03.05.2018 yildagi 324-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Surxondaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda 2019-yilda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamda turistlar tashrif buyuradigan obyektlarga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yil uchun investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qarorlari talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etsin.