“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-son Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va oliy harbiy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarining fuqaro xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining” so‘zlaridan so‘ng “Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarining” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: