O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni 10-bandining oltinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-son qarori 4-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarorida:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-martdagi PQ-2851-son qarori 8-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qarorining 4-bandida:
“ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan import qilish istisno hollarda va faqat tovar-xomashyo birjalari, jumladan xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va xarajatlari to‘g‘risidagi batafsil axborot har oy O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi”;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3295-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3418-son qarorining 13-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-son farmoyishi 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.