13.07.2018 yildagi PQ-3852-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2022
 LexUZ sharhi
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
3. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining tegishli ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)
“Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitib borsin, keyinchalik tegishli yo‘nalishlarda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashni ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan chora ko‘rish yuzasidan takliflar kiritsin;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Korxonalarni ro‘yxatga olish

1.

Quyidagi tartibni o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritish, unga muvofiq:

barcha davlat va bank-moliya tashkilotlarining axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — xizmatlar ko‘rsatishda ularni identifikatsiya qilish uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalaniladi;

Idoralararo axborot ayirboshlashda boshqa identifikatorlardan foydalanish, shuningdek, jismoniy va yuridi� shaxslardan identifikatorlari boshqa bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish taqiqlanadi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
DPM (N. Turaxodjayev),
IIV (P. Bobojonov),
DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2.

Arizachilarni sirtdan identifikatsiya qilish uchun Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) talablariga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar muassis bo‘lganlari taqdirda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularga masofadan turib bank hisobvaraqlari ochish huquqini berish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Adliya vazirligi (R. Davletov), SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

3.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash to‘g‘risida talab qo‘yish taqiqlanadi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

SSP (A. Ikramov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

4.

O‘rnatiladigan tartibga muvofiq tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizachilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasida:

soliqqa tortish tartibini (umumo‘rnatilgan soliqlarni to‘lash yoki soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash);

yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxs direktori funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxsni ko‘rsatadilar.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), DSQ (B. Musayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

5.

Ustav fondining minimal miqdorini shakllantirish litsenziya talablarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno qilingan holda, ustav fondi (ustav kapitali)ning minimal miqdori yuridik shaxslar uchun majburiy ravishda mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘u�omov),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), DSQ (B. Musayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

6.

Hujjatlarda buxgalter imzosi qo‘yilishi majburiyligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish xususida qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish unga muvofiq buxgalterlik hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatlaridan foydalanish buxgalterlik hisobi subyekti rahbarining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

7.

Yuridik shaxs to‘g‘risidagi asosiy axborot (firma nomi, identifikatsiya raqami, ro‘yxatga olingan sana, tashkiliy-huquqiy shakli, manzil (joylashgan manzili), direktorlar va muassislar to‘g‘risidagi (ularning ulushlari ko‘rsatilgan) ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda Internet tarmog‘idan ochiq foydalanishni ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil avgust

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),
Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov)

II. Qurilishga ruxsatnoma olish

8.

Yuridik shaxslarga yer uchastkalarini muayyan maqsadsiz, ammo mazkur yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan obyektlarni ko‘rsatgan holda doimiy foydalanishga taqdim etish masalasini o‘rganish va uning tartibini belgilash bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi
(A. To‘xtayev), “Yer�eodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
SSP (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Obyektlarning fizika ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha obyektlar murakkabligi toifalarining Klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
LBMA (Sh. Sodiqov)

10.

Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkaziladigan faoliyat turlari Ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda atrof-muhitga mahalliy ta’sir qiluvchi toifaga kiradigan ayrim obyektlarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va q�shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
(B. Qo‘chqorov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev)

11.

O‘rnatiladigan tartibga muvofiq qurilish organlari qurilish loyihalarini boshqa organlar, jumladan, arizachilarni jalb etmasdan idoralararo hamkorlik, shu jumladan elektron ko‘rinishidagi hamkorlik vositasida “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha davlat yong‘in nazorati hududiy organlari bilan kelishish funksiyasini bajaradilar.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), LBMA (Sh. Sodiqov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Shunday tartib o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritiladiki, unga muvofiq:

qurilish-montaj ishlari kelishilgan qurilish loyihasi asosida boshlanadi;
qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarning nazorat funksiyalari buyurtmachi tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangani to‘g‘risida yuboriladigan bildirishnoma asosida boshlanadi;
qurilishi tugallangan bino va inshootga egalik huquqi qabul qilish akti asosida davlat ro‘yxatiga olinadi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
LBMA (Sh. Sodiqov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Muhandislar milliy uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish. Shunday talab o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritilsinki, unga muvofiq qurilish vaqtida texnik nazoratni amalga oshirayotgan xodim muhandislar milliy uyushmasi a’zosi bo‘lishi yoxud tegishli malaka imtihonidan o‘tishi lozim.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

III. Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

14.

