05.07.2018 yildagi 1821-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Mamlakatimizda nogironlikni belgilash amaliyoti va uni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining joriy yil aprel oyida joylarga chiqib oʻrganishlari davomida mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 8-avgustda qabul qilingan “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hamda nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan suhbatlar jarayonida nogironlikni belgilashga taalluqli qator masalalar mavjudligi aniqlanib, bu borada sogʻliqni saqlash vazirining axborotini eshitish taklifi bildirilgan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Mamlakatimizda nogironlikni belgilash amaliyoti va uni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotni eshitib, Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda respublikada nogironlikni belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi, bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga koʻmaklashish maqsadida 2018-yil 9-martda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 190-sonli qaroriga koʻra Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati 16 yoshdan yuqori yoshdagi shaxslarga nogironlik guruhini, nogironlikning kelib chiqish sababini, nogironlik berish muddatini va kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga, ushbu xizmat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilashda ishtirok etmoqda va ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha nazorat ishlarini olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga nogironligi boʻlgan bola deb xulosa berish davlat tibbiyot muassasalari tibbiy-maslahat komissiyalari orqali amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tizimida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, 14 ta hududiy, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi, 5 ta tuman, 70 ta tumanlararo, 4 ta shahar va 14 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar natijasida nogironligi boʻlgan 16 yoshdan katta shaxslar 582,4 ming nafarni tashkil etib, shundan 12,4 ming nafariga birlamchi nogironlik belgilangan. Birlamchi nogironlik belgilanganlar orasida qon aylanish tizimi kasalliklari bilan kasallanganlar 14,4 foizni, xavfli oʻsma bilan — 12,5 foizni, asab tizimi bilan kasallanganlar 10,8 foizni va ruhiy kasallar 10,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toifadagi shaxslar orasida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 1860 nafarni (15,0 foizni), II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 9513 nafarni (76,5 foizni), III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 1062 nafarni (8,5 foizni) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlikni asosli ravishda belgilashni taʼminlash maqsadida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va Bosh tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmati tomonidan ikki pogʻonali nazorat oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, birlamchi nogironlik belgilangan 8,0 ming nafar shaxsning (64,5 foiz) koʻrikdan oʻtkazilishi natijalari oʻrganildi, ulardan 2,5 ming nafarga yaqini qayta nazorat koʻrigidan oʻtkazildi va 13 nafarida (0,5 foiz) tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyalarining xulosalari oʻzgartirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy tashxis qoʻyish diagnostika va davolash uskunalari hamda malakali kadrlar bilan taʼminlangan 10 ta Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi, barcha viloyatlarda koʻp tarmoqli viloyat tibbiyot markazlari, shu jumladan koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari tashkil qilingan. Ushbu markazlarda yiliga oʻrtacha 80 mingdan ziyod bemor davolanib, ularning 20 — 30 foizini imtiyozga ega boʻlgan aholi, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irsiy va tugʻma nuqsonli nogironligi boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish, bolalikdan nogironlikni kamaytirish maqsadida bugungi kunda respublikaning 11 ta hududida “Ona va bola” skrining markazlari tashkil etilib, ularda nasliy va tugʻma kasalliklarga chalinish xavfi boʻlgan guruhga mansub oilalar tibbiy-genetik tekshiruvlardan oʻtkazilib, nogiron bolalar tugʻilishining oldi olinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga hozirgi kunda respublikada 1 ta Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, 10 ta hududiy reabilitatsiya markazi faoliyat yuritib kelmoqda. Biroq Buxoro, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida hozirgacha bunday markazlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2018-yilning birinchi choragida Tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyalari tomonidan nogironligi boʻlgan 2049 nafar shaxsga ishga joylashish uchun yoʻllanma berilgan boʻlsa-da, shundan bor-yoʻgʻi 248 nafari (12,1 foiz) bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan ishga joylashtirilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Mamlakatimizda nogironlikni belgilash amaliyoti va uni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikka oid boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ularning oʻz vaqtida hamda toʻliq qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashni toʻliq qamrab oluvchi yagona tizimni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspertiza jarayonining shaffofligini taʼminlash, sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik, hujjatlarning amal qilish mexanizmini yanada soddalashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalikdan nogironlikni aniqlashdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish maqsadida tizimda pediatriya tibbiy-maslahat komissiyalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida hududiy reabilitatsiya markazlarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikka oid masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, mazkur masalalarni qamrab oluvchi yagona hujjatni qabul qilish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, YUNISEF va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ilgʻor chet el tajribasini oʻrganish hamda nogironlikni belgilash mezonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari va davolash-profilaktika muassasalarining dispanser nazoratidagi bemorlarni maqsadli davolash orqali nogironlikning oldini olish borasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish yuzasidan hududiy (viloyat, tuman, shahar) va respublika dasturlarini ishlab chiqish, ularning ijrosini taʼminlashni tashkil etish va muvofiqlashtirishda tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining oʻrni va rolini keskin oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturining yanada takomillashtirilgan shakllarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalaridagi boʻsh turgan oʻrinlarni tajribali, halol, yuqori malakali kadrlar bilan doimiy ravishda toʻldirib borishni va ularning malakasini oshirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining nogironlikni belgilash masalalari boʻyicha xabardorligi darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish chora-tadbirlarining taʼsirchanligini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1821-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 04/18/1821-III/1905-son)