24.08.2018 yildagi 25-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir taxlitda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972, 498-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati, shuningdek prokuror va uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasining to‘rtinchi qismi hamda JPK 498-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq hukmning o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida e’tirof etilmagan, biroq o‘zining haqiqiy holatiga ko‘ra sud himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi.
Belgilangan muddatlarda bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4977-moddasi hamda 479-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, shuningdek JPK 499-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan JPK 4979-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq o‘n kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
5. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 500-moddasi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng berilgan shikoyat (protest), basharti unda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar (mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini ko‘paytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qo‘shilgan holda hisoblanishi kerak. Bir yillik muddat o‘tgandan so‘ng berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) qo‘rib chiqilmaydi va uni bergan shaxsga qaytariladi.
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) JPK 500-moddasida ko‘rsatilgan bir yillik muddat o‘tgunga qadar berilgan bo‘lib, mazkur muddat ish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar o‘tib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
7. JPK 4977, 5021-moddalarida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart..
9. Jinoyat protsessi ishtirokchisining o‘z shikoyati (protesti)ga o‘zgartirish kiritish huquqi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Biroq, JPK 4977-moddasi birinchi qismining 4-bandi mazmuniga ko‘ra, mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga apellatsiya shikoyati (protesti) talablari faqat sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish uchun belgilangan muddatlarda, kassatsiya shikoyati (protesti) talablarini o‘zgartirish esa, JPK 500-moddasida nazarda tutilgan muddatda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
JPK 4974, 500-moddalarida belgilangan muddatlar o‘tgandan so‘ng berilgan, mahkumning ahvolini og‘irlashtirishga qaratilgan talablar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan e’tiborga olinmasligi kerak.
10. JPK 4978, 503-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs o‘z shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi, 502-moddasi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
13. JPK 480-moddasi birinchi qismi mazmuniga ko‘ra apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mazkur instansiyada davlat ayblovini quvvatlash vakolatiga ega bo‘lgan prokurorni har bir ish bo‘yicha oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
Ayni paytda, qonunga ko‘ra apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart bo‘lib, bunday holda, JPK 25-moddasi birinchi qismi hamda 51-moddasi birinchi qismi 6, 9-bandlari mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart (JPK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning muhokamasi, JPK 49711-moddasi va 49712-moddasi birinchi qismi, 506-moddasida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.
JPK 481-moddasiga muvofiq qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
JPK 494-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga faqat shu asoslarga ko‘ra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan va JPK 500-moddasida belgilangan muddat o‘tib ketmagan hollardagina haqli.
21. JPK 482-moddasiga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘la hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
22. Qandaydir sababga ko‘ra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat JPK 4975-moddasi tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa, apellatsiya instansiyasi sudi JPK 49717-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
23. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni o‘zgarishsiz qoldiradi.
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida ko‘rsatilgan asos mavjud bo‘lganda — hukmning ijrosini kechiktirishga;
24. JPK 484-moddasida hukm bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
ish bo‘yicha JPK normalari buzilgan bo‘lib, biroq ularning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning o‘zgartirilishiga olib kelsa;
sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bu xatoni, shu jumladan mahkumning ahvolini og‘irlashtirgan holda tuzatishi mumkin bo‘lsa;
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda — mahkumni jazodan ozod qilishga;
jazo miqdorini o‘zgartirib, JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yengilroq yoki og‘irroq jazo (asosiy va qo‘shimcha) tayinlashga yoxud JK 57-moddasini qo‘llagan holda boshqa jazo tayinlashga;
JK 59 yoki 60-moddasini qo‘llab, jazo miqdorini o‘zgartirishga;
26. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning qo‘shimcha jazo tayinlash haqidagi qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
27. JPK 494-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan faqat shu asoslarga ko‘ra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina og‘irroq bo‘lishi mumkin.
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda bo‘yicha jazo belgilashga haqli.
28. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasi uchinchi qismi) noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazolarni qo‘shish prinsipiga o‘tishi mumkin. Bunda, agar shu asoslarga ko‘ra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilmagan yoki prokuror tomonidan protest bildirilmagan bo‘lsa, yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Agar mahkum JK turli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini o‘zgartirib, o‘sha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
30. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm so‘zsiz bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida ko‘rsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga ko‘ra ko‘rilayotganligidan qat’iy nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.
Agar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qo‘llanilishini istisno etuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda bo‘yicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim bo‘lgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
33. JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, hukm apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli o‘zgartirishga haqli emas.
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
38. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi JPK 496-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi, jumladan, unda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
39. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etishi mumkin.