Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Litsenziya talablari va shartlari

3-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

4-bob. Litsenziya olish uchun arizani ko‘rib chiqish tartibi

5-bob. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi

6-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish tartibi

7-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish

8-bob. Litsenziyani to‘xtatish, tugatish, amal qilishini tiklash va bekor qilish tartibi

9-bob. Reyestrni yuritish

10-bob. Litsenziyalovchi organ qarorlari ustidan shikoyat qilish

11-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash SXEMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish uchun ARIZA

2-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimi

3-bob. Ariza beruvchini akkreditatsiyadan o‘tkazish

4-bob. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash

5-bob. Sifatga hamda o‘rnatilgan talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish

6-bob. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri

7-bob. Vakolatli organ qarorlari yuzasidan shikoyat qilish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish SXEMASI

2-ILOVA
Xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, shu jumladan kasbiy ko‘nikmalarini va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun ARIZA

3-ILOVA
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlsh tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xodimlar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish

3-bob. Xorijda ish beruvchilarni izlash

4-bob. Talabgorlar tanlab olinishini tashkil etish va amalga oshirish

5-bob. Talabgorlarni ketishdan oldin moslashtirish

6-bob. Talabgorlarni jo‘natish

7-bob. Mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi

8-bob. Yakunlovchi qoida

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish to‘g‘risida DALOLATNOMA

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari

3-bob. Agentlik huquqlari va javobgarligi

4-bob. Agentlik mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati

5-bob. Agentlikka rahbarlik qilish

6-bob. Yakunlovchi qoida

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi

3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi

4-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va mablag‘larini boshqarish

5-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ular bo‘yicha hisobot tuzish va ulardan foydalanishni nazorat qilish

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sxemasi *

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining TARKIBI

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining TUZILMASI

8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza;
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga ko‘ra, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining malaka, bilim va ko‘nikmalarga egaligini baholash tartibini belgilaydi.
ushbu Nizomning 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza;
ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan;
Ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda akkreditatsiya sudning qarori bilan, boshqa hollarda esa vakolatli organning qarori bilan bekor qilinadi.
Agentlik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuborilgan talabnoma asosida bir ish kuni davomida yuboruvchi tashkilotlardan va O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesidan olingan axborot asosida Ish beruvchilar reyestriga kiritiladi.
29. Guruh tuzish yakunlari bo‘yicha yuboruvchi tashkilot ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha namunaviy shartnomaga binoan xorijda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida talabgor bilan shartnoma tuzadi.
37. O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabgorni ishga joylashtirish to‘g‘risida hujjat tuziladi. Unga shuningdek talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomalarining nusxalari ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga
joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida
NAMUNAVIY ShARTNOMA

Ushbu shartnoma Ustav hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan 201___ yil “____” _____ dagi ______-son litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatuvchi __________________ direktori nomidan ______________________________ (keyingi o‘rinlarda Yuboruvchi tashkilot deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda Talabgor deb ataladi), (keyingi o‘rinlarda Tomonlar deb ataladi) quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb ataladi) tuzdi:

1. Shartnoma maqsadi

1.1. Yuboruvchi tashkilot Talabgorga______________________________ mutaxassisligi/kasbi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash, ketishdan oldin moslashtirish va xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
1.2. Talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasidagi namunaviy shartnoma (keyingi o‘rinlarda namunaviy shartnoma deb ataladi) mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar olingach, ishga joylashtiriladigan davlat hududida imzolanadi.

2. Shartnomaning amal qilish muddati

2.1. Ushbu Shartnoma mehnat shartnomasida ko‘rsatilganmuddatga teng muddatda amal qiladi.
2.2. Mehnat shartnomasi muddati tugagach, xodim xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda uning muddatini uzaytirish huquqiga ega, bu esa tegishli ravishda mazkur shartnomani uzaytirishga sabab bo‘ladi.

3. Hisob-kitoblar miqdori va tartibi

3.1.Talabgor _________________________________ so‘m miqdorida yuboruvchi tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan

raqamlar va so‘z bilan

xizmatlarga haq to‘laydi;
3.2. Tomonlar ushbu Shartnomani imzolagach, Talabgor 2 (ikki) ish kuni davomida Yuboruvchi tashkilot xizmatlarining ushbu Shartnoma 3.1. kichik bandida ko‘rsatilgan qiymatini to‘laydi va bank to‘lov kvitansiyasining nusxasini Yuboruvchi tashkilotga taqdim etadi.
Agar Talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lov tasdiqlanmasa, Yuboruvchi tashkilot tasdiqnomani olgunga qadar barcha xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatib turish huquqiga ega.

