Joylarda boshqaruv kadrlari malakasini oshirishning sifatini yaxshilash, tinglovchilarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida Akademiyaning hududiy filiallarini (keyingi o‘rinlarda hududiy filiallar deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hududiy filiallarda direktor, bosh mutaxassis, bosh metodist va texnik xodim lavozimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi tizimidagi ta’lim muassasalarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab qisqartirilishi hisobiga ajratilsin.
zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda, joylarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarida mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yo‘naltirilgan, shuningdek, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mas’ul xodimlari uchun vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb etgan holda doimiy asosda o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
o‘quv-amaliy seminarlar doirasida tinglovchilarda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni sifatli bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash.
3. Hududiy filiallarga Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, shuningdek, maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Akademiyaning fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qilishi belgilansin.
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mas’ul xodimlari tarkibidan shakllantiriladigan buyurtmalar asosida hududiy filiallarda malaka oshirish rejalari Akademiya tomonidan tasdiqlanadi;
hududiy filiallarda o‘quv jarayoni zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda boshqaruv kadrlari ko‘nikmalarini shakllantirish, interfaol mashg‘ulotlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, hududlarda yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilish va hal etish asosida tashkil etiladi;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan hududiy filiallardagi o‘quv jarayoniga yuboriladigan shaxslar hududiy filiallarning tegishli dasturlari asosida Akademiyada o‘qitiladi;
hududiy filiallarda o‘quv rejadagi fanlarni o‘qitish uchun professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar shtat va soatbay asosda jalb etiladi;
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslarida ish joyidan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun o‘qish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
6. Hududiy filiallar oliy ta’lim muassasalarining binolarida “nol” stavkadagi ijara to‘lovi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda 2-ilovaga muvofiq jadval bo‘yicha joylashtirilsin.
malaka oshirish davrida boshqa hududlardan kelgan tinglovchilar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarga tegishli oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalaridan va Akademiya mehmonxona kompleksidan yashash uchun belgilangan tartibda joy ajratilishini;
tinglovchilar tegishli oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazidan belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlab borsin.
8. Belgilansinki, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab, malaka oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga ko‘paytiriladi.
Akademiya rektoriga malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga:
ularning ko‘pi bilan 20 foiziga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilash;
shartnoma asosida jalb qilingan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun soatbay ish haqining miqdorini belgilangan miqdordan ikki yarim baravargacha yuqori etib belgilash huquqi berilsin.
hududiy filiallarda boshqaruv kadrlari, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davomiyligi bir oydan oshmagan qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha malaka oshiradilar;
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslariga faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari va mas’ul xodimlari davlat granti asosida qabul qilinadi;
hududiy filiallar faoliyatini uslubiy ta’minlash hamda malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlar uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish Akademiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan boshqaruv kadrlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Akademiyaning talabnomasi bo‘yicha 2018-yilning 15-avgustiga qadar hududiy filiallarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joylashtirish uchun oliy ta’lim muassasalaridagi kerakli xonalarni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirgan holda ajratilishini ta’minlasin;
hududiy filiallar faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bir oylik muddatda:
hududiy filiallarning zamonaviy axborot-telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishi va doimiy ravishda butunjahon axborot Internet tarmog‘iga ulanishini;
hududiy filiallarning respublika hududlaridagi ishtirokchilar hamda Akademiya bilan o‘zaro videokonferensiyalar va masofaviy treninglar o‘tkazish uchun “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanishini;
Akademiya va hududiy filiallarning O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga hamda yetakchi xorijiy litsenzion axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini ta’minlasin.
masofaviy ta’limni tatbiq qilgan holda o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullari, shuningdek, o‘quv adabiyotlari, zamonaviy o‘quv jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin;
b) ikki hafta muddatda hududiy filiallar to‘g‘risidagi namunaviy nizomni hamda ularning tuzilmasini tasdiqlasin.
2018-yilda hududiy filiallar faoliyatini tashkil etish va ularni saqlash, shuningdek, mebel, o‘quv hamda masofaviy ta’lim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash yuzasidan Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha zarur budjet mablag‘larini ajratsin;
2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hududiy filiallarni saqlash xarajatlarini hisobga olgan holda Akademiyaga zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy filiallarga malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlarni samarali tashkil etish bo‘yicha har tomonlama yordam berilishini ta’minlasin.
16. Akademiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
T/r | Hududiy filiallarning nomlanishi | Oliy ta’lim muassasasining nomi | Qamrab olinadigan hududlar |
1. | Guliston hududiy filiali | Guliston davlat universiteti | Jizzax va Sirdaryo viloyatlari |
2. | Qarshi hududiy filiali | Qarshi davlat universiteti | Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari |
3. | Samarqand hududiy filiali | Samarqand davlat universiteti | Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari |
4. | Urganch hududiy filiali | Urganch davlat universiteti | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati |
5. | Farg‘ona hududiy filiali | Farg‘ona davlat universiteti | Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari |