Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni sotib olishga | ||||||||||||||
___________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||
(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, | ||||||||||||||
___________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||
xalqaro tashkilot vakolatxonasining, va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi) | ||||||||||||||
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||
__________________________________________________________________________vakolat beraman | ||||||||||||||
(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek, akkreditatsiya kartochkasi raqami) | ||||||||||||||
Quyidagi tovarlarni _________________________________________________________________________ | ||||||||||||||
(tovarlarni sotib olishning maqsadi) | ||||||||||||||
sotib olish uchun: | ||||||||||||||
T/r | Tovarning nomi | Soni | Bittasining qiymati | Umumiy qiymati | ||||||||||
1. | ||||||||||||||
2. | ||||||||||||||
3. | ||||||||||||||
4. | ||||||||||||||
___________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||||
(buyurtmanoma tuzilgan sana) | (xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi) |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.12.2018 yildagi 1028-son
Кучга кириш санаси
20.03.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2020
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-sonli “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmonini ijro etish yuzasidan, erkin ombor, bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda amaldagi litsenziyalarning ushbu qaror shartlari va talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqsin. O‘rganish yakuni bo‘yicha litsenziyalash shartlari hamda talablariga javob bermagan litsenziyalarning belgilangan tartibda amal qilinishini to‘xtatib qo‘yish va/yoki to‘xtatish choralari ko‘rilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda — litsenziyalar berish uchun xulosalarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ekspert komissiyalari tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.
yopiq turdagi bojxona ombori — litsenziatning tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziatning tovarlardan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari joylashtirilishi mumkin;
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziat — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoki bojxona omborini ta’sis etgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi;
bojxona omboriga bevosita tutash hudud — bojxona ombori atrofida joylashgan va (yoki) bojxona omboriga tutashib ketadigan joydagi tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor o‘rni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (bojxona omboridan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun bojxona ombori maydonining bir qismi.
O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan va bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Bojxona omborining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona ombori va vaqtincha saqlash bojxona rejimlari ostida joylashtirilmaydi.
5. Bojxona omborida va unga tutash hududda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari hamda boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tegishli bojxona rejimida nazarda tutilgan operatsiyalar bundan mustasno.
6. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan, o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni bojxona omboridan amalda olib chiqish, tanlangan bojxona rejimiga muvofiq, bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab uch ish kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
7. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududi, shuningdek, bojxona ombori sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va qo‘shimcha binolar egaligida bo‘lgan litsenziya da’vogariga litsenziya da’vogari, bojxona ombori hududi hamda binolar ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan ta’sis etiladigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari hisoblanadi.
Agar bojxona ombori bojxona organi tomonidan ta’sis etilsa litsenziya olish talab qilinmaydi. Bunday bojxona omborini ta’sis etish va unda tovarlarni saqlash tartibi mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
9. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziya “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali beriladi.
Bojxona ombori hududiga qo‘riqlanadigan va mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda, tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Transport uzellari va transport magistrallaridan olib boruvchi yo‘l bo‘ylab bojxona omborigacha bo‘lgan masofa 3 km dan oshmasligi kerak.
12. Bojxona ombori sifatida foydalanilishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
bojxona ombori hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo‘lmagan) yaqinlashishini;
Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yo‘llari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.
13. Bojxona ombori hududi va binolar maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talab va shartlar hisobga olingan holda ajratilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi;
qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari, sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lgan yong‘inni o‘chirish tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak.
15. Tez buziladigan tovarlar bojxona omborida bunday tovarlardan o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanish imkonini beruvchi ularning sifati saqlanib qolishi muddati doirasida, biroq tanlangan bojxona rejimiga muvofiq belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
16. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etadigan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda bojxona omborining bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchaning umumiy maydonini va (yoki) binolar hajmini;
Har bir ombor o‘rnida unda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risidagi, quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, ma’lumotnoma mahkamlangan bo‘lishi lozim:
19. Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan ochiq maydoncha hududida faqat quyidagilarning saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi:
bojxona omborining binolarida saqlanishiga xususiyati va xarakteristikasi imkon bermaydigan boshqa tovarlar.
20. Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:
Bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha balandligi 2 mdan kam bo‘lmagan maxsus belgilangan (to‘silgan);
21. Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:
balandligi 2 mdan kam bo‘lmagan yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak.
22. Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud, quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam bo‘lmagan yopiq ko‘rik maydonchasiga ega bo‘lishi kerak:
sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
Bojxona omborida tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqatgina ko‘rik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda, havo sharoitining keskin yomonlashishi holatlarida, amalga oshirilayotgan harakatlarni har xil tomonlardan uzluksiz videokuzatuvga olish imkonini yaratgan holda, tovarlarni ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishini bojxona ombori binosida amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
23. Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun quyidagilar yetarli bo‘lishi kerak:
o‘lchov asboblari, aniqligi va o‘lchash chegaralari bojxona omborida saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini o‘lchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy ta’minotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni to‘liq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videoma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
24. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar yuzasidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek, bojxona omborini ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda bojxona ombori va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi va jihozlanishiga aniq talablar o‘rnatishga haqlidir.
Litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra korxonalar hududidagi va egasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar bo‘lgan yopiq turdagi bojxona omborlariga nisbatan transport uzellari va transport magistrallaridan bo‘lgan masofa bo‘yicha talab qo‘llanilmasligi mumkin.
25. Bojxona omborida va bojxona nazorati zonalari hisoblangan bojxona omboriga bevosita tutashib ketuvchi hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas.
26. Bojxona organi xodimlari uchun bojxona omborida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega bo‘lgan kompyuter, printer va nusxa ko‘chiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
27. Bojxona omborining ta’sis etilishi va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
28. Bojxona omborini qo‘shimcha ravishda asbob-uskunalar bilan ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qo‘riqlash hamda o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi.
29. Mazkur Nizomning 21 — 24-bandlarida belgilangan talablar bojxona omborini ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz bojxona omboriga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan bojxona omborini jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi);
bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni faqat bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolarda saqlash;
bojxona omboriga joylashtiriladigan tovarlardan ularni saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bilan ariza berilgan bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash;
bojxona omboriga kelib tushayotgan va bojxona omboridan olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risida belgi qo‘ygan holda, avtomatlashtirilgan hisobini yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq bojxona omboridagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda ma’lum qilish;
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
bojxona omborida saqlanayotgan iste’mol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ushbu tovarlarni ombordan faqat markalari yopishtirilgan taqdirdagina chiqarish;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish;
bojxona omboriga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.O. va lavozimini ko‘rsatgan holda) ruyxatining mavjudligini ta’minlash;
bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda,ularni boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi bo‘yicha choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona omboridagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish.
31. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan, litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziya da’vogarining egaligida bo‘lgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar bilan va moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda bojxona ombori uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
33. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
34. Hujjatlar litsenziyalovchi organning javobgar shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya da’vogariga yuboriladi (topshiriladi).
35. Noto‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
38. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
39. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organining hududiy bojxona boshqarmalarida ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
40. Litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular qabul qilingan kunda, ko‘rib chiqish uchun bojxona ombori tashkil etilayotgan hududdagi ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini o‘rganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga borgan holda, ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
41. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisob varag‘i rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
42. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
44. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilingan kunda yuboriladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ to‘rt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
46. Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
47. Litsenziya litsenziya da’vogari tomonidan litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi.
48. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmaganda o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziatga yuboriladi.
Litsenziya da’vogari “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanishi uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi (OneID)da ro‘yxatdan o‘tadi.
50. Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni uch oy ichida taqdim etmagan taqdirda litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
51. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bitta nusxadan tuziladi.
52. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
53. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
54. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
55. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazorat qilinadi.
56. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
57. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
58. Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yong‘in nazorati olib borilganda, bojxona omborida yong‘in xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
59. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, bojxona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
60. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
61. Litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatib turilishi yoki bojxona omborining tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, bojxona omboriga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
62. Bojxona omborini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadan boshlab bojxona ombori bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan bojxona omborida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida bo‘lishining umumiy muddati uni tugatish sanasidan e’tiboran oltmish kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
63. Litsenziat litsenziyalovchi organning litsenziya amal qilishining to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyaning bekor qilinishi yoki amal qilishining to‘xtatilishi kunida tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida to‘liq hisobot taqdim etadi.
64. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan o‘tkazadi.
65. Bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoki tovarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
boshqa holatlarda — tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
66. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda litsenziatdan tugatish sanasidan e’tiboran bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashi shart.
67. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
68. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini elektron ko‘rinishda “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali yuritadi.
yuridik shaxs — litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, rahbarining F.I.O., telefon (faks);
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda tiklashning asoslari va sanasi;
69. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har yarim yilda kamida bir marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida litsenziyalar reyestri, egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari ro‘yxati, shuningdek, reyestrga va ro‘yxatga kiritilayotgan o‘zgartirishlar e’lon qilinishini ta’minlaydi.
70. Litsenziyalar reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lib, litsenziyalovchi organning veb-saytiga va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida joylashtiriladi.
71. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
72. Bojxona omborida tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun litsenziat, tovar bojxona omborida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjatini (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolarni) rasmiylashtirish hamda tovarning bojxona omboriga qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.
73. Bojxona omborida yong‘in xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
74. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarining to‘lanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
75. Litsenziat tomonidan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi va quyidagi holatlarda bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini nazarda tutishi kerak:
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilishi yoki yo‘qolishi;
litsenziatning xohishiga ko‘ra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan bojxona omborining tugatilishi;
bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun litsenziat javobgar bo‘ladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
76. Agar bojxona ombori sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi (boshqa joy) haqida ariza berilsa, bojxona omborini ta’sis etish paytida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi maydonchadan kelib chiqib hisoblab chiqiladi va 1 m2 maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1 m3 bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
77. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yo‘q qilingan yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda tabiiy ravishda yo‘qolgan taqdirdagina bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun javob bermaydi.
78. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
erkin ombor — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga oladi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan;
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziat — erkin ombor faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud — erkin ombor atrofida joylashgan va (yoki) erkin omborga tutashib ketadigan joydagi tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor o‘rni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (erkin ombordan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun erkin ombor maydonining bir qismi.
3. O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni erkin omborda saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi.
5. Erkin omborlarda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno.
6. Erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Erkin omborda saqlashni nazarda tutmaydigan o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni erkin ombordan amalda olib chiqish tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab uch ish kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
7. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududi, shuningdek, erkin ombor sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va qo‘shimcha binolar uning tasarrufida bo‘lgan litsenziya da’vogariga, litsenziya da’vogari, erkin ombor hududi hamda binolar ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan beriladi.
8. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirishga litsenziya “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali beriladi.
Erkin ombor hududiga qo‘riqlanadigan va mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda, tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
11. Erkin ombor sifatida foydalanilishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
erkin ombor hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo‘lmagan) yaqinlashishini;
Agar binoning yoki inshootning bir qismi erkin ombor hisoblansa, unga borish yo‘llari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan tarzda jihozlanishi kerak.
12. Erkin ombor hududi va binolar maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi;
qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari, sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lgan yong‘inni o‘chirish tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak.
14. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etadigan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda erkin omborning bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchaning umumiy maydonini va (yoki) binolar hajmini;
Har bir ombor o‘rnida, unda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risidagi, quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ma’lumotnoma mavjud bo‘lishi lozim:
17. Erkin omborga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
erkin omborga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha balandligi 2 m.dan kam bo‘lmagan maxsus belgilangan (to‘silgan);
18. Erkin ombor va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud:
balandligi 2 m.dan kam bo‘lmagan yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “erkin ombor” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak.
19. Erkin ombor sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud, quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam bo‘lmagan yopiq ko‘rik maydonchasiga ega bo‘lishi kerak:
sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
Erkin omborda tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqat ko‘rik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda, havo sharoitining keskin yomonlashish holatlarida, amalga oshirilayotgan harakatlarni har xil tomonlardan uzluksiz videokuzatish imkonini yaratgan holda, tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi erkin omborning binosida amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
20. Erkin ombor doimiy ravishda soz, ishchi holatdagi va uning normal faoliyat ko‘rsatish uchun yetarlicha bo‘lgan quyidagilar:
o‘lchov asboblari, aniqligi va o‘lchash chegaralari erkin omborda saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini o‘lchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
erkin ombor sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, erkin omborga bevosita tutashib ketgan butun hududni to‘liq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videoma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
21. Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar yuzasidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek, erkin omborni ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda erkin ombor va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi va jihozlanishiga aniq talablar o‘rnatishga haqlidir.
22. Erkin omborda va bojxona nazorati zonalari hisoblangan erkin omborga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas.
23. Bojxona organi xodimlari uchun erkin omborda bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega bo‘lgan kompyuter, printer va nusxa ko‘chiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
24. Erkin omborning ta’sis etilishi va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
25. Erkin omborni qo‘shimcha ravishda asbob-uskunalar bilan ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qo‘riqlash hamda o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizomning 18 — 21-bandlarida belgilangan talablar erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va erkin ombordan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
erkin omborning bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz erkin omborga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan erkin omborni jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi).
erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni faqat erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolar hajmida saqlash;
erkin omborga joylashtiriladigan tovarlardan saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bilan erkin omborning bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash;
erkin omborga kelib tushayotgan va erkin ombordan olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risida belgi qo‘ygan holda, avtomatlashtirilgan hisobini yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq erkin ombordagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
erkin ombor bojxona rejimining amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda ma’lum qilish;
erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish;
erkin omborga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.O. va lavozimini ko‘rsatgan holda) ruyxati mavjudligini ta’minlash;
erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, ularning boshqa erkin omborga o‘tkazilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi bo‘yicha choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining erkin omborda saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun erkin ombordagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish.
28. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
29. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan, litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziya da’vogarining egaligida bo‘lgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda erkin ombor uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda, o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
30. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
31. Hujjatlar litsenziyalovchi organining javobgar shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya da’vogariga yuboriladi (topshiriladi).
32. Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javob beradi.
35. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
36. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organning hududiy bojxona boshqarmalarida ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
37. Litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular qabul qilingan kunda, ko‘rib chiqish uchun erkin ombor tashkil etilayotgan hududdagi ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini o‘rganish uchun bevosita erkin omborni tashkil etish joyiga borgan holda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
38. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisobvarag‘i rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
39. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
40. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
41. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilgan kunda yuboriladi.
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
43. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi.
44. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmaganda o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziatga yuboriladi.
Litsenziya da’vogari “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanishi uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi (OneID)da ro‘yxatdan o‘tadi.
46. Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
47. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
48. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
49. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
50. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
51. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazorat qilinadi.
52. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ va uning hududiy bojxona boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
53. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
54. Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yong‘in nazorati olib borilganda, erkin omborda yong‘in xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
55. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, erkin ombor hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarini nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
56. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
57. Litsenziyaning amal qilish muddatining to‘xtatib turilishi yoki erkin omborning tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, erkin omborga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
58. Erkin omborni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadan boshlab erkin ombor bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan erkin omborda tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida bo‘lishining umumiy muddati u tugatilayotgan sanadan boshlab bir yuz sakson kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
59. Litsenziat litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyaning bekor qilinishi yoki amal qilishining tugatilishi kunida tugatilayotgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda, to‘liq hisobot taqdim etadi.
60. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay tugatilayotgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan o‘tkazadi.
61. Erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa erkin omborga o‘tkazilishi yoki tovarni erkin omborga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
boshqa holatlarda — tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
62. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan erkin ombor tugatilgan taqdirda litsenziatdan tugatish sanasidan e’tiboran bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan erkin ombor tugatilgan taqdirda litsenziat olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashi shart.
63. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
64. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali yuritadi.
yuridik shaxs — litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, rahbarining F.I.O., telefon (faks);
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda tiklashning asoslari va sanasi;
65. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har yarim yilda kamida bir marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida litsenziyalar reyestri, shuningdek, reyestrga kiritilayotgan o‘zgartirishlar e’lon qilinishini ta’minlaydi.
66. Litsenziyalar reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lib, litsenziyalovchi organning veb-saytiga va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida joylashtiriladi.
67. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
68. Erkin omborda tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun litsenziat, tovar erkin omborda saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjati (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) rasmiylashtirilishi hamda tovarning erkin omborga qabul qilib olinganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimiga belgi qo‘yish orqali tasdiqlanadi.
69. Erkin omborda yong‘in xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javob beradi.
70. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va erkin omborda saqlanayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarining to‘lanishi uchun litsenziat javob beradi.
71. Litsenziat tomonidan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi va quyidagi holatlarda bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini nazarda tutishi kerak:
erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilishi yoki yo‘qolishi;
litsenziatning xohishiga ko‘ra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgach erkin omborni tugatilishi;
bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun litsenziat javobgar bo‘ladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
72. Agar erkin ombor sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi (boshqa joy) haqida ariza berilsa, erkin omborni ta’sis etish paytida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi maydonchadan kelib chiqib hisoblab chiqiladi va 1 m2.maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1 m3.bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida tegishli ravishda, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
73. Litsenziat, agar tovarlar yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yo‘qolgan taqdirdagina bojxona bojlari to‘lanishi uchun javob bermaydi.
boj olinmaydigan savdo do‘koni — tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo do‘konining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va do‘kon omborining hududlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni — bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O‘zbekiston tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning o‘zida iste’mol qilish uchun chakana sotishga mo‘ljallangan;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni — chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan oila a’zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga mo‘ljallangan;
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziat — boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.
3. Respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalari jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qo‘llaniladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlarida aksiz ostidagi tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni xalqaro aloqa uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda va jismoniy shaxslar tomonidan chegarani kesib o‘tishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali boshqa o‘tkazish punktlarida ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konini ochish O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida rejim belgilanishi tartibiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Bunda kelishish litsenziya da’vogari tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga murojaati orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi hamda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
6. Boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarni sotish boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shartlari va talablariga muvofiq bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
boj olinmaydigan savdo do‘koni egasi (keyingi o‘rinlarda litsenziat deb ataladi) — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarni sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Bunda nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati;
8. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.
Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo do‘konida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar, shu jumladan olib chiqilishiga litsenziya talab etiladigan tovarlar, rangli va qora metallardan tayyorlangan yuqori darajada qayta ishlangan tayyor buyumlar bundan mustasno;
chakana sotish uchun o‘ralgan dori-darmon vositalari (shu jumladan provitaminlar, vitaminlar, gormonlar va antibiotiklar), agar ular vrachning retseptisiz (tayinlovusiz) sotilishi mumkin bo‘lmasa;
boshqa davlat organlarining nazoratidan o‘tishi kerak bo‘lgan tovarlar, ushbu organlarning ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda;
vazni og‘ir tovarlar (20 kg.dan ortiq og‘irlikda) va o‘lchami katta tovarlar (uzunligi, kengligi va balandligi o‘lchamlari jami 200 sm.dan ortiq bo‘lganda).
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tmaydigan jismoniy shaxslarga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi.
10. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, boj olinmaydigan savdo do‘koni sifatida foydalanilishi mo‘ljallangan va mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan savdo zallari, yordamchi binolar va ombor (mulk huquqi bilan yoki boshqa ashyoviy huquq bilan) egaligida bo‘lgan litsenziya da’vogariga beriladi.
11. Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirishga litsenziya “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali beriladi.