4. Ishga joylashtiriladigan davlatda ishlash shartlari

4.1. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Talabgor, agar ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak.
4.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida yashash va boshqa ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq xarajatlar, odatda, Talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
4.3. Mehnat faoliyati davrida, ish haqi va boshqa to‘lov summalari mehnat shartnomasi asosida Talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasida aniqlanadi. Talabgorning ish haqi summasi xodimlarning tegishli toifasi uchun ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
4.4. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantining ish vaqti qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak. Shunga muvofiq mehnat shartnomasi asosida hafta davomida ish vaqtining davomiyligi aniqlanadi.
4.5. Xodimni ish vaqtidan keyin ishga jalb qilishga yo‘q qo‘yilmaydi. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida xodimning roziligi bilan o‘zaro bitim tuzilgan holat bundan mustasno.
4.6. Ish vaqtidan keyin, shuningdek, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun ishga joylashtiriladigan davlatning mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq to‘lanadi.
4.7. Mehnat faoliyati davrida xodim ishga yoki ish joyiga moslasha olmasa yoki mehnat majburiyatlarini muntazam buzsa, u o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zi yashaydigan mamlakatga qaytariladi.

5. Yuboruvchi tashkilotning huquqlari va majburiyatlari

5.1. Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni ishga joylashtirish, ularning malakasini oshirish/ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ishga joylashtiriladigan davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborishda quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Shartnoma talablarini buzgan va jo‘nab ketishdan oldin moslash�irish jarayonida ishtirok etmagan Talabgorlarni chetlashtirish; 5.1-bandning ikkinchi xatboshiga muvofiq chetlashtirilgan fuqarolardan ishlab chiqarish xarajatlarini o‘qitish soatlariga yoki yetkazilgan zararga teng miqdorda undirish.
5.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida Talabgorlar huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha Yuboruvchi tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasini Talabgorga taqdim etish va uni mazkur loyiha shartlari bilan batafsil tanishtirish;
xorijiy ish beruvchining asosiy talablari va ishga joylashtirish shartlari bo‘yicha Talabgorlarga umumiy axborot va tavsiyalar berish;
tibbiy ko‘rik yakunlari bo‘yicha sog‘lom deb topilgan Talabgorni mehnat faoliyatiga jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash jarayonini malakali o‘qituvchilar/mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish;
ishga joylashtiriladigan davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Talabgorning o‘quv-tayyorgarlik, moslashish (til bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan va kasb bilan bog‘liq) kurslari hamda tadbirlarida ishtirok etishini tashkil qilish;
imtiyozli chiptalarni xarid qilish uchun Talabgorni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bazasida albatta ro‘yxatdan o‘tkazish;
chiptalar xarid qilishda amaliy yordam berish va Talabgorlarni ishga joylashtiriladigan davlatga uyushgan holda jo‘natish;
Talabgorlarga ishga joylashtiriladigan davlatda hamrohliq qilish;
mehnat shartnomasi tugaguniga qadar ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
xorijiy ish beruvchining talablariga muvofiq Talabgorlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etish;
mehnat migrantlariga xorijiy ish beruvchilar tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun mo‘ljallangan darajadan past bo‘lmagan darajada munosib mehnat qilish va yashash sharoitlari normalariga rioya etish;
xodim mehnat faoliyatini boshlagan da�rdan boshlab, uni ishlab chiqarishdagi ko‘ngilsiz hodisalardan, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ko‘ngilsiz hodisalardan tibbiy sug‘urta qilishni xorijiy ish beruvchi bilan birgalikda ta’minlash.

