Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish mexanizmi

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy baza va tashkiliy asoslarni takomillashtirish

1.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) Ustavi;

Institut tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar;

Institut ichki-tartib qoidalari.

2018-yil 1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov)

2.

Institutning 2019 — 2021-yillarda istiqbolli rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 15-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qoshida Muvofiqlashtiruvchi ilmiy-metodik kengash tashkil etish, uning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi tarkibida shtat birligi doirasida DBQ ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ta’lim sifatini monitoring va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘linmani tuzish.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov)

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom;

Bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

6.

Institut professor-o‘qituvchilari tarkibi�ing mehnatini normalashtirish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Bandlik vamehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

7.

O‘quv jarayoniga jalb qilinadigan ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi-mutaxassislar mehnatiga soatbay haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

Normativ-huquqiy hujjat

DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Institut kursantlari bilimini baholash to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

9.

Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash bo‘yicha shartnoma tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

Normativ-huquqiy hujjat

DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov),Adliya vazirligi (R. Davletov)

10.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Institut kursantlari tomonidan o‘quv amaliyoti va stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

Institut bitiruvchilarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi Nizom;

Institut mutaxassislik fanlar o‘qituvchilarini rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.

2019-yil

1-yanvarga

qadar

DBQ rais� buyrug‘i

DBQ (M. Azimov)

11.

Institutga kursantlarni tanlash va qabul qilish Tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-yanvarga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

DBQ (M. Azimov), DTM (M. Karimov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

“O‘zbekiston bojxona axborotnomasi” ilmiy jurnali to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi (A. Yunusov)

II. O‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish

13.

Mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarni quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqish:

kursantlarda xorijiy til tayyorgarligi, tahlil etish qobiliyati, tizimli tahlil, bojxona faoliyatining tegishli sohalarida boshqaruv ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or xalqaro tajriba va talablarni inobatga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish;

2018-2019 o‘quv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka o‘tashdan iborat o‘qitish tizimiga o‘tish;

kursantlarning bojxona faoliyati sohasidagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirishlarini inobatga olib, mutaxassislik fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarini oshirish;

ixtisoslashtirilgan trenajer-imitatsion va dasturiy majmualarni qo‘llash hisobidan kursantlarning nazariy va amaliy tayyorgarligini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish;

kursantlarning bilimini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash uchun baholashning yangi mezon va usullarini joriy etish;

xalqaro amaliyotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni ilg‘or o‘rganish usullaridan foydalangan holda til o‘rgatishning zamonaviy tizimini joriy etish.

2018-yil

1-dekabrga qadar

Malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

14.

Institut o‘quv jarayonida AKTdan foydalanish hamda samarali boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risidagi Kompleks chora-tadbirlar dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash:

trenajer-imitatsion komplekslar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan trenajerlarni joriy etish hisobiga kursantlarni nazariy va amaliy tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish;

o‘quv videofilmlar va elektron o‘quv modullari hisobiga ta’lim resurslari bazasini kengaytirish;

Institutning “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga beg‘araz asosda ulanishini, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirishini ta’minlash;

professor-o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini, kursantlar bilimini monitoring qilish va baholashning zamonaviy elektron tizimini joriy etish (e-monitoring, e-dekanat, e-kafedra);

Institut o‘quv jarayonini axborot materiallari bilan ta’minlash va unda kompyuter planshetlaridan foydalanish amaliyotini joriy etish uchun (Wi-Fi simsiz aloqaga ulanish tizimini joriy etgan holda) Internet tarmog‘iga ulanish tizimini takomillashtirish va tezligini oshirish.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (A. Abduazizov)

15.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetini takomillashtirishga qaratilgan dasturni quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash:

tinglovchilarda bojxona qonunchiligi tizimidagi o‘zgarishlarni bir xilda talqin qilish ko‘nikmasi va amaliyotda qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil qilish;

xodimlarning malakasini oshirishning yangi shakllarini, jumladan, ta’limning aralash (masofaviy va kunduzgi ta’lim shakllari birlashgan) shaklini ishlab chiqish va joriy qilish;

bojxona organlarining kasbiy faoliyatini istiqbolli tajribasini o‘rganish, tizimlashtirish va tarqatish;

o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashni nazarda tutuvchi Institut o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joriy qilish.

2018-yil

1-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

16.

Iqtisodiy va yuridik fanlarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda tegishli fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqish va belgilangan muddatlarda amalga oshirish.

2018-yil 15-dekabrga qadar

DBQ raisi buyrug‘i

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

17.

Institut Axborot-resu�s markazi fondini doimiy asosda zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan, shu jumladan, muntazam ravishda mahalliy hamda xorijiy huquqiy va iqtisodiy nashrlarining obunasini ta’minlash, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan dasturiy mahsulotlarni (ma’lumotlar bazasi) xarid qilish va yangilab borish.

doimiy asosda

Chora-tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov)

III. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

18.

Bojxona ishi va iqtisodiy xavfsizlik sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

Chora-tadbirlar dasturi

DBQ (M. Azimov)

19.

Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

yetakchi ilmiy-tadqiqot, ta’lim, axborot-tahlil, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlari, memorandumlarini tuzish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;

kadrlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish, hamkorlikda tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ma’ruza o‘qish va “mahorat darslari” mashg‘ulotlarini, shu jumladan, masofaviy tarzda o‘tishni tashkil qilish maqsadida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

rivojlangan davlatlar (AQSh, Germaniya, XXR, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya va boshqalar)ning bojxona kadrlarini tayyorlash sohasidagi ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha xorijiy safarlarni tashkil qilish;

Umumjahon bojxona tashkiloti dasturlari (PICARD va boshqalar) doirasida ilmiy tadqiqotlar va bojxona ishini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan va ro‘yxatga olingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar (BMTTD, Jahon banki, EXHT va boshqalar) ishtirokida bojxona sohasidagi loyiha va dasturlarni hamkorlikda amalga oshirish.

2018-yil
1-dekabrga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

20.

Iqtisodiy xavfsizlik va bojxona ishi sohasidagi eng dolzarb muammolar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida yetakchi qo‘shma ta’lim va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, tajribali amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida ijodiy guruhlar tuzish va faoliyatini tashkil qilish.

doimiy asosda

Chora-tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), boshqa ilmiy va ta’lim muassasalari

21.

Etakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalarida Institut o‘qituvchilari uchun maqsadli doktoranturani tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

2018-yil 1-dekabrga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish

22.

Kursantlarda Vatan himoyasi uchun axloqiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni, konstitutsiyaviy va xizmat burchiga sodiqlikni, yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har yil

Qo‘shma tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)

23.

Kursantlarni milliy va jahon klassik adabiyotini o‘rganishga yo‘naltirish, yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish, kursantlar orasida turli mavzudagi tanlovlar o‘tkazishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har yil

Qo‘shma tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Axmedov)

24.

Institut kursantlari va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har yil

Qo‘shma tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

25.

Kursantlarning ota-onalari, bojxona xizmati veteranlari ishtirokida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi va kursantlari o‘rtasida korrupsiya profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har yil

Qo‘shma tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Bosh prokuratura (E. Yo‘ldoshev)

V. Moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish

26.

Institut shaxsiy tarkibini oziq-ovqat bilan ta’minlashni tashkil qilish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini joriy qilish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-dekabrga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

27.

Institutda zamonaviy o‘quv, moddiy-texnik baza va axborot-resurs ta’minotini yaratish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan takliflarni tayyorlash va kiritish:

Axborot-resurs markazi va qo‘shimcha ma’ruza auditoriyalari uchun alohida kompleks qurish;

elektron o‘quv materiallarini yaratishga mo‘ljallangan multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash.

2018-yil

15-dekabrga

qadar

Chora-tadbirlar rejasi

DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

28.

O‘quv, ilmiy adabiyotlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish uchun kichik bosmaxona tashkil etish va jihozlash.

2019-yil

1-yanvarga qadar

Tadbirlar dasturi

DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”