LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 403-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 982, 2000-yil 4-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 21-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 3.3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 3.6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Imtihon komissiyasi” degan so‘zlar “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 3.7-banddagi “imtihon komissiyasining” degan so‘zlar “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 3.8 va 3.9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 3.10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8. 3.13-banddagi “Komissiya” degan so‘z “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
9. 3.16-banddagi “komissiyaning” degan so‘z “Qo‘mitaning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10. 6.2-bandning to‘qqizinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Komissiyasi tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11. 6.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Markaziy bank” degan so‘z “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. 7.3-banddagi “Markaziy bank Komissiyasi” degan so‘zlar “Qo‘mita” degan so‘z bilan almashtirilsin.
14. 7.5-banddagi “Markaziy bankning” degan so‘zlar “Qo‘mitaning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
15. 8.13-banddagi “faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish” degan so‘zlar “prudensial nazorati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 1-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank auditi komissiyasi raisi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.