Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida

ILOVA
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar

1-§. Geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar

2-§. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya

3-§. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun o‘z ichiga noruda foydali qazilmalarni olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya

3-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari

4-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ridan foydalanish muddatlari

5-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga litsenziyalar berishning umumiy shartlari

6-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi

7-bob. Ochiq savdolar o‘tkazish asosida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi

8-bob. Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va davlat hisobiga olish va rasmiylashtirish tartibi

9-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va to‘xtatish

10-bob. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish

11-bob. Er qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yuzasidan nazorat qilish

12-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan foydali qazilmalar RO‘YXATI

2-ILOVA
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar asosida berish SXEMASI

3-ILOVA
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni ochiq savdolar natijalari bo‘yicha berish SXEMASI

3. Litsenziyalar, qoidaga ko‘ra, ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.
5. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan, daryo o‘zanlari, kanallar va kollektorlarni tozalashda litsenziya olish talab qilinmaydi.
20. Davlat geologiya qo‘mitasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan hollarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ochiq savdolar noruda foydali qazilmalar koni ushbu bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida keltirilgan mezonlarga muvofiq bo‘lishi sharti bilan ushbu Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
34. Ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilganda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.
58. Idoralararo komissiya ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha g‘olibni aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning 33, 36, 37, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bilan Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga buyurtmanoma beradi

Zarur bo‘lganda


Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini tekshiradilar;

global pozitsion tizim asboblaridan foydalangan holda burchak koordinatalarini tushirish yo‘li bilan yer qa’ri uchastkasining joylashish o‘rnini aniqlashtiradilar;

foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olingan bo‘lishi mumkinligi izlarini aniqlashtiradilar;

taqdim etgan hujjatlar bo‘yicha ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini o‘rganadilar;

texnik-iqtisodiy asoslashda keltirilgan xomashyoni qazib olish tannarxi to‘g‘ri hisoblanganligini tekshiradilar;

olib borilgan ishlar natijalari bo‘yicha tegishli axborotni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birga Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboradilar.

10 kun


2-bosqich

Davlat geologiya qo‘mitasi

Buyurtmanomani va hududiy bo‘linmalarning tegishli ma’lumotlarini o‘rganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

5 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Litsenziya berish haqida qabul qilingan qaror va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash zarurligi to‘g‘risida ariza beruvchiga ma’lum qiladi.

1 kun


Ariza beruvchi

Er qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va topshiradi.

1 kun

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Quyidagilarni aniqlaydi va tasdiqlaydi:

ochiq savdolarni o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi;

noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar ochiq savdolar asosida beriladigan yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumot;

ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;

ochiq savdolar qatnashchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari;

ochiq savdolar g‘oliblarini aniqlashning asosiy va qo‘shimcha mezonlari;

ochiq savdolarni o‘tkazish vaqti va joyini, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish joyi hamda qabul qilishning tugashi va vaqti (sanasi va soati);

ochiq savdolarda qatnashish va litsenziyalarni berish uchun yig‘imlar miqdori;

Er qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Zaruratga qarab


Davlat geologiya qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so‘ng o‘zining rasmiy veb-saytida o‘tkaziladigan ochiq savdolar to‘g‘risidagi axborot joylashtiradi.

3 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so‘ng so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini tayyorlaydi va realizatsiya qiladi.

3 kun


2-bosqich

Buyurtmanoma beruvchi

Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanoma topshiradi.

Belgilangan muddatlarda


Davlat geologiya qo‘mitasi

Buyurtmanomalarni topshirish muddati yakunlangach ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga va Moliya vazirligiga kiritadi.

1 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmanoma berish muddati yakunlanganidan so‘ng bir kun muddatda ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga kiritadi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi va Davlat geologiya qo‘mitasi bir hafta muddatda noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish, qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladigan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi.

7 kun

Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik-iqtisodiy asoslash:

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarni yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning qoidalari va me’yorlariga mosligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni bajarish bo‘yicha texnik va texnologik imkoniyatlarga doir hujjatlarning to‘g‘riligi, texnik va texnologik yechimlar usullarini ishlarni olib borishning belgilangan qoidalari va bexatar ishlash me’yorlariga mosligi, qazib olinadigan xomashyo tannarxining hisob-kitobi, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan;

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — atrof-muhit muhofazasi tadbirlarining Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi Davlat geologiya qo‘mitasiga asosiy natijalar, fikr-mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda o‘z vaqtida yozma xulosalar yuborishi shart.

Idoralar xulosalari Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha ochiq savdo g‘oliblarini aniqlash uchun asos bo‘ladi.


3-bosqich

Idoralararo komissiya

Taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va ochiq savdo g‘oliblarini belgilaydi.

5 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Ochiq savdo g‘oliblarini bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini to‘lash muddatini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.

1 kun


Ishchi guruh

So‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini qayta tekshirishni amalga oshiradi.

5 kun


Ochiq savdolar g‘olibi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy taklif miqdorini to‘laydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 oy davomida


Davlat geologiya qo‘mitasi

Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni rasmiylashtiradi va beradi.

1 kun


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”