik qilmaydigan bir nechta kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, HTK ishga yaroqlilik yoki yaroqsizlik to‘g‘risidagi xulosani kasalliklar tavsifi va funksional buzilishlarning ifodalanganlik darajasini hisobga olib, qat’iy ravishda yakka tartibda chiqaradi.
99. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar hamda homiladorligi aniqlangan ayollar harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayollar emizish davrida harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
100. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (qabul qilinayotgan) hamda ishlayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “s” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlar hajmi, shuningdek, harbiy mehnatning ko‘rsatib o‘tilgan zararli va salbiy omillarining ta’siri ostida ishlayotganlar o‘rtasida o‘tkaziladigan davolash-profilaktika tadbirlari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
101. Harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoiti bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan hamda kasb kasalligi, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari mavjud bo‘lgan ishchi va xizmatchilar kasbiy mehnatga layoqatligini yo‘qotish darajasini aniqlash maqsadida qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — TME) yuboriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
102. Harbiy xizmatga majburlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish MIBB boshlig‘ining, Milliy gvardiya, ETRM, IIV, FVV, PXDX va DXX harbiy qism komandirlari (bo‘linma rahbarlari) farmoyishiga (alohida holatlarda MHTK raisining qaroriga) binoan quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
(102-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
harbiy xizmatga majburlarning sog‘lig‘iga oid shikoyatlari yoki ular sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar haqidagi boshqa ma’lumotlar (davolash-profilaktika muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va boshqalardan kelgan xabarlar yoki hujjatlar) mavjud bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
103. Rezervga olingan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etish yilida va yig‘inlar boshlanishidan ko‘pi bilan 2 oy avval MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(103-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
104. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan harbiy xizmatga majburlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha javobgarlik tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK zimmasiga yuklanadi.
(104-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan harbiy xizmatga majburlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlangunga qadar HTKga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy guvohnoma);
(104-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi despanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan ma’lumotnomalar;
(104-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
ambulator ravishda davolangan bemorning tibbiy varaqasidagi oxirgi besh yil davomida olib borilgan qaydlardan ko‘chirma.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy diagnostik tekshiruvlar MIBBning (DXX hududiy boshqarmalari HTKning) yo‘llanmasiga asosan Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida (DXX harbiy-tibbiy muassasalarida) o‘tkaziladi.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
105. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilayotgan harbiy xizmatga majburlarga nisbatdan HTK tomonidan chiqariladigan xulosalar mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga chiqariladigan xulosalar bilan bir xil bo‘ladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
106. Harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanishi ko‘zda tutilgan kasalliklar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjud bo‘lgan shaxslarga nisbatdan tibbiy komissiya va HTK tomonidan harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida xulosa harbiy xizmatga yaroqlilikni eng yuqori darajada cheklash asosida chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan harbiy xizmatga majburlarga chiqarilgan HTK xulosalari qat’iy ravishda MHTK da ko‘rib chiqilishi va asoslanishi lozim.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan harbiy xizmatga majburlarga harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik ko‘zda tutilgan xulosa berishda HTK davolash-sog‘lomlashtirish muolajalari o‘tkazilishi uchun zarur muddatga xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish taqdim qilinganligi to‘g‘risida qo‘shimcha xulosa chiqaradi.
(106-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
107. Rezervdagi harbiy xizmatga majbur shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llashda MIBB uning qachon va nima sababdan rezervga bo‘shatilganligini ko‘rsatib o‘tadi. Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga harbiy xizmatga majbur shaxs xizmatdan bo‘shatilishiga asos bo‘lgan ekspert hujjati, shuningdek, uning shaxsiy yig‘ma jildini HTKga taqdim etilishi shart. Rezervdagi harbiy xizmatga majbur shaxs ushbu hujjatlari bilan birga MHTKga yuboriladi va uning xulosasiga binoan qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi, tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish turi belgilanadi. HTK tomonidan harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida, shu jumladan, cheklovlar bilan xulosa chiqarilganda, ekspert va tibbiy hujjatlar hamda xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy nazorat natijalari va ish joyidan tavsifnomalar bilan birga MHTKga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat vazifasiga noloyiq topilgan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirganligi tufayli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bo‘shatilish davrida harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydilar (harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan keyin aniqlangan va xizmat davrida tashxisi qo‘yilmagan endogen ruhiy kasallikka chalingan, bo‘shatilishining sababi ushbu kasallik oqibatidagi xatti-harakatlar tufayli bo‘lgan shaxslar bundan mustasno).
