O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy o‘quv adabiyotlari va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumta’lim maktablarini ular bilan ta’minlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
umumta’lim maktablari uchun yangi darsliklar yaratish va ularni nashr etish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni yaratish, ularni nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tanlov asosida amalga oshiriladi;
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni xarid qilish mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (R.S. Qosimov)ga:
Keyingi tahrirga qarang.
nashr etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtirish;
o‘quv adabiyotlarining belgilangan davlat ta’lim standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish va baholash;
qabul qilingan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish yuklansin.
2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar nashr etishning 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili kelgusi yilda nashr etish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarining aniq ro‘yxatini va tirajini belgilasin va tasdiqlasin;
umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, darsliklarga nisbatan yangilangan metodik talablar asosida o‘quv adabiyotlari 2-ilovaga muvofiq muddatlarda yaratilishini va nashr etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Darsliklarning respublika aylanma fondini yaratishni hamda maktablar o‘quvchilarini ushbu fond hisobiga darsliklar bilan ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi maktablar o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlashning samarali mexanizmini joriy etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha taklif tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimediy tizimlarini hamda o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi umumta’lim maktablari uchun o‘quv adabiyotlari narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan muntazam qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqishga mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. O‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibi tanlov asosida tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olishning maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
o‘quvchilarni takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
vazirliklar va vakolatli muassasalarning buyurtmalari asosida o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlash tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek uning ochiq-oshkoraligini ta’minlash;
o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishga eng malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek yosh iste’dodli mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash.
4. Ham jismoniy shaxslar, ham kadrlar salohiyatiga, ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish tajribasiga ega bo‘lgan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi ilmiy va o‘quv tashkilotlari mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb yuritiladi) takomillashtirilgan davlat standartlari va o‘quv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini belgilaydilar va Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tasdig‘iga kiritadilar.
6. Hukumat komissiyasi mualliflar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini o‘rganadi va tasdiqlaydi.
7. Mualliflar tarkibini tanlab olish Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan tarkibda tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
manfaatdor vazirliklar va idoralarning (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va boshqalar) vakillari;
Keyingi tahrirga qarang.
yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilar, metodik kabinetlar mutaxassislari, ota-onalar qo‘mitasi a’zolari.
Komissiyaga hamraislar — Xalq ta’limi vaziri hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori boshchilik qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish va tasdiqlashni tashkil etish hamda o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin tanlov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida mualliflar tarkibi tanlanishi to‘g‘risida e’lon beradi.
10. Qatnashchilardan arizalarni qabul qilish va mualliflarni tanlab olish tartibotlarini tashkil etish funksiyalari tanlov komissiyasiga yuklanadi.
o‘quv adabiyoti konsepsiyasi (0,5 bosma toboqqacha), unda o‘quv kursining maqsadi va vazifalari, mazmuni va tuzilmasiga nazariy-metodologik yondashuv, o‘quv adabiyotining metodik apparatiga asos qilib olinadigan didaktik prinsiplar aks ettirilishi kerak;
o‘quv adabiyotining reja-prospekti (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma toboqqacha) va bitta bobning namuna matni.
12. Buyurtmanomalar taqdim etishning belgilangan muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda buyurtmanomalar mavjud bo‘lgan takliflarni ochadi.
13. E’londa ko‘rsatilgan oxirgi muddatdan keyin tushgan buyurtmanomalar tanlovga qo‘yilmaydi. Tanlovda ishtirok etish shartlariga va rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq bo‘lmagan buyurtmanomalar ko‘rib chiqilmaydi.
14. Tanlov komissiyasi bayonnoma tuzadi, unda tushgan buyurtmanomalarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjudligini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bayonnomada:
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlar (ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
15. Ishlab chiquvchi mualliflarning takliflarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va talab etiladigan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi.
Tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhining shaxsiy tarkibi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi a’zolarining tarkibi oshkor qilinmaydi.