6. Talabgorning huquqlari va majburiyatlari

6.1. Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish;
ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilingan taqdirda, shaxsiy huquqlar va erkinliklar, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan foydalanish;
ishga joylashtiriladigan davlat hud�dida mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida olingan ish haqidan va boshqa daromadlardan erkin foydalanish;
sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini talab qilish va ulardan foydalanish;
xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat faoliyatini amalga oshir��� davrida yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun Yuboruvchi tashkilotga va O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasiga/konsullik muassasalariga bevosita murojaat qilish.
6.2. Ushbu shartnomaga muvofiq Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qat’iy rioya etish va mazkur davlat an’analarini hurmat qilish;
ushbu Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni ishga joylashtiriladigan davlatga jo‘nab ketishidan oldin to‘lash;
belgilangan ichki tartibga rioya qilish hamda o‘qitish va moslashtirish jarayonida albatta ishtirok etish;
ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish, mehnat faoliyatini xorijiy ish beruvchi va mehnat migranti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshirish;
ishga joylashtiriladigan davlat hududida bo‘lish tartibiga rioya qilish;
ushbu Shartnoma majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiladigan/uni murakkablashtiradigan holatlar yuzaga kelganda, Yuboruvchi tashkilotga murojaat qilish;
xorijiy ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilish;
mehnat shartnomasi muddati va ishga joylashtiriladigan davlatda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish (viza) muddati tugagach (yoki xorijiy ish beruvchi bilan kelishilgan holda muddat tugashidan oldin) o‘zi yashaydigan mamlakatiga o‘z vaqtida qaytib kelish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat (patent) olgunlariga qadar yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplash.
6.3. Talabgor fuqarolik-huquqiy munosabatlar doirasida yuzaga keladigan qarz majburiyatlari va ularning oqibatlari uchun shaxsan o‘zi javob beradi (Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat (patent) olmaganligi va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirganligi sababli).

7. Qo‘shimcha shartlar

7.1. Ishga joylashtiriladigan davlat hududiga kelgandan keyin barcha javobgarlik quyidagi hollarda Talabgor zimmasiga yuklanadi:
agar mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa/xorijiy ish beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa;
Talabgor talab etilgan mutaxassislikka va/yo�i xorijiy ish beruvchining boshqa talablariga mos kelmasa;
uzrsiz/noma’lum sabablarga ko‘ra ish joyida bo‘lmasa.
7.2. Mehnat migranti ishlab chiqarishda jarohat olsa/mayib bo‘lsa, tibbiy xizmat ko‘rsatish va/yoki o‘zi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Yuboruvchi tashkilot tomonidan va/yoki sug‘urta kompaniyasi hisobidan qoplanadi.
7.3. Mehnat migranti halok bo‘lsa/ishlab chiqarishda jarohat olsa, uning hayotiga va/yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik Yuboruvchi tashkilot/sug‘urta kompaniyasi zimmasiga yuklanadi. Mehnat migranti halok bo‘lsa, jasadni (jasad qoldiqlarini) O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bo‘yicha xarajatlar yuboruvchi tashkilotlar va/yoki sug‘urta kompaniyasi hisobidan amalga oshiriladi.
7.4. Mehnat migranti ishlab chiqarish jarayonidan boshqa vaqtda jarohat olganligi tufayli mehnat faoliyatini davom ettirish imkoni bo‘lmasa, tibbiy xizmat ko‘rsatish va/yoki o‘zi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar uning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
7.5. Mehnat migranti ishlab chiqarish jarayonidan boshqa vaqtda jarohat olishi va/yoki baxtsiz hodisaga uchrashi oqibatida halok bo‘lsa, jasad (jasad qoldiqlari) sug‘urta kompaniyasi hisobidan olib kelinadi. Mehnat migrantining hayoti baxtsiz hodisalardan va/yoki o‘limdan sug‘urta qilinmagan bo‘lsa, jasadni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar mehnat migrantining shaxsiy jamg‘armasi va/yoki uning oila a’zolarining hisobidan amalga oshiriladi.
7.6. Deportatsiya qilingan taqdirda, chiqarib yuborish bilan bog‘liq xarajatlar mehnat migranti zimmasiga yuklanadi.

8. Fors-major holatlar

8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan bilishi, oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin bo‘lmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major holatlari)tufayli yuzaga kelganligini va Tomonlar o‘z majburiyatlarini tegishlicha bajarish yuzasidan barcha mumkin bo‘lgan va o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan choralarni ko‘rganligini isbotlasa, javob bermaydi.
8.2. Quyidagilar fors-major holatlarga kiradi: harbiy harakatlar, tabiat kuchlari ta’siri (zilzila, suv toshqini va hokazolar), davlat organlari qarorlari.
8.3. Fors-major holatlar yuzaga kelishi to‘g‘risida Tomonlar bunday holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.
8.4. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amal qiladigan davrga ko‘chiriladi.

