O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
1) O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar va majlislarning ochilishi hamda yopilishi vaqtida;
2) Yangi yil kechasi Toshkent vaqti bilan soat 24 da respublika televideniyesi va respublika radiosi orqali; O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umumxalq bayramlari kunlarida respublika televideniyesi orqali — dasturlarning boshlanishida; har kuni O‘zbekiston radiosi respublika ichki radioeshittirishlar orqali dasturlarning boshlanishi va tugallanishi oldidan;
3) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat va harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va san’at arboblari sharafiga o‘rnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi vaqtida;
4) davlat idoralari, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari tomonidan o‘tkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini ko‘tarish chog‘ida;
5) rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy mamlakatlarning davlat boshliqlari va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish vaqtida — tegishli xorijiy davlatning Davlat madhiyasi ijro qilib bo‘linganidan keyin ijro etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda davlat idoralarining, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari rahbarlarining qaroriga binoan boshqa hollarda ham ijro etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr ham xor tomonidan yoki o‘zga vokal va cholg‘u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‘u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to‘liq ijro etiladi, cholg‘u asboblarining o‘zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo‘l qo‘yiladi — ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo‘lgan kishilar madhiyani tik turib, erkaklar bosh kiyimini olgan holda yoki qo‘lini chekkasiga qo‘yib tinglaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy qismlarda, harbiy kemalarda ijro etish, shuningdek madhiya ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi — harbiy ustavlar bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki ishlar idoralarida ijro etish, shuningdek madhiya ijro etilayotgan paytda ichki ishlar idoralarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning salom berishi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilab qo‘yadigan qoidalar bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv yurtlarida ijro etish — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalar bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.
Xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘sha mamlakat tajribasi va mahalliy urf-odatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
Ichki ishlar idoralarida, o‘quv yurtlarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar o‘tkazgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning aniq bajarilishini kuzatib borish davlat idoralarining, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalarining rahbarlari zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ko‘tarish vaqtida ijro etiladigan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunning aniq bajarilishini kuzatib borishi shart bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar zimmasiga ham yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.