Investitsiyalarni faol jalb uchun etish shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta’minlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning:
Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish va uning hududida mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilidagi bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismini “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi — “PSBCapital” MChJga ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2019-yil 1-sentabrgacha ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida obyektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurishga;
ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat etilsin.
3. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “PSBCapital” MChJ bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tashkil etilayotgan ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida sifatli, raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun loyihalar tashabbuskorlari jalb etilishini va bankning hamda loyihalar tashabbuskorlarining investitsiyalari kiritilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.