9. Nizolarni hal qilish

9.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan yoki mazkur majburiyatlarni bajarish chog‘ida yuzaga keladigan barcha nizolar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
9.2. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bil�n nizolar hal etilmasa, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sudda hal etiladi.

10. Yakunlovchi qoidalar

10.1. Ushbu Shartnoma 2 ta (ikkita) nusxada tuzilib, ular bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
10.2. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
10.3.Ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

11. Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:

Tashkilot nomi

Talabgor

______________________________________
______________________________________
STIR ______________STIR ______________
______________________________________
______________________________________
______________________________________

M.O‘.

imzo, F.I.O.imzo, F.I.O.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan xarajatlar uchun Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Mablag‘lar sarfini tashkil etish sxemasiga muvofiq ushbu Nizomga ilovaga binoan tasdiqlangan yo‘nalishlarga asosan foydalaniladi.
Ushbu Nizom 6-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni tez va shoshilinch moliyalashtirish zarurati yuzaga kelsa, Agentlik vakolatxonasi va Agentlik xarajatlarni belgilangan limit doirasida mustaqil moliyalashtirish vakolatiga ega. Shoshilinch xarajatlarni moliyalashtirish uchun Agentlik vakolatxonasiga Agentlikning har bir vakolatxonasi uchun belgilanadigan umumiy limit doirasida korporativ bank kartasi ochiladi.
Agentlik vakolatxonasi Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda foydalanishda Agentlik hamda Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishgan holda, boradigan mamlakatning qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, Agentlik vakolatxonalarini, shu jumladan marosim xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar, transport va logistika kompaniyalari, tibbiyot muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, yuridik xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar, huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarni Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma asosida jalb qilish huquqiga ega.
Agentlik tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun talabnoma rasmiylashtiradi va uni Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboradi.
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan vazifalar moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

T/r

Jamg‘arma mablag‘lari xarajatlari yo‘nalishlari

Xarajatlarni to‘lash uchun talab qilingan hujjatlar

Nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar

Moliyalashtirish limiti**

1.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgan va kamsitilgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablag‘siz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam berish

1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (Agentlik) vakolatxonasiga ariza.
2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yo‘qolgan hollar bundan mustasno).
3. Xorijda mehnat �aoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablag‘siz qolgani to‘g‘risida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud bo‘lsa).

1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq to‘lash;

3 ming AQSh dollarigacha

2. 3 kecha-kunduzgacha xostellar va sutkalik mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash (mablag‘siz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun);

0,3 ming AQSh dollarigacha

3. Murojaat qilgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha ishga joylashtiriladigan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish;

4. O‘zbekistonga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yo‘l (platskart vagonlar) chiptalari haqini to‘lash;

transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish.

2.

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, o‘tkir yoki og‘ir kasalga chalingan fuqarolarga, agar ular mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘lay olmasa, tibbiy xizmat ko‘rsatish

1. Mablag‘lar yoki tibbiy sug‘urta polisi yo‘qligi sabablarini ko‘rsatgan holda Agentlik vakolatxonasiga ariza (shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatilgan hollar mustasno);
2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish muddati 7 va undan ortiq kunni tashkil etsa, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi);
4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (hujjat).

1. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sog‘liqni saqlash muassasalariga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘liq yoki qisman to‘lash, shu jumladan mehnat migratsiyasiga yuborilayotgan/undan qaytayotgan shaxslar yo‘l-transport hodisalariga uchragan bo‘lsa, ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;

1,5 ming AQSh dollarigacha

2. Sug‘urta polisi hisobiga xarajatlar to‘lanmaganligi sababi to‘g‘risida xorijiy ish beruvchiga va sug‘urta kompaniyasiga so‘rov yuborish;

3.O‘zbekistonga qaytish uchun, shu jumladan og‘ir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda O‘zbekistonga qaytish uchun avia va temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash.

transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

3.

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jasadlarini, shuningdek mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohatlar olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini olib kelish

1. Agentlik vakolatxonasiga ariza (fuqarolar vafot etgan bo‘lsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi).
2. Vafot etgan fuqaro pasportining ko‘chirma nusxasi.
3. Agar migrant ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan bo‘lsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan o‘limni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
4. Og‘ir jarohatlar olganligi va mayib bo‘lganligi to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi (ko‘chirmalar, xulosalar, kasallik tarixi).

1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga ko‘ra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini to‘lash;

1 ming AQSh dollarigacha

2. Vafot etgan shaxsning jasadini O‘zbekistonga tashish bo‘yicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini to‘lash;

transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

3.O‘zbekistonga qaytish uchun, shu jumladan og‘ir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda O‘zbekistonga qaytish uchun avia va temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash.

transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

4.

Avval xorijga uyushgan holda olish doirasida ishlashga yuborilgan va ishga joylashtirilgan mamlakat qonun hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, to‘langan mablag‘larni keyinchalik mazkur fuqarolar hisobidan qoplash, shuningdek xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan shartlar bajarilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish

1. Agentlik vakolatxonasiga ariza.
2. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining deportatsiyani (chiqarib yuborishni) tasdiqlashi (qaror, xulosa, ma’lumotnoma va hokazolar).
5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik, O‘zbekiston rekruting tashkilotlar, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatlari organlari xulosalari).

1. O‘zbekistonga qaytgunga qadar mehmonxonalar va sutkalik mehmonxonalar xizmatlari haqini to‘lash (mablag‘siz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun);

1 ming AQSh dollarigacha

2. Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish (xorijiy ish beruvchi ishga joylashtirish shartlarini buzganda);

3. O‘zbekistonga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yo‘l (platskart vagonlar) chiptalari haqini to‘lash;

transport kompaniyalari narxlariga muvofiq

4. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish (deportatsiya va chiqarib yuborish faktlari bundan mustasno);

5. Fuqarolar O‘zbekistonga qaytib kelgach, ularni qaytarishga sarflangan mablag‘larni qoplash to‘g‘risida shartnoma tuzish.

5.

Ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish, jihozlash va ta’minlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash

1. Agentlikning markaz tashkil etish zarurati to‘g‘risidagi iltimosi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash.
3. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash (zarur bo‘lsa) va jihozlash bo‘yicha xarajatlar smetasi, shuningdek asbob-uskunalar yetkazib berish uchun kontraktlar (loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchi belgilangan tartibda saralangandan keyin).

1. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha loyihalashtiruvchilar va pudratchilarni, shuningdek asbob-uskunalar yetkazib beruvchilarni tanlash;
2. Moliyalashtirish:
tasdiqlangan rejalarga muvofiq, zarur bo‘lsa, parallel loyihalashtirish va qurish shartlari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari;
tasdiqlangan shartnomalarga muvofiq asbob-uskunalar yetkazib berish

tasdiqlangan smetalar va tuzilgan kontraktlarga muvofiq

6.

Xorijda fuqarolarni uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalari bo‘�icha axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish

1. Agentlikning axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Axborot-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirish uchun shartnomalar (roliklar, maqolalar, e’lonlar, flayerlar, risolalar, bukletlar, bannerlar va hokazolar).

1. Reklama-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlovchilarni saralash;
2. Tuzilgan shartnomalarga muvofiq axborot-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirishni moliyalashtirish.

10 ming AQSh dollarigacha

7.

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash

1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarni tashkil etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Markaz tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i.
3. Vakolatxona tashkil etishga sarflanadigan xarajatlar smetasi.
4. Vakolatxonaning shtat jadvali.

1. Vakolatxona ochishni O‘zbekiston Respublikasidagi va ishga joylashtiriladigan mamlakatdagi vakolatli organlar bilan kelishish.
2. Moliyalashtirish:
vakolatxona binolari va xonalarini kapital hamda joriy ta’mirlash (zarur bo‘lsa);
vakolatxona xodimlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish;
vakolatxona ochilgandan keyin dastlabki 3 oyda tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq vakolatxona binolari va xonalari hamda xodimlar uy-joylari ijara haqini to‘lash.

tuzilgan shartnomalarga muvofiq

8.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib ko‘rib orqali monitoring o‘tkazish

1. Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib ko‘rib orqali monitoring o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlikning monitoring o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i.
3. Safarga yuborish uchun reja-vazifa va xarajatlar smetasi.


Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq, biroq 5 sutkadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashni moliyalashtirish


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”