Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

Quyidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida;

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida;

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida;

Moddiy madaniy mero� obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risida.

2019-yil 1-fevral

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarning ish haqini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil 1-fevral

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish;

moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish;

moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash.

2019-yil 1-aprel

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarining faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-aprel

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Arxeologik tadqiqotlarni olib borgan mutaxassislarga “dala xarajatlari”ni qoplab borish va arxeologik tadqiqotlarga jalb qilingan yollanma ishchilarga ish haqi to‘lash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 1-sentabr

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Tarixiy shaharlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik, yo‘lsozlik va boshqa ishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish hujjatlarini tayyorlashda arxeologik tadqiqotlar olib borish bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli loyiha-smeta hujjatlarida inobatga olishni nazarda tutgan holda shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

2019-yil 1-noyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

II. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish

7.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan o‘tkazish, ularni to‘liq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash.

2019-2020-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

8.

Quyidagilarni:

arxeologiya ashyolarining davlat katalogini elektron shaklda joriy etish;

respublika bo‘yicha 50ta eng muhim arxeologiya yodgorliklarining innovatsion texnologiyalar asosida 3D modelini yaratish;

so‘nggi 30 yil davomida o‘tkazilgan arxeologiya tadqiqotlari davomida topilgan arxeologiya ashyolarining hujjatlashtirilishi, ishonchli saqlanishi va muhofaza qilinishi holatini malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirish hamda arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Moddiy madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va targ‘ibot ishlarini kengaytirish

9.

Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy arxeologik amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

10.

Tarixiy shaharlarda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, bu borada kompleks ekspeditsiyalar tashkil etish.

Respublikada olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalar tayyorlash, ekspeditsiyalar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

18-aprel-Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida turli tadbirlar va respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash.

har yili,
reja asosida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga O‘zbekiston vakillarini a’zo bo‘lishi va uning O‘zbekiston milliy qo‘mitasini tashkil etish, har yili 100 nafar faol a’zosi har birining 50 foizigacha a’zolik badalini Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash.

Umumjahon merosi ro‘�xatiga kiritilgan hududlarning boshqaruv rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2019-yil 1-noyabr

2020-yil 1-sentabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

13.

YUNESKOning Jahon xotirasi ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan alohida qimmatli qadimiy va tarixiy arxiv hujjatlarini tavsiya etish.

2020-yil 1-mart

“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
YUNESKO ishlari bo‘yicha
milliy komissiya

14.

Madaniy merosni keng targ‘ib etish maqsadida:

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan har yili maxsus hujjatli filmlar tayyorlash;

“O‘zbekiston moddiy madaniy merosining ko‘chmas mulk obyektlari” ensiklopediyasini nashr etish, shu jumladan, uni elektron shaklni yaratish;

Internet tarmoqlarida (Wikipedia, Youtube, Facebook, Twitter va boshqalar) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni, foto va video lavhalarini joylashtirish.

Reja asosida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),
“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Quyidagilarni tayyorlash va nashr etish:

respublika hududlari kesimida arxeologiya yodgorliklari katalogini;

yangi arxeologik kashfiyotlarga asoslangan holda tarixiy shaharlar, arxeologiya merosi obyektlariga bag‘ishlangan fundamental monografiyalar va ilmiy-ommabop risolalar;

dala tadqiqotlari natijalariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston arxeologik tadqiqotlari” davriy to‘plami;

O‘zbekiston arxeologiya xaritasi;

arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura talabalari uchun “O‘zbekiston arxeologiyasi”, “Arxeologik dala qazuv tadqiqot metodikasi” kabi adabiyotlar.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tayyorlanayotgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi doirasida:

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Chexiya va Yaponiyadagi to‘plamlar asosida ko‘p jildlik kitob-albomlarni nashr qilish;

O‘zbekistoning xorijdagi madaniy merosi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni namoyish etish;

xorijiy studiyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi, shuningdek Sharq olimlarining jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni xorijiy telekanallar orqali namoyish etish.

2019 — 2021-yillar

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov),
O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Bahodirov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Moddiy madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq:

xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga (ekspertlarga) kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlash;

jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini ta’minlash.

2019 — 2021-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

IV. Arxeologiya yodgorliklarini asrash va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash

18.

Quyidagi obyektlarda arxeologiya tadqiqotlarini o‘tkazish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan, Akshaxanqal’a;

Buxoro viloyatidagi Vardonze;

Qashqadaryo viloyatidagi Xontepa;

Navoiy viloyatidagi Kindik tepa;

Samarqand va Navoiy viloyatlarida qoyatosh suratlari tadqiqoti;

Samarqand viloyatidagi Kofirqal’a, Qo‘ytepa;

Sirdaryo viloyatidagi Eski Xavos;

Surxondaryo viloyatidagi Rabot-I, Rabot-II, Eski Termiz, Zartepa, Burguttepa va Budrach;

Toshkent viloyatidagi Qo‘lbuloq, Qirqbo‘ron yodgorliklari.

O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Shulluktepa, Qal’ai-Zaxoki Maron yodgorliklarida hamda Samarqand davlat universiteti tomonidan Zarafshon vohasi tosh davri jamoalariga tegishli (Sozog‘on madaniyati yodgorliklari, Chorbaqti mezo�it-neolit yodgorliklari) yodgorliklarda arxeologiya tadqiqotlarini olib borish.

O‘rta va Quyi Zarafshon vohasi, Qizilqumda tosh davri, bronza asri yodgorliklari bo‘yicha arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari

19.

Quyidagi arxeologiya yodgorliklarini konservatsiyalash va muzeylashtirish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Akshaxan qal’a;

Andijon viloyatidagi Mingtepa va Qo‘shtepa;

Buxoro viloyatidagi Poykent;

Jizzax viloyatidagi Kaliyatepa;

Qashqadaryo viloyatidagi Yerqo‘rg‘on;

Navoiy viloyatidagi Nurota qal’asi;

Namangan viloyatidagi Qadimgi Pop;

Samarqand shahridagi Afrosiyob;

Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa va Kampirtepa;

Toshkent viloyatidagi Kanka;

Toshkent shahridagi Chilonzor Oqtepasi;

Farg‘ona viloyatidagi Quva shahristoni;

Xorazm viloyatidagi Xumbuztepa.

2019 — 2021-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Arxeologiya tadqiqotlari olib borayotgan quyidagi muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan arxeologik topilmalarni saqlash, tadqiq qilish va dastlabki konservatsiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi;

Arxeologik tadqiqotlar instituti;

Qashqadaryo viloyatida arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash;

Mingtepa (Andijon) arxeologiya ekspeditsiyasi moddiy-texnik bazasini shakllantirish;

Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti;

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash;

Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ta’mirlash laboratoriyasini maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Arxeologiya tadqiqotlarini olib borayotgan muassasalar tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda arxeologik ashyolarni (sopol buyumlar, bronza va temirdan ishlangan predmetlar, matolar, suyak qurollarni) konservatsiyalash va tiklash.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 7-ilovaning “Otdel nauchno-metodicheskogo obespecheniya deyatelnosti muzeyev, parkov kulturi i otdixa, tsentrov kulturi i dosuga naseleniya” blokidan “i dosuga naseleniya” so‘zlari chiqarib tashlansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”