Tadbirkorlik subyektlarini “batamom tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha ishlarni bajarishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga ulanish sarf-xarajatlarini optimallashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“O‘zdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov)
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), LBMA (Sh. Sodiqov)

15.

Har bir yangi iste’molchi — tadbirkorlik subyekti bilan alohida-alohida shartnoma tuzish tartibini bekor qilgan holda oshkora oferta (taklif) asosida elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish tizimini joriy etish imkoniyatini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (D. Qo‘chqorov),
Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

16.

O‘rnatiladigan tartibga muvofiq vakolatli organ tomonidan elektr ta’minoti tarmoqlariga ulanish loyihalarini belgilangan muddatlarda kelishishni ta’minlamagan taqdirda mazkur loyiha kelishilgan deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“O‘zdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov),
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), UJKXKV (M. Soliyev)

17.

Elektr tarmoqlariga ulanadigan elektr qurilmalarning kuchlanish quvvatiga qarab iste’molchilar — tadbirkorlik subyektlarining elektr ta’minoti loyihalarini va elektr qurilmalarini ulashni kelishishning tabaqalashtirilgan muddatlarini belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“O‘zdavenergonazorat” DI (D. Isaqulov),
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)

18.

Choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’molining prognoz qilinadigan hajmiga buyurtma berish talabini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), LBMA (Sh. Sodiqov)

IV. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish

19.

Davlat soliq xizmati, qurilish organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va ichki ishlar organlarining “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy organlari bilan elektron hamkorlik qilish tartibini, shuningdek, zarur axborotni ichki idoraviy ayirboshlash tartibini takomillashtirish.

Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yer solig‘i va mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyektlarini hisobga qo‘yish to‘g‘risida arizalar taqdim etishlarini bekor qilish yuzasidan takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Bosh prokuratura huzuridagi byuro (B. Qudratxo‘jayev)
IIV (P. Bobojonov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

20.

Huquq turi yoki egasi o‘zgargan taqdirda ko‘chmas mulkning joriy parametrlarini yangilash maqsadida faqat mulkdorning so‘rovnomasi bo‘yicha texnik tekshiruvni amalga oshirish tartibini belgilagan holda texnik inventarizatsiyani o‘tkazish tartibini bekor qilish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Tadbirkorlik subyektlarining mulkini Internet tarmog‘ida joylashtirish orqali ko‘chmas mulk huquqi va ular bilan bo‘ladigan bitimlarning Davlat reyestri ma’lumotlarini erkin olishni ta’minlash. O‘rnatiladigan tartibga muvofiq Davlat reyestri tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulkka bo‘lgan ro‘yxatga olingan huquqlari to‘g‘risidagi rasmiy axborot manbai hisoblanadi, undagi mavjud axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Tashkiliy tadbirl�r. Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

22.

Quyidagi mexanizmni joriy etish:

real vaqt rejimida ko‘chmas mulk bo‘yicha murakkabliklar mavjudligi faktini ko‘rsatgan holda ko‘chmas mulk huquqi va u bilan bo‘lgan bitimlarning Davlat reyestridan ko‘chirmalar berish;

ko‘chmas mulk huquqi va u bilan bo‘lgan bitimlarning Davlat reyestridagi mavjud ma’lumotlarni masofaviy tarzda elektron shaklda aktuallashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
DSQ (B. Musayev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

23.

Ko‘chmas mulk huquqini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomani qog‘oz holida berish tartibini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

24.

Ko‘chmas mulk huquqini davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi nizolarni sudgacha tartibga solishning mustaqil mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil noyabr

“E�geodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov), LBMA (Sh. Sodiqov)

25.

Binolar va inshootlarning Davlat kadastrida va Davlat yer kadastrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlagan holda Milliy geografik axborot tizimi va Yagona davlat kadastrlari tizimini yaratish borasidagi ishlarni nihoyasiga yetkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil dekabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

26.

