Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markazga Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha hududiy organlarga bo‘ysunadi.
Markazning boshqarmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Markazning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini moliyalashtirish respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning markaziy apparatini va uning hududiy boshqarmalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika budjetida zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika resurslarini, anjomlarini, asbob-uskunalarini va transport vositalarini Markazga bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalari ilgari egallab kelgan xizmat binolari va aloqa liniyalari Markazning boshqarmalari ixtiyorida qoldirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazning markaziy apparati Toshkent shahar, “Buxoro” ko‘chasi, 10-uydagi Respublika birja markazi binosiga joylashtirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarorining 1—3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi.
respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
uning tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bozorning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, qimmatli qog‘ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar bo‘yicha ma’lumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishini, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo‘llash;
(5-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida o‘zbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta’minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
(5-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
investorlarning korxonani (aksionerlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
o‘zbekistonlik emitentlar qimmatli qog‘ozlarining chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi shartlari va tartibini belgilaydi;
qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlari emissiyasi prospektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatga litsenziya beradi;
(6-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashadi;
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlar bilan kasb faoliyatini amalga oshirishga yagona talablarni, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoriga muomalaga qo‘yilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi, malaka attestatlari, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestiri va hisobga olish registri yuritilishiga talabnomalarni beradi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi;
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-dekabrdagi 528-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 1998-y.,12-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrlarini yuritadi hamda ularni ro‘yxatlarini e’lon qiladi;
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxati tartibotidan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlari beradi;
(6-bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori haqidagi yillik ommaviy hisobotlarni tuzadi, investorlar va jamoatchilikning keng xabardor qilinishini ta’minlaydi;
axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat etish, qimmatli qog‘ozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solib borish xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
emissiyali qimmatli qog‘ozlarni (davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni hisobga olish reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
o‘z mablag‘lari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa ko‘rsatkichlarni, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorida sug‘urtalovchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga muvofiq yigirma — yigirma uchinchi xatboshilari bilan to‘ldirildi)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish huquqiga ega. Jamg‘arma solinadigan iqtisodiy sanksiyalardan ajratmalarning 10 foizi, emitentlarning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqilganligi uchun ulardan olinadigan yig‘im va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini belgilash, davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlari bundan mustasno;
davlat boshqaruvi organlari, fuqarolar, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari va mansabdor shaxslardan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
o‘z qimmatli qog‘ozlarini ommaviy sotish uchun qo‘ygan emitentdan, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini professional jihatdan ta’minlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek fond birjalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va e’lon qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish;
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va ularni sudga yuborish;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda investorlar, qimmatli qog‘ozlar egalari, davlatning manfaatlari uchun davlat boji to‘lamasdan sudga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan huquqbuzilishi sodir etilganligi e’tirof etilgan va ular ixtiyoriy to‘langan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan sanksiyalarni qo‘llash huquqiga ega, ularning 10 foizi Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga tushadi, qolgan qismi esa davlat budjeti daromadiga yo‘naltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
emitentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ hujjatlariga muvofiq ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilish;
emitentlarning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqilganligi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida belgilangan tartibda yig‘im undirish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasida xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida maslahatchilar va ekspertlar sifatida ishga taklif qilish;
fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond bo‘limlari majlislarida qatnashish, birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun davlat inspektorlarini tayinlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
vakolatlari doirasida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qo‘llash:
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari ko‘rib chiqishi va ijro etishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
fond birjalaridan (fondli bo‘limlarni tashkil etgan boshqa birjalardan) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaz talablari ularning a’zolari tomonidan buzilgan taqdirda bir yoki bir nechta a’zolarni a’zolikdan chiqarishni yoki faoliyatdan chetlatishni talab qilish;
emitentlardan belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan o‘tkaziladigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq sotishga taklif qilish bo‘yicha reklama kompaniyasini to‘xtatishni talab qilish;
aksiyadorlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va boshqa ishtirokchilari rioya qilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qog‘ozlari emissiyasi va muomalada bo‘lishini 10 ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda o‘z vakolatlari doirasida qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati to‘xtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini to‘xtatib turish;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir necha marta yoki qo‘pol ravishda buzilgan hollarda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
jismoniy shaxslarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha professional faoliyatni olib borish huquqiga malaka attestatlari berish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ularning attestatlari amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni attestatlardan mahrum qilish;
birja ishi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalarini va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
Markaz tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari ta’sis etilishining e’tirofi mavjud emasligiga doir ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;
Markazning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish va/yoki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash bo‘yicha sudga da’volar bilan murojaat qilish, shuningdek ekspertlik qilish huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz faoliyati uning bosh direktori, markaziy apparat va Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tomonidan ta’minlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazning bosh direktori lavozimiga ko‘ra Davlat mulki qo‘mitasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi. Bosh direktorning o‘rinbosarlari Markaz bosh direktorining taqdimnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markazning hududiy boshqarmalari o‘z faoliyatida Markazga va davlat mulkini boshqarish hududiy organlariga bo‘ysunadi.
Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining tegishli hududiy organi rahbari bilan kelishuv bo‘yicha bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Markazning va uning joylardagi organlarining faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan bo‘shatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yo‘riqnomalar va qarorlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
unga qonunchilik bilan berilgan hamda mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)