Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori:
“2. Sudlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 295-moddasida nazarda tutilgan sud tartibida aniqlanadigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ro‘yxati tugal emasligini inobatga olishlari lozim.
Sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham, agar bu qonun bilan boshqa organning vakolatiga berilmagan bo‘lsa, aniqlashga haqli. Xususan, sud:
1968-yil 1-oktabrgacha tug‘ilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik, otalik va otalikni qayd qilish;
fuqaroni yoki uning ota-onasining Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilinganligi faktlarini tasdiqlashi mumkin”;
birinchi xatboshisidagi “Quyidagi faktlar sud tartibida belgilanmaydi: Jumladan:” degan so‘zlar “Jumladan, quyidagi faktlar sud tartibida aniqlanmaydi:” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “fuqarolarning yoshini” degan so‘zlar “odamning yoshini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
a) qonunga ko‘ra bunday fakt arizachi uchun ma’lum yuridik oqibatlar keltirib chiqarsa (fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini vujudga keltirsa, o‘zgartirsa yoki tugatsa);
v) arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni hujjat bilan tasdiqlashning boshqa imkoniyatiga ega bo‘lmasa;
g) qonunchilikda ularni belgilashning o‘zgacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ko‘rishga qabul qiladi.
Sud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha yuridik ahamiyatga ega bo‘lmagan faktni boshqa mamlakatning qonunchiligi bo‘yicha ushbu fakt huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarsa va bu borada o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro bitim mavjud bo‘lsa, aniqlashga haqli”;
“5. FPK 295-moddasiga binoan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar sud tartibida faqat fuqarolarning emas, balki tashkilotlarning ham arizalari bo‘yicha aniqlanishini sudlar nazarda tutishlari lozim”;
qaysi fuqarolar va tashkilotlar bu ishni hal qilinishidan manfaatdor bo‘lishlari mumkinligi va sud majlisiga qatnashishga jalb qilinishi lozimligini;
Sudya, shuningdek arizachidan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni olish yoki tiklashni imkoniyati yo‘qligini isbotlovchi qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni talab qilishga haqli.
Yuridik faktni aniqlash haqidagi ish bo‘yicha manfaatdor shaxs FPK 40-moddasida nazarda tutilgan barcha huquq va majburiyatlarga ega.
Yuridik faktni aniqlash haqidagi ishlar, sudlar tomonidan FPK 27-28-boblarida nazarda tutilgan istisno va qo‘shimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘riladi”;
“7. FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, qarindoshlik munosabatlari deganda bir-biridan kelib chiqqan odamlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan qon-qarindoshlikka bog‘liqlik (katta bobo, bobo, ota, o‘g‘il, nevara, chevara, katta buvi va boshqalar) yoki bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanlar (akalar-ukalar, opa-singillar, tog‘a, amaki, amma, xola, jiyanlar va boshqalar) nazarda tutilganligi sudlarga tushuntirilsin.
Qarindoshlik munosabatlari sud tartibida bevosita yuridik oqibatlarni keltirib chiqarsagina, masalan, agar bunday faktni aniqlash arizachiga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma olish, boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan nafaqa rasmiylashtirish uchun va boshqa hollarda zarur bo‘lsa aniqlanadi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olish maqsadida qarindoshlik munosabatlari faktini aniqlashda, sudlar vorislik huquqini tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligida belgilangan qarindoshlik doirasidan kelib chiqishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashagan meros qoldiruvchilar bilan qarindoshlik munosabatlari faktini aniqlashda, sud vorislik munosabatlari va vorislar doirasini belgilashda, meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyidagi mamlakatning qonunchiligiga amal qilishi lozim.
Boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan pensiyani rasmiylashtirish maqsadida qarindoshlik munosabatlari faktini aniqlashda, pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan va kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydigan o‘lganning oila a’zolari doirasidan kelib chiqilmog‘i lozim”;
8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “(FPKning 274, 275-moddalari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Boquvchisining vafoti munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun birovning qaramog‘ida bo‘lganlik fakti qonunchilik bilan vakolat berilgan organning (xususan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi) ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi. Ma’lumotnomani berishni rad qilinishi yoki shaxsni vafot etganning qaramog‘ida bo‘lmaganligi haqida ma’lumotnoma berilishi, qaramog‘ida bo‘lganlik faktini sud tartibida belgilash imkoniyatini istisno etmaydi”;
“12. Sudlarning e’tibori FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga muvofiq farzandlikka olish, nikoh, nikohdan ajratish va vafot etganlik faktini emas, balki ularni FHDY organlarida qayd etilganligi faktini aniqlash lozimligiga qaratilsin. Qayd etilgan faktlar agar FHDY organida tegishli yozuvlar arxiv hujjatlari yo‘qolganligi sababli saqlanmagan va bunday yozuvlarni tiklash FHDY organlari tomonidan rad qilingan bo‘lsa, sud tomonidan aniqlanadi.
Nikohni yoki nikohdan ajratishni qayd etilganlik faktini aniqlashni so‘rab sudga er-xotinning ikkalasi murojaat qilishi mumkin. Bu haqda sudga er-xotindan biri ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, ikkinchisi ishga manfaatdor shaxs sifatida jalb qilinadi.
Sudlar farzandlikka olishni qayd etilganlik faktini, shuningdek farzandlikka olish haqida tegishli organ tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini aniqlash haqidagi talablarni ham ko‘rishi mumkin. Faktik ravishda farzandlikka olinganlik yuridik ahamiyatga ega emas va bunday faktni aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish rad etilishi lozim”;
13-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 283-moddasining 5-bandi” degan so‘zlar “FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“14. Shaxsni huquqini belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi shu shaxsning pasportdagi yoxud tug‘ilish guvohnomasidagi ismi, otasining ismi yoki familiyasiga mos kelmagan taqdirda, (FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 6-bandi) arizachiga mazkur huquqni belgilovchi hujjatni tegishli ekanligi, hujjatni bergan tashkilot unga tegishli o‘zgartirish kirita olmasligini tasdiqlovchi dalillar taqdim qilgandagina, sud tomonidan aniqlanadi.
Agar arizachida tegishli faktni aniq tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar bo‘lsa, sud huquqni belgilovchi hujjatni unga tegishli ekanligi faktini aniqlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilishga haqli emas.
Sud tomonidan jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar (harbiy bilet, harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) pasport, FHDY organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni shaxsga tegishli ekanligi faktini aniqlash haqidagi arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Sud guvohnomani orden yoki medalga tegishli ekanligi faktini aniqlash haqidagi arizalarni ham ko‘rishga haqli emas. Bunday hujjatlardagi xatolar faqatgina ularni bergan organ va tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi mumkin. Mansabdor shaxslarning va davlat boshqaruvi organlarining ushbu hujjatlarga tuzatish kiritishni rad etganligi haqidagi qarorlari ustidan ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoida va tartib bo‘yicha shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatni tegishliligi faktini aniqlash o‘rniga hujjatlarda nomi turlicha ko‘rsatilgan fuqaroni aynan bir shaxs deb tanish mutlaqo mumkin emas, chunki (shaxslarni) aynan bir kishi dyeyishlik yuridik ahamiyatga ega emas”;
“Sud baxtsiz hodisa faktini aniqlash haqidagi ishni ko‘rishda (FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 7-bandi), baxtsiz hodisa faktini sudsiz tartibda aniqlashni imkoniyati bo‘lmasa va aniqlash imkoni yo‘qligi tegishli hujjat bilan tasdiqlansagina, uni aniqlashga haqli ekanligini nazarda tutish lozim”;
uchinchi xatboshisidagi “tashkilotdagi” degan so‘z “tashkilot, muassasadagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sud baxtsiz hodisa faktini aniqlashda mehnatga layoqatsizlikning sabablari va darajasini, shuningdek nogironlik sababi, guruhi va kelib chiqish vaqtini belgilashga haqli emas”;
“18. FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 8-bandiga muvofiq imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini aniqlash haqidagi ishlar tegishli davlat organi bunday faktni aniqlashni rad qilgan va huquq to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lmasagina sudga taalluqlidir.
Bunday ish bo‘yicha sud egalik huquqini emas, balki imoratni arizachiga xususiy mulk huquqi asosida tegishli ekanligi faktini, arizachida o‘z vaqtida egalik huquqi to‘g‘risidagi hujjat bo‘lganligi, lekin ular yo‘qolgan va ularni tiklash imkoni bo‘lmagan hollarda aniqlaydi.
Qonunda belgilangan tartibda imoratga egalik huquqi ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa, qurilgan imoratga egalik huquqi haqidagi masala sud tomonidan da’vo ishi yuritish tartibida hal qilinadi.
Foydalanishga qabul qilinmagan yoki boshqa shaxs nomiga ro‘yxatga olingan yoxud qonun talab qiladigan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilmagan bitim asosida qo‘lga kiritilgan qurilmaga egalik huquqini belgilash haqidagi ariza ham sud tomonidan da’vo ishi yuritish tartibida ko‘rilishi lozim”;
19-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 283-moddasining 9-bandiga” degan so‘zlar “FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 9-bandiga” degan so‘zlar bilan, “notarial idora” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“20. Sudlar o‘lganlik faktini aniqlash ishlarini o‘limni qayd etilganlik faktini aniqlash ishlaridan farqlashlari lozim (FPK 295-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi).
Sud o‘limni qayd etilganlik faktini, agar bunday qayd qilish tegishli hujjatlar asosida muqaddam amalga oshirilgan bo‘lib, lekin dalolatnoma yozuvi saqlanmagan, yo‘qolgan va tiklanishi mumkin bo‘lmagan taqdirda aniqlaydi.
O‘lganlik faktini aniqlashda, o‘lganlik holatining o‘zi (o‘lim sodir bo‘lgan aniq holatlar, shuningdek o‘limning aniq sanasi) aniqlanishi lozim. O‘lganlik fakti FHDY organlari tomonidan o‘limni qayd qilish rad qilinganligi, shuningdek shaxsning o‘limini haqiqatda tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lganda sud tomonidan aniqlanadi.
Sudning o‘lganlik faktini aniqlash ishlari bo‘yicha hal qiluv qarorida FHDY organlari tomonidan kelgusida o‘lim faktini qayd etish uchun zarur bo‘lgan barcha aniq va to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi kerak”;
“22. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan fakt aniqlanganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori FPK 253-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Hal qiluv qarorida ishning holati to‘g‘risidagi xulosalarni tasdiqlovchi ishni hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar ko‘rsatilishi, ariza qanoatlantirilgan taqdirda, belgilangan fakt aniq ifoda etilishi lozim. Hal qiluv qarori xulosa qismining bayoni sud tomonidan FPK 295-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandida yozilganidek aniq ifoda etilishi lozim.
FPK 16-moddasiga ko‘ra, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, bunday faktlarni ro‘yxatga oluvchi yoki sud tomonidan faktni belgilanishi munosabati bilan vujudga kelgan huquqni rasmiylashtiruvchi organlar uchun majburiydir.
FHDY organlarida qayd qilinishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning o‘rniga o‘tmasdan, balki bunday faktni qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (FPK 297-moddasi)”;
23-bandidagi “FPKning 19-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 275-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirish va bunday toifadagi ishlarni to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal etishni ta’minlashga qaratilgan boshqa choralarni ko‘rish tavsiya etilsin”.
2. “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida” 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisidagi “raddiyasini” degan so‘z “raddiyasi yoki javobini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida” degan so‘zlar “mulkiy tusga ega bo‘lmagan ariza sifatida davlat boji undiriladi” degan so‘zlar bilan, “talab etilayotgan summadan” degan so‘zlar “da’vo bahosidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Da’vo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda, u FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan sudyaning tegishli ajrimi bilan da’vogarga qaytariladi. Da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi”;
7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 46-moddasi” degan so‘zlar “FPK 50-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zining sha’niga haqoratlovchi ma’lumotlar aytilgan, shuningdek tuhmat qilingan fuqaro bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139 va 140-moddalariga ko‘ra jinoiy javobgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40 va 41-moddalariga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga murojaat qilishga haqli”;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “(“Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonunning 35-moddasi”)” degan so‘zlar “(“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasi”)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) bu ma’lumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;
Tarqatilgan ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlash FK 100-moddasiga ko‘ra javobgar zimmasiga yuklatiladi”;
“Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tashkilot tomonidan berilgan hujjatda ifodalangan bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida bunday hujjatni almashtirish majburiyatini o‘sha tashkilotga yuklashi lozim”;
3. “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida” 1992-yil 13-noyabrdagi 5-sonli qarori:
to‘rtinchi xatboshisidagi “ko‘rib chiqilishi mumkin” degan so‘zlar “ko‘rib chiqilishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“2. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ularga bo‘lgan huquqni tiklash haqidagi talab bo‘yicha ishlar alohida tartibda, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa (bundan keyin matnda muassasa deb yuritiladi) joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etuvchiga deb berilgan yo‘qotilgan hujjat bo‘yicha huquqlarni tiklash haqidagi arizada FPK 189-moddasida ko‘rsatilgan umumiy talablardan tashqari, FPK 331-moddasining uchinchi qismida belgilangan ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Qonunda belgilangan talablarga javob bermaydigan ariza FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytarilishi lozim.
Ariza bo‘yicha eng kam ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji va pochta xarajatlari to‘lanishi lozim”;
“3. Arizani ish yuritishga qabul qilgandan so‘ng sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqarish, shuningdek hujjatni bergan muassasaga u bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni va pul berishni taqiqlash haqida ajrim qabul qilishi shart. Sud ajrimining ko‘chirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga darhol yuboriladi”;
birinchi xatboshisidagi “FPKning 303-moddasi” degan so‘zlar “FPK 333-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “FPKning 308-moddasi” degan so‘zlar “FPK 338-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“7. Agarda matbuotda e’lon qilinganidan so‘ng hujjatni saqlovchi uni sudga taqdim etib, unga da’vo qilmasligini bayon etsa, sud chaqirib ish yuritish bo‘yicha ish yuritishni tugatish, sud tomonidan hujjat bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni va pul berish bo‘yicha qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish hamda arizachiga saqlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agarda hujjatni saqlovchi qonunda belgilangan muddatda hujjatga bo‘lgan huquqini ilgari sursa, FPK 122-moddasining 7-bandiga muvofiq ariza ko‘rmasdan qoldiriladi va hujjat yo‘qolganligi haqida arz qilgan shaxsga umumiy asoslarda da’vo taqdim qilish huquqi tushuntiriladi. Bunday holatda FPK 332-moddasiga asosan ko‘rilgan choralarni bekor qilish FPK 336-moddasi tartibida amalga oshiriladi”;
11-bandidagi “FPKning 308-moddasi” degan so‘zlar “FPK 338-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12-bandidagi “(FPKning 309-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 339-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanishi to‘g‘risida” 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli qarori:
“1. Sudlarning e’tibori mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlar, da’voni ta’minlash maqsadida qarzdorning mulkni ro‘yxatga olinganligidan, hal qiluv qarori yoki hukmni ijrosini ta’minlash uchun undirishning mulkka nisbatan qaratilganligidan yoxud notarius tomonidan meros mulkni qo‘riqlash chorasi sifatida uni ro‘yxatga olganligidan va qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarning mavjudligidan qat’i nazar, da’vo ishini yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozimligiga qaratilsin.
Sud hukmidagi sudlanuvchiga tegishli mol-mulkning jinoyat quroli deb musodara qilinishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmaning mavjudligi, ushbu mulkning boshqa shaxslarga tegishliligini yoki uni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi nizoni fuqarolik sudlov ish yuritish tartibida ko‘rish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
Hal qiluv qarori yoki hukmni ijro qilish uchun mulkning sotib yuborilganligi ham ushbu mulkka nisbatan egalik huquqini belgilash to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi da’vo arizalari mulkka oid bo‘lmagan tusdagi ariza hisoblanishi sababli, bunday da’vo arizasini taqdim etishda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanadi”;
2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi FPK 242-moddasiga asosan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 35-moddasiga” degan so‘zlar bilan, “O‘zbekiston Respublikasi FPKning 146-moddasining 2-qismiga binoan” degan so‘zlar “FPK 31-moddasining ikkinchi qismiga binoan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarzdor (mahkum) mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli emas.
Hukmni ijro etish jarayonida mulkning xatlanishi bilan bog‘liq qarzdor (mahkum)da vujudga keladigan masalalar shu hukmni qabul qilgan sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 541 va 542-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi”;
4-bandidagi “FPKning 192-moddasining 4-bandiga” degan so‘zlar “FPK 116-moddasining 4-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “qo‘zg‘atilgan da’vo yuzasidan” degan so‘zlar “taqdim etilgan da’vo yuzasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sudya mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgach, da’voni ta’minlash maqsadida (FPK 106-moddasi birinchi qismining 4-bandi) nizoli mulkka nisbatan ijro harakatlarini to‘xtatish haqida ajrim chiqarishi va uning ko‘chirma nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limiga yuborishi lozim”;
birinchi xatboshisidagi “boshqa qarorning” degan so‘zlar “boshqa sud hujjatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi FPKning 57-moddasi” degan so‘zlar “FPK 72-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ish bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuasiga baho berishda, sud FPK 74-moddasi talablariga qat’iy rioya qilgan holda, mol-mulkning ayrim turlarining tegishliligi qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shartligini inobatga olishi lozim. Bunday dalillar mavjud bo‘lmasa da’vo qanoatlantirilmaydi”;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi hamda dehqon xo‘jaligidagi mulkiga” degan so‘zlar “fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi yoki dehqon xo‘jaligi, oilaviy korxona mulkiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sudlar mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud hukmi yoki ajrimi bilan mol-mulk jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘ evaziga olingan yoki jinoyat quroli deb topilgan-topilmaganligini aniqlashi lozim”;
oltinchi xatboshisidagi “dehqon xo‘jaligiga” degan so‘zlar “dehqon xo‘jaligi, oilaviy korxonaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi ““Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 15 va 16-moddalarini” degan so‘zlar ““Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “dehqon xo‘jaligiga” degan so‘zlar “dehqon xo‘jaligi, oilaviy korxonaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandidagi “shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligi umumiy mulkidagi” degan so‘zlar “shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligi, oilaviy korxona umumiy mulkidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida” 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli qarori:
ikkinchi xatboshisidagi “FPKning 8-moddasi” degan so‘zlar “FPK 10-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Da’vogarlar ishga tiklash haqidagi talab bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligi, mehnat shartnomasini bekor qilishni asosliligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish esa, qonun bilan javobgarga yuklatilganligi sababli (MK 111-moddasining ikkinchi qismi), ishga tiklash haqidagi da’vo arizalarini FPK 189-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 195-moddasi birinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
13-bandining birinchi xatboshisidagi “joriy etilsa” degan so‘zlar “joriy etilgan hollarda” degan so‘zlar bilan, “mumkinligiga” degan so‘z “haqli ekanligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “uning huquqi bo‘lib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
rus tilidagi matni 15-bandining o‘ninchi xatboshisidagi “rabotnikom” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“Shuni nazarda tutish lozimki, MK 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi bo‘yicha mehnat shartnomasining bekor qilinishi, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlarning ishlar hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “FPKning 6-bobi (56 — 91-moddalari)da” degan so‘zlar “FPK 8-bobi (71 — 104-moddalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘z mehnat vazifalarini buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni ishga tiklash haqidagi ishlar bo‘yicha qonuniy va asosli hal qiluv qarorlari chiqarish maqsadida quyidagilar” degan so‘zlar “Mehnat majburiyatlari buzilganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi nizolarni ko‘rishda quyidagilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
38-bandining ikkinchi xatboshisidagi “turdagi isbot-dalillar” degan so‘zlar “isbotlash vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘rindoshlik asosida ishlaydiganlar bilan mehnat shartnomasi umumiy asoslardan tashqari MK 100-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga binoan ham bekor qilinishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi “Sud” so‘zidan keyin “ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6. “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisidagi va 7-bandining to‘qqizinchi xatboshisidagi “chiqarishi” degan so‘z “qabul qilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 52-moddasiga muvofiq, agar ularga amaldagi qonun hujjatlari bilan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari va h.k.)”;
14-bandining birinchi xatboshisidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining 156-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 197-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 205, 207-moddalarining” degan so‘zlar “FPK 251 va 254-moddalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 216-moddasida” degan so‘zlar “FPK 454-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“29. Sudda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ish, bolalarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlar qo‘zg‘atilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida ko‘rish uchun tayyorlash bosqichida yoki sud ishni ko‘rish vaqtida, hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish to‘g‘risidagi masalani hal qilishlari lozim. Bu masalani ko‘rish FPK 107-moddasi qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
FPK 267-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yo‘l qo‘yadi”;
“Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlarining ijrosiga alohida e’tibor qaratishlari lozim”;
“Bolalarni olish va ularni boshqa shaxslarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan hal qiluv qarorlarini majburiy ravishda ijro qilish davlat ijrochisi tomonidan qoidaga ko‘ra, hal qiluv qarorini ijro qilishga majbur bo‘lgan shaxs yashaydigan joyda amalga oshiriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud, alohida hollarda, FPK 454-moddasi tartibida hal qiluv qarorini ijro etishni bola turgan joyi bo‘yicha amalga oshirishni belgilashi mumkin”.
