Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida

“23 1 -bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish xususiyatlari

270 1 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish tartibi

270 2 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari

270 3 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasining shakli hamda mazmuni

270 4 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari

270 5 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori

Hujjat 12.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 4, 136-modda; 2018-yil, № 7, 486-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 35-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “raislik qilishi mumkin” degan so‘zlar “raislik qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
3) 173-moddaning 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 191-moddaning 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 195-modda birinchi qismining 7-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 350-modda to‘rtinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 355-modda to‘rtinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 367-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 387-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
11) 388-moddaning birinchi qismidagi “davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj to‘lamagan” degan so‘zlar “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 407-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) 408-moddaning birinchi qismidagi “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj to‘lamagan” degan so‘zlar “davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 427-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
15) 428-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan so‘zlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 292-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan so‘zlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 130-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
3) 206-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 210-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 230-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 234-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 253-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 255-modda birinchi qismining 2-bandi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”