06.11.2018 yildagi PQ-4004-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-oktabrdagi PQ-4872-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son)

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish

muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, saylov huquqi sohasidagi olim va mutaxassislar, xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokamadan o‘tkazish, shuningdek, loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

2018-yil

15-noyabrgacha

Oliy Majlis palatalari (N. Yo‘ldoshev, N. Ismoilov), MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), siyosiy partiyalar, QR MSK, Qoraqalpog‘iston Res�ublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OAV

2.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi jarayonida uning matni bo‘yicha kelib tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda Kodeks matnini takomillashtirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MSK (M. Abdusalomov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish.

2018-yil

noyabr-dekabr

Oliy Majlis palatalari (N. Yo‘ldoshev, N. Ismoilov)

4.

Markaziy saylov komissiyasining normativ-huquqiy hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish.

2019-yil

yanvar-fevral

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida zarur miqdorda chop etish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Markaziy saylov komissiyasining qoidalarini, shu jumladan, saylovlarni moliyalashtirishning aniq tartibi, saylov komissiyalari faoliyatining xavfsizligini ta’minlash va boshqa jihatlarini ochib beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Saylov komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirish

7.

Saylov komissiyalari vakillarini saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash, shuningdek, SYER tizimidan foydalanish tartiblari bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-2019-yy.

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishlari uchun imkon qadar qulay sharoitlar yaratish maqsadida saylov komissiyalari joylashtiriladigan bino va inshootlarning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazini saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda jamiyat hayotining turli soha vakillari, ayollar, avvalgi saylovlarda saylov komissiyalari tarkibida faoliyat ko‘rsatgan, huquqiy va kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan shaxslarni jalb etish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining tavsiyalarini qabul qilish.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Markaziy saylov komissiyasi tavsiyalari asosida saylov komissiyalari a’zolarining yagona elektron ro‘yxatini, shuningdek, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2019-yil

15-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, saylovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan, ularni SYERdagi saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtirish, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish tartibi bo‘yicha uslubiy va video materiallar tayyorlash va hokazolarni hisobga olgan holda, MSK www.elections.uz veb-saytini modernizatsiya qilish.

2019-yil

1-iyungacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Saylov jarayoni ishtirokchilarining elektoral madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

13.

Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati, fuqarolar, jamoat tashkilotlarining saylov huquqlarini, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlarini yoritish kafolatlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish.

2019-yil

mart —
dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yo‘ldoshev, N. Ismoilov), O‘zA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) va boshqa OAV

14.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov instituti muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, ko‘p partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirishga bag‘ishlangan hududiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish.

2019-yil

mart — dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yo‘ldoshev, N. Ismoilov), DBA (R. Qosimov), O‘zA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) boshqa OAV

15.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini yorituvchi, jumladan, saylovchilar va saylov tashkilotchilari uchun SYER bo‘yicha o‘quv video materiallar ssenariysini tayyorlash.

2019-yil

1-maygacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yoritish masalalari hamda saylovoldi targ‘ibot-tashviqoti va boshqa saylov jarayonlarida ularning ishtiroki bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning roli va ahamiyatini tush�ntirish, fuqarolarni saylov kampaniyasining borishi va ovoz berish tartib-qoidalari bilan tanishish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr qo‘mitasi

(A. Abdullayev), MTRK (A. Xadjayev)

18.

SYER axborot tizimi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), DBA (R. Qosimov)

IV. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash

19.

Saylov kodeksi loyihasining muhokamasiga, shuningdek, saylov jarayon�da zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish.

2018-yil

1-dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Oliy Majlis palatalari (N. Yo‘ldoshev, N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Markaziy saylov komissiyasining xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash.

2018-2019-yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

21.

O‘zbekiston Respublikasi vakillarini xalqaro o‘quv kurslarda xalqaro kuzatuvchilarni tayyorlash va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish.

2018-2019-yy.

MSK (M. Abdusal�mov), TIV (A. Kamilov)

22.

Saylov qonunchiligi sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

2018-2019-yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

23.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son)