O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati (keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
ikki mamlakatning bozor munosabatlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zaruriyatini anglagan holda,
Tomonlar o‘z davlatlarining tegishli qonunchiligiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar.
Quyidagilar mazkur Bitimning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Tomonlarning vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda “vakolatli organlar” deb ataluvchilar) hisoblanadilar:
(i) o‘zaro manfaatli mahsulot namunalari, standartlar hamda qonunlarga tegishli axborot bilan almashish;
(iv) zamonaviy texnologiyalarga asoslangan urug‘chilik sohasida tajriba almashish; Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, urug‘liklarni sertifikatsiyalashga oid axborot bilan almashish; urug‘lik namunalarini maqbul shartlar asosida almashish;
(v) qishloq xo‘jaligi va turdosh tarmoqlarda, shu jumladan, irrigatsiya sohasida suvdan samarali foydalanishda texnologiyalarni qo‘llash;
(vi) genetika, seleksiya, biotexnologiya, o‘simliklarni himoya qilish, tuproq unumdorligini saqlash, mexanizatsiya, suv resurslari va ilmiy natijalarni o‘zaro qo‘llash bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
(viii) chorvachilik, shu jumladan, hayvonlarning salomatligi, parrandachilik, genomika, karantin obyektlarini yaratish sohalarida tajriba almashish;
(ix) ilmiy va amaliy faoliyatlar (yarmarkalar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, simpoziumlar) bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi tadqiqot institutlari o‘rtasida axborot almashish;
Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va chorvachilik mahsulotlari, bajarilgan ishlar natijalari almashinuvi va savdosi sohasida hamkorlik Tomonlarning milliy qonunchiligi hamda Tomonlar ishtirokchisi hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Vakolatli organlar Tomonlar vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruhini tashkil qiladilar va u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
2. Ishchi guruh yig‘ilishlari har ikki yilda O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasida navbat bilan o‘tkaziladi. Ishchi guruhi yig‘ilishi sanasi va kun tartibi vakolatli organlar tomonidan diplomatik kanallar orqali kelishiladi.
Ishchi guruhi yig‘ilishlarida o‘z vakillari ishtiroki, shu jumladan, Ishchi guruhi vakillarining yig‘ilishlardagi ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy xarajatlarni yuboruvchi Tomon qoplaydi.
Mazkur Bitim qoidalarini bajarish maqsadida vakolatli organlar muayyan loyihalarni ko‘rib chiqish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga o‘z davlatlarining boshqa idoralarini ham jalb qilishi mumkin.
Mazkur Bitimni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan xarajatlar Tomonlar tarafidan ularning davlatlari qonunlari, siyosati hamda mavjud moliyaviy resurslariga muvofiq qoplanadi.
Mazkur Bitimga Tomonlarning o‘zaro roziligiga asosan uning ajralmas qismi hisoblangan va imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Mazkur Bitim doirasidagi faoliyatlar har qanday intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni yuzaga keltirsa, Tomonlar bunday huquqlarni amalga oshirishdan oldin, ushbu huquqlarga doir alohida kelishuvlar/bitimlar tuzadilar.
i. Tadqiqot faqatgina bir Tomon tarafidan mustaqil va alohida amalga oshirilsa, yoki tadqiqot natijalari faqatgina bir Tomonning mustaqil va alohida sa’y-harakatlari bilan erishilgan bo‘lsa, tegishli Tomon intellektual mulk huquqlari berilishiga ega bo‘lish uchun yolg‘iz murojaat qiladi va intellektual mulk huquqi berilganda bunday huquqqa faqatgina o‘zi egalik qiladi.
ii. Qo‘shma faoliyat asosida olingan tadqiqot natijalariga nisbatan intellektual mulk huquqi berilishiga ikkala Tomon birgalikda murojaat qiladilar va taqdim etilgan huquqlarga Tomonlar birgalikda egalik qiladilar.
iii. Tomonlar mazkur Bitim doirasida amalga oshirilgan ixtirolar/faoliyatlarga yo‘naltirilgan intellektual mulk huquqlaridan kelib chiqadigan har qanday huquq va majburiyatlarni boshqa Tomonning roziligisiz uchinchi tomonga bermasligi lozim.
Mazkur Bitim maqsadlari uchun “intellektual mulk” tushunchasi, Savdo bilan bog‘liq jihatlar bo‘yicha Intellektual Mulk Huquqi Bitimi (TRIPS)ning 1-moddasida nazarda tutilgan va mazkur Bitim II-qism 1 — 7 bo‘limlari predmeti hisoblanuvchi intellektual mulkning barcha toifalariga nisbatan qo‘llaniladi. Har bir Tomon mazkur Bitimga muvofiq, hamkorlikdan kelib chiqadigan intellektual mulk huquqlari himoyasini o‘z davlatining tegishli qonunchiligi hamda har bir Tomon ishtirokchisi hisoblangan ko‘p tomonlama shartnomalarga amal qilgan holda ta’minlaydilar.
Mazkur Bitim doirasida Tomonlar tarafidan amalga oshirilgan qo‘shma faoliyat natijasidagi har qanday nashr, hujjat va/yoki qo‘lyozmalarga birgalikda egalik qilinadi. Har qanday nashr, hujjat va/yoki qo‘lyozmalarda Tomonlar qo‘shma faoliyat natijasi bo‘lgan nom, logo va/yoki rasmiy ramzning ishlatilishiga ikkala Tomonning oldindan roziligi talab qilinadi. Har qanday holatda rasmiy ramz hamda logoning noo‘rin ishlatilmasligi ta’minlanishi lozim.
Mazkur Bitimga muvofiq, nashr etilgan yoki almashinishi nazarda tutilgan hujjatlar oshkor qiluvchi Tomonning mutlaq mulki bo‘lib qoladi hamda Tomonlar tarafidan maxfiy saqlanadi va har bir Tomon belgilashi mumkin bo‘lgan shartlar asosida foydalaniladi. Qo‘llaniladigan qonunlarga muvofiq, Tomonlar boshqa Tomonning oldindan olingan yozma roziligisiz ma’lumotlarni uchinchi tomonga taqdim qilmasligi hamda ulardan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanmasligi lozim.
Barcha maxfiy ma’lumotlar oshkor qiluvchi Tomonning mutlaq mulki bo‘lib qoladi. Tomonlar mazkur Bitim va maxfiy ma’lumotning oshkor etilishi boshqa Tomonning har qanday intellektual mulk huquqi doirasida ma’lumotni qabul qiluvchiga nisbatan hech qanday litsenziya, manfaat yoki huquq bermasligi yoki yuklamasligiga kelishadilar.
Mazkur Bitimga muvofiq birgalikdagi faoliyat natijasida olingan tadqiqot natijalariga nisbatan har ikki Tomon o‘zlarining davlatlarida texnologiyani tijoratlashtirishda mutlaq huquqlarga ega ekanliklarini hisobga olgan holda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish uchun nomzod sifatida birgalikda murojaat qiladilar.
Mazkur Bitim Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish, tatbiq qilish yoki qo‘llashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali do‘stona hal qilinadi.
Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh (5) yil davomida amal qiladi hamda navbatdagi besh (5) yillik muddatlarga o‘z-o‘zidan uzayaveradi.
Mazkur Bitim Tomonlardan birining mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi olingan sanadan olti (6) oy o‘tgach tugatiladi.
Buning tasdig‘i sifatida o‘rnatilgan tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.