Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi.
5. Professor-o‘qituvchilarning (madaniyat va san’at yo‘nalishlari o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadigan konsertmeysterlarning) o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi bo‘lgan o‘quv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning o‘quv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yig‘ilishining taklifiga asosan oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o‘qituvchilarning tegishli o‘quv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasiga qo‘shimcha ravishda taqsimlanadi.
9. Professor-o‘qituvchilar faoliyatining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari bo‘yicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida belgilanadi.

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt me’yori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1.

O‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

bir akademik soat uchun — 1 soat

O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) o‘tkaziladi. Bunda:

amaliy va seminar mashg‘ulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba bo‘lgan akademik guruhlarda;

ma’ruza mashg‘ulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda (potok), tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik kafedralarda siklga kelgan guruhlarda (potok);

laboratoriya mashg‘ulotlari va chet (rus) tilini o‘qitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy-biologik, klinikagacha bo‘lgan va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun) o‘qitish, nofilologik yo‘nalishlarda fanni chet tilida o‘qitish, odatda, 12 — 15 nafargacha talaba bo‘lgan kichik guruhlarda;

madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, odatda, 1 — 10 nafargacha, ansambl mashg‘ulotlarida 2 — 12 nafargacha talaba bo‘lgan kichik guruhlarda;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o‘qitish, odatda, 5 — 10 nafargacha talaba bo‘lgan kichik guruhlarda o‘tkaziladi.

O‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilganligi o‘quv jurnalida qayd etiladi.

2.

Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlar o‘tkazish

bitta fanga (bitta potok uchun) — 6 soat

Umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlarning o‘tkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish jadvalida qayd etiladi.

3.

Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular bo‘yicha maslahatlar berish.

bir kurs ishi uchun — 2 soat;

bir kurs loyihasi uchun — 3 soat.

Bir professor-o‘qituvchi bir semestr davo�ida, odatda, 50 nafargacha talabaga (ko‘pi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (loyihasi) berishi mumkin.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

4.

Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini o‘tkazish.

bir kurs ishi himoyasi uchun — 0,4 soat;

bir kurs loyihasi himoyasi uchun — 0,6 soat.

Bunda professor-o‘qituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Kurs ishi (loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar soniga bo‘linadi va ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Professor-o‘qituvchining kurs ishi (loyihasi) himoyasini o‘tkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.

5.

Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish.

yozma ish shaklida bir akadem guruh uchun — 3 soat;

og‘zaki shaklda bitta talaba uchun — 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun — 0,3 soat;

yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga — 0,2 soat;

test shaklida bitta akadem guruh uchun — 1 soat.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo‘lgan integrallashgan imtihon
va bemorda o‘tkazilgan klinik imtihon bo‘yicha bir nafar talaba uchun — 0,5 soat (integrallashgan attestatsiya uchun).

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta a’zosi uchun beriladigan jami soatga qo‘shimcha ravishda 20% qo‘shiladi.

Komissiya a’zolariga beriladigan bir kunlik o‘quv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (akadem guruh)da yozma ish o‘tkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosi (kuzatuvchi professor-o‘qituvchi)ga 3 soatdan beriladi.

Og‘zaki shaklda o‘tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Yozma ish shaklida o‘tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari umumiy soniga bo‘linadi hamda komissiya a’zolariga teng taqsimlanadi.

Test shaklida o‘tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo‘lgan integrallashgan imtihon va bemorda o‘t?azilgan klinik imtihonda jami soatlar imtihon olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, komissiya a’zolari (kuzatuvchi professor-o‘qituvchi)ga komissiya o‘z ishini tugatgandan so‘ng, soatbay haq to‘lanadi.

Bunda ushbu soatbay ish turi professor-o‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

6.

Namunaviy o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o‘qitishda ishchi o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan kasallik tarixlari va ekspertiza bayonnomalarini tekshirish, maslahatlar berish va qabul qilish.

bitta topshiriq uchun — 0,3 soat,

biroq bitta fanga ko‘pi bilan — 1 soat.

Bitta kasallik tarixi va ekspertiza bayonnomasi uchun — 0,5 soat

Bir professor-o‘qituvchiga kafedra qaroriga asosan ko‘pi bilan 3 tagacha akademik guruh talabalari biriktiriladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida kasallik tarixi tegishli kafedrada bir yil davomida saqlanadi.

Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash jurnallarida aks ettiriladi.

7.

Oraliq va yakuniy baholashlarni o‘tkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (o‘zlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish.

fan bo‘yicha oraliq baholashlarda jami har bir talaba uchun — 0,2 soat;

yakuniy baholashda har bir talaba uchun — 0,3 soat.

Qoldirilgan (o‘zlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Bunda bir o‘quv semestri davomida bir professor-o‘qituvchiga ko‘pi bilan 20 soat beriladi.

Semestr davomida bitta fandan ko‘pi bilan 2 tagacha oraliq baholash o‘tkaziladi. Bunda modul tizimida o‘qitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga to‘liq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlardan oraliq baholash o‘tkazilmaydi.

Oraliq va yakuniy baholashlar o‘tkazilishi tegishli jadvallarda aks ettiriladi.

Yozma ishlar natijalari e’lon qilingandan so‘ng 6 oy davomida saqlanadi.

Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi.

Darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi.

8.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash.

Malakaviy amaliyot o‘tayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga — 0,5 soat. Bunda:

o‘quv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga — 6 soat;

ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish:

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o‘talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo‘lsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun — 3 soat;

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o‘talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo‘lmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga — 6 soat.

Individual holda o‘tkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun — 2 soat.

Mazkur ish turi bo‘yicha professor-o‘qituvchining soatlari hajmi o‘quv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.

Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot o‘tash bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo‘yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat ta’lim yo‘nali�i talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, xulosalar yozish.

bir o‘quv yiliga har bir talaba uchun — 25 soat, texnik yo‘nalishlarda har bir talaba uchun
– 30 soat

Bir o‘quv yilida bitta professor-o‘qituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-o‘qituvchining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilganligi, xulosalar yozganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i, yozilgan xulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

10.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish.

bir bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun — 0,4 soat;

bir magistrlik dissertatsiyasi uchun — 0,8 soat.

Professor-o‘qituvchiga beriladigan bir kunlik o‘quv ishlari yuklamasi hajmi, odatda,
8 soatdan oshmasligi lozim.

A’zolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i hamda himoya natijalari to‘g‘risidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir a’zoga beriladi.

Bir YaDAK yig‘ilishida 4 tagacha magistrlik dissertatsiyasi, 8 tagacha BMI himoyasiga ruxsat beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya o‘z ishini tugatgandan so‘ng, soatbay haq to‘lanadi.

Soatbay ish turi professor-o‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

11.

Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun klinik ordinatorlarning o‘quv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilish.

bir o‘quv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat. Bir o‘quv yiliga bitta klinik ordinator uchun — 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 4 nafargacha klinik ordinatorning o‘quv va klinik amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy ta’lim muassasasining amaliyot o‘tash bo‘yicha buyrug‘i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo‘yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

12.

Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi

va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish.

bir o‘quv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Mazkur ish turining bajarilganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.

13.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura
va klinik ordinatura mutaxassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini o‘tkazish komissiyasida, tayanch doktorant (PhD), doktorant va mustaqil

izlanuvchilar tanlovi komissiyasida va malaka imtihonida ishtirok etish.

yozma ish shaklida o‘tkazilganda bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 3 soat;

og‘zaki shaklda o‘tkazilganda, bitta abituriyent uchun — 0,3 soat;

test shaklida o‘tkazilganda, bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 1 soat;

har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun — 0,3 soat.

Professor-o‘qituvchiga beriladigan bir kunlik o‘quv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (abituriyentlar guruhi)da yozma ishni o‘tkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-o‘qituvchiga 3 soatdan beriladi.

Yozma ish shaklida o‘tkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari soniga teng bo‘linadi hamda ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Og‘zaki (test) shaklida o‘tkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.

Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Komissiya a’zolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, komissiya a’zolariga

komissiya o‘z ishini tugatgandan so‘ng, soatbay haq to‘lanadi.

Soatbay ish turi professor-o‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

14.

Oliy ta’lim muassasasidagi doktorant
va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish.

bir nafar doktorant uchun bir o‘quv yilida — 100 soat;

bir nafar mustaqil izlanuvchi uchun bir o‘quv yilida — 50 soat.

Fan doktori, professor va fan nomzodi, dotsent o‘zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida 3 nafargacha doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi bo‘lganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i, doktorant va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi bajarilishi asosida aniqlanadi.

15.

Ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruzalar va master-klasslarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish.

bir akademik soat ochiq leksiya va master-klass uchun — 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza uchun bir o‘quv yilida ko‘pi bilan — 30 soat.

Master-klass:

oliy ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan
30 soat;

respublika miqyosida o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan 40 soat;

xalqaro miqyosda o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida ko‘pi bilan 60 soat.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan ma’ruza va master-klasslar tegishli rejalar va ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

16.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish.

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun — haftasiga 36 soatdan.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi.

17.

Sirtqi bo‘lim talabalarining nazorat ishlariga taqriz yozish.

1 nazorat ishiga 0,75 soat; nazorat ishi bo‘yicha suhbatga 0,25 soat, bir fanga bir semestrga 1,5 soat;

Nazorat ishlari (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi.

T/r

Ish turlari

Ish turlarini amalga oshirish mexanizmi (professor-o‘qituvchining shaxsiy ish rejasida qayd etiladigan tadbirlar)

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

I. O‘quv-uslubiy ishlar

1.

Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) to‘plami, laboratoriya, ijodiy ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish.

Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) to‘plami, laboratoriya, ijodiy ishlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar yaratish

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) O‘quv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan ishlanmalar asosida aniqlanadi.

2.

Tarqatma o‘quv materiallari, elektron o‘quv dasturlar va video mashg‘ulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, o‘qitish dasturlarini tayyorlash (yaratish).

Yangi tahrirdagi tarqatma o‘quv materiallarini tayyorlash;

fan bo‘yicha kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, o‘qitish dasturlarini tayyorlash;

elektron o‘quv dasturlar va video mashg‘ulotlar fan doirasida yaratish.

Oliy ta’lim muassasasida joriy o‘quv yilida qo‘llanilgan materiallar (dasturlar) asosida aniqlanadi.

3.

Darslik, o‘quv qo‘llanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yozish va nashrga tayyorlash.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) O‘quv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanma asosida aniqlanadi.

4.

Darslik, o‘quv qo‘llanmalarni to‘ldirilgan va o‘zgartirilgan holda qayta nashr etish.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va nashrga tayyorlash.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) O‘quv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanma asosida aniqlanadi.

5.

Uslubiy qo‘llanma (ko‘rsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Ta’limga tegishli bo‘lgan Uslubiy qo‘llanma (ko‘rsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) O‘quv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qo‘llanma (ko‘rsatma, risola) asosida aniqlanadi.

6.

Fanning o‘quv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish va fanning elektron modul papkasini yaratish.

Fanning o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish.

O‘quv jarayonida qo‘llanilgan ishlar asosida aniqlanadi.

7.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Kafedra yig‘ilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi bo‘yicha joriy o‘quv yilida tayyorlangan yangi uslubiy ko‘rsatmalar asosida aniqlanadi.

8.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Kafedra yig‘ilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi bo‘yicha joriy o‘quv yilida tayyorlangan yangi uslubiy ko‘rsatmalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura, klinik ordinatura mutaxassisligi) bo‘yicha malaka talabi, namunaviy o‘quv reja, yangi fan uchun namunaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Malaka talabi, o‘quv reja, va o‘quv dasturini ishlab chiqish.

Joriy o‘quv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, namunaviy o‘quv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

10.

Ishchi o‘quv reja, fan bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish

Ishchi o‘quv reja va fan bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish

Kafedra yig‘ilishi bayonnomasi va kafedrada mavjud bo‘lgan, joriy o‘quv yilida tayyorlangan ishchi o‘quv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

11.

Darslik, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa materiallarni tarjima qilish.

Darslik, o‘quv qo‘llanma va fan doirasida boshqa materiallarni tarjima qilish.

Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i, O‘quv-uslubiy (ilmiy) kengash qarori bilan joriy o‘quv yilida tayyorlangan tarjima materiallari asosida aniqlanadi.

12.

Fanlar bo‘yicha nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy baholashlar uchun topshiriqlarni ishlab chiqish.

