19.05.2018 yildagi 14-son
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy yoki ma’muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga ko‘ra, kelib tushganda sudya ariza FPKning 189, 190 va 191-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya faqat FPK 194, 195-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishga yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra, boshqa sudga o‘tkazishga haqli bo‘lib, bunda qonunda nazarda tutilgan asoslar ro‘yxati tugal ekanligi inobatga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizani qaytarish haqidagi sud ajrimi ustidan FPK 44-bobida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin va u bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi;
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qarshi da’voni u FPK 200-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasligi sababli qabul qilishni rad qilish haqidagi ajrim ustidan, bu holat sudga mustaqil da’vo taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmasligi tufayli, shikoyat berilmaydi.
Sudya FPK 204-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur harakatlarni bajarish choralarini ko‘rishi shart.
6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun FPK 202-moddasida belgilangan o‘n kunlik muddat alohida hollarda o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha (masalan, mulk huquqi vujudga kelishi yoki tugashi (shu jumladan, bitimlar, vorislik, davlat mulkini xususiylashtirish), yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha, shuningdek ekspertiza o‘tkazish, sud topshirig‘i yuborish, ishni ko‘rayotgan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida bo‘lgan fuqarolar yoki tashkilotlardan materiallar olish talab etiladigan ishlar bo‘yicha sudning asoslantirilgan ajrimi bilan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 207-moddasida nazarda tutilgan fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilishning umumiy va qisqartirilgan muddatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash tugagan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan yoki arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ishni boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kun qo‘shilgan holda hisoblanadi.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sud topshirig‘ini bajarish qonunda belgilangan barcha talablarga rioya etilgan holda sud majlisida amalga oshirilishi lozim (FPK 104 moddasi). Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPK 40-moddasiga binoan og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish huquqiga ega bo‘lib, ularning iltimosnomasiga asosan yozma tushuntirishlar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Taraflar va uchinchi shaxslar nomidan tushuntirishlarni ularning vakillari berishlari mumkin. Guvohlar bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilishi shart.
10. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan sud qarorini amalda ijro qilish FPK 106-moddasida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralari o‘z vaqtida va to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq.
11. FPK 156-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari sudning ayrim protsessual harakatlari, shuningdek ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadilar. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lsa, xabar elektron hujjat ko‘rinishda amalga oshiriladi.
12. FPK 213-moddasiga ko‘ra, sud majlisida hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilari shaxsi sud tomonidan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, xizmat guvohnomasi va boshqa hujjat) asosida aniqlanadi.
FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni sud majlisida ishtirok etish masalasini hal qilishda shuni nazarda tutish lozimki, qonunga asosan sudda professional faoliyat bilan vakil sifatida faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
14. Arizani ko‘rmasdan qoldirish oqibatlari mazkur huquqiy institutni qo‘llash asoslariga bog‘liq bo‘lganligi sababli, sud FPK 123-moddasi talablaridan kelib chiqib, o‘z ajrimida manfaatdor shaxslarga arizani ko‘rmasdan qoldirish oqibatlarini va bunga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish yo‘llarini tushuntirishi shart.
Arizani FPK 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
15. FPK 72-moddasi talablariga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqishda har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Bunda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, shuningdek ular taraflardan qaysi biri tomonidan isbotlanishi lozimligini belgilash qonun bilan sudning zimmasiga yuklatilgan.
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan, aloqadorlik (FPK 73-moddasi) va maqbullik (FPK 74-moddasi) talablariga javob beradigan har bir dalil sud muhokamasi davomida tekshirilishi lozim.
Keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi, FPK 39-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni ishga jalb qilish hollari bundan mustasno bo‘lib, bunday holda ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
20. FPK 118-moddasida belgilangan ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari muayyan holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bunday holatlar vujudga kelishi sud zimmasiga uni tiklash majburiyatini yuklashi sababli, sud mazkur holatlar vujudga kelgan-kelmaganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.
21. FPK 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi sifatida, faqat shaxs sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan, uning sud muhokamasida ishtiroki qonunga ko‘ra shart bo‘lgan yoki sud tomonidan shart deb topilgan hollarda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Majburiy keltirish haqidagi sud ajrimi ijrosi unda ko‘rsatilgan ichki ishlar organiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytda yoki ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinayotgan paytda hal qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tushuntirilsinki, sudga hurmatsizlik ko‘rsatganligi uchun shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish haqida FPK 150-moddasi tartibida chiqarilgan sud qarori ustidan FPK 44-bobida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) keltirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 315-moddasining birinchi qismi, 317-moddasining uchinchi qismi).
23. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 165-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha javobgarni (qarzdorni) qidirish ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida ham, sud muhokamasi davomida ham e’lon qilinishi mumkin.
24. FPK 254-moddasiga muvofiq da’vogarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda, sud da’vogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.
25. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ish faqat FPK 280-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan barcha holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni va uni tuzish tartibini belgilovchi FPK 277, 278-moddalari talablariga qat’iy rioya qilinishi, o‘z vaqtida bayonnoma yuzasidan e’tiroz bildirish va sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
27. Mazkur qaror qabul qilinishi, shuningdek qonunchilikka o‘gartirishlar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 19-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli, 2010-yil 14-maydagi 5-sonli, 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli va 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.