O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qarori (ro‘yxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“13. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yo‘riqnomaning 141-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
“141. Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
“16. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar o‘zlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida o‘zi bilan olib ketishi lozim.”.
4. 25-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Milliy” degan so‘z “Davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.