Oraliq va yakuniy baholashlar uchun nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), topshiriqlar ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan hamda kafedra bayonnomasi bilan joriy etilgan topshiriqlar to‘plami asosida aniqlanadi.

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

13.

Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, ixtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish

Xorijiy va mahalliy (OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, ixtiro (patent) olish, tezislar nashr etish.

Har bir ilmiy maqola, ixtiro va tezislari hisobga olinadi.

Joriy o‘quv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi.

14.

Monografiya va risola nashr etish, axborot ta�liliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish

Joriy o‘quv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi.

15.

Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish

Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish.

Joriy o‘quv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi.

16.

Darslik, monografiya, risola va o‘quv qo‘llanmalariga muharrirlik qilish

Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya
va risolalar.

Darslik, monografiya va o‘quv qo‘llanma hamda risolalarning joriy o‘quv yilida nashr etilganligi asosida aniqlanadi.

17.

Oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

Rahbar yoki mas’ul ijrochi bo‘lganligi hisobga olinadi.

O‘quv yili davomida mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi.

Xo‘jalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari bo‘yicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.

18.

Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish.

Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, dissertatsiya, avtoreferat yoki risola, ilmiy maqola, va boshqa ishlar.

Joriy o‘quv yilida yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi.

19.

Falsafa doktori (PhD), fan doktori (DS) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DS) dissertatsiyasini tayyorlaganligi.

Tayyorlash va himoya qilish uchun 3 o‘quv yili davomida dissertatsiya yozish mumkin.

Avtoreferat, ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoya qilganlik to‘g‘risidagi Ilmiy kengash bayonnomasi asosida aniqlanadi.

20.

Ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo bo‘lish.

Har bir ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo bo‘lish.

Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.

21.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik qilish.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik.

Talabaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari (ma’ruza, maqola, tezis, she’riy to‘plam va boshqalar) nashr etganligi asosida aniqlanadi.

22.

Talabalarning fan va ilmiy to‘garaklariga rahbarlik qilish.

Talabalarning fan va ilmiy to‘garaklariga rahbarlik.

To‘garaklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

23.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etish.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya
va seminarlar tashkil etiilganligi.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlarning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

24.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda ishtiroki.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda a’zo bo‘lganligi.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda a’zo bo‘lganligini tasdiqlochi ma’lumotlar.

III. “Ustoz-shogird” ishlari

25.

Talaba oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganda yangi sharoitga adaptatsiya jarayonini o‘tashga va oliy ta’lim muassasasida bo‘lgan chog‘ida vaqtini to‘g‘ri taqsimlashga yordam berish.

Talabalar oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinganda ular bilan tanishish hamda talabalarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish va yangilab borish. O‘qishga qabul qilingan talabalarni oliy ta’lim muassasasi va unda mavjud sharoitlar bilan tanishtirish. Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish va doimiy nazoratga olish.

Talabalarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari
va tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

26.

Talabaning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish

Etuk fan arboblari, akademiklar, iqtidorli talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan talabalarning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlarni o‘tkazib borish.

Uchrashuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar (bayoni, video yoki foto lavhalari) asosida aniqlanadi.

27.

Talabalar baholash tizimi qanday olib borilishini qay darajada anglaganini va qayerdan ta’lim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini nazorat qilish

Talabalarga baholash tizimi bo‘yicha ma’lumotlar berish. Ularga qayerdan ta’lim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini tushuntirish va amaliy yordam berish.

Talabalarni fanlardan o‘zlashtirish darajasi orqali aniqlanadi.

28.

O‘qish jarayonida shaxsiy va akademik muammolar yuzaga kelganda va ular ta’lim olish darajasiga ta’sir ko‘rsatsa, ularni hal qilishda ko‘maklashish.

Talabalar bilan shaxsiy va akademik muammolari bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatlar olib borish hamda mavjud muammolarini hal qilish choralarini ko‘rish.

Talabalarning fanlarda o‘zlashtirishlarini doimiy nazorat qilish va dars beruvchi professor-o‘qituvchi bilan mazkur masalani muhokama qilib borish.

Guruhdagi talabalarning fanlardan o‘zlashtirishi va boshqa faoliyatlari analizi natijasida belgilanadi.

29.

Akademik yoki kasbiy tanlov qilishda tavsiyalar berish

Talabalarga akademik yoki kasbiy yo‘lni tanlashi uchun ko‘maklashish va ularga asosli maslahatlar berib, ularni qiziqish
va istaklari asosida to‘g‘ri yo‘naltirilishini ta’minlash.

Talabalarning oliy ta’lim muassasasini bitirgach sohasi bo‘yicha ishlashi mumkin bo‘lgan korxona
va tashkilotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lganligi orqali aniqlanadi.

30.

Ma’ruza materiallarni qaytarish va misollarni taqdim etgan holda ularni yoritish.

O‘zlashtirishdan orqada qolgan talabalar bilan darsdan bo‘sh vaqtlarda grafik asosida ishlash.

Tashkiliy grafikning mavjudligi. Talabalarning o‘zlashtirish darajasi orqali belgilanadi.

31.

Talabalarning mutaxassislik va tanlov fanlaridan olgan baholari va o‘zlashtirgan bilimlari ularning kvalifikatsion darajalariga ta’s�rining muhimligi haqida tushunchani shakllantirish.

O‘quv rejasidagi fanlarning muhimlilik darajasi hamda malakali kadr bo‘lib yetishishi uchun zarurligi haqida tushunchalar berish. Ish beruvchi tashkilot va korxonalar tomonidan bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan doimiy tanishtirib borish.

Bitiruvchilarning kasbga tayyorgarlik holati.

32.

Boshqa talaba va o‘qituvchilardan ushbu talaba haqida ma’lumot olishi.

Talabaning faoliyatini boshqa talaba va o‘qituvchilar orqali doimiy bilib borish hamda olingan ma’lumotlar asosida ushbu talaba bilan ishlash.

Talabani oliy ta’lim muassasasidagi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarning mavjudligi.

33.

Talabalarning ota-onalari bilan ishlash.

Ota-onalar bilan muloqatga kirishishi, ular bilan talabaning faoliyatini muhokama qilish hamda ota-onalar istagiga ko‘ra ularni talabalar bilan ishlashini taminlash.

Talabalarning faoliyatini ota-onalar bilan muhokama qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

34.

Yangi g‘oyalarni taklif qilish, bahs-munozaralarni davom ettirish, jumladan, ijtimoiy baholarni muhokama qilish.

Fakultet va OTM kengashlarida hamda ta’lim jarayoniga bag‘ishlangan seminarlarda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar bilan ishtirok etganligi.

Talabalarda yangi g‘oyalarni shakllanganligi, ular o‘rtasida bahs-munozaralar asosida o‘tkazilgan seminarlar va davra suhbatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

35.

Talabalarni axborot bilan ta’minlash va intervyu berish.

Talabalarga doimiy axborotlar berib boradi hamda OAVlarida chiqishlar qiladi.

Talabalarning yangiliklardan xabardorligi
va OAVlarida chiqishlar qilganligi.

36.

Bitiruvchilarning ishini, shu jumladan, vaqtni monitoring qilish va muzokaralarni belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirish.

Bitiruvchilarni ish beruvchi tashkilotlar bilan doimiy tanishtirib borish, uchrashuvlar tashkil etish hamda talabalarni korxona va tashkilotlarga tashrifini uyushtirish.

Bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari orqali belgilanadi.

37.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish.

Kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan tadbirlar nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi bo‘yicha hisobotlar asosida aniqlanadi.

38.

Talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash.

Tayyorla�digan talaba (lar) F.I.O., guruhi va kursi.

Bir professor-o‘qituvchiga ko‘pi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi.

Mazkur ish turining bajarilishi joriy o‘quv yilida talabaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, davlat stipendiyalari, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi bo‘lganligi hamda unga professor-o‘qituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

39.

Sport, madaniy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilgan tadbir nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.

40.

Talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalarida ularning ishlanmalari
va ishtirokiga rahbarlik qilish

Rahbarlik qilish rejalashtirilgan talaba (lar) guruhi, soni va muddati.­

Ta�abalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalarida professor-o‘qituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

41.

Tashkilotlarda ma’ruzalar qilish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Chiqish (ma’ruza)lar qilish rejalashtirish tadbirlar nomi va muddati.

Oliy ta’lim muassasasining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirilgan chiqishlar (ma’ruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”