22.11.2018 yildagi 943-son
2. Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda Jizzax viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga, ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq berilayotgan Jizzax viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazi bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 352-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 476-modda) qarori bilan tasdiqlangan Samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga berilishi, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti “nol” xarid qiymatida berilishi taklif etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatidan 37-pozitsiya chiqarib tashlansin.