Ekspert guruhi ishlab chiquvchi mualliflarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi va o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
16. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining a’zolari ishlab chiquvchi mualliflar bo‘lishlari mumkin emas.
17. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining xulosalari va tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda g‘oliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni Hukumat komissiyasiga yuboradi.
O‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish uchun mualliflar guruhini tanlash g‘oliblari to‘g‘risidagi yakuniy qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov natijalari to‘g‘risidagi axborot Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin 3 kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Buyurtmachi Hukumat komissiyasining qarori asosida g‘oliblar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi.
19. Buyurtmachi o‘quv adabiyotlari loyihasi ishlab chiqilishining muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi.
20. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtma olgan g‘oliblar o‘quv adabiyotlari loyihasining sifati va ishlab chiqish muddatlari uchun javob beradilar.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
1. Mazkur Nizom keyinchalik nashr etish uchun yangi avlod darsliklarni va o‘quv-metodik komplekslarni tanlab olish tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarga (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb yuritiladi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik va ma’lumotnoma adabiyotlar kiradi.
3. O‘quv adabiyotlarini tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi, unda faqat mualliflar tarkibini tanlab olish g‘oliblari qatnashadi. Quyidagilar tanlov yo‘li bilan tanlab olishning maqsadi hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
zamonaviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablariga muvofiq o‘quv adabiyotlari mazmunini takomillashtirish, ularning dizayni sifatini oshirish;
o‘quv adabiyotlari yaratish jarayonida raqobat muhitini shakllantirish, yosh mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash.
4. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
5. O‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olish a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan, shaxsiy tarkibi esa Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
buyurtmachining — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (tegishliligiga ko‘ra) vakillari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi mutaxassislari;
Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tegishli ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari xodimlari;
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilari;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘quv adabiyotlarini tanlov orqali tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Tanlov komissiyasi tanlov boshlanishidan 120 kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beradi. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
tanlov hujjatlarini va tanlov shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha axborotni olish uchun manzil, bog‘laniladigan shaxslar va telefon raqamlari.
8. Tayyorgarlik ko‘rish muddati, tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi sanasi va soati, shuningdek takliflarni ochish kuni va vaqti tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi, u tanlov hujjatlarini tayyorlash va tarqatishni tashkil etadi, talabgorlarga maslahatlar beradi, arizalarni qabul qiladi, tanlov takliflarining hisobga olinishini, saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi.
10. Tanlov hujjatlari faqat talabgorlarga — mualliflar tarkibini tanlab olish tanlovi g‘oliblariga, o‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzilgan shaxslarga yuboriladi.
11. Tanlov takliflarini tayyorlash davri ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan yoki tanlov qatnashchisi rasmiy ravishda xabardor qilingan (taklif etilgan) sanadan boshlab kamida 120 kunni tashkil qiladi.
12. Talabgorlar tanlov taklifi sifatida qatnashish uchun buyurtmanoma, o‘quv adabiyotlarining qo‘lyozmasi yoki maketini taqdim etadilar.
13. Tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
umumiy ma’lumotlar hamda o‘quv adabiyotlari muallifi (mualliflari)ning tajribasi va kasb-malaka darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
muallifning pochta va elektron manzili (mavjud bo‘lsa), telefoni va telefaksi (mavjud bo‘lsa) raqamlari.
14. Tanlov takliflari qatnashchi uchun yo‘riqnomada nazarda tutilgan shartlar asosida ishlab chiqiladi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
tanlov takliflari turkumini shakllantirish tartibotiga qo‘yiladigan talablar va uni tanlov komissiyasiga berish usullari;
15. Tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi.
Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov takliflarining to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilishi ham uning taklifi rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
16. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini taqdim etishning so‘nggi sanasi va vaqtidan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirishlar kiritishga yoki uni qaytarib olishga haqli emas.
17. Buyurtmanomalar berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi.
Tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish tanlov komissiyasi a’zolari va tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlari mualliflari ishtirokida amalga oshiriladi.
18. Konvertlar ochilgandan keyin komissiya bayonnoma tuzadi, unda tushgan takliflarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjud ekanligini qayd etadi. Bayonnomada quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlarning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati.
19. O‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va baholashni tashkil qilish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va muayyan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fan bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi. Ekspert guruhi a’zolari tarkibi oshkor qilinmaydi.
20. Tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlarini ekspert baholash komissiya tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq 30 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
21. Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
o‘quv adabiyotlarining davlat ta’lim standartlariga, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiqlik darajasi;
taklif etilayotgan o‘quv materialining uzviyligi va izchilligi ta’minlanganligi darajasi, shuningdek predmetlararo aloqaning ta’minlanishi;
o‘quv materialining ta’lim olayotganlarning psixologik va yosh xususiyatlariga, shuningdek ularning bilimlari darajasiga muvofiqligi;
bayon etish tilining ravonligi, taklif etilayotgan materialning ko‘rgazmaliligi va rasmlar ilova qilinganligi;
22. Baholash mezonlari tafsilotlari tanlov komissiyasi tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilgunga qadar amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Tushgan o‘quv adabiyotini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi va tanlab olish tartibotlariga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Komissiya va ekspert guruhi a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
24. Ekspert guruhi tanlov qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi hamda o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
Tanlov komissiyasi ekspert guruhlar xulosalari hamda tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda Hukumat komissiyasiga g‘oliblarni tanlab olish bo‘yicha tavsiyanoma yuboradi.
g‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi, qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
25. Tanlov yakunlari g‘olib aniqlangandan keyin 3 kundan kechikmay ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
26. Hukumat komissiyasi qarori asosida buyurtmachi bilan qo‘lyozma muallifi (mualliflar jamoasi) o‘rtasida o‘quv adabiyotlarini nashr etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilishi va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqqanlik uchun moddiy rag‘batlantirish, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, nizolarni hal etish shartlarini hamda shartnoma tuzishdagi boshqa majburiy shartlarni aks ettirishi zarur.
27. Tanlovning har bir qatnashchisi mazkur Nizomda belgilangan tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish shartlariga rioya etilishi va natijalarning xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
28. Tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish uchun davlat buyurtmasini joylashtirish yuzasidan tender savdolarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari tanlovida tanlab olingan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etishda tender savdolari o‘tkazishga tatbiq etiladi.
Darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarga (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyoti deb yuritiladi) darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik va ma’lumotnoma adabiyotlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘quv adabiyotini nashr etishda tender savdolari bir kontrakt bo‘yicha 100 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan oshmaydigan summaga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir kontrakt 100 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan kam bo‘lganda noshir raqobat takliflarini tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xorijiy kreditlar mablag‘lari (grantlar) hisobiga o‘quv adabiyoti nashr etishda mazkur Nizomning talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi va, agar xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlariga ko‘ra savdolarni o‘tkazishning o‘zgacha tartibi belgilangan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Nashr etish uchun tender savdolari faqat huquq egasiga ruxsatnoma mavjud bo‘lishi sharti bilan Hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq tanlovda tanlab olish g‘olibi deb e’tirof etilgan o‘quv adabiyotiga e’lon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv adabiyotining texnik jihatdan bajarilishi sifatini oshirish va undan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash;
o‘quv adabiyotini nashr etish jarayonida raqobat muhitini yaratish, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tenderlarda ishtirok etishini kengaytirish va rag‘batlantirish, shuningdek ularning teng huquqli ishtirok etishini ta’minlash, mazkur jarayonga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
o‘quv adabiyotini nashr etishga yo‘naltiriladigan davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oshkoralik, talablarning yagonaligi va qarorlar qabul qilishdagi xolislik hamda savdoning barcha qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
8. O‘quv adabiyoti nashr etishga tender savdolari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bir bosqichli ikki konvertli tartib-qoida bo‘yicha axborotnoma ochiq e’lon qilinishi yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Buyurtmachi, tender komissiyasi, tender savdolarining tashkilotchisi va oferentlar tender savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
10. Buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi):
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat (buyruq) chiqargan holda tender o‘tkazish shakli, turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi;
o‘quv adabiyotining boshlang‘ich qiymatini mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorlarning malakasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni, o‘quv adabiyotiga qo‘yiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tender komissiyasi o‘quv adabiyotini nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha doimiy organ hisoblanadi. Komissiyaning son tarkibi a’zolarning toq sonidan, qoidaga ko‘ra, kamida 11 kishidan iborat bo‘ladi. Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri komissiya raisi hisoblanadi. Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya tarkibiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (tender O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda);
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining (mansubliligiga ko‘ra);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
kitob nashr etish sohasidagi mustaqil ekspert tashkilotlarining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
Buyurtmachining yoki uning idoraviy mansub korxonalari va tashkilotlarining vakillari soni tender komissiyasi umumiy tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
tender takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi;
baholash guruhi jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tender savdolarining tashkilotchisi (buyurtmachining taklifiga ko‘ra tender komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi):
Keyingi tahrirga qarang.
tender o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beradi va potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
arizalar va tender takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender takliflarining asl nusxalarini konvertlarni ochish va tender o‘tkazish uchun tender komissiyasiga taqdim etadi.
Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda tender savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari uning bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
14. Ekspertizani tashkil etish va tender takliflarini baholash uchun tender komissiyasi tomonidan baholash guruhi tayinlanadi. Baholash guruhi tender komissiyasi a’zolaridan yoki o‘quv adabiyotini nashr etish va kitob nashri texnologiyasi sohasidagi vakolatli kamida besh mutaxassisdan iborat tarkibdagi mustaqil ekspertlar (maslahatchilar)dan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Baholash guruhining shaxsiy tarkibi tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender savdolari tugallangunga qadar maxfiy axborot hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
eng yaxshi tender taklifini aniqlaydi va savdo g‘olibini aniqlash va tasdiqlash uchun tender komissiyasiga xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, nashriyot-matbaa faoliyatida tajribaga ega bo‘lgan ham mamlakatimizning tashkilotlari, ham xorijiy tashkilotlar tender savdolarining oferentlari – qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolari e’lon qilingan sanada ro‘yxatdan o‘tkazish paytidan boshlab o‘z faoliyatini 6 oydan kam muddatda amalga oshirayotgan;
sud yoki hakamlik muhokamasi holatida turgan tashkilotlar, korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tender komissiyasi a’zolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar savdo qatnashchilari bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni taqdim etadilar (tender komissiyasining so‘roviga ko‘ra);
tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy xarajatlarni o‘z manbalaridan qoplaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tender komissiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi tender hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, tender savdolarining tashkilotchisi esa ularning ishlab chiqilishini ta’minlaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tushuntirish olish mumkin bo‘lgan savdo tashkilotchisi vakilining manzili va bog‘lanish telefonlari ko‘rsatilgan holda tenderda ishtirok etishga taklifnoma;
rasmiylashtirish tartibi, shu jumladan tender taklifi tuzilishi kerak bo‘lgan til, shuningdek viza qo‘yishga va nusxalar soniga qo‘yiladigan talablar;
Keyingi tahrirga qarang.
tender taklifi tender komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga o‘zgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;
qayd etilgan vaqt mobaynida tender qatnashchisi taklifiga javob berilmasligini kafolatlovchi tender taklifiga kafolat miqdori, uni qo‘yish tartibi va qaytarish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlari talablariga asoslangan taklif bilan birgalikda savdo qatnashchilariga qarshi takliflar berish imkoniyati to‘g‘risidagi axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
takliflar bildirilgan konvertlarni ochish tartib-qoidasi tavsifi, ularni baholash va tender g‘olibini aniqlash muddatlari;
shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (qatnashchining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi to‘g‘risidagi axborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorning ustav sarmoyasi miqdori va moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari (belgilangan tartibda tasdiqlangan);
ishlab chiqarish bazasi, davlat buyurtmasining butun hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va malakali mutaxassislar mavjudligi;
o‘quv adabiyotini nashr etish uchun mo‘ljallangan qiymatning kamida 20 foizi miqdorida bo‘sh aylanma mablag‘lar mavjudligi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bankning ishonch xati;
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolariga qo‘yilgan o‘quv adabiyotini nashr etishning prognozlashtirilayotgan hajmi (faqat o‘z kuchlari bilan nashr etilishi mumkin bo‘lgan hajm, foizlarda).
Keyingi tahrirga qarang.
Tender savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning o‘z tijorat siri muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin.
24. Nashr etiladigan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxati, texnik talablari va o‘ziga xosligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
nashr etilayotgan o‘quv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan boshqa texnologik talablar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tender hujjatlari, shu jumladan tender takliflarini o‘rab joylash va markalashga qo‘yiladigan talablar, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlari tender komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Kontrakt proformasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va o‘quv adabiyotini nashr etish shartlari, narxi va jadvalini, xizmatlarning manbalari va haq to‘lash shaklini, to‘lovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitishuvlar tuzishda majburiy bo‘lgan boshqa shartlar va holatlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Kontrakt proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tender savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga maslahat so‘rab murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Takliflarni taqdim etish muddati tamom bo‘lgunga qadar tender savdolari tashkilotchisi tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol ular to‘g‘risida ma’lum qilib, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqt bergan holda uning muddatini uzaytirib tender hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.
29. Tender savdolari tashkilotchisi talabgorning so‘roviga ko‘ra tender takliflarini taqdim etishning so‘nggi muddatidan kamida 10 kun oldin so‘rov manbaini ko‘rsatmagan holda tender savdolarining barcha qatnashchilariga majburiy tartibda javob yuborib tender hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bog‘liq savolga yozma javob berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tender komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar o‘rtasida xabar, bildirishnoma va boshqa axborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi.
31. Ommaviy axborot vositalarida tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy e’lon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli bo‘yicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana savdo ochilgan sana hisoblanadi.
32. Tender savdolari to‘g‘risidagi e’lon markaziy va boshqa eng ko‘p tarqalgan yoxud ixtisoslashtirilgan gazeta va jurnallarda tender takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlari olinadigan joy (tender savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi);
tender hujjatlari uchun haq to‘lash qiymati va tender taklifi berishda tender qatnashchisi uchun zakalat summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
zakalat summasini va tender hujjatlari uchun haq to‘lash shartlari, ularni to‘lash uchun bank rekvizitlari;
34. Tender savdolarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar e’lon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tender hujjatlarini oladilar.
Tender hujjatlari uchun to‘lov miqdori buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ishlab chiqish, nusxasini ko‘paytirish va tarqatish bo‘yicha mehnatga haq to‘lash qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Tender takliflari tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va bir paketga solingan ikki konvertda taqdim etiladi:
birinchi konvert texnik taklif hisoblanadi va qatnashchining malakasi va moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlardan, zakalat to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatlaridan (nashr etilayotgan o‘quv adabiyotining hisoblangan qiymatining bir foizidan besh foizigacha tender komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda), o‘quv adabiyoti maketidan iborat bo‘ladi;
ikkinchi konvert tijorat taklifi hisoblanadi va narx takliflarini, bo‘lishi mumkin bo‘lgan chegirmalarni, taklif etilayotgan jadvalni va o‘quv adabiyotini nashr etish muddatlarini o‘z ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Tashqi paketda qatnashchining nomi va manzili, tender savdosi tashkilotchisining nomi va manzili, taklifnomaning tartib raqami yozilishi kerak. Ichki konvertda qatnashchining nomi va manzili, tender savdosi tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etish taklif etilayotgan o‘quv adabiyotining nomi va taklifnomaning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Tender taklifining tegishli ravishda “Asl nusxa” va “Nusxa” so‘zlari bilan belgi qo‘yilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusxasi va nusxasi tender savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi.
Qatnashchilar o‘zlarining tender takliflarini ularni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar qaytarib olishlari mumkin. Taqdim etish muddati tamom bo‘lgandan keyin tushgan tender taklifi ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan savdo qatnashchisiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tender takliflarini taqdim etish sanasi tender savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi to‘g‘risidagi belgisi yoki chopar bilan yuborilgan tender takliflari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana bo‘yicha aniqlanadi.
40. Tender takliflari berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgach belgilangan kun va soatda komissiya tender takliflari bildirilgan tashqi paketni va texnik takliflar bildirilgan birinchi konvertni ochadi.
Paketlar va texnik takliflar bildirilgan konvertlar hozir bo‘lish istagini bildirgan tender qatnashchilari yoki ularning to‘laqonli vakillari hozirligida ochiladi.
Tijorat takliflari bildirilgan takliflar muhrlangan shaklda qoladi va navbatdagi majlisgacha tender savdolari tashkilotchisining temir sandig‘ida saqlanadi. Ikkinchi konvertdagi hujjatlarning saqlanishi uchun tender savdolari tashkilotchisi javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Paket va birinchi konvert ochilgandan keyin savdo qatnashchilarining nomlari o‘qiladi, savdo shartlari va tartib-qoidalariga rioya qilish, tegishli hujjatlar mavjudligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Hujjatlar paketida tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan qatnashchiga qaytariladi.
Tender komissiyasi, ular boshqa qatnashchilarning reytingiga ta’sir ko‘rsatmasa va ularga yo‘l qo‘ygan tender savdosi qatnashchisiga ustunliklar bermasa, tender hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki tender takliflarini rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni e’tiborga olmasligi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Tender komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo qatnashchilari tomonidan e’tirof etilgan tashkilotlar sanab o‘tiladi. Shakl bo‘yicha taqdim etilmagan va savdolarga qo‘yilmagan takliflar bayonnomada ular rad etilishining sabablari ko‘rsatilgan holda alohida sanab o‘tiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tender komissiyasi majlisining natijalari to‘g‘risidagi axborot hozir bo‘lmagan talabgorga yozma shaklda yetkaziladi. Tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish to‘g‘risidagi bayonnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi.
45. Texnik takliflar o‘rganish, tahlil etish va baholash uchun baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda qatnashchining malakasi va moliyaviy ahvoli, o‘quv adabiyoti namunalari parametrlarining buyurtmachi tomonidan belgilangan texnik talablar va o‘ziga xosliklarga muvofiqligi majburiy tartibda e’tiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo‘yicha ballar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Savdo qatnashchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir bo‘lishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Baholash davomida tender komissiyasi tushuntirishlar olish uchun qatnashchilarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Qatnashchining malaka ma’lumotlari to‘g‘risida ishonchsiz axborot aniqlangan taqdirda tender komissiyasining qarori bilan talabgor tender savdolari tartibotida bundan keyin ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Takliflari maqbul deb e’tirof etilgan qatnashchilar tijorat takliflarini baholashga qo‘yiladilar. Texnik takliflarni baholash shartlariga ko‘ra o‘tmagan qatnashchilar bundan keyin tenderda qatnashishdan chetlatiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Tender komissiyasi tomonidan tijorat takliflarini baholashga qo‘yilgan qatnashchilar ro‘yxati ma’qullangandan keyin belgilangan manzil bo‘yicha, ko‘rsatilgan kun va soatda tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ko‘pchilikning oldida ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Ikkinchi paketga solingan barcha talab qilinadigan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda tender komissiyasi ularni ekspertiza qilish va baholash uchun baholash guruhiga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Baholash guruhi taklif etilayotgan qiymatni (narxni), kafolat majburiyatlari shartlarini, ishlarni bajarish muddatlari va tartibini, qatnashchilarning boshqa tijorat va tashkiliy ustunliklarini ko‘rib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Tender takliflarini baholashning umumiy davri tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va u takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
54. Tender takliflarini baholash va savdo g‘olibini aniqlash tender komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
55. Tushgan takliflarning ko‘rib chiqilishi va ularning tender komissiyasi va baholash guruhi a’zolari tomonidan baholanishi to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib-qoidasiga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi va baholash guruhi a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Tender hujjatlarini tekshirish chog‘ida aniqlangan arifmetik xatolar mavjud bo‘lgan taqdirda tender komissiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
takliflarni baholashda, agar o‘quv adabiyoti birligi narxi bilan birlik narxi va sonini ko‘paytirish natijasida olingan yakuniy narx o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, o‘quv adabiyoti birligi narxi ustunlik qiladigan, umumiy narxga tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin. Agar so‘zlar bilan yozilgan summa bilan raqamda ko‘rsatilgan summa o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, u holda so‘zlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi.
57. Texnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yig‘indisi bo‘yicha tender taklifi eng ko‘p ball olgan qatnashchi savdoning g‘olibi deb e’lon qilinadi. Ballarning yakuniy yig‘indisi teng bo‘lgan taqdirda eng kam narx takliflarini taklif etgan qatnashchiga ustunlik beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Yakun chiqarish va savdoning g‘olibi to‘g‘risidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. G‘olibni tanlashda baholash guruhining xulosalari natijalariga va tender komissiyasi a’zolarining yakka tartibdagi xulosasiga asoslaniladi. Qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Tender komissiyasining yakuniy bayonnomasida g‘olib va zaxiradagi qatnashchilar, tender komissiyasi tarkibi, baholash guruhining xulosasi, qatnashchilarning tender takliflari yig‘ma jadvali va g‘olib bilan kontrakt imzolashning mo‘ljallanayotgan muddatlari to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayonnoma hozir bo‘lgan a’zolar tomonidan imzolanishi va tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tender komissiyasi g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida natijalarni tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga yuboradi.
G‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
60. Tender savdolari tashkilotchisi tender savdolari g‘olibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechikmay yozma bildirishnoma yuboradi va yakunlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
61. Buyurtmachi va tender savdolari g‘oliblari o‘rtasidagi kontrakt tender savdolari g‘olibi bildirishnomani olgan kundan boshlab o‘n kun muddatda tuziladi.
62. Agar tender savdolari g‘olibi kontrakt tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda kontraktni bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tender komissiyasi bilan birgalikda taklifi ikkinchi bahoni olgan qatnashchini tender savdolari g‘olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tender savdolari o‘tkazishni tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Tender komissiyasi majlisini o‘tkazish uchun kvorum uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi. Agar tender komissiyasi majlisida komissiya raisi va uning o‘rinbosari qatnashmasa yoxud kvorum mavjud bo‘lmasa tender komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi.
barcha tender takliflarida tender hujjatlari shartlari bilan talab qilinadigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa;
barcha qatnashchilarning taklif etgan narxlari o‘quv adabiyotining boshlang‘ich qiymatidan ancha yuqori bo‘lsa, tender savdolari bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Tender savdolarining bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinishi savdo qatnashchilaridan biron-birining mulkiy yoki boshqa javobgarligiga olib kelmaydi.
66. Agar tender savdolari bo‘lmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tender savdolari o‘tkaziladi, unda tender hujjatlari shartlarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolari g‘olibiga — kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishi (kafolati) taqdim etilishi bo‘yicha kontrakt tuzilgandan keyin;
qolgan qatnashchilarga — tender savdolari g‘olibi bilan kontrakt tuzilgandan keyin, biroq tender takliflari amal qilishi muddatidan kechikmay;
o‘z taklifini taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgandan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga;
taklifi amal qilishi davrida o‘z taklifini qaytarib olgan, tender hujjatlarida belgilangan shartlarda kontrakt tuzishni yoki kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tender savdolari g‘olibiga qaytarilmaydi.
69. Savdolarning har bir qatnashchisi mazkur Nizom bilan belgilangan tender savdolarini o‘tkazish qoidalari va tartibotlariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda natijalarning xolisligi uchun javob beradi.
70. Tender savdolari o‘tkazilishi munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.