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olgan organ tomonidan tasdiqlangan ishonarsiz axborot asosida ko‘chmas mulk bo‘yicha halol bitim tuzgan tomonga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash mexanizmini yaratish masalasini o‘rganish. Natijalar bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish.

�ahliliy ma’lumotnoma

2018-yil noyabr

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi nizomlar bo‘yicha sud ishlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni majburiy e’lon qilish tartibini o‘rnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil noyabr

Oliy sud (K. Komilov)

V. Kreditlar olish

28.

Kreditlar to‘g‘risidagi axborot ayirboshlash tizimini takomillashtirish va quyidagilar orqali kredit byurolari faoliyatini tashkil etish:

kredit byurosiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, respublika hududlarida filiallar va vakolatxonalar ochish;

kredit axboroti yetkazib beruvchilar doirasini kengaytirish;

kredit byurosi bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron axborot ayirboshlashning zamonaviy usullarini tatbiq etish huquqini berish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil avgust

Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov),
UJKXKV (M. Soliyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Banklar assotsiatsiyasi (B. Xamidov)

VI. Merosxo‘r (minoritar) investorlarni himoya qilish

29.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

qarashli bo‘lgan shaxslar bilan bitim tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni 72 soat mobaynida jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilish;

jamiyatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan taqdirda, kuzatuv kengashining a’zosi, direktor yoki jamiyat boshqaruvi a’zosini aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlaridagi lavozimidan (kamida bir yil muddatga) sud tomonidan chetlashtirish;

katta hajmdagi bitimni yoki qarashli bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga ushbu bitimga taalluqli barcha hujjatlardan foydalanishni ta’minlash, davlat siri yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sir mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno;

jamiyat tomonidan joylashtiriladigan qo‘shimcha aksiyalarni sotib olishda aksiyadorlarning ustun huquqqa ega bo‘lishi;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varag‘iga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida faqat mazkur kengash a’zolaridan iborat bo‘lgan audit bo‘yicha qo‘mita tashkil etish;

aksiyalari fond birjasining kotirovkali varag‘iga kiritilgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zoni kiritish;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanagacha yigirma bir kundan kechiktirmay aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarni, aksiyalari fond birjasining kotirovkali varag‘iga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatining majburiyati haqidagi xabarni jamiyat tomonidan Yagona korporativ axborot portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, boshqa yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ning
5 foizi va undan ko‘proq foizlariga egalik to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish;

jamiyatga:

1) chalg‘ituvchi yoki bila turib yolg‘on axborot berish;

2) katta hajmdagi bitimlar va (yoki) qarashli bo‘lgan shaxslar bilan jumladan ular yoxud ularga qarashli bo‘lgan shaxslar tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitim tuzishga taklif va (yoki) ularni tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosini, direktori yoki jamiyat boshqaruv a’zosini javobgarlikka tortish mumkinligi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Oliy sud (K. Komilov)

30.

O‘rnatiladigan tartibga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:

aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalida ulushi o‘n besh foizdan kam bo‘lmagan xorijiy investorning mavjud bo‘lishi majburiyligi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;

tashkil etilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini xarid qilish (sotish) uchun xorijiy investorlar — norezidentlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisobvaraqlarni ochish va xorijiy valyutani xarid qilish (sotish)ga haqlidirlar, ularning investitsiyaviy vositachilari esa mijoz — norezident nomidan va uning hisobidan xorijiy valyuta xarid qilish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtma berish huquqiga egadirlar;

jamiyatlarning aksiyalari, korporativ va infratuzilmaviy obligatsiyalarini reklama qilish va taklif etish ularning chiqarilishi davlat ro‘yxatiga olingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil iyul

Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), SSP (A. Ikramov)

