Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi va uning apparati tuzilmasi 1, 2, 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tizimi xodimlarining cheklangan soni hududiy bo‘linma (bo‘lim)lar bilan birgalikda 180 kishidan iborat etib, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi xodimlarining ilgari belgilangan soniga qo‘shimcha ajratiladigan 113 kishini ham qo‘shgan holda, tasdiqlansin. Markaz apparati xodimlarining soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 45 kishi bo‘lishiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markazga Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy bo‘linmalar (bo‘limlar) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga va davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy organlariga bo‘ysunadilar.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy bo‘limlarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tegishli hududiy boshqarmasining rahbari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Markazning bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori tahririda — O‘R QT., 1997-y., 2-son, 4-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi markaziy apparatining va uning hududiy bo‘linmalarining joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziy apparatini va uning hududiy bo‘limlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika budjetida zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika resurslarini, anjomlarini, asbob-uskunalarini va transport vositalarini Markazga bersin;
markaziy apparatda Moliya vazirligining Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi negizida 18 kishidan iborat Davlat qimmatli qog‘ozlar emissiyasi boshqarmasini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalari ilgari egallab kelgan xizmat binolari va aloqa liniyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining hududiy bo‘linmalari (bo‘limlari) ixtiyorida qoldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati Toshkent shahar, “Pravda Vostoka” ko‘chasi, 10-uydagi Respublika birja markazi binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarorining 1—3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi.
respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va bozor qatnashchilarining, qimmatli qog‘ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar muomalasini, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
barcha davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida o‘zbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta’minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
investorlarning korxonani (aksionerlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
o‘zbekistonlik emitentlar qimmatli qog‘ozlarining chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi shartlari va tartibini belgilaydi;
qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlari emissiyasi prospektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashadi;
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlar bilan kasb faoliyatini amalga oshirishga yagona talablarni, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoriga muomalaga qo‘yilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi;
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi, guvohnomalar, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri va hisobga olish registri yuritilishiga talabnomalarni beradi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi;
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-dekabrdagi 528-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 1998-y.,12-son, 47-modda)
respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning, shuningdek investitsiya institutlari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrlarini yuritadi hamda ularni ro‘yxatlarini e’lon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori haqidagi yillik ommaviy hisobotlarni tuzadi, investorlar va jamoatchilikning keng xabardor qilinishini ta’minlaydi;
axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat etish, qimmatli qog‘ozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solib borish xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
barcha emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining qatnashchilari tomonidan axborot berish va e’lon qilish qoidalarini belgilash;
o‘z qimmatli qog‘ozlarini ommaviy sotish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishini professional ta’minlovchi istalgan shaxs orqali taqdim etuvchi emitentdan, shuningdek fond birjalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilishi va e’lon qilinishi majburiy bo‘lgan qoidalar, ustavlar, ish tartiblari, yo‘riqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab etish;
emitentlarning va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qog‘ozlar va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish haqidagi e’lon qilingan axborotning to‘g‘riligini tekshirish yuzasidan, shuningdek qonunlar va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushishi yuzasidan tekshirish:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
investorlarning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi, ular bilan operatsiyalar o‘tkazishga oid ularning qonuniy huquq va manfaatlari buzilishiga doir shikoyatlarini ko‘rib chiqish, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qonunchilikning buzilish hollarini tekshirish;
emitentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlariga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati va uni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
yuqori malakali xorijiy va vatanimiz mutaxassislarini maslahatchilar va ekspertlar sifatida kontrakt asosida ishga taklif etish;
fond birjalari birja kengashlari, boshqa birjalarning fond bo‘limlari majlislarida qatnashish, birja faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun davlat nazoratchilarini tayinlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari bo‘lgan professional uyushmalarning faoliyatini va ularning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘z vakolatlari doirasida qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlarni buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qo‘llash;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
zarur hollarda qonunchilikka muvofiq tegishli qaror qabul qilingunga qadar depozitariydagi, vakolat beruvchilardagi va kompaniyalarni boshqaruvchilardagi qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining schyotlari bo‘yicha operatsiyalarni, qonunchilik buzilgan holda tuzilgan qimmatli qog‘ozlar muomalasi bilan bog‘liq oldi-sotdi, vakolatli boshqaruvga berish, saqlashga oid bitishuvlar va boshqa bitishuvlarning amalda bo‘lishini bir yo‘la to‘xtatgan holda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini ko‘rib chiqishlari va bajarishlari uchun majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalarni kiritish;
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori tahririda — O‘R QT., 1997-y., 2-son, 4-modda)
fond birjalari (yoki boshqa birjalarning fond bo‘limlari)dan a’zolaridan biri yoki bir nechtasi qimmatli qog‘ozlarga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini va Markaz talablarini buzgan hollarda ularni faoliyat ko‘rsatishdan chiqarishni yoki chetlatishni talab qilish;
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospektini belgilangan tartibda tasdiqlamasdan o‘tkazilayotgan qimmatli qog‘ozlarni ochiq sotishga taklif qilishga oid reklamani to‘xtatishni emitentlardan talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
aksionyerlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida investitsiya institutlari va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining rioya qilishlari majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
emitentlar, investitsiya institutlari va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan hollarda qimmatli qog‘ozlar bozori haqidagi qonunchilikka muvofiq iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;
(7-bandning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 1997-y., 2-son, 4-modda)
emitentlar tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda ularning emissiyasini va qimmatli qog‘ozlari muomalasini to‘xtatish yoki cheklash;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bir necha marta yoki qo‘pol ravishda buzilgan hollarda investitsiya institutlari va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchisi sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining aniqlangan faktlari bo‘yicha materiallarini amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqni himoya qilish organlariga oshirish;
fuqarolarga qimmatli qog‘ozlarga oid professional faoliyat yuritish huquqini beruvchi malaka attestatsiyalari berish, shuningdek ular tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda ularning attestatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni bekor qilish;
birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish ishlari qoidalari buzilgan hollarda fond birjasida operatsiyalarni bir muncha vaqt to‘xtatib qo‘yish hamda operatsiyalar bo‘yicha kliring va hisob-kitoblarni muayyan davrga to‘xtatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
aksionerlik jamiyatlarini ta’sis etilmagan deb tan olinishiga taalluqli Markaz tomonidan aniqlangan ma’lumotlarni qonunchilik bilan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan hollarda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olishni rad etish huquqiga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Markaz faoliyati uning bosh direktori, Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi, markaziy apparat va Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markazning bosh direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Bosh direktor o‘rinbosarlari va Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi a’zolari Bosh direktorning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatida Markazga va davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy organlariga bo‘ysunadilar.
Hududiy bo‘limlarning rahbarlari Markazning bosh direktori bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tegishli hududiy boshqarmasining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Markazning va uning joylardagi organlarining faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan bo‘shatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yo‘riqnomalar va qarorlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
unga qonunchilik bilan berilgan hamda mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
12. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan yetti kishidan iborat bo‘lgan Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi o‘zining muntazam o‘tkazib turiladigan majlislarida:
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari ustidan berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qaror chiqaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solishga oid davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi.
13. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashining qarorlari uning majlisida kamida 5 a’zo qatnashgan taqdirda Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kengash qarorlari sifatida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.