(107-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
108. Safarbarlik e’lon qilinganda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qurolli tajovuz ro‘y berganda aholini himoya qilish uchun jalb qilinadigan rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
109. Harbiy xizmatga majbur shaxs kasallik tashxisini aniqlash uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida ambulator yoki statsionar ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tishga yuborilishi mumkin.
110. Harbiy xizmatga majburlar rezerv toifasi, harbiy-hisob mutaxassisligi va xizmatdagi maqsadlariga ko‘ra MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy komissiyalar yoki HTK tomonidan E yaroqlilik toifasi tayinlangan va harbiy xizmatga majburlar ro‘yxatiga o‘tkazilgan shaxslar 27 yoshga to‘lgunlariga qadar har 3 yilda bir marta takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan kasallik va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) tufayli salomatligiga ko‘ra tibbiy komissiyalar yoki HTK tomonidan avval F toifasi yoki ruhiy va xulq atvor buzilishlari (ruhiyatga faol ta’sir etuvchi vositalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va hulq-atvorning buzilishlaridan tashqari), epilepsiya va epileptik tutqanoqlar, kaft yoki barmoqlarning nuqsonlari yoki shakl buzilishlari yoki yo‘qligi, yassi oyoqlilik yoki oyoq panjasining boshqa shakl o‘zgarishlari yoki barmoqlarning nuqsonlari, bosh suyagining jarohati va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari aniqlanib E yaroqlilik toifasi tayinlangan shaxslar takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
(110-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Rezerv yoki zaxirada turgan ofitserlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
111. Avval E yaroqlilik toifasi tayinlangan fuqarolarga davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida avval qo‘yilgan tashxis o‘zgartirilgan yoki ular sog‘lom deb topilgan holatlarda ular takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
112. Agar rezervdagi (iste’fodagi) harbiy xizmatga majbur shaxs harbiy xizmatdan bo‘shatilish davridagi o‘zining harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash yoki HTKning shu davr uchun chiqargan xulosasini qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani ko‘tarsa (harbiy xizmatdan bo‘shatilishning asosini o‘zgartirish maqsadida), MIBB uning arizasi, shaxsiy yig‘ma jildi, tibbiy kitobchasi hamda murojaat yo‘llovchi yoki davolash-profilaktika va harbiy-tibbiy muassasalardan olingan boshqa tibbiy hujjatlarni MHTKga yuboradi.
MHTK zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha tarzda, murojaatchining harbiy xizmatni o‘tash davridagi va harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan keyingi yaqin vaqt ichidagi salomatligini tavsiflovchi barcha tibbiy va boshqa hujjatlarni so‘rab oladi hamda tegishli vazirlik va idoralar bosh tibbiy mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqadi. Agar bunda harbiy xizmatdan bo‘shatilish davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq murojaat qilgan shaxsning iltimosini qanoatlantirish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, MIBB rezervdagi (iste’fodagi) harbiy xizmatga majbur shaxsni hozirgi vaqtda harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaga yoki HTKga yuboradi.
Rezervdagi (iste’fodagi) harbiy xizmatga majbur shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari ekspert hujjatiga kiritiladi. Bunda kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat)ning sababiy bog‘liqliligi to‘g‘risidagi masala tibbiy komissiya yoki HTK tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Ekspert va tibbiy hujjatlar ko‘rib chiqish uchun MIBB yoki HTK tomonidan MHTKga yuboriladi. Ushbu hujjatlardan tashqari MHTKga tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning shaxsiy va nafaqa yig‘ma jildlari, harbiy xizmatni o‘tagan va haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilishidan keyingi davrlarga oid barcha tibbiy hujjatlari, TMEKning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi dalolatnomalari ham taqdim etiladi. Tibbiy komissiya yoki HTK xulosasining asoslanganligini ko‘rib chiqish vaqtida, kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat)ning harbiy xizmat bilan bog‘liqligi to‘g‘risida shubhasiz ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, MHTK ularning sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi xulosani qabul qiladi.
