07.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3049
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari shuningdek nikoh uylari (bundan buyon matnda FHDY bo‘limi deb yuritiladi) xodimlari martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
3. FHDY bo‘limlari xodimlarining martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktori buyrug‘iga asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladigan FHDY bo‘limlari xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.