1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Vazirlar Mahkamasi | Quyidagilarni aniqlaydi va tasdiqlaydi: ochiq savdolarni o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi; noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar ochiq savdolar asosida beriladigan yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumot; ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari; ochiq savdolar qatnashchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari; ochiq savdolar g‘oliblarini aniqlashning asosiy va qo‘shimcha mezonlari; ochiq savdolarni o‘tkazish vaqti va joyini, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish joyi hamda qabul qilishning tugashi va vaqti (sanasi va soati); ochiq savdolarda qatnashish va litsenziyalarni berish uchun yig‘imlar miqdori; Yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | Zaruratga qarab | |||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so‘ng o‘zining rasmiy veb-saytida o‘tkaziladigan ochiq savdolar to‘g‘risidagi axborot joylashtiradi. | 3 kun | ||||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so‘ng so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini tayyorlaydi va realizatsiya qiladi. | 3 kun | ||||
2-bosqich | Buyurtmanoma beruvchi | Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanoma topshiradi. | Belgilangan muddatlarda | |||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Buyurtmanomalarni topshirish muddati yakunlangach ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga va Moliya vazirligiga kiritadi. | 1 kun | ||||
Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi | Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmanoma berish muddati yakunlanganidan so‘ng bir kun muddatda ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga kiritadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi va Davlat geologiya qo‘mitasi bir hafta muddatda noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish, qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladigan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi. | 7 kun | ||||
Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik-iqtisodiy asoslash: Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarni yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning qoidalari va me’yorlariga mosligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni bajarish bo‘yicha texnik va texnologik imkoniyatlarga doir hujjatlarning to‘g‘riligi, texnik va texnologik yechimlar usullarini ishlarni olib borishning belgilangan qoidalari va bexatar ishlash me’yorlariga mosligi, qazib olinadigan xomashyo tannarxining hisob-kitobi, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan; Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — atrof-muhit muhofazasi tadbirlarining Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi Davlat geologiya qo‘mitasiga asosiy natijalar, fikr-mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda o‘z vaqtida yozma xulosalar yuborishi shart. Idoralar xulosalari Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha ochiq savdo g‘oliblarini aniqlash uchun asos bo‘ladi. | ||||||
3-bosqich | Idoralararo komissiya | Taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va ochiq savdo g‘oliblarini belgilaydi. | 5 kun | |||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Ochiq savdo g‘oliblarini bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini to‘lash muddatini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. | 1 kun | ||||
Ishchi guruh | So‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini qayta tekshirishni amalga oshiradi. | 5 kun | ||||
Ochiq savdolar g‘olibi | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy taklif miqdorini to‘laydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolaydi. | 3 oy davomida | ||||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni rasmiylashtiradi va beradi. | 1 kun |