31.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish;

jamiyat qatnashchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaxsga sotishga haqlidir, faqat bunda jamiyatning boshqa a’zolari va jamiyatning o‘zi ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishdagi ustunlik huquqidan foydalanmagan bo‘lishi kerak;

jamiyat ulushining 50% va undan ko‘proq foiziga egalik qilayotgan shaxs (davlat bundan mustasno), o‘ttiz kun mobaynida qolgan ulushlarning egalariga, agar bunga qadar shaxs mazkur jamiyat ulushlariga egalik qilmagan yoki 50%dan kamroq ulushlarga egalik qilgan taqdirda unga o‘z ulushlarini bozor qiymatida sotish taklifini e’lon qilishi shart;
dividendlarni to‘lash muddati ularni to‘lash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirilmasligi zarur.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (Sh. Sodiqov),
SSP (A. Ikramov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Oliy sud (K. Komilov)

VII. Xalqaro savdo

32.

Tovarlar eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

eksport va import operatsiyalarini “yagona darcha” prinsipi asosida amalga oshirish mexanizmini hamma joyda tatbiq etishni ta’minlash;

xalqaro savdo-sotiqni yuritish talablarini savdo sheriklari bo‘lmish mamlakatlarning talablari bilan uyg‘unlashtirish;

elektron raqamli imzodan foydalangan holda barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish, shuningdek, boj to‘lovlari to‘lash tizimini interaktiv rejimda joriy etish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
LBMA (Sh. Sodiqov),
DBQ (M. Azimov),
“O‘zstandart” agentligi (A. Qurbanov),
SSP (A. Ikramov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

33.

Avtotransport vositalariga, texnologik uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlariga Rossiya Federatsiyasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

“O‘zstandart” agentligi (A. Qurbanov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov)

34.

Eksport qilishda vakolatli organ tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov),
SSP (A. Ikramov)

35.

Eksport kontrakti bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYEAT) tijorat banklarining axborot tizimlarini TSOYEAT bilan integratsiyalash orqali kiritish uchun eksport qiluvchilarning bankka murojaat etish amaliyotini tugatish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov), LBMA (Sh. Sodiqov),
DBQ (M. Azimov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

36.

Shunday tartib joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladiki, unga muvofiq vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish sertifikatini taqdim etish tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining deklaratsiyasi asosida ariza berilgandan so‘ng bir ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

TSV (J. Xodjayev),
DBQ (M. Azimov),
SSP (A. Ikramov),
LBMA (Sh. Sodiqov)

37.

Tovarlarni import qilishda TIF TN kodlari to‘g‘ri qo‘llanilgani to‘g‘risidagi ekspert xulosasini talab qilish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil avgust

TSV (J. Xodjayev), DBQ (M. Azimov),
“O‘zbekekspertiza” AJ (U. Abduganiyev),
SSP (A. Ikramov)

VIII. Shartnomalar bajarilishini ta’minlash

38.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini e’lon qilish majburiyligi to‘g‘risida norma belgilash yo‘li bilan iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud taftishining oshkoraligini ta’minlash, yopiq sud majlislarida chiqarilgan qarorlar bundan mustasno.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Advokatlar palatasi (Sh. Sodiqov)

39.

Summasi katta bo‘lmagan nizolar bo‘yicha da’voni iqtisodiy sudlar tomonidan soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Bosh prokuratura (O. Murodov)

40.

Quyidagi aniq muddatlarni belgilab, uning mobaynida;

iqtisodiy sud sudyasi ish yuzasidan birinchi majlisni o‘tkazishga majbur;

javobgar da’vogarning da’vo arizasini chaqirib olishni talab qilishga haqli

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Bosh prokuratura (O. Murodov)

41.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy seb-saytida:

iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqish davomiyligi to‘g‘risidagi;

qaror chiqarilgan iqtisodiy ishlar miqdorining ro‘yxatga olingan ishlar soniga nisbati haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinishini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov)

42.

Ishda qatnashuvchi sudyalar va shaxslarga quyidagilarni ta’minlaydigan elektron ish yuritish tizimini joriy etish:

sud amaliyoti ma’lumotlaridan foydalanish;

sudga taqdim etish lozim bo‘lgan hujjatlarning shakllarini monesiz olish;

yuritilayotgan barcha ishlar bo‘yicha sud taftishi jadvali to‘g‘risidagi axborotni avtomatik rejimda olish imkoniyati;

da’vo arizasi (elektron shakldagi da’vo arizasi) berilgan taqdirda sud bo‘yicha ish yuritishning borishini kuzatish mumkinligi.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil dekabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

43.

Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlar ko‘rib chiqilayotganda javobgarga elektron shaklda, maxsus tizim yoki elektron pochta orqali, faksimil aloqa yohud matnli xabar tarzida da’vo arizasini topshirish tartibini tatbiq etish imkoniyatini o‘rganish. Natijalarga ko‘ra asosli takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil sentyabr

Oliy sud (K. Komilov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

44.

Iqtisodiy sudlarning qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytida e’lon qilishning dasturiy ta’minotini joriy etishni nihoyasiga yetkazish. Iqtisodiy ishlarga oid qonuniy kuchga kirgan sud ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-saytiga erkin ulanishni ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil noyabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

45.

Iqtisodiy ishlarni sudyalar o‘rtasida avtomatlashtirilgan tartibda taqsimlash mexanizmini tatbiq etish bo‘yicha ishlarni tugallash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil dekabr

Oliy sud (K. Komilov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

IX. To‘lay olmaslik masalasini hal qilish

46.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritish:

bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik atamalarini umume’tirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish;

qarzdorga bankrotlik tartib-taomillari vaqtida qarzdorning faoliyat yuritishi uchun zarur shartnomalarni bajarishni davom ettirish huquqini berish;

shubhali bitimlar (narxi yoki boshqa shartlari taqqoslanayotgan holatlarda amalga oshirilayotgan ayni shunday bitimlarning narxi yoki boshqa shartlari bo‘yicha qarzdor uchun ancha yomon tomonga farq qiladigan bitim), shuningdek, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritila boshlangunga qadar qarzdor tomonidan bir kreditor oldida boshqa kreditorga nisbatan afzallik berilishiga olib keladigan bitimlarga e’tiroz bildirish mumkinligi;

taklif etilgan sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini ma’qullamagan kreditorlarga qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan miqdorga deyarli teng bo‘lgan kafolatlangan tarzda qoplangan miqdorini olish huquqini taqdim etish; sanatsiya yoki tashqi boshqaruv rejasini ma’qullash bo‘yicha ovoz berishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarni toifalarga ajratish, har bir toifadagi kreditorlarning alohida-alohida ovoz berishini va ayni bir toifaga kiritilgan kreditorlarga nisbatan yagona rejim qo‘llanilishini nazarda tutish;

bankrotlik tartib-taomillarining har bir bosqichi o‘tish muddatlarini optimallashtirish; tugatish tartib-taomili muddatini iqtisodiy sud uzaytirishga haqli bo‘lgan hodisalar va shart-sharoitlarning uzil-kesil ro‘yxatini belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil sentyabr

Raqobat davlat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),
LBMA (Sh. Sodiqov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Komilov),
SSP (A. Ikramov)

 LexUZ sharhi

T/r

Ko‘rsatkich nomi

Ko‘rsatkich uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ (tashkilot)

Ma’muriy tartib-taomillarda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar

1.

Korxonani ro‘yxatga olish

Adliya vazirligi

Davlat statistika qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Markaziy bank,

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

2.

Qurilishga ruxsatnoma olish

Qurilish vazirligi

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi,

“O‘zGAShKLITIDavlat unitar korxonasi

3.

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati

“O‘zdavenergonazorat” Davlat inspeksiyasi,

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

5.

Kredit olish

Markaziy bank

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

6.

Merosxo‘r (minoritar) investorlarni himoya qilish

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi

7.

Soliqqa tortish

Moliya vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank,

tijorat banklari

8.

Tashqi savdo

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

“O‘zstandartagentligi,
“O‘
zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Veterinariya davlat qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati,

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati,

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati,

“O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati

9.

Shartnomalar bajarilishini ta’minlash

Oliy sud

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

10.

To‘lay olmaslik masalasini hal qilish

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oliy sud
,

Adliya vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi