[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2659-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 15-maydagi 01-02/13-27-sonli “Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi
qaroriga
(ro‘yxat raqami 2659-3, 22.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 4-fevraldagi 01-02/3-07-son qarori (ro‘yxat raqami 2659, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi
oltinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim.”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
01-02/3-44-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/2659-2/1351-son)