08.05.2018 yildagi PF-5438-son
Hujjat 10.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, mazkur Farmon 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tmagan shaxslarni prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) faoliyatini samarali tashkil etish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ustav loyihasi

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

2.

Akademiyani malakali kadrlar, shu jumladan o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish maqsadida boshqa ta’lim, tadqiqot muassasalarining mutaxassislari bilan to‘ldirish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

3.

Akademiya faoliyatiga quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy innovatsion ta’lim tizimlarini joriy etish:
videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali prokuratura organlari xodimlarini masofaviy (elektron) o‘qitish;
ta’lim jarayonida imitatsion modellashtirishdan foydalanish (kriminalistik poligonlar, tirlar, sud majlislari zallari).

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Quyidagilarni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash:
Akademiyaning tegishli ta’lim dasturlarini yakunlagan shaxslarga qo‘yiladigan malaka talablari;
Akademiyaning yangilangan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan, shuningdek, ta’lim jarayonini prokuratura organlari faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari bilan bog‘liqligini ta’minlaydigan o‘quv rejalari va dasturlari.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Quyidagilarni:
rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish;
prokuratura organlari xodimlarini masofadan o‘qitish;
Akademiya xodimlarining prokuratura organlarida stajirovka o‘tashi;
magistraturaga qabul qilish va o‘qishni tashkil etish;
prokuratura organlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining butun mehnat faoliyati davomida kasbiy rivojlanishi monitoringi;
prokuratura organlari xodimlari hisobidan Akademiya lavozimlarini ichki idoraviy rotatsiya asosida egallash tartibini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks tashkiliy chora-tad�irlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

6.

Bosh prokuratura rahbarlari, shu jumladan, Departament va Byuro, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Akademiyaning Vasiylik kengashini tashkil etish.
Akademiya Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni va Vasiylik kengashining Ish rejasini tasdiqlash.

Bosh prokuror buyruqlari loyihalari

2018-yil 1-avgustga qadar


2018-yil 1-sentabrga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi

8.

Akademiyani “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

9.

Akademiyada ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Vazirla� Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Bosh prokuratura

10.

Akademiyaning o‘quv dasturlariga (rejalariga) kiritilgan intizom bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish dasturini tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qo‘riqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-oktabrga qadar

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bosh prokuratura, Fanlar Akademiyasi

12.

“Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy nashrini “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Bosh prokuratura,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

13.

Akademiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
Akademiya professor-o‘qituvchilarning tarkibini malakasini oshirish va tinglovchilarni o‘qitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;
Akademiyaning o‘qituvchilari, tinglovchilari
va prokuratura organlari xodimlarini xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi, shuningdek, doimiy ravishda yurisprudensiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam

Davlat budjeti, Majburiy �jro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Ijtimoiy tarmoqlarda Akademiyaning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

15.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish uchun, shu jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olgan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Bosh prokuratura markaziy apparati ma’muriy binolarining majmuasi (shu jumladan Departament, Byuro, Akademiyaning o‘quv korpusi va ma’muriy binosi);
mehmonxona va yotoqxona;
sport majmuasi (yopiq va ochiq maydonchalar);
kriminalistik poligon, o‘q otish tiri;
Bosh prokuraturaning xizmat uyi va bolalar bog‘chasi;
oshxona va boshqa obyektlar.

Texnik topshiriq loyihasi

Alohida grafikka muvofiq

-

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimiyatlari

16.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Loyiha-smeta hujjatlari

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati
va Toshkent shahar hokimiyatlari

17.

Texnik topshiriqlar va Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlar majmuasi qurilishini to‘liq yakunlash, shu jumladan:
bino va inshootlar majmuasining elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqa va boshqa infrastrukturalari tashqi tizimlarining qurilishini (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan);
belgilangan narxlar bo‘yicha bosh pudratchi tashkilotga sement va metall prokat ajratilishini;
tutash hududlarni obodonlashtirilishini (mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan) ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka m�vofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar mablag‘lari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimiyatlari, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zqurilishmateriallari” AJ

18.

Akademiyaning imitatsion sud majlislarini o‘tkazish zali, tir, kriminalistik poligon, modellashtirish va simulatsiya markazini situatsion va simulatsiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘qitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

19.

Masofaviy (elektron) ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish, shuningdek, masofaviy ta’lim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va so‘rovlarni o‘tkazish, tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etishning metodik va texnik parametrlarini.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud

20.

Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

21.

Akademiyaning mini-tipografiyasini tashkil etish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi

22.

Prokuratura organlari xodimlarining masofaviy va mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MTRK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

23.

Xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-ma’lumotlar tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazasini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

24.

Akademiyaga “O‘zbektelekom” AK bilan tender (tanlov) o‘tkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Akademiyani yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Davlat budjeti mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

25.

Sayyor o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish maqsadida Akademiyani avtotransport vositalari (6 ta), shu jumladan avtobuslar (2 dona) bilan hamda Akademiya buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-oktabrga qadar

Davlat budjeti,Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ

birinchi xatboshidagi “Oliy o‘quv kurslarida” so‘zlari “Akademiyasida” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash” so‘zlari “Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 26-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
v) 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
g) 62-banddagi “Oliy o‘quv kurslarida” so‘zlari “Akademiyasida” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomning 25-bandining birinchi xatboshisidagi “rahbar kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha” so‘zlari “rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha yoki magistraturasini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.