Alohida hollarda rezervdagi (iste’fodagi) harbiy xizmatga majbur shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun bevosita MHTKga murojaat qilishi mumkin, rezervdagi (iste’fodagi) harbiy xizmatga majbur shaxsning tibbiy kitobchasi va boshqa tibbiy hujjatlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng, zarur hollarda, u MHTK raisi tomonidan harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tegishli tibbiy komissiya yoki HTKga yuborilishi mumkin.
113. Mazkur Nizomning 7-bandi “g”, “j”, “n”, “s”, “t” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha holatlarida HTK tomonidan ularning orttirgan kasalliklari va olgan shikastlanishlarining (yaradorliklari, jarohatlari) sababiy bog‘liqligi aniqlanadi, kasallik orttirgan va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan ushbu shaxslar tergov ostida bo‘lgan yoki ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish sudga oshirilgan holatlar bundan mustasno.
114. Mazkur Nizomning 7-bandi “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning orttirgan kasallik va olgan shikastlanishlari (yaradorliklari, jarohatlari) ning sababiy bog‘liqligi MHTK tomonidan ular ro‘yxatda turgan MIBB boshliqlarining yo‘llanmasiga asosan quyidagi holatlarda ko‘rib chiqiladi:
fuqaro harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davrida HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, davolanishda bo‘lgan yoki salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsa;
fuqaro harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davrida kasallik orttirgan yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan yoxud orttirilgan kasallik yoki olingan shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) asorati u harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan (harbiy yig‘inlar tugagandan) keyin aniqlangan bo‘lsa, shikastlanish (yaradorlik, jarohatning) olinishi yoki, shu jumladan, o‘limga olib kelgan kasallikning boshlanishini harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davri bilan bog‘lash mumkin bo‘lgan hollarda.
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs kasallikni Ikkinchi jahon urushi davrida harakatdagi armiya safida, 1939-yilda Xalxin-Gol ko‘li, 1938-yilda Xasan ko‘li bo‘yidagi janglar, 1939-yilda G‘arbiy Belorussiya va G‘arbiy Ukrainaning SSSR bilan birlashish davridagi jangovar harakatlarda, 1939-1940-yillar Sovet-Finlyandiya urushida, 1945-yil Yaponiya bilan urushda, 1924 — 1958-yillar Xitoyda, 1956-yil Vengriyada, 1962 — 1964-yillar Jazoirda, 1962 — 1975-yillar Misrda, 1961 — 1969-yillar Yaman Arab Respublikasida, 1961 — 1972-yillar Vyetnamda, 1967 — 1973-yillar Suriyada, 1975 — 1979-yillar Angolada, 1967 — 1969-yillar Mozambikda, 1970-yil Kambojada, 1972-1973-yillar Bangladeshda, 1960 — 1970-yillar Laosda, 1982-yil Suriya va Livanda va 1978 — 1989-yillar Afg‘onistonda olib borilgan jangovar harakatlarda orttirgan yoki ushbu voqealardan oldin orttirilgan kasallik kechishining rivojlanishi (og‘irlashuvi) qayd etilgan yoki agar surunkali, sekinlik bilan og‘irlashuvchi kasallik tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning harakatdagi armiya safidan bo‘shatilgandan keyin birinchi besh yil ichida berilgan tibbiy hujjatlarda yoki kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra kasallik boshlanishini uning yuqorida ko‘rsatilgan voqealarda qatnashish davri bilan bog‘lash mumkin bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
agar kasallik tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davrida yuzaga kelgan yoki ko‘rsatilgan davrda muddatli harbiy xizmatga (harbiy yig‘inlarga) chaqirilgunga, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgunga qadar yuzaga kelgan kasallikning rivojlanishi (og‘irlashuvi), shuningdek, surunkali, sekin rivojlanib boruvchi kasallikning tashxisi harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng qo‘yilgan bo‘lsa, tibbiy hujjatlar va kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari kasallikning boshlanishini harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davri bilan bog‘lash imkonini bersa;
(115-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda kasallik harakatdagi armiya tarkibiga kirmagan harbiy qism, organ va muassasalarda harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki jangovar harakatlar olib borilayotgan davlatga chiqib ketgunga qadar yuzaga kelgan hamda ushbu davlatdagi harbiy xizmat kasallikni rivojlantirmagan (og‘irlashtirmagan) bo‘lsa;
agar shikastlanish (yaradorlik, jarohat) harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash davrida olingan, ammo tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olinishning sabablari to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;
v) “kasallik harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda orttirilgan” — qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
agar kasallik tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda u harbiy xizmatga (harbiy yig‘inlarga) chaqirilguniga, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirguniga qadar yuzaga kelgan va harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar) davrida uning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan darajada rivojlanmagan (og‘irlashmagan) bo‘lsa;
(115-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
agar kasallik tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda u harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan, harbiy yig‘inlar tugaganidan keyin yuzaga kelgan bo‘lib, bunda kasallik boshlanishini harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar) o‘tash davri bilan bog‘lashning imkoni bo‘lmasa.
116. Tibbiy komissiya va HTK shikastlanish (yaradorlik, jarohat) mavjudligida quyidagi mazmundagi xulosalar qabul qiladi:
a) “shikastlanish (yaradorlik, jarohat) O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda olingan” — agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanish (yaradorlik, jarohat)ni O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, harakatdagi armiya safidagi harbiy xizmat davrida harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) ijro etish yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlash chog‘ida olingan bo‘lsa;
agar shikastlanish (yaradorlik, jarohat) tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs tomonidan Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlarida ko‘zda tutilgan harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda olingan bo‘lsa;
agar shikastlanish (yaradorlik, jarohat) tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs tomonidan favqulodda vaziyatlar sharoitida, qo‘shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlar (operatsiyalar) o‘tkazilayotganda yoki qurolli to‘qnashuvlar davrida vazifalarni bajarish vaqtida; jangovar harakatlar olib borilgan xorijiy davlatlarda harbiy xizmatni o‘tash davrida, xorijiy davlatlarda razvedka va kontrrazvedka ishlarini olib borgan davrda olingan bo‘lsa;
agar shikastlanish (yaradorlik, jarohat) tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs tomonidan harakatdagi armiya tarkibiga kirmagan harbiy qismlarda, shtab va muassasalarda o‘quv, maxsus va nazorat yig‘inlarini o‘tash davrida, shuningdek, harbiy xizmat manfaatlari yo‘lida biror-bir harakatni amalga oshirish chog‘ida olingan bo‘lsa;
agar zararlanish tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs tomonidan harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida harbiy mehnatga oid omillarning sog‘liqqa ta’sirlari natijasida olingan bo‘lsa. Ushbu xulosa tegishli vazirlik va idoralar sanitariya-epidemiologiya xizmatlari mutaxassislari ishtirokida HTK tomonidan qabul qilinib, keyin MHTK da ko‘rib chiqiladi;
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida hasharot yoki sudralib yuruvchining chaqishi, hayvon tomonidan yetkazilgan tan-jarohati oqibatida olgan bo‘lsa;
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) davlat yoki jamoatchilik oldidagi majburiyatlar, shuningdek, jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini, garchi bu topshiriqlar harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bajarish vaqtida olgan bo‘lsa;
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) donorlik vazifasini bajarish tufayli olgan bo‘lsa;
v) “shikastlanish (yaradorlik, jarohat) harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisa oqibatida olingan”:
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlarida ko‘zda tutilgan harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq deb topilmagan holatlarda olgan bo‘lsa;
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) xizmat tekshiruvi, tergov oldi tekshiruv va tergov natijasida aniqlangan qonunbuzarlik harakati oqibatida olgan bo‘lsa;
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs o‘ziga qasddan tanaga shikast (yaradorlik, jarohati) yetkazgan, ammo buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan yoki unga nisbatan jinoyat ishi tergov yoki sud organlari tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa;
g) “shikastlanish (yaradorlik, jarohat) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlardagi xizmat bilan bog‘liq emas”:
Oldingi tahrirga qarang.
agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs shikastlanishni (yaradorlik, jarohatni) harbiy xizmatga (harbiy yig‘inlarga) chaqirilguniga, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirguniga qadar olgan va harbiy xizmat (harbiy yig‘in) davrida uning rivojlanishi (kechishini og‘irlashishi) kuzatilmagan bo‘lsa.
(116-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
117. Radiatsiya omillarining ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo Chernobl AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning sababiy bog‘liqligini belgilash vaqtida HTK tomonidan quyidagi tahrirda xulosa qabul qilinadi: “kasallik Chernobl AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq”.
118. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, frontda bo‘lish, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda olingan shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosasi xizmat va tergov oldi tekshiruvlari yoki jinoiy ish materiallariga ko‘ra berilgan shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olishning holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjat asosida qabul qilinadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, frontda bo‘lish, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda orttirilgan kasallik yoki olingan shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosasini qabul qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning harbiy guvohnomasidagi harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlangan yozuvlar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olganligi to‘g‘risida harbiy qism komandirining buyrug‘idan ko‘chirma, shuningdek, arxiv muassasalaridan olingan ma’lumotnomalar hamda shikastlanish (yaradorlik, jarohat) holati to‘g‘risidagi boshqa ishonchli ma’lumotlar asos bo‘lishi mumkin.
Guvohlarning ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, frontda bo‘lish, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishda orttirilgan kasallik va olingan shikastlanishlarning (yaradorliklar, jarohatlarning) sababiy bog‘liqligini belgilash uchun asos bo‘la olmaydi.
119. Kasalliklar bilan bir qatorda shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) asoratlari ham mavjud bo‘lgan harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida ularning sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosasi alohida tarzda mazkur Nizomning 115, 116-bandlarida nazarda tutilgan shakllarda qabul qilinadi.
120. Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda turli sharoitlarda orttirilgan (olingan) bir necha kasalliklar yoki shikastlanishlarning (yaradorliklar, jarohatlarning) asoratlari aniqlangan bo‘lsa, ularning sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosalari ham shikastlanish holatlari hisobga olingan holda alohida tarzda qabul qilinadi.
121. Tergov ostida bo‘lgan yoki qo‘zg‘atilgan jinoiy ish sudga oshirilgan harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, kasallikning sababiy bog‘liqligi to‘g‘risida quyidagi mazmundagi xulosa chiqariladi: “ishi tergovda”, qavs ichida esa quyida keltirilgan ta’riflardan biri ko‘rsatiladi: “kasallik Qurolli Kuchlardagi xizmat bilan bog‘liq emas”; “kasallik harbiy xizmatni o‘tash davrida orttirilgan” yoki “kasallik harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan davrda orttirilgan”. Shikastlanishlarning (yaradorliklar, jarohatlarning) sababiy bog‘liqligi ham shunday shaklda ko‘rsatiladi. Agar tergov to‘xtatilgan bo‘lsa, bu masala mazkur Nizomning 115, 116-bandlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
122. Kasallikning, shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, frontda bo‘lish, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosasi boshqa xulosalar qatori tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsga oid tibbiy hujjatlarga shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olingan, kasallik orttirilgan holatni tasdiqlovchi hujjatga tayangan holda kiritilishi shart.
Ekspert hujjatlarini (kasallik to‘g‘risidagi guvohnomalar, ma’lumotnomalar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va tibbiyotga oid boshqa hujjatlar) rasmiylashtirish chog‘ida mazkur qaydni yozish uchun asos bo‘lgan hujjatlar majburiy tarzda ko‘rsatilgan holda, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olingan, kasallik orttirilgan holatlar bayon etiladi, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlarining obyektiv tekshiruvi natijalari keltirib o‘tiladi, shuningdek, boshqa aniqlangan kasalliklar bilan bir qatorda ushbu asoratlarning to‘liq tashxisi ko‘rsatiladi.
Shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olinganligi, kasallik orttirilganligi haqiqiyligini va ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning asoratlari tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning harbiy xizmatga (harbiy mutaxassisligi bo‘yicha xizmat va boshqalarga) yaroqliligini cheklashi yoki cheklamasligidan qat’i nazar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) yoki kasallikning, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, frontda bo‘lish, harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan sababiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi HTK xulosasi ekspert hujjati (kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumotnoma, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va tibbiyotga oid boshqa hujjatlar)da qayd etiladi.
123. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son)