7. “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli qarori:
rus tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “vladel pravopredshestvennik litsa,” degan so‘zlar “vladel tot, chim pravopreyemnikom yavlyayetsya litso,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, majburiyatning tarafi harakatlariga bog‘liq bo‘lgan holatlar (masalan, qarzdorda zarur bo‘lgan pul mablag‘larining yo‘qligi, uning vakillarining g‘ayriqonuniy harakatlari) bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch deb tan olinishi mumkin emas”;
“FK 109-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq taraflar bunday holda guvohlarning ko‘rsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi”;
“FK 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foiz olish huquqini nazarda tutadi”;
“Qarz shartnomasini tuzishda ma’lum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning o‘zida qarzni qaytarishni ta’minlash uchun biron-bir ko‘char yoki ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish haqida ko‘rsatilgan hollarda sudlar bunday bitim ishtirokchilarining harakatlariga qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmaganligiga nuqtai nazaridan baho berishlari lozim (FK 271-moddasi)”;
“26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga muntazam ravishda sudlar tomonidan FK ayrim normalarini ko‘llash amaliyotini umumlashtirish va ularni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rish tavsiya etilsin”.
8. “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori:
“Ma’naviy zararni qoplash masalalari bir qator qonun hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasi, 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasi, 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 113-moddasi, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11, 99, 100, 163, 1021 va 1022-moddalari, 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi va boshqa qator qonunlar bilan tartibga solinishiga e’tibor qaratilsin”;
9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPKning 245-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 38-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Agar sud muhokamasi davomida, da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligi aniqlansa, sud FPK 46-moddasi talablariga rioya qilgan holda ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish yoki bu shaxsni qo‘shimcha javobgar sifatida jalb etishga haqli”;
“Shunga ko‘ra FK 163-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’naviy zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi”;
“17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash va ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borsinlar”.
to‘qqizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi FPKning 27-bobida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnining ikkinchi ― oltinchi, sakkizinchi xatboshilaridagi “spori” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“11. Fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizasini qabul qilishda, sudya da’vo arizasida uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agar da’vo arizasida manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladi”;
28-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 275-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sudlar amaliyoti haqida” 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli qarori:
rus tilidagi matnining 1-bandidagi “Polojeniyem o poryadke formirovaniya i rasxodovaniya sredstv vnebudjetnogo Pensionnogo fonda, utverjdennim postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 23-dekabrya 2000 goda № 498” degan so‘zlar “Polojeniyem o vnebudjetnom Pensionnom fonde pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan, utverjdennim postanovleniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 19-fevralya 2010 goda № 30” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi FPKning 145, 241-moddalari” degan so‘zlar “FPK 33, 34-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandining uchinchi xatboshisidagi “FPK 67-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 80-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga muntazam ravishda mazkur toifadagi ishlar amaliyotini umumlashtirib borish tavsiya etilsin”.
11. “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarori:
“Bunday da’volar arz qilinganda, sud Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shaxsga tegishli davlat organiga ushbu talab bilan murojaat qilish huquqini tushuntirgan holda FPK 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatadi”;
ikkinchi xatboshisidagi “Fuqarolik protsessual kodeksi 160-moddasining 7-bandiga” degan so‘zlar “FPK 204-moddasi birinchi qismining 7-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 45-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 49-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12. “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli qarori:
“3. Sudlarning e’tibori, davlat boshqaruvi organlari, ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining fuqarolarning yer huquqiy munosabatlari sohasidagi huquqlarini buzuvchi qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ma’muriy sudlarga taalluqli ekanligiga qaratilsin”;
“8. Yer nizolari bilan bog‘liq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sudya FPK 201, 204-moddalariga muvofiq nizoning predmetiga taalluqli bo‘lgan zarur hujjatlarni talab qilib olishi, ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlashi lozim”;
“Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi”;
10-bandidagi “yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarida” degan so‘zlar “ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini bo‘lish va undan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek yer uchastkasi chegarasini belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishda sud O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 22-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan ulushlarga mutanosib ravishda yer uchastkasini bo‘lish yoki foydalanish tartibini belgilash haqidagi davlat yer kadastri yoki yer ekspertizasi xulosasidan kelib chiqishi lozim. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini taraflarning imoratga bo‘lgan egalik huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda ajratish imkoniyati bo‘lmasa, sud ilgaridan o‘rnatilgan yer uchastkasidan foydalanish tartibidan kelib chiqishi lozim”;
“21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga yer nizolari bilan bog‘liq ishlarni muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya etilsin”.
13. “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 2006-yil 22-dekabrdagi 17-sonli qarori:
11-bandidagi “FPKning 59-moddasi” degan so‘zlar “FPK 74-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“21. Bir vaqtning o‘zida sotib oluvchining huquqini o‘tkazish va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida talablar arz qilinganda, sud arz qilingan talablarga aniqlik kiritishi lozim, chunki umumiy ulushli mulkda bo‘lgan mulkni sotishda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi talablar imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligi yoki boshqa asoslar bo‘yicha shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qiladi”;
“25. Sudlarga bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rish amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari tavsiya qilinsin”.
14. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida” 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
4-bandining birinchi xatboshisidagi “Sudlar FPK 841-moddasi mazmuniga ko‘ra ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimi, shuningdek boshqa organlar tomonidan o‘tkazilishini nazarda tutishlari lozim:” degan so‘zlar “Sudlar FPK 58-moddasiga ko‘ra, ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimidagi sud ekspertiza muassasalari, shuningdek, boshqa organlar tomonidan o‘tkazilishini nazarda tutishlari lozim:” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandidagi “FPKning 841-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 58-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “FPK 160-moddaning” degan so‘zlar “FPK 204-moddasi birinchi qismining” degan so‘zlar bilan, “FPKning 84 ― 89-moddalari” degan so‘zlar “FPK 95 ― 101-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “FPK 293-moddasi” degan so‘zlar “FPK 312-moddasi” degan so‘zlar bilan, “FPK 296-moddasi” degan so‘zlar “FPK 315-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “(FPK 84 — 88-moddalari)” degan so‘zlar “(FPK 95 — 101-moddalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshisidagi “FPKning 192-moddasi” degan so‘zlar “FPK 239-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12-bandidagi “FPKning 113-moddasi” degan so‘zlar “FPK 135-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandining uchinchi xatboshisidagi “FPKning 87-moddasi” degan so‘zlar “FPK 59-moddasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 194-moddasining 2-qismiga” degan so‘zlar “FPK 96-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20-bandidagi “FPKning 88-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 98-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21-bandining birinchi xatboshisidagi “sud eksperti” degan so‘zlar “ekspert” degan so‘z bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi FPK 67-moddasining 4-bandiga ko‘ra” degan so‘zlar “FPK 80-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sudning ekspert xulosasi bilan kelishmaganligi ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatida asoslantirilishi shart”.
15. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida” 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli qarori:
3-bandidagi “apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan, sud qarorlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar “sud hujjatlariga nisbatan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlari, nazorat tartibidagi shikoyatlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda ― FPK) o‘ninchi bobi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) o‘n uchinchi bobi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 105 va 106-moddalariga” degan so‘zlar “FPK 129 va 130-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunga ko‘ra (SK 337-moddasi) davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi:
Ishga kirishgan da’vogarning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u da’vogar tomonidan to‘lanmagan bo‘lsa, umumiy asoslarda undiriladi”;
“9. Sud tomonidan ilgari ko‘rmasdan qoldirilgan takroran berilgan ariza bo‘yicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda to‘lanadi.
Qonun bilan arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga asos bo‘lgan shartlar bartaraf etilgandan so‘ng takroran berilgan arizaga davlat boji to‘langanligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yo‘l qo‘yiladi (SK 337-moddasining beshinchi va yigirma ikkinchi qismlari)”;
“Agar arizachi qonunga ko‘ra davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan va arizada uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa, shuningdek pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya arizani qaytarish haqida ajrim chiqarishi shart (FPK 195-moddasi). Ajrimda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi ko‘rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi shart.
FPK 133-moddasining ikkinchi qismi, 193-moddasi mazmuniga ko‘ra, sudya fuqarolik ishini qo‘zg‘atish bosqichida arizachining iltimosnomasi bo‘yicha, uni mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to‘lashni kechiktirishga, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yoki miqdorini kamaytirishga haqli bo‘lib, bu haqda arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqidagi yoxud arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimida ko‘rsatadi. Iltimosnoma rad qilinganda, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar sudning tegishli ajrimi bilan arizachiga qaytariladi”;
“11. FPK 133-moddasiga asosan ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan sud xarajatlarini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki miqdorini kamaytirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yo‘la to‘lashga qurbi yetmasligi holatlarini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni (masalan, ish haqi (daromadi), bankda mablag‘lari mavjudligi, uning egaligida bo‘lgan mulklar haqidagi ma’lumot, voyaga yetmagan farzandlari, boshqa boqimandalari borligi va h.k. to‘g‘risidagi ma’lumotlarni) tekshirishi lozim”;
12-bandining birinchi xatboshisidagi “FPKning 108 va SKning 342-moddalarida” degan so‘zlar “FPK 123-moddasining ikkinchi qismi va SK 342-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Boshqa sud xarajatlariga (FPK 132-moddasi birinchi qismining 5-bandi) sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, haqiqatda yo‘qotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun to‘lanadigan xarajatlar va h.k. kiradi”;
“14. FPK 135-moddasi talablariga ko‘ra, ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarni to‘lash taraflar zimmasiga yuklatilishi sababli, sudlarning e’tibori ishni sud muhokamasiga tayyorlashda taraflar tomonidan ularni to‘lashga zarur pul summalarini sudning depozit hisobiga oldindan kiritish choralarini ko‘rish lozimligiga qaratilsin.
Sud chiqimlarining taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib ko‘zdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani, agar bu tomonlarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona aniqlash uchun zarur bo‘lsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda ishni ko‘rish bilan bog‘liq sarf qilingan chiqimlar, FPK 141-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi”;
17-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 114 — 120-moddalari” degan so‘zlar “FPK 136 — 141-moddalari” degan so‘zlar bilan, “haq to‘lash” degan so‘zlar “kompensatsiya to‘lash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“18. Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan da’vogar tomonidan taqdim etilgan da’vo to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan bir necha da’vogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan taqdim etilgan da’vo to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji har bir javobgardan alohida, undan undirilgan summadan kelib chiqqan holda davlat foydasiga undiriladi.
Tushuntirilsinki, da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning o‘rni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan da’vogar o‘z da’vo talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan hollarda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi”;
“Agar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinayotganda da’vo bahosi oshadigan bo‘lsa, davlat boji da’vo bahosining oshgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Bunda kelib chiqqan farq davlat foydasiga da’vogardan, da’vo to‘liq qanoatlantirilganda esa, javobgardan undiriladi”;
21-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 105-moddasida” degan so‘zlar “FPK 129-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “uy-joy (kvartira) yoki uy-joy qurilish shirkatidagi pay, basharti vorislar shu uy-joy (kvartira)da meros qoldiruvchi bilan birga yashab kelishgan, u vafot etgan kunga qadar ro‘yxatdan (propiskadan) o‘tishgan va meros qoldiruvchi vafotidan so‘ng ham yashashni davom ettirayotgan bo‘lsalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
23-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining 214-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 262-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16. “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2010-yil 14-maydagi 5-sonli qarori:
3-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 65-moddasiga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandining birinchi xatboshisidagi “(FPK 51-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 66-moddasi)” degan so‘zlar bilan, “(FPK 52-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 67-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “FPK 51-moddasida” degan so‘zlar “FPK 66-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo‘yicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo‘lishlari lozim (FPK 70-moddasi)”;
6-bandidagi “FPK 52-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi va Oila kodeksining 57, 58-moddalariga” degan so‘zlar “FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi va Oila kodeksining 57, 58-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9-bandidagi “(FPK 48, 49-moddalari)” degan so‘zlar “(FPK 52, 53-moddalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 45-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11-bandidagi “FPK 160-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 204-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar bo‘lib FPK 68-moddasiga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomalar hisoblanadi, advokatlar, yuridik shaxs rahbari bundan mustasno”;
uchinchi xatboshisidagi “FPK 54-moddasi” degan so‘zlar “FPK 69-moddasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“14. Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma bo‘yicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat FPK 40-moddasining birinchi qismida belgilangan umumiy huquqlarini berib, ular: ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, raddiya berish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tiroz bildirishdan iborat.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPKda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi”;
15-bandidagi “FPK 54-moddasiga”, “FPK 54-moddasida”degan so‘zlar tegishincha “FPK 69-moddasiga”, “FPK 69-moddasida” degan so‘zlar bilan, “sudning hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat berish;” degan so‘zlar “sud hujjati ustidan shikoyat berish;” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillikka doir qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borishlari va mazkur huquqiy institut to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi lozim”;
17. “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyuldagi 05-sonli qarori:
“10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, vasiyatnoma va uning asosida berilgan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma faqat sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday talablar bo‘yicha sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanishiga, u qonunga zid bo‘lishi tufayli (FPK 169-moddasining birinchi qismi) yo‘l qo‘yilmaydi”;
18-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Fuqarolik protsessual kodeksining 28-bobi qoidalariga binoan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan qoidalar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22-bandining uchinchi xatboshisidagi “FPK 298 ― 300-moddalarida” degan so‘zlar “FPK 327 — 330-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23-bandi “xususiy ajrimlar” degan so‘zlardan keyin “(FPK 275-moddasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
18. “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli qarori:
“6. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo‘lsa, sud FPK 122-moddasining 8-bandiga asosan arizani ko‘rmasdan qoldiradi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza xotinning roziligi bilan qo‘zg‘atilgan ishni sud majlisida ko‘rish vaqtida u nikohdan ajratishga e’tiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yo‘qligi ishni apellatsiya yoki kassatsiya va nazorat instansiyasida ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lganda ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
Nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasining ko‘rmasdan qoldirilishi, agar Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar barham topgan bo‘lsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo xotin tomonidan qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilmaydi”;
rus tilidagi matnining 7-bandidagi “mesto projivaniya” degan so‘zlar “mestojitelstvo” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“10. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda, jumladan nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yo‘qligi, ularning yoshi, er-xotin o‘rtasida voyaga yetmagan bolalarni ta’minoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari, nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan boshqa talablar ko‘rsatiladi.
Nikohdan ajratish haqidagi arizaga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va o‘zga daromadlari haqidagi, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar, da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi da’vogarning yashash joyidagi fuqarolar yig‘ini yarashtirish komissiyasining xulosasi ilova qilinadi”;
12-bandining uchinchi xatboshisidagi “(FPK 156-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 195-moddasi)” degan so‘zlar bilan, “(FPK 247-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 200-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “(FPK 174, 175-moddalari)” degan so‘zlar “(FPK 221-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“15. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksi 1-moddasining ikkinchi qismi talabiga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rilishini keyinga qoldirishga va Oila kodeksi 40-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, Oila kodeksining 218-moddasi talablarini inobatga olgan holda yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin.
Ishning ko‘rilishi ko‘rsatilgan asos bo‘yicha keyinga qoldirilganda, sud Oila kodeksining 112-moddasi va FPK 187-moddasiga muvofiq bolalar ta’minoti uchun aliment undirish masalasini muhokama qilishga haqli.
Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 40-moddasining uchinchi qismiga asosan er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlangan taqdirda, sud uch kundan kechiktirmasdan er-xotinning birgalikdagi yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, ularning har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini yozma ravishda (taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon raqamlari ko‘rsatilgan tegishli xat bilan) xabardor qilishi lozim.
Ayni vaqtda, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tegishli tuman bo‘limlariga yuborilishi lozim.
Er-xotinga yarashish uchun muhlat berilishi munosabati bilan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan so‘ng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan so‘ng alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas (FPK 400-moddasi).
Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga ko‘ra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar ko‘rishga haqli. Yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yo‘li bilan hal etiladi”;
17-bandidagi “(FPK 157-moddasi)” degan so‘zlar “(FPK 198-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“29. Nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy va sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabablari, sudning oilani saqlab qolish imkoniyati borligi yoki uning uzil-kesil barham topganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asos bo‘lgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalillarni rad etish uchun asos bo‘lgan vajlar, shuningdek sud qo‘llangan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatiladi.
Nikohdan ajratish haqidagi da’voni qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
taraflarning barcha talablari bo‘yicha, shu jumladan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rish uchun birlashtirilgan talablari bo‘yicha ham sud xulosalarini;
fuqarolik holatlarini qayd etish daftarida nikohdan ajratishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (nikoh qayd qilingan sana, dalolatnoma yozuvining raqami, nikohni qayd qilgan organning nomi);
nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq er-xotinning familiyalari (nikohga kirish vaqtida familiya o‘zgartirilgan bo‘lsa, nikohgacha bo‘lgan familiya ham);
er-xotinning har biridan undirilishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdori haqida ko‘rsatma (davlat boji miqdorini belgilashda sud ulardan har birining moddiy ahvolini, oilaning buzilishida aybi darajasini va boshqa holatlarni, jumladan voyaga yetmagan bolalar er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi);
33-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 152-moddasi birinchi qismi 1-bandi” degan so‘zlar “FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35-bandining birinchi xatboshisidagi “(FPK 152-moddasi birinchi qismi 1-bandi)” degan so‘zlar “(FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“37. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nikohdan ajratishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan sud xatolarining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rishlari lozim”.
19. “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2011-yil 25-noyabrdagi 08-sonli qarori:
“O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, Oila kodeksining 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanadi”;
“4. Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-onadan bola tug‘ilgan holda ular o‘n olti yoshga to‘lganlaridan so‘ng otalikni belgilash to‘g‘risida mustaqil ravishda talab qo‘yishga haqlidirlar. Shu munosabat bilan sud ko‘rsatilgan shaxslarning otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizasini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 195-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarishga haqli emas.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha taraf voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, sud uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiysini qonuniy vakil sifatida ishda ishtirok etishga jalb etishi shart (FPK 42-moddasining ikkinchi qismi)”;
“6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonunda mazkur toifa ishlar bo‘yicha da’vo muddati nazarda tutilmagan bo‘lib, otalik bola tug‘ilganidan so‘ng istalgan vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, Oila kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bolaga nisbatan otalik faqat uning roziligi bilan, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining roziligi bilan belgilanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya), bunday voyaga yetmaganga nisbatan ham faqat uning roziligi bilan otalik belgilanilishiga yo‘l qo‘yiladi”;
10-bandidagi “(xatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar, turli instansiyalarga yozilgan arizalar),” degan so‘zlar “(xatlar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar, turli instansiyalarga yozilgan arizalar, audio-, videoyozuvlar, ekspertlar xulosasi),” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“11. Sud FPK 15-moddasi talablariga muvofiq ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona aniqlash uchun da’vogar tomonidan keltirilgan Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan u yoki bu holatlardan qat’i nazar, ushbu qonun normasida nazarda tutilgan e’tiborga molik boshqa holatlar mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashi shart”;
“Ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida sudya nizoni taraflarning o‘zaro roziligi bo‘yicha hal etish imkoniyatini aniqlashi, zarur hollarda, Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi lozim”;
uchinchi xatboshisidagi “FPK 100-moddasining” degan so‘zlar “FPK 124-moddasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“13. Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK 44, 226-moddalariga muvofiq da’vo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi lozim.
Sudlarning e’tibori javobgarning da’voni tan olganligi, ishga qo‘shib qo‘yiladigan, sudning nomiga yo‘llangan yozma arizada ifodalangan bo‘lishi va sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Otalikni belgilash shartlari, tartibi va huquqiy oqibatlari qonun bilan belgilanganligi sababli, sud bunday ish bo‘yicha kelishuv bitimini tasdiqlashga haqli emas”;
15-bandidagi “FPK 67-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 80-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 282-moddasi” degan so‘zlar “FPK 122-moddasining 7-bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19-bandidagi “(FPK 10-moddasi ikkinchi qismi)” degan so‘zlar “(FPK 12-moddasining uchinchi qismi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rgan holda otalikni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirib borsinlar”.
20. “Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 25-maydagi 06-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 3, 12, 390-moddalari” degan so‘zlar “FPK 1-moddasining uchinchi qismi, 14, 363-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “FPK 390-moddasi” degan so‘zlar “FPK 363-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnining 5-bandidagi “doprosa istsa” degan so‘zlar “oprosa istsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan” degan so‘zlar “fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“10. Xalqaro huquq normalari va JPK 600-moddasiga muvofiq xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxs faqat ushlab berilguniga qadar o‘zi sodir etgan va faqat bunga uni ushlab bergan davlat roziligi olingan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi va jazolanishi mumkin.
Agar ishni ko‘rish paytida sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 59-moddasining sakkizinchi qismi yoki 60-moddasi qoidalariga muvofiq jazo tayinlash uchun asoslar aniqlansa va bunga xorijiy davlat vakolatli organining roziligi olinmagan bo‘lsa, sud JPK 418 va 481-moddalari tartibida ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va materiallarni mazkur masalani hal etish uchun prokurorga yuboradi.
Ayni paytda shuni nazarda tutish lozimki, sudlanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining yengilroq jazoni nazarda tutuvchi moddasiga (moddasi qismiga) qayta kvalifikatsiya qilish uchun, agar xalqaro shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, xorijiy davlat vakolatli organining roziligi talab etilmaydi”;
“15. Tushuntirilsinki, sudlarning xorijiy davlat vakolatli organlari bilan fuqarolik ishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tartibi FPK III bo‘limi normalari bilan tartibga solingan”;
16-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21. “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori:
1-bandidagi “bola manfaatlari” degan so‘zlar “bola huquqlari va qonuniy manfaatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“3. Farzandlikka olish haqidagi ishlar sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi va arizaning mazmuni FPK 189-moddasida nazarda tutilgan talablar bilan birga FPK 299-moddasi talablariga mos kelishi lozim”;
“4. Arizani ish yuritishga qabul qilish yoki qaytarish masalasini hal qilishda (FPK 193 va 195-moddalari) sud arizaning FPK 299 va 300-moddalariga muvofiqligini tekshirishi lozim”;
“5. Sudlarning e’tibori, mazkur toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash, FPK 301-moddasi talablariga muvofiq amalga oshirilishiga qaratilsin.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vaqtida sudya, bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasi yoki onasini) ishda ishtirok etish uchun jalb qilish masalasini hal qilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik funksiyalarining amalga oshirilishi xalq ta’limi muassasalari vasiylik va homiylik bo‘limlari zimmasiga yuklatilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati aynan shu organning zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim.
Bunday xulosani taqdim etish majburiyati sudning ajrimi bilan qat’iy ravishda farzandlikka olinayotgan bolaning aynan yashash (turar) joyidagi vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklatiladi (FPK 301-moddasining birinchi qismi).
Sudlar xulosaning Nizom talablariga muvofiqligi, xususan, uning vakolatli organlar (shaxslar) tomonidan berilgan-berilmaganligi, tegishli imzolar va muhrlar bilan tasdiqlangan-tasdiqlanmaganligi, xulosaga FPK 301-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilingan-qilinmaganligi masalasiga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Agar vasiylik va homiylik organi xulosasiga barcha tegishli hujjatlar ilova qilinmagan yoxud xulosa yoki hujjatlar ularga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan bo‘lsa, sud tegishli xulosa va hujjatlarni talab qilib olishi lozim.
Nazarda tutish kerakki, farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i holati tibbiy muassasa yoki vrachning ma’lumotnomasi bilan emas, balki sog‘liqni saqlash boshqarmasining, tarkibida pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logopeddan iborat tibbiy ekspert komissiyasining farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘ligi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim”;
“Oila kodeksining 155-moddasiga ko‘ra, o‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organi yoki ishni ko‘rish davomida sud tomonidan aniqlanadigan uning roziligi talab etilishini inobatga olib, sud bolaning o‘zini sudda ishtirok etish uchun jalb qilishga haqli.
Sud Oila kodeksining 68-moddasi talablariga muvofiq bola o‘zini farzandlikka olinishi masalasida o‘z fikrini shakllantirish va bayon qilishga qodir degan xulosaga kelsa, sud majlisida o‘n yoshga to‘lmagan bolani ham so‘roq qilishi mumkin. Bolaning sudda ishtirok etishi unga noxush ta’sir etishi mumkin deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan holda, sud ushbu masala bo‘yicha vasiylik va homiylik organining fikrini aniqlashi lozim.
Agar o‘n yoshga to‘lgan bola sog‘lig‘i holatiga ko‘ra, sud majlisiga kela olmasa (masalan, bola bolalikdan nogiron, harakatlanish imkoniyati cheklangan bo‘lsa va h.k.), sud bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning farzandlikka olish bo‘yicha fikrini uning yashash (turar) joyi bo‘yicha aniqlashi mumkin.
Agar farzandlikka olish haqidagi ariza berilgunga qadar bola farzandlikka oluvchilar (farzandlikka oluvchi)ning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni (uni) o‘z ota-onasi deb tan oladigan bo‘lsa, sud ishni o‘n yoshga to‘lgan bolaning ishtirokisiz ko‘rishga haqli (Oila kodeksining 156-moddasi)”;
“Bunda sud o‘z tashabbusi bilan farzandlikka oluvchi (farzandlikka oluvchilar)ning sudlanganlik holati haqida vakolatli davlat organidan ma’lumotnoma talab qilib oladi”;
“Shu sababli sud Oila kodeksi 151-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari borligini, shuningdek ishni ko‘rish vaqtida ularni farzandlikka olish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini, ular turli shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda esa, bu ularning manfaatlariga zid kelish-kelmasligini aniqlashi kerak”;
17-bandining uchinchi xatboshisidagi “FPK 2853-moddasining 3-qismi” degan so‘zlar “FPK 300-moddasining uchinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24-bandidagi “FPK 220-moddasi 1-qismining 3-bandiga ko‘ra” degan so‘zlar “FPK 267-moddasi birinchi qismining 3-bandiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29-bandidagi “FPK 141-142 hamda 285-1-moddalari” degan so‘zlar “FPK 28, 29 hamda 298-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“33. Sudlarga tushuntirilsinki, farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilganda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning o‘zaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishini qayd etish daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kundan e’tiboran belgilanadi.
Shu sababli sudlar farzandlikka olinayotgan bola manfaatlaridan kelib chiqqan holda FPK 303-moddasining beshinchi qismiga asosan farzandlikka olish, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida hal qiluv qarorining xulosa qismini farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
Farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayd etilgan hollarda, sud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq hal qiluv qarorining xulosa qismini farzandlikka oluvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi”;
34-bandidagi “FPK 19-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 275-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2015-yil 18-sentabrdagi 14-sonli qarori:
“3. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ishlar, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga kiradi”;
“4. Sudlarning e’tibori, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqli ekanligiga qaratilsin (FPK 317-moddasining uchinchi qismi)”;
“5. Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizada “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan asoslar ko‘rsatilishi kerak.
Arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi yoxud shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi lozim.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi (FPK 317-moddasining to‘rtinchi qismi)”;
ikkinchi xatboshisidagi “FPK 2972-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar “FPK 318-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “FPKning 203 — 206, 219, 2973-moddalariga asosan hal qiluv qarori chiqaradi” degan so‘zlar “FPK 249 — 253, 319-moddalariga asosan hal qiluv qarori qabul qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“9. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turar) joyidagi sudning sudloviga taalluqlidir”;
“10. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ariza ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab hisoblanadi”;
“11. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza shaxs davolanishda bo‘lgan muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi”;
birinchi xatboshisi “ishtirokida” so‘zidan keyin “uch kunlik muddat ichida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “FPK 2976-moddasining 2-qismi” degan so‘zlar “FPK 322-moddasining ikkinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“13. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida ko‘riladi.
FPK 266-moddasining 5-bandiga muvofiq sudlar tomonidan shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim.
Sudning hal qiluv qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning vakili, tegishlicha psixiatriya muassasasi yoxud sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining rahbari shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi”;
14-bandidagi “bu borada aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga har doim ham FPKning 19-moddasiga asosan munosabat bildirib borish chorasini ko‘rishlari lozim” degan so‘zlar “ishlarni ko‘rishda aniqlangan qonun buzilishi hollariga xususiy ajrim chiqarish orqali (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishlari lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori:
“Bunday murojaatlar FPK 171-moddasi 4-bandi, 172-moddasi tartibida sud buyrug‘i berish to‘g‘risida ariza ko‘rinishida yoki FPK 188 — 190-moddalariga rioya qilgan holda 182-moddasiga muvofiq da’vo ishlarini yuritish tartibida berilad”;
5-bandidagi “FPKning 241-moddasi 3-qismiga” degan so‘zlar “FPK 34-moddasining uchinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “sud buyrug‘i chiqarish” degan so‘zlar “sud buyrug‘ini berish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “FPKning 105-moddasi” degan so‘zlar “FPK 129-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “FPKning 2382-moddasi 3-bandiga” degan so‘zlar “FPK 171-moddasining 4-bandiga” degan so‘zlar bilan, “FPKning 2387-moddasiga” degan so‘zlar “FPK 177-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksining 99-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan bolalarga aliment undirishda aliment miqdorini ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan (1/4, 1/3, 1/2) qismi miqdorida belgilanadi.
Ushbu to‘lovlar miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga sazovor holatlarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi (kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi) mumkin. Mazkur holatda ham u foizda emas, ish haqi va (yoki) boshqa daromadning muayyan qismi me’yorida belgilanishi lozim”;
“13. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, neustoyka to‘lash majburiyati (Oila kodeksi 142-moddasining ikkinchi qismi) aliment agar sud hujjatiga asosan undirilgan bo‘lsa vujudga keladi. Aliment to‘lash bo‘yicha kelishuv bajarilmagan hollarda, javobgarlik Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan yuzaga keladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, aliment undirish to‘g‘risidagi sud hujjati ijrosi jarayonida aliment bo‘yicha qarz vujudga kelishi sababli neustoyka miqdorini hisoblash va undirish davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv bajarilmagan, aliment bo‘yicha qarz vujudga kelgan taqdirda esa, aliment undiruvchi bank foizlarini undirish yuzasidan sudga da’vo bilan murojaat etishga haqli”;
15-bandidagi “sud qaroriga (buyrug‘iga)” degan so‘zlar “sud hujjati” degan so‘zlar bilan, “FPKning 216-moddasi” degan so‘zlar “FPK 454-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-bandidagi “FPKning 23810-moddasi” degan so‘zlar “FPK 181-moddasi” degan so‘zlar bilan, “FPKning 23811-moddasi” degan so‘zlar “FPK 177-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18-bandidagi “FPKning 145-moddasiga ko‘ra” degan so‘zlar “FPK 33-moddasiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19-bandidagi “sudning bir necha qarorlar” degan so‘zlar “sudning bir necha hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“23. Sudlarning e’tibori, aliment undirish haqidagi ish bo‘yicha da’vogarning da’vodan voz kechishi yoki taraflar kelishuv bitimi tuzishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishiga, agar bu bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi. Holat o‘zgarganda, da’vogarning aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga qayta murojaat qilishi istisno etilmaydi.
Sud hujjatlariga binoan aliment undirilishi yuklatilgan shaxs tomonidan jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment to‘lamaslik holati aniqlansa, sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi shart (FPK 275-moddasining beshinchi qismi).”
“24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, viloyat va Toshkent shahar sudlari ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish, ularni qonun bilan belgilangan muddatlarda ko‘rish va sud hujjatlarini o‘z vaqtida ijroga qaratishga qaratilgan choralarni ko‘rsin”.
24. “Davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi 44-sonli qarori:
6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-moddasiga” degan so‘zlar “Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8, 9, 11, 14, 16 va 17-bandlaridagi “nizolarni ko‘rish” degan so‘zlar “nizolarni hal qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-bandidagi “xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qo‘shmaslik bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda” degan so‘zlar “xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qo‘shmaslik haqidagi nizolarni hal qilishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Sudlar bu Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi uchun 1996-yil 18-iyuldan kuchga kirganligini nazarda tutishi lozim” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisidagi “nizolarni ko‘rishda” degan so‘zlar “nizolarni hal qilishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “nizolarni ko‘rishda” degan so‘zlar “nizolarni hal qilishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Shuni nazarda tutish lozimki, Fuqarolik protsessual kodeksining 74-moddasiga ko‘ra, guvohlar ko‘rsatmalari ishning xarakterini belgilovchi xususiyatlarini (muayyan sharoitdagi ishlar) tasdiqlovchi va muddatidan ilgari yoshga doir pensiya tayinlanishiga ta’sir qiladigan tegishli dalil bo‘la olmaydi. Bu holatlar Fuqarolik protsessual kodeksining 71-moddasida ko‘rsatilgan o‘zga dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin (masalan, buyruqlar, hisob-kitoblar, naryadlar, mansab vazifalari va h.k.)”;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlar asosida pensiya olish huquqini beruvchi ishlab chiqarish, korxona, ishlar, kasblar, mansablar va ko‘rsatkichlarning 1, 2, 3-sonli Ro‘yxatlaridan chiqarilgan kasblar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish, xuddi shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni chiqarish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish va hal qilishda Fuqarolik kodeksi 4-moddasining uchinchi qismi talablariga rioya etish zarur. Ushbu Qonun normasiga ko‘ra, fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi”;
24-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 283-moddasining 6-bandiga asosan” degan so‘zlar “Fuqarolik protsessual kodeksi 295-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“31. Sudlar ishlarni ko‘rishda fuqarolarning pensiya va nafaqa olish huquqlarining buzilishi, shuningdek pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan noto‘g‘ri arxiv va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish fakti aniqlangan har bir holatga xususiy ajrim chiqarish bilan (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishi shart”;
“32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari muntazam ravishda fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganib borish orqali yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish va qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlasin”.