21.05.2018 yildagi 379-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda energiya resurslarini iste’mol qilish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-maydan boshlab qarzdorlar, shu jumladan, yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar to‘g‘risida barcha uchun ochiq ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda qarzdorlikni tekshirish deb ataladi) mavjudligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi, ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
qarzdorlik mavjudligini tekshirish ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) ma’lumotlar bazasi orqali onlayn rejimida tegishli yirik bitimlarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishdan avval amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Davriy to‘lovlarni to‘lashni nazarda tutadigan mulkiy tusga ega ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish faqat ushbu qaror 1-ilovasining 10 — 12-bandlarida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilayotganda jismoniy shaxsga nisbatan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
5. Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar Byuro bilan birgalikda ikki hafta muddatda qarzdorlikni tekshirishda dastlabki va chiqish ma’lumotlariga doir yagona texnologik va tashkiliy talablarni, Byuroning ma’lumotlar bazasiga markazlashtirilgan holda ulanishni hamda axborot xavfsizligining boshqa talablarini nazarda tutuvchi o‘zaro elektron hamkorlikning tegishli reglamentlarini tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Yirik bitimlar va xizmatlar

Bitimlarni amalga oshiruvchi
yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

1.

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar)

Notarial idoralar
(O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi)

2.

Avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar)

3.

Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari bo‘yicha sotish.

“O‘zavtosanoat” AJ

4.

Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular bo‘yicha lizing operatsiyalari

Tijorat banklari

5.

Ijro hujjatlar bo‘yicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish mar�azi” DUK (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi)

6.

Xususiylashtiriladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyutmanomalar qabul qilish)

7.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish

Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari

(O‘zbekiston Respublikasi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi)

Davlat xizmatlari markazlari
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

8.

Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish.

9.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash

10.

Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun aviachiptalar sotish (O‘zbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)*

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari

11.

Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun temir yo‘l chiptalari sotish (O‘zbekiston Respublikasiga temir yo‘l chiptalaridan tashqari)*

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning temir yo‘l chiptalari sotish kassalari

12.

Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish*

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari
(O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

13.

Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari

(O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

14.

Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish

16.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.

O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

17.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari

(O‘zbekiston Respublikasi
Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi)

Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

18.

Binolar va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadni ta’mirlash) kelishish

19.

Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish

20.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Etkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) onlayn rejimida taqdim etadi, shuningdek, qarzdorlik to‘langan taqdirda ushbu ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida yangilab borilishini ta’minlaydi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

1. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, ijro hujjatlari ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar asosida yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi.

2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga moneliksiz kirishini ta’minlaydi.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari ko‘rsatishda qarzdorlarning ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi.

Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari ko‘rsatishgacha

4-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda

5-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Byuro (ijro hujjatlari qismi bo‘yicha)

1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi.

2. Qarzdor tomonidan qarz to‘langanligi haqidagi ma’lumot Byuroning ma’lumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) ta’minlaydi.

1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda

2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan so‘ng zudlik bilan

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)