13. Boj olinmaydigan savdo do‘koni hududi savdo zallari hududini, yordamchi binolar va do‘kon omborini o‘z ichiga oladi hamda bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
a) mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda boj olinmaydigan savdo do‘konining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lgan maydonga ega bo‘lishi;
tovarlar faqat boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallarida sotilishini hamda ularga nisbatan bojxona nazorati o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydigan tarzda jihozlanishi;
bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
savdo zallari hududini, yordamchi binolar va do‘kon omborini to‘liq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videoma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi hamda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlanishi kerak.
15. Agar boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari, yordamchi binolari va ombori mazkur Nizomning 14-bandi talablariga rioya qilinganda bir-biridan yiroqda (500 m.dan ortiq) joylashgan bo‘lsa, tovarlarni ombordan savdo zallari va yordamchi binolarga olib o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan holatlarda bojxona kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin. Bojxona kuzatuvi uchun bojxona yig‘imlari belgilangan miqdorda undiriladi.
Tovarlarning bir boj olinmaydigan savdo do‘konidan boshqa boj olinmaydigan savdo do‘koniga ko‘chirilishi faqat tovarlarning bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga ko‘chirilishi uchun nazarda tutilgan tartibda davlat bojxona xizmati organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqarida joylashgan boj olinmaydigan savdo do‘konining ombori qonun hujjatlarida bojxona omborlari uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq jihozlanishi kerak.
17. Boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari shunday joylashishi va jihozlanishi kerakki, ular tovarlarni but holatda saqlanishini ta’minlashi hamda quyidagilarni:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konidan sotib olingan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida, shu jumladan ushbu hududda qolayotgan jismoniy shaxslarga berish yo‘li bilan qoldirilishini;
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari bojxona nazorati zonasida joylashtirilishi kerak (pasport nazorati chizig‘i tashqarisida bojxona nazorati chizig‘igacha alohida — O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keladigan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, pasport nazorati chizig‘i tashqarisida — O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun).
Ko‘rsatib o‘tilgan boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tmaydigan jismoniy shaxslarning ushbu zallarga kirishini istisno etadigan tarzda joylashtirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari boj olinmaydigan savdo do‘koni joylashgan bojxona organi faoliyati zonasida bo‘lishi kerak.
19. Boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zali binosi, yordamchi binosi va ombori O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi talablarga va boshqa talablarga javob berishi kerak.
boj olinmaydigan savdo do‘koniga sotish uchun tushuvchi tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish;
boj olinmaydigan savdo rejimiga joylashtirilgan tovarlarni faqat yordamchi binolarda va boj olinmaydigan savdo do‘koni omborlarida saqlash;
boj olinmaydigan savdo do‘koniga tushuvchi va boj olinmaydigan savdo do‘konidan olib chiqiladigan tovarlar hisobini yuritish, shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini yuritish va ushbu tovarlar to‘g‘risida litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda bojxona organlariga hisobot taqdim etish;
bojxona organining talabi bo‘yicha boj olinmaydigan savdo do‘konidagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, mazkur Nizomda belgilangan talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
naqd xorijiy (milliy) valyuta va xorijiy (milliy) valyutadagi bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy (milliy) valyutadagi bank o‘tkazmalari to‘lov hujjatlari bilan ishlashga muvofiq kassa operatsiyalari yuritishning amaldagi tartibi talablariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning boshqa qoidalariga rioya qilish;
faoliyatning tegishli turiga ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ruxsat berish hujjatlariga ega bo‘lish, basharti ularni olish majburiyligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, joylardagi davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
boj olinmaydigan savdo do‘koni omborida tovarlarni maxsus markalash va boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallarida tovarlarni faqat ular tegishli tarzda markalangan taqdirda sotish;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish;
boj olinmaydigan savdo do‘koniga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.O. va lavozimini ko‘rsatgan holda) ro‘yxati mavjudligini ta’minlash;
boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, ularni boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi bo‘yicha choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining do‘konining savdo zali binosi, yordamchi binosi va (yoki) omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash.
boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlar yo‘qolgan taqdirda yoxud ulardan boj olinmaydigan savdo do‘konida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga chakana sotishdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, bunday tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq bojxona to‘lovlar to‘lanishi;
boj olinmaydigan savdo do‘konida yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda sanitariya me’yorlari va talablariga rioya etilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
22. Litsenziat, agar tovarlar yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yo‘qolgan yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yo‘qolgan taqdirdagina bojxona to‘lovlarining to‘lanishi uchun javob bermaydi.
23. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun, zarurat bo‘lganda, litsenziat tomonidan bojxona organining mansabdor shaxslariga boj olinmaydigan savdo do‘koni omborida jihozlangan bino va aloqa vositalari beriladi.
24. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan, litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziya da’vogarining egaligida bo‘lgan va boj olinmaydigan savdo do‘koni sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan savdo zallari, yordamchi binolari va omborlari, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari, yordamchi binolari hamda omborlarining tarhi va chizmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
25. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
26. Hujjatlar litsenziyalovchi organining javobgar shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya da’vogariga yuboriladi (topshiriladi).
27. Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javob beradi.
30. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
31. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organning hududiy bojxona boshqarmalarida ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
32. Litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular qabul qilingan kunda, ko‘rib chiqish uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni tashkil etilayotgan hududdagi ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini o‘rganish uchun bevosita boj olinmaydigan savdo do‘konini tashkil etish joyiga borgan holda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
33. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisob varag‘i rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
34. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
36. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilgan kunda yuboriladi.
Ekspert komissiyasi takroran taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarining litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ to‘rt kun muddatda, ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
38. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berilishi uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi.
39. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmaganda o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziatga yuboriladi.
Litsenziya da’vogari “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanishi uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi (OneID)da ro‘yxatdan o‘tadi.
41. Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.
42. Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
43. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
44. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
45. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
46. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazorat qilinadi.
47. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
48. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
49. Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yong‘in nazorati olib borilganda, boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarida yong‘in xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
50. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, boj olinmaydigan savdo do‘konining savdo zallari, yordamchi binolari va omborlarini ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan kmchiliklar to‘g‘risida litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
51. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
52. Litsenziya amal qilish muddatining to‘xtatib turilishi yoki boj olinmaydigan savdo do‘konining tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, boj olinmaydigan savdo do‘koniga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
53. Boj olinmaydigan savdo do‘konini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida bo‘lishining umumiy muddati do‘kon tugatilgan sanadan boshlab oltmish kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
54. Litsenziat litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyaning bekor qilinishi yoki amal qilishining to‘xtatilishi kunida tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo do‘konida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida to‘liq hisobot taqdim etadi.
55. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan boj olinmaydigan savdo do‘konida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan o‘tkazadi.
56. Boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona omboriga yoki boj olinmaydigan boshqa savdo do‘koniga olib o‘tilishi yoki tovarni boj olinmaydigan savdo do‘koniga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
litsenziya bekor qilinganda — tovarlar boj olinmaydigan savdo do‘koniga joylashtirilgan sanadan boshlab;
boshqa holatlarda — tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
57. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilgan taqdirda litsenziatdan tugatish sanasidan e’tiboran bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashi shart.
58. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
59. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziatlar reyestrini elektron shaklda “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali yuritadi.
yuridik shaxs — litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, rahbarining F.I.O., telefon (faks);
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda tiklashning asoslari va sanasi;
61. Litsenziyalovchi organ har yarim yilda kamida bir marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida litsenziyalar reyestri va reyestrga kiritilayotgan o‘zgartirishlar e’lon qilinishini ta’minlaydi.
62. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lib, litsenziyalovchi organning veb-saytiga va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi joylashtiriladi.
63. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
64. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 37-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 54-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 19-noyabrdagi 253-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 60-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 21-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 51-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 19-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 18-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 10-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori)” 2018-yil 26-martdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 65-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)” 2018-yil 18-iyuldagi 553-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 185-modda) 1-ilovaning 2-bandi.